cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Manaviyat.edu.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz 🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
60 247
مشترکین
-25624 ساعت
-1 8097 روز
-10 59730 روز
آرشیو پست ها
#audio_kitoblar
📚O‘n sakkizga kirmagan kim bor – Shukur Xolmirzayev (7-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor» (7-qism).mp323.63 MB
👍 1
01:56
Video unavailableShow in Telegram
#taqdirlash #ilhom2024 🗣Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi sovrindorlari tantanali taqdirlandi 🔹Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova tabrik so‘zi bilan ochib berib, poytaxtimiz markazida qad rostlagan Adiblar xiyobonining oliy ta’lim muassasalariga biriktirilishi yaxshi samara bergani, oliygohlar tomonidan xiyobonda doimiy tarzda tadbirlar tashkil etib kelinayotgani va “Ilhom” mukofoti talaba-yoshlarni ilmiy izlanishlarini munosib rag‘batlantirish uchun ayni muddao ekanligini ta’kidlab, g‘oliblarni tabrikladi. 🔹Shundan so‘ng, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev so‘zga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilarini ilm-fan va madaniyat bayrami bilan tabriklab, ushbu mukofot g‘olib bo‘lganlarga yanada mas’uliyat yuklashini, ular ilmiy ishlanishda yanada davom etib, yuksak marralarni zabt etishi kerakligini ta’kidladi.
😀“Ilhom” mukofoti 2024-yil g‘oliblari bilan tanishing:
🥇Shoxzodjon Otamurodov – Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi; 🥈Ruxsora Imomova – Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti; 🥉Dildora Yorbulova – Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi.
G‘oliblar Oliy ta’lim, va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus statuetka, diplom hamda 1-o‘rin Damas avtomobili, 2-o‘rin 30 million so‘m, 3-o‘rin 15 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
✔️Shuningdek, quyidagi ishtirokchilar “Ilhom” mukofotining rag’batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlandi: ↪️Sarvinoz Axmedova – Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi; ↪️“Ogahiyshunoslar” ijodiy jamoasi – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; ↪️Behruz Qo‘zibaev – Toshkent davlat transport universiteti talabasi; ↪️Axmadjon Muxtorjonov – Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi; ↪️Yahyo Kamolov – Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti; ↪️Gullola To‘ymurodova – Toshkent davlat pedagogika universitet talabasi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
IMG_4129.MOV42.54 MB
👍 9
00:26
Video unavailableShow in Telegram
#Live #Ilhom_taqdirlash Ayni paytda Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda. Tanlov shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida OTMda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida har yili an’anaviy tarzda oʻtkazib kelinadi. Tanlov gʻoliblari maxsus diplom va statuetkalar bilan birga: 🚘1-oʻrin uchun — “Damas” yengil avtomobili; 💸 2-oʻrin uchun — 30 mln soʻm; 💸 3-oʻrin uchun — 15 mln soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
IMG_2941.MOV20.48 MB
👍 7
🏛 “Munozara” Respublika turniri final bellashuvi hamda “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Samarqand MTRK va Mening yurtim telekanallari nigohida 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
6.mp430.32 MB
3_KUN_XABARLARI_08.06.2024.mp459.85 MB
👍 2👎 2
