cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Maktabimizning tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: 🌐 https://instagram.com/PTMA_MTIM 🌐 https://t.me/PTMA_MTIM 🌐 https://www.facebook.com/groups/ptma.muzrabot.im ▶️ https://www.youtube.com/@Muzrabot_tuman_IM Murojaat uchun: +998(93)5418097

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
554
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-630 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 Hurmatli ota-onalar! ⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi. 🗣 Jumladan: ✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz; ✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz; ✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi). ✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi. ❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang. 📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_manzillari #imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi! 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi. 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI: 📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📶 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonining sanasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Davlat_gerbi_iftixor_ramzi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi 🗓 1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kegashining X sessiyasida Davlat gerbi qabul qilingan.
📄 “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi hisoblanadi.
 🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #kitob_chellenj 🔘 "Har 10 kunda bir kitob" chellenjiga start berildi ☑️ Ushbu chellenjda ishtirok etish istagini bildirgan kitobxon o'quvchilarimiz har 10 kunda o‘zlari o‘qigan asarlari bo‘yicha “Men sevgan asar qahramonlari video va rasmlarda” mavzusida ijodiy ishlarini tayyorlaydi va ➡️ @nuriddin_abduraximov - telegram manziliga taqdim etadi. (o‘quvchi-yoshlar tomonidan o‘zi yoqtirgan kitobdagi qahramonlar obraziga kirgan holda 2-3 daqiqalik videolavha hamda A3 yoki A4 o'lchamli qog'ozda chizilgan rasmlar tayyorlab taqdim etishadi. 🎁 Chellenjimiz g'oliblar  2024-2025-o'quv yilining birinchi kuni, O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi hamda "Bilimlar kuni" bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali tadbirda taqdirlanadi. 🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
👍 2 2
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli yoshlar!
Siz, azizlarni "30-iyun - Yoshlar kuni" bilan samimiy muborakbod etaman! Siz - Mustaqil O‘zbekistonning porloq kelajagi egalarisiz. Tomiringizda buyuk ajdodlarimiz qoni oqmoqda. Zimmangizga ajdodlarga munosib avlod bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek sharafli vazifa yuklanar ekan, bu yo‘lda sizlarga omad, ulkan zafarlar, g‘ayrat va shijoat yor bo‘lishini tilayman. Vatanimizning gul-u lolalari bo‘lgan aziz yigit-qizlar! Iqbolingiz hamisha porloq bo‘lsin!
Xusniddin Mamadiyev Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
نمایش همه...
🔥 1
#Bitiruvchilar_qurultoyi ⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDIBugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi. 📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi. ✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 1👏 1🎉 1
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #CEFR_level_B2 ⚡️BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh oʻquvchilari:
▪️6-sinf o'quvchisi - Soatmurodov Sardorbek O'ktam o'g'li ▪️7-sinf o'quvchisi - Abdullayeva Sitora Ulug'bek qizi ▪️7-sinf o'quvchisi - Qayumov Asilbek Yusuf o'g'li ▪️8-sinf o'quvchisi - Osonova Jasmina Abduroziqovna ▪️10-sinf o'quvchisi - Abdug'aniyeva Sabrina Anvarovna CEFR sertifikatidan B2 darajani qoʻlga kiritdilar.
🎉🏆 Oʻquvchilarimiz va ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!!! 🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
👍 15🎉 6🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🤩 Kitoblar haqida qiziqarli faktlar. 🤗Siz aziz kitobxonlarga kitoblar haqida eng qiziqarli 5 ta faktni tayyorladik. ⚫️ Dunyodagi ilk kitoblar bundan ikki ming yil avval paydo bo‘lib , ular daraxt va sham eritmasidan tayyorlanganligini bilarmidingiz? ⚫️ Butun dunyo bo‘yicha jami 130 millionta kitob mavjud ekan. ⚫️ Dunyo bo‘yicha eng sirli kitob sifatida Voynich qo‘lyozmasi e'tirof etilgan. ⚫️Dunyodagi eng qimmat kitob '' Lester majmuasi'' deb nomlanib, Leanardo  da Vinchi  qalamiga mansub. ⚫️Kitob o‘grisini dunyo miqyosida ''bibliokleptoman'' deb atashar ekan. 🌝 Kitobxonlarimizga qiziqarli bo‘ldi degan umiddamiz.
