cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

polito.uz

Official channel of Turin Polytechnic University in Tashkent Apply at https://polito.uz/qabul Website: https://polito.uz You tube: https://www.youtube.com/c/TurinPolytechnicUniversityinTashkent Instagram: https://www.instagram.com/polito_uz

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 686
مشترکین
-624 ساعت
-387 روز
-16030 روز
آرشیو پست ها
#Adiblar_xiyoboni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda universitet qoshidagi akademik litsey talaba-yoshlari orasida badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishini oshirish va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Adiblar xiyoboni"da madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir qatnashchilari, XX asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o‘zbek romanchiligi asoschisi, yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg Abdulla Qodiriy hayoti va va ijodi, uning yozgan asarlari ahamiyati to‘g‘risida fikr almashdilar. Tadbir davomida iqtidorli yoshlar ijrosida Abdulla Qodiriy ijodiga oid sheriy misralar, Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Bu kabi tadbirlar - yurtimiz yoshlariga mutafakkir ajdodlarimiz hayoti va ijodi haqida keng tushuncha berish, ularning asarlarini yoshlar orasida ommalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Bizni kuzatib boring: 📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
نمایش همه...
👍 9 3
#xalqaro_hamkorlik ✅Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida bir qator muhim uchrashuvlar bo‘lib, keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Shular jumlasidan, delegatsiya a’zolarining Koreya Respublikasining Yeungnam universitetiga tashrifi bo‘ldi. Uchrashuvda universitet Prezidenti Choi Oe-chool bilan Janubiy Koreya tajribasi asosida TTPUda IT muhandisligi yoʻnalishlarida kadrlarni tayyorlashda 2+2 dasturi asosida hamkorlikni yo‘lga qoʼyish, professor o‘qituvchi va talabalar almashinuvini amalga oshirish boʼyicha muzokaralar oʼtkazildi. ✍️Natijada, bakalavr talabalari uchun ikki yil TTPUda, keyingi ikki yilni Yeungnam universitetida davom ettirish imkoniyatini yaratish orqali qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil qilish, IT muhandisligi sohasida sanoat korxonalarining aniq ehtiyojlaridan kelib chiqib malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni Janubiy Koreyaning yirik IT korxonalarida amaliyotini taʼminlash, ikkala universitetlarning oʻzaro almashinuvlarini tashkil qilish boʻyicha kelishuv imzolandi. Bizni kuzatib boring: 📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
نمایش همه...
👍 14 4👏 3
#xalqaro_hamkorlik *️⃣ Joriy yilning 13-may kuni, Xitoy Xalq Respublikasining Shaanxi provinsiyasi ta'lim departamenti direktori o'rinbosari Vang Haybo boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga universitet bo‘ylab tur uyushtirilib, TTPUning o‘quv va ilmiy faoliyat bilan yaqindan tanishtirildi. 🤝Uchrashuv so‘ngida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Shaanxi politexnika instituti (Xitoy) bilan anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum doirasidagi hamkorlik ko‘lami akademik hamkorlik, talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va boshqalarni o‘z ichiga oldi. *️⃣On 13 May 2024, a delegation headed by Wang Haibo, Deputy Director of the Department of Education of Shaanxi Province of the People's Republic of China, visited Turin Polytechnic University in Tashkent. During the visit, members of the delegation got acquainted with educational and scientific activities of TTPU. 🤝As a result of the visit, a memorandum of understanding was signed between Turin Polytechnic University in Tashkent and Shaanxi Polytechnic Institute (China). The scope of co-operation under the memorandum included academic co-operation, exchange of students, development of joint scientific projects, etc. Follow us on: 📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
نمایش همه...
👍 9 4👏 2
#xalqaro_hamkorlik *️⃣ Joriy yilning 13-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) rektori Olimjon To'ychiyev hamda Asian institute of Technology (AIT) institutining vitse-prezidenti Roger Levermore ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o'rtasida o'zaro hamkorlik istiqbollari, xususan, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, magistratura va doktorantura yo’nalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv yakunida TTPU va AIT oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, qoʻshma tashabbuslarni ishlab chiqish va ularni samarali amalga oshirish uchun muntazam muzokaralar oʻtkazib turishga kelishib olindi. *️⃣On May 13, 2024, a meeting was held with the participation of the rector of Turin Polytechnic University in Tashkent (TTPU) Olimjon Toychiyev and vice-president of Asian Institute of Technology (AIT) Roger Levermore. Prospects of mutual cooperation were discussed, in particular, issues on establishment of student exchange, development of master's and doctoral studies. At the end of the meeting, it was agreed to hold regular talks to expand cooperation between TTPU and AIT, develop and effectively implement joint initiatives. Follow us on: 📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
نمایش همه...
👍 5 2🔥 1
