cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Ambassador of @profiuniversity xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo Murojaatlar uchun: @pedmurojaat Reklama uchun: @rek_men

نمایش بیشتر
Advertising posts
71 315مشترکین
+4724 ساعت
-5047 روز
-2 76930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

15-aprel kuni attestatsiyada ishtirok etgan informatika fani o‘qituvchilari masalasi bo‘yicha yana bayonot berildi 15-aprel kuni ham test topshiriqlarini to‘liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar 2024-yilning 22-may kuni o‘tkaziladigan qayta attestatsiya jarayonlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq masalaga vazirlik yanada oydinlik kiritdi.
"Ayni vaqtda pedagoglarga shaxsiy kabinetlari orqali apellyatsiya berish imkoniyatini yaratish ustida ish olib borilmoqda", deyiladi vazirlikning rasmiy bayonotida.
Demak, 15-aprel kuni attestatsiyadan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar tez orada shaxsiy kabinetlari orqali elektron tarzda ariza (shikoyat) berishlari mumkin bo‘ladi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/608 Telegram I Facebook I YouTube
نمایش همه...
Attestatsiya vaqtida oq'ituvchi hayajonlanmasligi kerak Attestatsiya vaqtida o'qituvchilarga kimdir qo'pol munosabatda bo'lsa, ular ham munosib javob qaytarib qo'yishi kerak. Avvalgi attestatsiya jarayonlarida o‘qituvchilar test ishlash xonasiga kirishi bilan ularga xuddi huquqbuzarlardek muomala qilishganiga guvoh bo‘lganmiz.
“Tezroq o‘tiring”, “gaplashmang”, “atrofga alanglamang”, “joyingizni topolmaysizmi”, “yana bir marta sherigingizga qarasangiz chiqarib yuboramiz”, “qanaqa odamsiz o‘zi” kabi qo‘pol gaplarni eshitishga majbur bo‘lishgan. Hozir bunday emas deb o'ylaymiz...
Kim sizning nafsoniyatingizga tegsa, qo‘pol gapirsa, hurmatsizlik qilsa, ta’sirchan javobingiz bilan kim ekanligingizni bildirib qo‘ying. Bilimingiz yetarli emasmi, buni mardlarcha tan olib qo‘yavering. Ammo qaddingizni hech qachon bukmang! "Tanaffus" podkastning ikkinchi sonida pedagoglar uchun qiziq bo'lgan mavzu — "Attestatsiya nimaga kerak?" degan mavzusida suhbatlashgandik. ▶️To'liq video:👉 https://youtu.be/a-YFzZRYmuo Telegram I Facebook I YouTube
نمایش همه...
Repost from N/a
⚡️ Pedagog kadrlarning kasbiy bilim ko'rsatkichlariga muvofiq ta'lim dasturlari bo'yicha guruhlar va ta'lim shakli qanday taqsimlangan?
👆Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-son buyrugʻi bilan maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi ta'lim tashkilotlari rahbar, mutaxassis va pedagog kadrlarining 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o'qitish rejasi tasdiqlangan. 🖌 Mazkur buyruqning 1-ilovasi bilan malaka oshirish kurslarida pedagog kadrlarning kasbiy bilim ko'rsatkichlariga muvofiq ta'lim dasturlari bo'yicha guruhlar va ta'lim shaklini belgilash mezonlari tasdiqlangan.
❗️Joriy yil malaka oshirish kurslari shu mezonlar asosida tashkil etilmoqda. 🔗 Yillar kesimida ta'lim shakllari to'g'risida avvalgi postimizda batafsil ma'lumot berib o'tilgan. 👉 @malakaoshirish_official ni kuzatib boring!
نمایش همه...

