,,Nomozga vaqt topolmayabman"
Tekis ravon yo'l topaman deb,
Uzun bilak qo'l topaman deb.
Kecha kunduz pul topaman deb,
Nomozga vaqt topolmayabman.
Tashvishlarga berilib ketdim,
Dunyo dedim kerilib ketdim.
Nima topdim? qayerga yetdim?
Nomozga vaqt topolmayabman.
Nafs eshigin yopolmayabman,
Ildiz otgan chopolmayabman.
Har narsaga topayabman vaqt,
Nomozga vaqt topolmayabman.
Axir jannat kaliti unda,
Besh vaqt chorlar bizni bir kunda.
Tovba qilib chiqmasdan tunda,
Nomozga vaqt topolmayabman.
Shukr hayot kechar shohona,
Gunohimni oshirib yana.
Topiladi minglab, bahona,
Nomozga vaqt topolmayabman.
Yolg'on dunyo utishin bilib,
Savol javob kutishin bilib.
Yashayabmiz maishat qilib,
Nomozga vaqt topolmayabman.
Yo sabr yo, yetmaydi quntim.
Qazoyim ko'p, qarzim unutdim.
Musulmonlik farzim unutdim,
Nomozga vaqt topolmayabman.
Kechir alloh gunohlarimni,
Gunohdan tiy nigohlarimni.
Tingla o'zing dil ohlarimni,
Nomozga vaqt topolmayabman.
Gunohkorman men ojiz banda,
To bor ekan bu jonim tanda.
Kuch ber uni qilmayin kanda,
Nomozga vaqt topolmayabman.
Har narsaga topayabman vaqt,
Nomozga vaqt topolmayabman.
✍ Sardor Nazarov
@Xayyom_channel🕯
ادامه مطلب ...