cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

TOYLOQ.UZ | Rasmiy xabarlar

Kanal orqali Toyloq tumaniga oid eng soʼnggi yangiliklar, voqea-hodisalar, shuningdek, tuman hokimining ish faoliyatidan xabardor boʼlib borishingiz mumkin. Kanaldan ma'lumot ko‘chirilganda manbasi ko‘rsatilishi shart.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
5 481
مشترکین
-524 ساعت
+1877 روز
+20930 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик Поздравление работникам печати и средств массовой информации Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
27- iyun - Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni Tumanimizdagi barcha jurnalistlarni kasb bayramlari bilan qutlaymiz. Har qanday kasb ezgulikka xizmat qilar ekan, shubhasiz, xalq nazarida ulug‘vor, jamiyat hayotida qadrlidir. Shu ma’noda, zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulug‘lab, shu kasbdan qadr va sharaf topib yurishingizni tilaymiz.     Barchangizga mustahkam sog‘lik, yangi ijodiy yutuqlar, xonadonlaringizga tuganmas tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.  Qalamingiz bundanda o‘tkir bo‘lsin. Toyloq tuman hokimligi jamoasi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги ФармониУказ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Днем работников печати и средств массовой информации группы работников сферы" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
08:42
Video unavailableShow in Telegram
Brifing Mavzu: Aholi muammolarini o‘rganish va murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Ishtirokchi: Toyloq tuman hokimligi devonxona mudiri Komil Hamroyev.
نمایش همه...
C0110.mp451.54 MB
08:42
Video unavailableShow in Telegram
E’lon Brifing o‘tkaziladi Joriy yilning 26-iyun kuni soat 15:30 da Toyloq tumani hokimligi majlislar zalida brifing o‘tkaziladi. Unda Toyloq tuman hokimligi devonxona mudiri Komil Hamroyev ishtirok etadi va aholi muammolarini o‘rganish hamda murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot beradi. Ommaviy axborot vositalari xodimlarini mazkur tadbir tadbirga taklif etamiz. Murojaat uchun tel: 99-311-18-84
نمایش همه...
C0110.mp451.54 MB
18:30
Video unavailableShow in Telegram
"Kelajak bunyodkorlari" ko'rsatuvi https://t.me/SamTvr
نمایش همه...
Telegram uchun G.Baratova.mp4100.60 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Pensiya tayinlashda “ish staji kam chiqish” muammosiga duch kelmaslik uchun nima qilish kerak? Masalan, siz biror tashkilotda ishlagansiz, lekin pensiyani hisoblash vaqti kelganda ushbu ishlagan davrdagi ish stajingiz tizimdan chiqmayapti. ⌨️ Bu muammo o‘sha vaqtda ishlaganligingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) ga kiritilmaganligidan kelib chiqadi. Bunday hollarda siz tashkilotdan ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlardan ko‘chirmalar olgan holda va ushbu joyda mazkur davr mobaynida mehnat faoliyati yuritganlik faktini tasdiqlatishingiz mumkin bo‘ladi. Shuning uchun, biror tashkilotga ishga joylashayotganingizda yoki u yerdan bo‘shaganingizda doimo tashkilotning kadrlar bo‘yicha xodimidan ma’lumotlaringizni my.mehnat.uz bazasida to‘liq raqamlashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab oling. Toyloq tuman Pensiya Jamgarmasi bolim boshlig`i: F.Raimkulov
نمایش همه...
Press-tur Kuz-qish mavsumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda Ayni kunlarda “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tarmoqlarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu boradagi ishlar sifati va jarayonlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi. Press-turp davomida OAV vakillari Qo‘rg‘oncha mahallasida joylashagn aholi va ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi stansiyada olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishishdi. Ushbu statsiya 10780 ta aholi, 228 ta ulgurji, 13 ta gaz quyish shahobchalari, 7 ta sanoat, 30 ta byudjet, 178 ta kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi, deydi “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Yusuf Daminov. -Ushbu stansiyada 342,2 ming km tarmoq, 21 ta yuqori bosimli GRPlar mavjud bo‘lib, 8 ta avariya tiklash xizmati xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
نمایش همه...
Toyloqda Milliy kurash bo‘yicha «Prokuror kubogi»ga start berildi Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa milliy g‘urur va iftixor bag‘ishlovchi o‘zbek milliy kurashining ommaviyligini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqaning mahalla bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda ishtirok etgan Toyloq tumani prokurori A. Abdullayev, tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi J. Xo‘jamurodov, tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyevlar musobaqaning maqsadi haqida so‘z yuritib, sportchilarga omad tilashdi. Shundan so‘ng musobaqa start berildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqa Xalqaro kurash assosiatsiyasining amaldagi qoidalari asosida 18-30 yoshli erkaklar 66,73,81, 90,+90 vazn toifasida,18-30 yoshli ayollar o‘rtasida 48, 57, 70, 87 vazn toifasida o‘tkaziladi.
