cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Manaviyat.edu.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz 🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
59 770
مشترکین
-21324 ساعت
-1 6517 روز
-10 17230 روز
آرشیو پست ها
Bugun 3-iyun haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro velosiped kuni. 🇲🇾 Malayziya – Yang di-Pertuan Agong(Malayziya qiroli)ning tug’ilgan kuni. 🇺🇬 Uganda – Shahidlar kuni. #voqealar 🔸Florida Ispaniya hududi deb e’lon qilindi (1539).  🔸Annapolis (Merilend) AQShning poytaxti bo‘lish maqomidan ayrildi (1784). 🔸Londonda Fransua Blanshar birinchi parashyutni sinovdan o‘tkazdi (1785). 🔸Sevastopolda vabo isyoni (1830). 🔸Sahroi Kabirda fir’avn Sanxetning (mil.avv.2570 yil) qabri topildi (1954). 🔸Meksika qoʻltig’ida  600  ming tonna neft dengizga toʻkilib ketdi (1979). 🔸Leningrad rok-klubida  Viktor Soy “Gruppa krovi” qoʻshig’ini ijro etdi (1987). 🔸Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari Bolalar folklor-etnografik festivali yakunlandi (1994). #tavalludlar:    🔹1865-yil: Georg V (1936) – Buyuk Brutaniya qiroli (1910-1936). 🔹1962-yil: Tom Kruz  – amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariynavis va kino prodyuseri. 🔹1974-yil: Sergey Rebrov – Ukrain futbolchisi. 🔹1978-yil: Suthida – Tailand qirolichasi. 🔹1982-yil: Yelena Isinbayeva – Rus yengil atletika ustasi, ikki karra Olimpiada chempioni. 🔹1986-yil: Rafael Nadal – Ispaniyalik taniqli raketka ustasi, “Katta dubulg’a” turnirlarining 17 karra g’olibi, ikki karra Olimpiada chempioni. 🔹1992-yil: Mario Gyotse – nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014). 🔹1994-yil: Nodirjon Mirzaahmedov – oʻzbek bokschisi, havaskorlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni (2019, 2021). 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 19 1
Bugun 2-iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏 Butunjahon to‘g’ri ovqatlanish va ortiqcha ovqat iste’molidan saqlanish kuni. 🇧🇹 Butan – O‘rmon xo‘jaligi kuni. 🇸🇮 Sloveniya – Temir yo‘lchilar kuni. 🇹🇭 Tailand – Ananaslar festivalining boshlanishi. #voqealar: 🔸Gogolning “O‘lik jonlar” romani nashr etildi (1842). 🔸Virjiniya shtatidan Jeyms Gibbs bitta ipli tikuv tikuv mashinasini patentladi (1857). 🔸Italiyalik Guglelmo Markoni AQShda radioni patentladi (1896). 🔸Yelizaveta II Buyuk Britaniya Qirolichasi boʻldi (1953). 🔸Boyqo‘ng’ir (Байконур) kosmodromiga asos solindi (1955). #tavalludlar: 🔹1904-yil: Jonni Vaysmyuller (1984) – amerikalik suzish ustasi, besh karra olimpiada chempioni, 67 ta jahon rekordini oʻrnatgan. 🔹1909-yil: Abdurauf Boltayev – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti. 🔹1930-yil: Andrey Saxarov – sovet va rossiyalik tarixchi. 🔹1942-yil: Eduard Malofeyev – sovet futbolchisi, sovet va Rossiya futbol murabbiyi. 🔹1973-yil: Kevin Faygi – amerikalik prodyuser va Marvel Studiosning asoschilaridan biri. 🔹1974-yil: Gata Kamskiy – amerikalik shaxmatchi, grossmeyster, SSSRda tug'ilib oʻsgan. 🔹1981-yil: Nikolay Davidenko – rossiyalik tennischi. 🔹1988-yil: Serxio Aguero – argentinalik futbolchi, olimpiada chempioni. 🔹1998-yil: Durdona Qurbonova – oʻzbek kinoaktrisasi. 🔹2000-yil: Zarina Yoʻldosheva – Aktrisa. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 18 2🔥 2
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🔴Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi delegatsiya va Rostok universiteti klinikasi Radiologiya bo‘limi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ▶️Yig‘ilishda yangi innovatsion yo‘nalishlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish masalasi muhokama qilindi. Unga ko'ra: 🔸Klinikaga onkologik kasalliklarni tashxislash va davolashning yangi zamonaviy usullarini joriy etish; 🔸Ikki bosqichli jarayondan iborat bo'lgan ADTI xodimlarining (rentgenologlarning) malakasini oshirish - diagnostika MRT, MSKT sohasidagi kasbiy bilimlarni oshirish - PET diagnostikasini joriy etish va o'zlashtirish; 🔸Onkourologiya sohasida zamonaviy davolash usullarini ishlab chiqish; 🔸Rostok universiteti kasalxonasining yutuqlari asosida saraton kasalliklarini davolashda zamonaviy innovatsion maqsadli terapiyani ishlab chiqish va joriy etish;  🔸Saraton bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash uchun zamonaviy farmasevtik preparatlardan foydalanish imkoniyatlarini ko'rib chiqish yuzasidan fikr almashildi va ikkala tomon ham ushbu sohalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Germaniyalik hamkasblar barcha turdagi professional yordam ko'rsatish tashabbusini ma'qulladilar — deydi institut rahbariyati