Kanalga a'zo bo'ling
Aksariyat o‘quvchilar maktabni xabardor qilmay xorijga chiqib ketmoqdami? Maktab o‘quvchilarining xorijga vaqtincha chiqish tartibi o‘zgarmoqda. Bu bo'yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi muhokamalar portaliga hujjat loyihasini joylagan. ➖ Xo‘sh, ota-ona ariza bilan murojaat qilinganda, direktor uni rad etishi mumkinmi? ➖ Maktab direktori o‘quvchining xorijga chiqib ketishiga to‘sqinlik qilishga vakolati bo‘lmasa, unda ariza yozishdan nima naf? ➖ Xorijga maktabni xabardor qilmay chiqib ketadigan bolalarni o‘quvchilar safidan chiqarishdan qanday maqsad ko‘zlangan? Ushbu savollarning barchasiga quyidagi maqola orqali batafsil javob topishingiz mumkin. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/609 Telegram I Facebook I YouTube
نمایش همه...
Repost from Bektosh Khatamov
Қайси йўналишга ўқиш керак? Сунъий интеллект ривожланиб боргани сайин инсоннинг бўш вақти кўпаяди, бўш вақти бўлган инсон эса ўзи учун, оиласи учун вақт ажрата олади, дам олади, саёҳат қилади, демак келажакда туризмга бўлган талаб кучайиб боради деган таҳминлар тобора ортиб бормоқда. Туризм йўналишида эса билимлар асосан назария эмас, тажриба ҳисобига эгалланади. Шуларни ҳисобга олиб биз ҳам жамоамиз билан туризм йўналишида талабалар учун ажойиб янгилик қилдик. Туризм йўналиши талабалари тўрт йилни қандай ўтказишади? 1. Биринчи курсни Ўзбекистонда @profiuniversity олийгоҳида назария билан биргаликда япон тилини ўзлаштиришади. 2. Иккинчи курсда Японияда ҳам ўқиб, ҳам туризм соҳасида ишлашади. Еб-ичиш, яшаш харажатларининг барчаси иш берувчи компания томонидан қопланади. Бундан ташқари ойлик маош 1000 доллардан бошланади. Ўз-ўзидан Ўзбекистонда бошланган япон тили билимлари Японияда бир йил давомида мустаҳкамланади. 3. Учинчи курсни яна Ўзбекистонга қайтиб келади ва энди яна назарий билимлар билан бирга француз тилини ўрганишни бошлайди. 4. Тўртинчи курс эса Францияда “South Shampagne Business School”нинг Туризм факультетида малака оширишади ва ишлашади. Францияда университет иш билан таъминламайди, талаба ўзи хоҳласа, ишлаши мумкин бўлади. Битирувчи талаба иккита дипломга Ўзбекистон томонидан “Profi University” дипломига ва Франциянинг “South Shampagne Business School” халқаро дипломига эга бўлади. Туризм йўналишига меҳрим бошқача, чунки ўз фаолиятимни ҳам айнан шу йўналишда бошлаганман. Турли меҳмонхоналарда ишладим, бир пайтлар Ўзбекистон Мусулмонлар идорасининг туризм бўлимида ҳам фаолият юритганман, шунинг учун туризмга уникал таклиф тайёрлашда шахсан ўзим қатнашдим. Тўлиқроқ мана бу 👉 видеода 👈 томоша қилишингиз мумкин. @bektoshkhatamov
نمایش همه...
Profi University

✔️ Profi University - O'zbekiston va dunyoga professional kadrlar tayyorlaydigan universitet. Profi University qabul bo'limi - @profiqabul ✔️ Profi University- университет, занимающийся подготовкой профессиональных кадров мирового уровня. 📱787771111

"15-aprel kuni test sinovlari vaqtida nosozlik bo‘lmagan" – VAZIRLIK Xalq ta'limi Info tahririyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari bilan muzokara olib bordi. Unda 15-aprel kuni attestatsiya vaqtida nosozlik bo‘lmagani, bunday holat aynan 16-aprel kuni ro‘y berganligini ma’lum qilindi. Shuningdek, har bir pedagogning masalasi adolatli ravishda ko‘rib chiqilishi aytildi. Unda norozi bo'lgan pedagoglar nima qilishi kerak? Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/608 Telegram I Facebook I YouTube
نمایش همه...
15-aprel kuni kuzatilgan nosozliklar nega gapirilmadi? Vazirlik bergan rasmiy bayonotida faqat 16-aprel kuni test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar haqida so'z boradi. Vaholanki, 15-aprel kuni ham nosozlik kuzatilgan va shu kuni ham ko'plab pedagoglar tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi sababli yetarlicha ball to'play olmagan. Shu o'rinda 15-aprel kuni ham test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar 2024-yilning 22-may kuni o'tkaziladigan qayta attestatsiya jarayonlarida ishtirok etishga haqli deb hisoblaymiz. Shu o'rinda texnik nosozlik sabab attestatsiyadan o'tolmagan informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilari tegishli tartibda apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari lozimligini ham eslatib o'tmoqchimiz. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/607 Telegram I Facebook I YouTube
نمایش همه...
❗️22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya o'tkaziladi 15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi haqida xabar bergandik. Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko'ra 16-aprel kuni test topshiriqlarini to'liq bajarishgan ulgurmagan pedagoglar roziligi bilan 2024-yilning 22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya o'tkazish belgilandi. Telegram I Facebook I YouTube
نمایش همه...
Attestatsiya test sinovlari qaytadan o‘tkazilishi kerak Ko‘pchilik pedagoglar 15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida kuzatilgan texnik nosozlikdan norozi bo'lib, attestatsiya test sinovlarini qayta tashkil etilishini talab qilmoqda. Xo'sh, bunga pedagoglarning qonuniy haqqi bormi? Vazirlik bu vaziyatda qanday yo'l tutushi kerak? Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/607 Telegram I Facebook I YouTube
نمایش همه...
Attestatsiyadagi texnik nosozlik sabab o‘qituvchilar uzoq vaqt zalda qolib ketgan Bir guruh o‘qituvchilar attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelganligidan shikoyat qilmoqda. Ayrim o‘qituvchilar kech soat 21:00 da testdan chiqqanligini aytmoqda. Shunindek, pedagoglar platformadagi nosozliklar sabab ba’zi savollar avtomatik tarzda belgilanib qolganiga ham guvoh bo‘lishgan. Ma’lum bo‘lishicha, test savolliklari ham tarqalib ketgan. Ayrim hududlarda esa elektr o‘chishi holati ham kuzatilgan. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/606 Telegram I Facebook I YouTube
نمایش همه...