نمایش همه...
Press-tur Korxonada kuniga 250-300 ta changyutgich ishlab chiqarilmoqda Savdo-sanoat palatasi Toyloq tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi bilan tanishish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Media-tadbir davomida tadbir ishtirokchilari Adas mahallasida joylashgan “SAM FIORENTA” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishishdi. 2021-yilda tashkil etilgan korxona 2023-yil yakunida Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalar yordamida ish boshladi. 11 milliard 500 million so‘mlik loyiha asosida korxonada yiliga 100 ming dona 6 xildagi changyutkich ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Hozirda bitta liniyada kuniga 250-300 ta changyutkich ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari korxona maishiy texnika uchun kabellar to`plami, kabel mahsulotlari, plastik qismdan iborat mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Korxona mahsulotlari ichki bozordan tashqari qo‘shni respublikalar va Rossiyaga ham eksport qilinmoqda.
نمایش همه...
Aholi murojaatlari tinglandi     Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi. Unda Toyloq tumani hokimining o‘rinbosarlari Jahongir Haqberdiyev, Noila kambariddinova, Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Zayniddin Nuriddinov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.    Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, kommunal, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi.    Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar joyiga borib o‘rganildi va mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
E'LON Jurnalist va blogerlar diqqatiga! Joriy yilning 27-iyun kuni soat 10:00dan boshlab, “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali Toyloq tumani bo‘limi tomonidan press-tur o‘tkaziladi. Unda tumanda optik tolali aloqa tarmog‘ini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishiladi. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillarini mazkur media-tadbirga taklif etamiz. Murojaat uchun telefonlar: 97-892-07-77
نمایش همه...
AKSIYADA 30 NAFAR DONOR QON TOPSHIRDI Ayni damda G'o'lba OSHPda 09.00dan 14.00ga qadar Donorlik aksiyasi bo'lib o'tmoqda. Hozirga qadar 30 ga yaqin donorlar qatnashib qon topshirdi. #Eslatib_o'tamiz Donorlik qilish istagidagi donorlarni shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlarini so'raymiz. ⏰Aksiya bugun 14.00ga qadar davom etadi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Uy_shifokori Limon sharbati yurakni quvvatlantiradi ✅ Agar sizni yurak kasalligi bezovta qilayotgan bo‘lsa, quyidagi tavsiyadan foydalanishingiz mumkin: ✅ Kechqurun o‘rtacha kattalikdagi yarimta limonning sharbatini chiqarib, uni yarim stakan qaynatilgan o‘rtacha haroratdagi suv bilan aralashtiriladi. So‘ng bir osh qoshiq asal solinadi va yana aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal (har safar yangidan tayyorlanadi) ana shu damlamadan ichiladi. Muolaja davomiyligi 10 kun.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_йил_1_июлдан 🔰 Қонунчиликка кўра, онкологик, гематологик ва иммунологик касалликларга чалинган 18 ёшдан 21 ёшгача бўлган (21 ёш ҳам киради) беморлар белгиланган тиббиёт марказларининг болалар гематологияси ва онкологияси бўлимларида, шунингдек, улар вояга етгунларига қадар ушбу касаллик бўйича тиббий ёрдам кўрсатган бошқа тиббиёт ташкилотларида бепул даволанишни давом эттиради. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
نمایش همه...
#Press-tur ENDI PENSIYA CHIQISH FAQAT MY.GOV.UZ  PORTALI ORQALI AMALGA OSHIRILADI         O‘zbekistonda ham rivojlangan mamlakatlar singari 2022-yil 1-iyuldan boshlab faqatgina pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi taqdim etish orqali pensiyalarni rasmiylashtirish imkoni mavjud bo‘ldi. 
    -Pensiya jamg‘armasi tomonidan my.gov.uz portalida qanday xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan?
       Pensiya jamg‘armasi tomonidan my.gov.uz portalida yo‘lga qo‘yilgan onlayn xizmatlar: -Pensiya tayinlash uchun ariza berish; -Pensiya oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma olish; -Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari manzil ma’lumotlari; -Pensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish;      Mazkur xizmatlardan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng foydalanish mumkin,-deydi- Toyloq tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i: F. Raimkulov.
نمایش همه...
وارد شوید و به اطلاعات مفصل دسترسی پیدا کنید

ما این گنجینه ها را پس از تأیید هویت به شما نشان خواهیم داد. ما وعده می‌دهیم که سریع است!