نمایش همه...
👏 5👍 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga,Ijod maktablariga,Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati bugun tugaydi. 📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga,Ijod maktablariga,Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 2 kun qoldi. 📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
20:43
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga qabul jarayonlari davom etmoqda #18june #uzbekiston24
Agentlik direktori Alisher Ubbiyev bilan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli, imtihon jarayonlari bo‘yicha suhbatni tomosha qilib o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
ta'lim.mp4171.55 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #eslatma 🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR! 📶 Qurbon hayiti munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida ham ariza.piima.uz sayti ish faoliyatida boʻladi. ‼️ Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablarda qabul yuzasidan tashkil etilgan ISHCHI GURUHLAR ham soat 09:00dan 18:00gacha tasdiqlangan grafik asosida navbat bilan faoliyat olib boradi. ☎️ Qolaversa, 1206 qisqa raqamli Call-markaz 09:00dan 19:00gacha xizmat ko’rsatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 1
Repost from Xusniddin Mamadiyev
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli vohadoshlar! Aziz o‘qituvchilar, ta’lim sohasi fidoyilari!  
Avvalo, barchangizni mehr-oqibat va ezgulik ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman hamda o‘zimning eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Barchamiz bugun Qurbon hayitini katta xursandchilik bilan o‘tkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik ila dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan so‘rab, yurtimiz ravnaqi va farzandlarimiz baxt-u kamoli uchun go‘zal tilaklar bildiryapmiz. Ushbu bayram bir-birimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish, beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabr-u qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.   Muhtaram ustozlar hamda jonkuyar hamkasblar!   Barchangizni yana bir bor Qurbon hayiti bilan qutlagan holda, ona yurtimizga tinchlik, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka va xotirjamlik tilab qolaman.
Xusniddin Mamadiyev Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Telegram | Facebook
نمایش همه...
👍 3 1
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli hamkasblar, hurmatli pedagoglar! Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar! Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
نمایش همه...
👍 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 1
02:25
Video unavailableShow in Telegram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #kitob_chellenj 🔘 "Har 10 kunda bir kitob" chellenji boshlandi ☑️  1-ishtirokchimiz ➖ Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 7-sinf o'quvchisi Choriyorova Nafosat tomonidan “Men sevgan asar qahramonlari video va rasmlarda” mavzusida tayyorlangan videolavha.
🏆 Chellenjimiz g'olibi ➡️ ijodiy ishlarga kanalimiz a'zolari tomonidan bildirilgan munosabatlar (👍, ♥️, 🔥) soniga qarab belgilanadi.
🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
31.25 MB
👍 7🔥 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Farzandim chet elda tug‘ilgan va o‘sha yerda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olgan. Men va otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosimiz. Farzandim hozirda O‘zbekistondagi maktabda tahsil olmoqda. U Prezident maktabiga o‘qishga hujjat topshira oladimi?
➖Ha, topshira oladi. Bunda talabgordan hujjat topshirayotganda o‘quvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi bo‘limidan “Chet elda olingan tug‘ilganlik haqida guvohnoma”ni tanlashi talab etiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?
➖Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.
Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo‘lishi talab etiladi?
➖Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 2
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #korrupsiyasiz_soha 🚫 Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi
Joriy yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2023-2024-yillarga mo'ljallangan Davlat dasturiga muvofiq maktabgacha va maktab ta'limi sohasida "Korrupsiyasiz soha" loyihasi amalga oshirilmoqda.
 ☑️ Shu munosabat bilan joriy yilning 13-iyun kuni Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagog-xodimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sohaga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri tashkil etildi. 🔘🎬 Tadbirda "Nafs iskanjasi" nomli film namoyish etildi. 🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
👍 3
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.