Bugun 10-iyun haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏 Butunjahon hunarmandchilik kuni. 🌏 Butunjahon qo‘g’irchoqlar kuni. 🌏 Xalqaro yosh burgutlar kuni. 🌏 Sharikli ruchkaning tug’ilgan kuni. 🇭🇹 Gaiti – Bolalar kuni. #voqealar 🔸Shotlandiyalik Robert Tompson pnevmatik shinalarga patent oldi (1846). 🔸Shifokorlar tomonidan  Bavariya qiroli Lyudvig II aqldan ozgan deb eʼlon qilindi (1886). 🔸Moskvada  «Союзмультфильм» studiyasiga asos solindi (1936). 🔸AQShda  Lasko Biro sharikli ruchkalarga patent oldi (1943). 🔸Italiya Respublika deb e’lon qilindi (1946). 🔸O‘zbekiston  Lyuksemburg va Norvegiya  davlatlari bilan  diplomatik  aloqalar oʻrnatdi (1992). 🔸Ostona shahri  Qozog’istonning yangi poytaxti deb e’lon qilindi (1998). 🔸Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi (1999). 🔸Fransiyada 15-Yevropa chempionatiga start berildi (2016). 🔸Halqasimon quyosh tutilishi (2021). #tavalludlar 🔹1832-yil: Nikolaus Avgust Otto (1891) – nemis muhandisi, 4 taktli ichki yonuv dvigatelini yaratgan. 🔹1880-yil: Andre Deren (1954) – fransuz rassomi va grafigi, teatr dekoratori, keramikachi haykaltarosh. 🔹1911-yil: Terens Rettigen (1977) – ingliz yozuvchisi, ssenariynavis. 🔹1920-yil: Said Ahmad (2007) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni. 🔹1921-yil: Shahzoda Filipp – Edinburg gersogi, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog’i. 🔹1929-yil: Fozilov Nosir (2018) – yozuvchi, tarjimon, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). 🔹1929-yil: Lyudmila Zikina (2009) – rus xonandasi, Rossiya (1968), O‘zbekiston (1980) xalq artisti, Mehnat Qahramoni (1987). 🔹1956-yil: Roland Paksas – litvalik siyosiy arbob, Litva Respublikasi prezidenti (2003-2004). 🔹1983-yil: MakSim (haqiqiy ismi Marina Abrosimova) – rus qo‘shiqchisi. 🔹1982-yil: Tara Kristen Lipinski – Amerikalik figurali uchuvchi, jahon(1997) va Olimpiya(1998) chempioni. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 8🔥 3
#audio_kitoblar
📚O‘n sakkizga kirmagan kim bor – Shukur Xolmirzayev (6-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor» (6-qism).mp318.34 MB
2
Bugun 9-iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro akkreditatsiya kuni. 🇺🇳 Xalqaro arxivlar kuni. 🌎 Janubiy Amerika – futboli kuni. 🇺🇸 AQSh – Milliy kino kechasi. 🇺🇬 Uganda – Milliy qahramonlar kuni. #voqealar 🔸AQSh da Charlz Grem sun’iy jag’ni patentladi (1822). 🔸Moskvada Tarix muzeyi ochildi (1833). 🔸Zamonaviy ingliz adabiyotining eng yirik vakillaridan biri, ijtimoiy tengsizlik, yo‘qchilik va qashshoqlik masalasini qamrab olgan romanlari bilan tanilgan Charlz Dikkens olamdan o‘tdi (1870). 🔸Donald Duck  ishtirokidagi birinchi multfilm (1934). 🔸Qozog’iston prezidenti N.Nazarboyev poytaxtning Almatidan Oqmola  (sobiq Selinograd, 1998-yildan Astana, 2019-yildan Nursultan) ga ko‘chirilishini e’lon qildi (1994). 🔸Qozog’iston poytaxti  Ostona shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tdi (2017). 🔸Qozog’istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda Qosim-Jomart Tokayev g’alaba qozondi (2019). 🔸O‘zbekiston Respublikasining "Faxriy murabbiy" ordenini ta’sis etish to‘g’risidagi Qonuni qabul qilindi (2020). #tavalludlar 🔹1672-yil: Pyotr I (1725) – rus podshosi (1682-yildan) va Rossiyaning birinchi imperatori. 🔹1781-yil: Jorj Stefenson (1848) – angliyalik ixtirochi, birinchi paravozni yaratuvchilardan biri, birinchi jamoat temir yo‘lini qurgan. 🔹1915-yil: Les Pol - (2009) – amerikalik jazz va country yo‘nalishidagi gitarachi, qoʻshiqchi hamda ixtirochi. 🔹1944-yil: Karimov Komiljon – rassom, ganj va naqsh ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1989). 🔹1952-yil: Ismoilov Abduhoshim – sozanda (g’ijjak), bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1990). 🔹1969-yil: Ikromov Alisher – kompozitor, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2005). 🔹1978-yil: Miroslav Kloze – nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014). 🔹1981-yil: Natali Portman – AQSh va Isroil fuqaroligidagi aktrisa, prodyuser, ssenariynavis va rejissyor. 🔹1984-yil: Uensli Sneyder – niderland futbolchisi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 15🔥 2🎄 2