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 6 3👏 2🤩 1
Bugun 1-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro ota-onalar kuni. 🌏 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 🌏 Xalqaro sut bayrami kuni. 🇺🇿 O‘zbekiston – Bolalarni himoya qilish kuni. 🇨🇻 Kabo-Verde – Yoshlar kuni. 🇨🇳 Xitoy – Bolalar kuni. 🇲🇳 Mo‘g’uliston – Ona va bola kuni. #voqealar 🔸Kopengagenda Daniyadagi birinchi universitet ochildi (1479). 🔸Tomas Alva Edison birinchi ovozli elektr registrator ixtirosi uchun patent oldi (1869). 🔸Oltoy viloyati tashkil topdi (1922). 🔸“Kraysler” avtomobil kompaniyasi tashkil topdi (1925).  🔸AQShning Konnektikut shtatidagi Nyu-Xayven shahrida birinchi pullik telefon apparati o‘rnatildi (1880). 🔸Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlana boshlandi (1950). 🔸Birinchi uzluksiz informatsion kanal – CNN ish boshladi (1980). #tavalludlar: 🔹1804-yil: Mixail Glinka (1857) – bastakor, rus mumtoz musiqasi asoschisi. 🔹1906-yil: Ahmedov Hojiakbar (1980) – O‘zbek xonandasi (bariton) va aktyori, O‘zbekiston xalq hofizi (1939). 🔹1926-yil: Merilin Monro (1962) – amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi va model. 🔹1929-yil: Nargis (1981) – taniqli hind aktrisasi. 🔹1937-yil: Morgan Frimen – Gollivud kinoyulduzi, aktyor, rejissyor, suxandon. 🔹1948-yil: Qadamboy Rahimov – dirijyor, bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi (1991). 🔹1965-yil: Larisa Lazutina – sovet va rus chang’i ustasi, besh karra olimpiada, ko‘p karra jahon chempioni. 🔹1965-yil: Neyjel Short – ingliz shaxmatchisi, grossmeyster. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 12🔥 5 3🎉 1
#Intellektual_haftalik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Zakovat” NNT tomonidan “Intellektual haftalik” doirasida tashkil etilgan Oliy ta‘lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.
Zakovat bo‘yicha:
🥇1-o‘rin: Toshkent shahridagi INHA universiteti (50 mln so‘m); 🥈2-o‘rin: O‘zbekiston milliy universiteti (30 mln so‘m); 🥉3-o‘rin: Namangan davlat universiteti (15 mln so‘m).
Breyn-ring bo‘yicha:
🥇1-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti (50 mln so‘m); 🥈2-o‘rin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (30 mln so‘m); 🥉3-o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (15 mln so‘m);
Shaxsiy o‘yin bo‘yicha:
🥇1-o‘rin: Diyorbek Mahmudjonov (Namangan davlat universiteti, 20 mln so‘m); 🥈2-o‘rin: Ahror Bosimov (Toshkent tibbiyot akademiyasi, 15 mln so‘m); 🥉3-o‘rin: Nurbek Xo‘jayev (Yangi O‘zbekiston universiteti, 10 mln so‘m). 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 12👏 3🔥 1
03:31
Video unavailableShow in Telegram
#hisobot_konserti 🗣Qashqadaryoda “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida hisobot konserti bo‘lib o‘tdi! ♦️Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida Xalqaro innovatsion universitetining hisobot konserti tashkil etildi. Tadbirni universitet rektori Ortiqov Umidjon Doniyorovich ochib berdi. Tadbir universitet nomidan Respublika miqyosidagi tanlovlarda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan iqtidorli talabalarni taqdirlash jarayonlariga ulandi. Jumladan, “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan “Hurriyat” jamoasi a’zolarining ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. QvZ “Voha ligasi” final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan universitetning “Kotta bollar” jamoasi a’zolari pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 🔴Tadbir davomida kelin salom, milliy liboslar ko‘rgazmasi, tarixiy shaxslar siymosi, “Guldasta” raqs ansambli, “Dutorchi qizlar” ansambli a’zolarining badiiy va musiqiy chiqishlari hamda jadidchilar hayotidan sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Bundan tashqari hisobot konsertida taniqli Qahhor baxshi ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar konsert dasturi fayziga fayz qo‘shdi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
