cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Аngor tumani hokimligi |Rasmiy kanal|

Ushbu telegram kanali orqali Angor tumanidagi yangiliklar, islohotlar haqida maʻlumotlarga ega boʻlasiz. https://t.me/angormatbuot https://www.youtube.com/channel/UCVXrK6ba_bz9PLtZ-0ZcRQw

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
7 421
مشترکین
-6224 ساعت
+9007 روز
+63630 روز
آرشیو پست ها
#Eʼtirof Mamlakatimizda har yili 27-iyun “Matbuot va OAV xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Angor tumanida ham tadbir tashkil etildi. Tadbirga ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etildi. Dastlab, tuman hokimi Qosim Mardonov soha vakillarini tabrikladi. Tadbir davomida  OAV xodimlari taqdirlandilar. ➡️Bizning sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
نمایش همه...
👍 14 1🔥 1👏 1💯 1
Voha bo‘ylab sayohat Yurtimizda 30-iyun Yoshlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Angor tumanida ham ushbu bayram munosabati bilan turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bugun tuman hokimligi tashabbusi bilan bir guruh angorlik yoshlar uchun sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida ishtirokchilar Boysun tumanida bo‘lib, Darband qishlog‘idagi Xo‘jamayxona ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. ➡️Bizning sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
نمایش همه...
👍 6💯 1
Mehnat yarmarkasi tashkil etildi Bugun Angor tumanida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada 27 ta korxona va tashkilotlar qatnashdi. Ishtirokchilarga 294 ta bo‘sh ish o‘rinlari tavsiya qilindi. Yarmarkada tuman hokimi Qosim Mardonov ishtirok etib, fuqarolar bilan suhbatlashdi. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan hamda kasb-hunar egallamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berib o‘tdi. Ishga joylashmoqchi bo‘lgan 10 nafar hamda kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan 5 nafar fuqaroga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishga joylashish to‘g‘risida yo‘llanmalar berildi. ➡️Bizning sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
نمایش همه...
👍 8 3💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Mukammal ravishta bir joyda turishdan ko'ra, nuqsonli qadamlarni tashlagan ma'qul. Benjamin Franklin Kuningiz xayrli boʻlsin! 🔷Bizni kuzatishda davom  eting. Kanalga ulanish 👉https://t.me/angormatbuot 🔘 Kanalga ulanish:👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
نمایش همه...
👍 4💯 1
Viloyat rahbari Angor tumanida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi ta’lim muassasalari faoliyati, ulardagi mavjud sharoitlar hamda kuz-mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. ➡️Bizning sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
نمایش همه...
👍 3💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Diqqat e’lon!!! 2024-yil 27-iyun kuni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali tasarrufida bo‘lgan 35 kVli havo elektr uzatish tarmoqlarida Yuqori kuchlanishli liniyalar xizmati va Angor tumani elektr ta’minoti podstansiyasi guruhi tomonidan 35 kVli havo liniyasining simlariga tegib qolgan daraxt shox-shabbalarini qirqib chiqish va ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli 27-iyun kuni soat 09:00 dan 13:00 gacha bo‘lgan oraliqda 35/10 kV "Davr" podstansiyasi o‘chiriladi. Tumanning Yuqori Tallimaron, To‘lqin mahallalarida hamda Gilambob mahallasining bir qismida vaqtincha elektr ta’minotida uzilish bo‘lishini ma’lum qilamiz. ➡️Bizning sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
نمایش همه...
👍 2👌 2
Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi  Unda sektor rahbarlari, deputatlar, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Sessiya kun tartibiga qoʻyilgan 12 ta masala koʻrib chiqildi. Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan qizgʻin muhokama etilgach, Xalq deputatlari tuman kengashining qarorlari qabul qilindi. ➡️Bizning sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
نمایش همه...
👍 5
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.