#audio_kitoblar
📚O‘n sakkizga kirmagan kim bor – Shukur Xolmirzayev (5-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor» (5-qism).mp320.92 MB
🥰 3🔥 1
Bugun 8-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro okeanlar kuni. 🌏 Changyutgichning tug’ilgan kuni 🇷🇺 Rossiya – Ijtimoiy soha xodimlari kuni. 🇺🇸 AQSh – Inoq do‘stlar kuni. #voqealar 🔸Nyu-Yorkda ilk bor muzqaymoq sotuvga chiqdi (1786). 🔸Kvebekda Noa Kashing kir yuvish mashinasiga patent oldi (1824). 🔸Chikagolik Ayvz Makgaffi changyutgichni patentladi (1869). 🔸Los-Anjelesda “Universal” kinostudiyasi tashkil etildi (1912). 🔸Xalqaro jurnalistlar tashkiloti tuzildi (1946). 🔸Jorj Oruellning “1984” romani nashrdan chiqdi (1949). 🔸Lev Trotskiyning qotili Ramon Merkaderga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi (1960). 🔸Islandiya YUNESKOga a’zo bo‘ldi (1964). 🔸Amerikaning “Frito-Lay” va “Pepsi-Cola” kompaniyalari birlashib, “PepsiCo” tashkil topdi (1965). 🔸Veneraning Quyosh diskidan o‘tishi (2004). #tavalludlar: 🔹1810-yil: Robert Aleksander Shuman (1856) nemis kompozitori, 19-asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan.  🔹1832-yil: Aleksandr Aksakov (1903) – rus publitsisti, tarjimon, noshir. 🔹1903-yil: Margaret Yursenar (1987) – fransuz adibasi, Fransiya akademiyasiga saylangan birinchi ayol. 🔹1920-yil: Ivan Kojedub (1991) – sovet qiruvchi uchuvchisi, uch marta Sovet Ittifoqi qahramoni. 🔹1926-yil: Oleg Koshevoy (1943) – Krasnodardagi “Yosh gvardiya” yashirin komsomol tashkilotining rahbari (1942-1943), Sovet Ittifoqi qahramoni. 🔹1939-yil: Norman Devis – britaniyalik tarixchi. 🔹1955-yil: Xose Antonio Kamacho – ispan futbolchisi va treneri, Yevropa chempionati kumush medali sohibi (1954). 🔹1955-yil: Ser Timothy John “Tim” Berners-Lee – Ingliz kompyuter olimi, internetning ixtirochisi hisoblanadi. 🔹1984-yil: Xaver Maskerano – argentinalik futbolchi, ikki karra olimpiada chempioni. 🔹1997-yil: Yelena Ostapenko – latviyalik tennischi, “Katta dubulg’a” turnirining eng yosh g’olibasi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 13🔥 2
02:33
Video unavailableShow in Telegram
#final2024 #taqdirlash 🗣“Talabalar teatr studiyalari” hamda “Munozara” respublika tanlovlari final bosqichi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi! 🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Samarqand shahrida 5-6-7-iyun kunlari tashkil etilgan respublika tanlovlarining yakuniy final bosqichi yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari bugun Yoshlar markazi zalida tantanali taqdirlandi.
🎭“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovida quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:
🥇“Sho‘raxon” (TGFU) va “Qaqnus” (QarDU) talabalar teatr studiyalari; 🥈“Abu Ali ibn Sino izdoshlari” jamoasi (SamDTU) va “Retro” (TDTU) teatr jamoalari; 🥉“Ko‘zmunchoq” (TTA UF) va “CAMU” (CAMU) talabalar teatr studiyalari.
Tanlov g‘oliblari mos ravishda I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin 70 mln. so‘m, 2-o‘rin 50 mln. so‘m va 3-o‘rin 30 mln. so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
♦️Shuningdek, nominatsiya g‘oliblari, Vazira Mahmudova (ADU) “Eng yaxshi ayol roli uchun” – 10 mln. soʻm, Og‘abek Izzatullayev (BuxMTI) “Eng yaxshi erkak roli uchun” – 10 mln. soʻm, Javohir Rayimov (TerDPI) “Jamoa ijodkor talabasi” – 8 mln. soʻm, Alijon Asqarov (ADPI) “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” – 7 mln. soʻm va “Qaqnus” jamoasi (TTA) “Eng faol oliy taʼlim muassasasi” – 15 mln. so‘m pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
✔️“Munozara” Respublika turnirida quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:
🥇“Tabiiy intellekt” jamoasi, GulDU; 🥈“Tendem 3” jamoasi, FarDU; 🥉“Tarjimon” jamoasi, SamDCHTI.
