cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

IMA Oltiariq ixtisoslashtirilgan maktab

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oltiariq ixtisoslashtirilgan maktabi Creator: @Abdurahmonjon_Rasulov || @strange_classmate Takliflar bo'lsa yozishingiz mumkin.

نمایش بیشتر
أوزبكستان52 846زبان مشخص نشده استآموزش108 081
پست‌های تبلیغاتی
248
مشترکین
-124 ساعت
+217 روز
+2330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Oltiariq_IM #Milliy_sertifikat #matematika 🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 📍Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchilari Matematika fanidan Umumta'lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi. 🎉 Milliy sertifikatni qo'lga kiritgan o'quvchilar: 🌟 Xolmatjonov Abdug'ani 52.53 ball, C+ daraja, 80.82% 🌟 Nabijonova Muslimaxon 52.36 ball, C+ daraja, 80.55% O'quvchilarimizni ushbu natijalar bilan tabriklaymiz va OTM kirish imtixonlarida omadlar tilaymiz! 🕸Bizni kuzatib boring: Telegram|Facebook
نمایش همه...
👍 3
🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 💫 Maktab direktori H. Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirib, bayram tadbirini ochib berdilar. 🔖 Maktab direktori hamda tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan 2023-2024-o'quv yili davomida muvaffaqiyatlarga erishgan o'qituvchi va o'quvchilar taqdirlandilar. Mas'uliyatli, fidoiy ota-onalarga maktab ma'muriyati tashakkurnomalar taqdim etdi. 🖋Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot kotibligi. Facebook / Telegram
نمایش همه...
👍 1 1
🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 💫 Maktab direktori H. Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirib, bayram tadbirini ochib berdilar. 🔖 Maktab direktori hamda tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan 2023-2024-o'quv yili davomida muvaffaqiyatlarga erishgan o'qituvchi va o'quvchilar taqdirlandilar. Mas'uliyatli, fidoiy ota-onalarga maktab ma'muriyati tashakkurnomalar taqdim etdi. 🖋Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot kotibligi. Facebook / Telegram
نمایش همه...
Repost from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar, Aziz maktab bitiruvchilari!   Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi. Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz. Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman. Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang. Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin! Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.   Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri  
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
📣 ДИҚҚАТ НАВБАТДАГИ ХУРСАНДЧИЛИК ❗️📢 МАТЕМАТИКА ФАНИДАН ОЛТИАРИҚЛИК УСТОЗ 💯% НАТИЖА БИЛАН МИЛЛИЙ СЕРТИФИКАТНИ ҚЎЛГА КИРИТДИ.
Жорий йилнинг 28-апрель куни Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги томонидан математика фанидан миллий сертификат имтиҳони бўлиб ўтган эди.
💥Мазкур синов имтиҳонларида иштирок этган математика фани моҳир билимдони, халқаро GMAT сертификати соҳиби, туманимиздаги жуда кўплаб оилаларнинг фарзандларини банк, молия, иқтисодиёт, педагогика ва халқ хўжалигининг бошқа соҳаларидаги олий таълим муассасаларига энг юқори балл билан талабалик бахтига мушарраф бўлишига сабабчи инсон, доимо ўз устида ишлаб янгиликка олға интилувчи, камтар, жонкуяр педагог, 🏫 Олтиариқ ихтисослаштирилган мактаби олий тоифали математика фани ўқитувчиси Хайдарбек Халимжонов ҳамма ҳавас қиладиган максимал 💯% лик 👍🤩👏 натижани қайд этди. ⚡️Ушбу улкан ютуқ билан Хайдарбек Халимжоновни чин юракдан табриклаймиз! Бундан кейинги иш фаолиятларида юксак муваффақиятлар тилаймиз! https://t.me/oltiariqtumanihokimligi