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Ota-onalar forumi" bo‘lib o‘tdi. *️⃣ Joriy yilning 11 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 1 bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida o‘quv yili yakunlari bo‘yicha "Ota-onalar forumi" bo‘lib o‘tdi. Forum avvalida ota-onalarga universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi va talabalarning bilim olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari, bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Ma’ruzalar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirni universitet rektori Olimjon To‘ychiyev kirish so‘zi bilan ochib berib, bugun universitetda talabalar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganligi va bu sharoitlar, qulayliklardan oqilona foydalanish hamda muhim jihat-ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash dolzarbligi haqida so'z yuritdi. ✅Ota-onalar bilan dildan suhbat davomida ularni qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob berildi. Shuningdek, forum doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar namoyish etildi. O‘qish davomida yuqori reyting ko‘rsatkichlarga erishgan, sport va olimpiada o‘yinlaridagi faol ishtirok etgan talabalar ota-onalariga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurlar bildirildi. O‘z o‘rnida ota-onalar ham farzandlari uchun munosib sharoitlar va g‘amxo‘rlik uchun tashakkur izhor etishdi. Bizni kuzatib boring: 📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
نمایش همه...
👍 15 5👏 3
00:18
Video unavailableShow in Telegram
Нодирбек Абдусатторов Магнус Карлсенни яна мағлуб этди Полшадаги Superbet Poland 2024 турнири 3-туридаги баҳсда фарзинни бой бериб қўйганидан кейин норвегиялик гроссмейстернинг асаблари дош бермади ва мағлубиятини тан олди. 9 турдан кейин Карлсен 2-ўринда бормоқда, Абдусатторов 4-ўринда жойлашган. 👉 https://kun.uz/kr/90742171 Kun.uz расмий канали
نمایش همه...
👍 42🔥 11🤩 6
Bizning universitetimizda ko’plab iqtidorli talabalar tahsil olishadi 🏫 Javohir Sindarov - shaxmat bo’yicha ko’p martalik Osiyo chempioni va rapid bo’yicha 9 yoshgacha bo’lgan yosh toifasidagi jahon chempioni. Chempionlar bizni tanlashadi! Sizni nima to’xtatmoqda❓ Bugunoq kirish uchun ariza topshiring va eng zo’rlaridan ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ling! Call-center: +99871 203 07 77📞 ——— В нашем университете учится множество одаренных студентов🏫 Жавохир Синдаров - многократный чемпион Азии по шахматам и чемпион мира по рапиду в возрастной категории до 9 лет. Нас выбирают чемпионы! А что останавливает вас❓ Подайте заявку на поступление уже сегодня и получите шанс учиться у лучших! Колл-центр: +99871 203 07 77📞 Follow us on: 📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
نمایش همه...
🔥 10👍 8 4
✅Bugun, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tarmoq yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 👏Quvonarlisi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Turin.uz” jamoasi o'zining intellektual salohiyatini namoyish etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Jamoamizni chin dildan tabriklab, bundan keying o‘yinlarda ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! ✅Today, the Republic stage of the intellectual game "Zakovat" among young workers of the metallurgical and machine-building industries of Uzbekistan was held by the Republican Council of the Workers' Union. 👏We are pleased to announce that the team "Turin.uz" of Turin Polytechnic University in Tashkent took third place in the game. We congratulate our team and wish them success in future games! Follow us on: 📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
نمایش همه...
👍 9 6🔥 4👏 1
#xalqaro_hamkorlik #Xorijiy_oav_biz_haqimizda ✍️Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiev, Koreya Respublikasining “Gyeong-Buk” Technoparki president Ha In-Song hamda Ajin industrial Co.,LTD boshqaruvi raisi Seo Jung Xo Koreya-O‘zbekiston muhandis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladilar. Joriy yilning 8 may kuni imzolangan memorandumga ko‘ra, Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston oʻrtasida avtomobilsozlik va IT-sanoatida muhandis kadrlarni tayyorlash va talabalar almashinuvi bo‘yicha keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Bu haqida Koreyaning yetakchi axborot agentliklari tomonidan (https://www.nspna.com/country/?mode=view&newsid=697704#) hamda (https://www.hankyung.com/article/202405098067h) maqolalar chop etildi
نمایش همه...
👍 5🔥 1👏 1
✅O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi doimiy a’zosining 2024-yil uchun yo‘l xaritasida ko‘rsatilgan rejalarni amalga oshirish va Farg‘ona politexnika instituti bilan ilmiy aloqalar o‘rnatish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti "Tabiiy-matematik fanlar" kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, akademik - Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich 2024 yil 7 may kuni Farg‘ona politexnika institutida professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar bilan uchrashdi. Tadbir davomida akademik oʻzining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi mashaqqatlari va mehnatlari haqida talabalarga soʻzlab berdi. Shuningdek, akademik bugungi kunda yoshlarimizga yaratilayotgan qulayliklar va ilm sohasidagi imkoniyatlar haqida soʻz yuritib, talaba yoshlarni yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. *️⃣Shuningdek, Dilshod Ubaydullayevich Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi 10 - umumta’lim maktabi, Rishton tumanidagi 20 - umumta’lim maktablarida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga yaratilgan shart sharoitlar, universitet talabalarining erishayotgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirdi. Bizni kuzatib boring: 📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
نمایش همه...
🔥 9👍 7 5👏 3