Turnir g‘oliblari I, II va III darajali diplom va 1-o‘rin 30 mln. so‘m, 2-o‘rin 20 mln. so‘m va 3-o‘rin 15 mln. so‘m pul mukofoti, shuningdek, barcha jamoa a’zolari hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, turnirning “The best speaker” nominatsiyasida Feruza Saitmurodova (NavDPI) 2-o‘rin, Sarvarbek Komiljonov (SamDCHTI) 1-o‘rinni egalladi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
IMG_3927.MOV56.00 MB
👍 15👎 5 5🎉 3
#audio_kitoblar
📚O‘n sakkizga kirmagan kim bor – Shukur Xolmirzayev (4-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor». (4-qism).mp314.67 MB
👍 6 1 1🔥 1🎉 1
01:55
Video unavailableShow in Telegram
#final2024 #Munozara 🗣“Munozara” respublika turniri yakunlandi! 🔹O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 3 kun davom etgan munozara bahslarini bugungi final bellashuvi yakunlab berdi. Finalda Farg‘ona davlat universitetining “Tandem 3” jamoasi Guliston davlat universitetining “Tabiiy intellekt” jamoasi bilan bellashdi. ✔️Bellashuvni turnir davomida hakamlik qilgan 10 dan ziyod Hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordi. Final bellashuvini kuzatish uchun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudoyberganov ham tashrif buyurdi. Eslatib o‘tamiz, “Munozara” respublika turniri va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Samarqand viloyati Yoshlar markazida soat 15:30 da bo‘lib o‘tadi.
نمایش همه...
IMG_3832.MOV42.08 MB
👍 12🤩 2🥰 1🎉 1
#final2024 #Samarqand #talabalar_teatr_studiyasi 🎭 “Talabalar teatr studiyalari” finalining so‘nggi kuni mezbon jamoa spektakli bilan boshlandi! ♦️Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Abu Ali ibn Sino izdoshlari” talabalar teatr studiyalari jamoasi “Said Rizo Alizoda” dramasini namoyish etdi. Sahnada mezbon jamoa bo‘lganligi sababli, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab mehmonlar, talabalar, universitet xodimlari, shuningdek, universitet rektori Jasur Rizayev, hatto, Said Rizo Alizodaning o‘zi ham tashrif buyurdi. ✔️Shundan so‘ng, finalni yakunlab beruvchi Termiz davlat pedagogika instituti “Jayhun” jamoasi jadidlar hayoti haqida so‘zlovchi “Asr fojeasi” spektakliga navbat berildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu spektakl yakunlangach, Hakamlar hay’ati a’zolari barcha spektakllarni birma-bir tahlil qilib, yutuq va kamchiliklarini aytib o‘tadilar.
نمایش همه...
👍 8 2🥰 2🎉 1
Bugun 7-iyun haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT –  Xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni. 🌏 Butunjahon g’amxo‘rlik kuni. 🌏 Butunjahon yugurish kuni. 🇦🇷 Argentina – Jurnalistlar kuni. 🇰🇬 Qirg’iziston – Moliya va iqtisod xodimlari kuni. #voqealar 🔸Ispaniya va  Portugaliya dunyoni qaytadan boʻlib olishdi (1494). 🔸Xristofor Kolumb o‘zining uchinchi sayohatiga yo‘l oldi (1498). 🔸Lyudovik XIV Fransiya taxtiga o‘tirdi (1654). 🔸7,5 balli Port-Royal zilzilasi sodir bo‘ldi va uch daqiqa ichida shaharni butunlay yakson qildi (1692). 🔸Lateran kelishuviga muvofiq Vatikan davlati tashkil topdi (1929). 🔸Saudiya Arabistonida ayollarga ta’lim olish uchun ruxsat berildi (1960). #tavalludlar 🔹1548-yil: Jordano Bruno – italyan mutafakkiri, faylasuf, astronom va shoir. 🔹1794-yil: Pyotr Chaadayev – rus faylasufi, yozuvchi, jamoat arbobi. 🔹1829-yil: Nikolay Fyodrov – mutafakkir, utopik tizim yaratuvchisi, rus kosmizmi asoschisi. 🔹1924-yil: Xurshida Yanboyeva – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, terapevt-kardiolog,professor. 🔹1928-yil: Rasulqori Hofiz Mamadaliyev (1976) – xonanda, sozanda (tanbur, dutor, skripka) va askiyachi. 🔹1942-yil: Muammar Kaddafiy (2011) – liviyalik harbiy va davlat arbobi. 🔹1952-yil: Orxan Pamuk – turk yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (2006). 🔹1970-yil: Kafu – braziliyalik futbolchi, ikki karra jahon chempioni (1994, 2002). 🔹1981-yil: Anna Kurnikova – rossiyalik tennischi, fotomodel. 🔹1997-yil: Davlat Bobonov – oʻzbek dzyudochisi, 90 kg vazn toifasida, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida bronza medali sovrindori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 11🔥 4👎 1
#audio_kitoblar
📚O‘n sakkizga kirmagan kim bor – Shukur Xolmirzayev (3-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor_». (3-qism).mp321.58 MB
🔥 5👍 2
02:00
Video unavailableShow in Telegram
#final2024 #Samarqand #Talabalar_teatr_studiyasi 🎭 “Talabalar teatr studiyalari” finalining 2-kuniga belgilangan spektakllar yakunlandi!