نمایش همه...
🔥 4👍 3
#Oltiariq_tuman_IM #Milliy_sertifikat #Matematika_100% Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Matematika fani o'qituvchisi Xalimjonov Xaydarbek Xalimjon o'g'li matematika fanidan BMBA tomonidan oʻtkazilgan milliy sertifikat imtihonlarida 100 foizlik ko'rsatgich (67.79 ball) bilan A darajani qo‘lga kiritdi. ⚡️ O'qituvchimizni ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz! Biz siz bilan faxrlanamiz❗️ ⚜Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
نمایش همه...
🔥 6
#Oltiariq_tuman_IM #Milliy_sertifikat #Matematika_100% Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Matematika fani o'qituvchisi Xalimjonov Xaydarbek Xalimjon o'g'li matematika fanidan BMBA tomonidan oʻtkazilgan milliy sertifikat imtihonlarida 100 foizlik ko'rsatgich (67.79 ball) bilan A darajani qo‘lga kiritdi. ⚡️ O'qituvchimizni ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz! Biz siz bilan faxrlanamiz❗️ ⚜Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Oltiariq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Milliy_sertifikat #Rus_tili_va_adabiyoti 🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 📍Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Sharifjonova Nilufarxon Rus tili va adabiyoti fanidan Umumta'lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. ✅ Sharifjonova Nilufarxon Azizbek qizi 61.99 ball, B+ daraja, 95.37% Eslatma: O'quvchimiz Ingliz tili fanidan ham B2 darajadagi CEFR sertifikat egasidir. 🕸Bizni kuzatib boring: Telegram|Facebook
نمایش همه...
🔥 4👍 1
DIQQAT: MANFAATLI UCHRASHUV❗️           🏫 Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori, Farg‘ona viloyati Direktorlar kengashi raisi Homidjon Rahimov tashabbusi bilan kuchli bilimga ega bo‘lgan, iqtidorli, o‘qituvchilikka qobiliyati bor o‘quvchilarni pedagoglik kasbiga qiziqtirish va yo‘naltirish maqsadida, Buvayda tumani 2-VIDUMI sobiq o‘quvchisi, matematika fanidan jahon olimpiadalari g‘olibi, hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o‘qituvchisi Jasurbek Imomov hamda Oltiariq 1-ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari, matematika fanidan Respublika va xalqaro musobaqalar g‘oliblari, hozirda INXA universiteti talabasi Asadbek Sobirjonov va AKFA universiteti talabasi Ahrorbek Toirjonovlar bilan uchrashuv tashkil etildi.      ⚜Mehmonlarimiz o‘z hayotiy ko‘nikmalari asosida o‘quvchilarimizga maslahat va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuvda ishtirok etgan barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga munosib javob topdilar.
نمایش همه...
👍 3
ФАРЗАНДИНИ ЭРТАНГИ КУНИДАН КУНГЛИ ТУЛГАН ИНСОНГИНА ХАЁТИДАН РОЗИ БУЛИБ ЯШАЙДИ . 4- СИНФНИ ТАМОМЛАГАН ФАРЗАНДЛАРИНГИЗНИ АНИК ФАНЛАР ЙУНАЛИШИГА 5 - СИНФГА , 6- СИНФНИ ТАМОМЛАГАН ФАРЗАНДЛАРИНГИЗНИ ТАБИИЙ ФАНЛАР ЙУНАЛИШИДАГИ 7- СИНФГА ОЛТИАРИК ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН МАКТАБИГА КИРИШ ИМТИХОНИДА КАТНАШИШ УЧУН ХУЖЖАТЛАРИНИ ТАЙЁРЛАНГ . " УМИД КИЛГАН МУРОДИГА ЕТАДИ . . " . БАРЧА ФАРЗАНДЛАРИМИЗГА - ОМАД 1 ИЮНЬ КУНИДАН ХУЖЖАТЛАРНИ КАБУЛ КИЛИШ БОШЛАНАДИ . РАХМАТ
نمایش همه...