Xalqaro_innovatsion_universitet_21_online_video_cutter_com.mp435.45 MB
👍 14🔥 2👏 2
⚜️Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan adabiy-ma'rifiy kecha tashkil etildi. 📚Adabiy-ma'rifiy kechada O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi, shoir Botir Ergashev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Namangan viloyat bo'limi rahbari Musoxon Appaqov, Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat rahbari, shoir Ziyoviddin Mansur hamda tarjimon, adiba Shahodat Isaxonova, shoiralar Begoyim Holbekova, Hulkar Sherzodova, navoiylik Alisher tahallasi bilan nom taratgan shoir Alisher Boymurodov, namanganlik ijodkorlardan Ruqiya G'oziyeva, Gulchehra Zokirova, Adiba Hushroy shuningdek, institut proffesor-o'qituvchilari, "Yoshlar kengashi" hamda "Talabalar akademyasi" koordinatorlari va ijodkor talabalar ishtirok etishdi. 💠Yuqori kayfiyatda o'tkazilgan adabiy-ma'rifiy kechada institutimizning ijodkor talabalari ustoz ijodkorlar tomonidan e'tirof etilib, tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 4🤩 3 2🔥 1🥰 1
02:20
Video unavailableShow in Telegram
FULL (1).mp417.21 MB
Bugun 31-may haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT (BST) – Butunjahon tamakidan voz kechish kuni. 🌏 Yevropada aka-ukalar va opa-singillar kuni. 🌎 Veb-dizayner kuni. #voqealar 🔸Londonda Big-Ben soati ishga tushirildi. 🔸Parij yaqinidagi Sen-Klod parkida (1859). dunyodagi birinchi velosiped poygasi bo‘lib o‘tdi (1868). 🔸Berlinda dunyodagi birinchi elektr temir yo‘l ochildi va Verner fon Simens tomonidan ishlab chiqilgan birinchi elektr poyezdi namoyish etildi (1879). 🔸Perudagi zilzila 60 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi; 600 000 Peruliklar uylaridan ayrildi (1970). 🔸Toshkent aviatsiya instituti tashkil etildi (1995). 🔸Yaponiya va Janubiy Koreyada futbol bo‘yicha jahon chempionatiga start berildi (2002). #tavalludlar: 🔹1847-yil: Uilyam Jeyms Pirri (1924) – Irland kemasozi, bahaybat “Titanik” kemasi muhandisi. 🔹1913-yil: Mukarram Turg’unboyeva (1978) – raqqosa, baletmeyster, o‘zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti (1937). 🔹1916-yil: Bernard Lyuis (2018) – britaniyalik-amerikalik sharqshunos va siyosiy sharhlovchi. 🔹1962-yil: Viktoriya Ruffo – meksikalik aktrisa, Meksika seriallarining primadannosi. 🔹1967-yil: Sandrin Bonner – fransuz aktrisasi. 🔹1973-yil: Natalya Korolyova – qo‘shiqchi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 5🔥 3 1
#breyn_ring #intellektual_haftalik 🗣Intellektual haftalik doirasidagi “Breyn-ring” o‘yini g‘oliblari aniqlandi! “Intellektual haftalik” ning eng qiziqarli tadbirlaridan biri – “Breyn-ring” o‘yini katta qiziqish va raqobat ostida o‘tkazildi. Mazkur tanlov 1-bosqichida respublikamizning 49 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari 10 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdi. ⚡️Har bir guruhda 1-2-o‘rinni egallagan jamoalar 2-saralash bosqichida 5 tadan 4 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etdi. Jamoalarga 10 tadan savollar berildi va savollarga eng birinchi bo‘lib, to‘g‘ri javob bergan 1-2-o‘rin egalari chorak finalda qatnashdi. ♦️Chorak finalda guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoalar boshqa guruhda 2-o‘rinni egallagan jamoalar o‘zaro bilan bellashdi va “Breyn-ring”ning yarim finalga yo‘l olgan eng kuchli 4 jamoasi aniqlab olindi. ✔️Yarim final bellashuviga yutqazgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Buxoro davlat universiteti jamoalari 3-o‘rin uchun o‘yinda qatnashgan bo‘lsa, final bosqichida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Farg‘ona davlat universiteti jamoalari g‘oliblik uchun bellashdi. Yakunda esa quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇Farg‘ona davlat universiteti 🥈Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 🥉Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Tanlov nizomiga ko‘ra, 1-o‘rin 50 million so‘m, 2-o‘rin 30 million so‘m va 3-o‘rin 15 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 13
وارد شوید و به اطلاعات مفصل دسترسی پیدا کنید

ما این گنجینه ها را پس از تأیید هویت به شما نشان خواهیم داد. ما وعده می‌دهیم که سریع است!