Bugun quyidagi 4 ta oliy ta’lim muassasasi talabalar teatr studiyasi jamoalari o‘z spektakllarini ijro etishdi:
↪️Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Ibrat” talabalar teatr studiyasining “Tanho qayiq yohud devonaning orzusi” spektakli; ↪️Toshkent gumanitar fanlar universiteti “Sho‘raxon” jamoasining “Sho‘raxon” spektakli; ↪️Qarshi davlat universiteti “Qaqnus” talabalar teatr studiyasining “Tentakning yozmalari” spektakli; ↪️Andijon davlat universiteti “Humo” jamoasining “Ufqqa intilib” spektakli. 🔴Shu bilan hozirga qadar jami 9 ta jamoaning spektakllari yakunlandi. Ertaga soat 09:00 da mezbon, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi o‘z spektaklini ijro etsa, finalni Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi yakunlab beradi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
IMG_3775.MOV43.58 MB
👍 6
#final2024 #Samarqand 🗣Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi hamda “Munozara” respublika turniri final bosqichlari Samarqand MTRK nigohida. 🔹Mazkur tanlovlarning final bosqichini yuqori saviyada tashkil etishda bosh tashkilotchilik vazifasini bajarayotgan Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rahbariyatiga Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va barcha ishtirokchi jamoalar nomidan samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
18.75 MB
58.52 MB
👍 8🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#final2024 #Munozara 🗣“Munozara” respublika turnirining yarim final ishtirokchilari nomi aniqlandi! ✔️Guruh bosqichi, nimchorak final va chorak final bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, eng kuchli 4 ta jamoa bilan tanishing:
↪️“Tendem 3” jamoasi, FarDU; ↪️“Tarjimon” jamoasi, SamDCHTI; ↪️“Gumata” jamoasi, TerDU; ↪️“Tabiiy intellekt” jamoasi, GulDU.
🔴Biroz daqiqalardan so‘ng yuqoridagi jamoalar o‘zaro “Genetik modifikatsiyalangan organizmlarni (GMO) taqiqlash kerak” mavzusida o‘zaro bellashadilar hamda finalchilar va 3-o‘rin uchun kurashadigan jamoalarni aniqlab oladilar. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 4
⚡️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 8 yilligi tantanali nishonlandi! ✅O‘tgan sakkiz yilda universitet  jamoasi, talabalar bilan birgalikda katta yo‘lni bosib o‘tdi, qisqa muddat ichida milliy va xalqaro reytinglarda munosib natijalar qayd etdi. ✔️2016-yilda universitetning ilmiy salohiyati 51%ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 61,3%ga ko‘tarilgan. Universitet 2022-yilda Times Higher Education tashkilotining Impact reytingida dunyoning eng kuchli 600+ universitetlari ro‘yxatiga kirdi. 🔴Mazkur bayram tantanasi 5-iyun kuni universitetda o‘tkazilgan “Universitet – talaba – oila muloqoti” shiori ostida ikkinchi ota-onalar kongressi davomida nishonlandi. Kongressda universitetning bir guruh pedagoglari va xodimlari, faol talabalar, shuningdek, ota-onalar taqdirlanishdi. Kasbiy faoliyati davomida muvaffaqiyatlarga erishgan professor o’qituvchilar va xodimlarga “Alisher Navoiy” medali bilan topshirildi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 11👏 3
#otaonalar_kongressi ⚡️Joriy yilning 5-iyun kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Universitet – talaba – oila muloqoti” shiori ostida ikkinchi Ota-onalar kongressi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, kongress davomida oliy ta'lim muassasasining tashkil etilganiga 8 yil to'lishi munosabati bilan bayram tantanalariga ulanib ketdi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...