cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

•Lupaorqali🍂

• Kitob tanlashimizga lupa kerak bo‘ladi! • Kitoblar, san'at, tabiat va fikrlash haqida... Kanalimizga sodiq bo'lsangiz qo'shiling 💫 Rek: @allsiddiq

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
6 820
مشترکین
-4624 ساعت
-1857 روز
-91930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

💰Zalning o'rtasida harakatsiz o'tirgan Saffot xo'ja 12 daqiqaga yaqin temir qutining ichidan chiqqan tilla tangalarni va hujjatlarni ko'zdan kechirayotgandi. Temir qutining ichidan chiqqan yuzlab oltin tanga va 4 ta hujjat ikki yil avval vafot etgan otasiga tegishli edi. Chunki 4 ta yerga oid hujjatlarning barchasida otasining ismi bor edi. Shaharning qimmat joylarida joylashgan bu yerlarni otasi qachon olgan ekan? Shu qiziqish bilan hujjatlardagi sanalarga qarab, ulardan biri onasining kasalxonada yotgan yillarida olinganini bildi. Onajoni uzoq vaqt kasalxonada yotar ekan, ishlari yaxshi emasligiga qaramasdan, butun kasalxona va dori xarajatlarini oilaning yagona farzandi bo'lgan Saffot xo'ja ko'targandi. Saffot xo'ja kasalxona xarajatlari uchun tanish-bilishdan qarz olar ekan: "O'g'lim, buncha pulim yo'q" - degan otasi yo'q puliga shu yerlarni olgani ma'lum bo'ldi. 🥀Faqat bir yil, faqatgina bir yil o'tira olgandi bularning ustida. Bir yil o'tib esa juda yaxshi ko'rgan shu kursisining ustida yurak xurujidan o'ldi. Yuragi xuruj qilayotganda yoniga kelgan o'g'liga kursidagi oltinlardan og'iz ochmagani o'sha ahvolda ham o'lishni o'ylamaganini ko'rsatardi. "Kasodga uchradim", - degan otasi rostdan ham kasod bo'lib, o'lib qolgandi. "Insonni davosidan to'sadigan mol-dunyo uning uchun ne'mat emas, musibatdir". Kitobni o'qigan bo'lsangiz ushbu 🤩 reaksiyani qoldiring!
نمایش همه...
👍 2 2🔥 2🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Alloh biror qalbni hayosini tortib olganchalik jazolamagan! Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
🔥 8👍 3❤‍🔥 1 1😭 1
#hikoya_davomi Oradan oylar o'tgan bo'lsa ham, Hojar xonimning o'ynashi topilmadi... *** Amakisining Konyaga ketganiga ikki kun bo'lgandi. 2-kun kechasi ota va qiz har doimgidek xona-xonalariga chiqib uyquga yotdilar Ammo Robiyaning uyqusi kelmadi. Onasi, Ismoil haqida o'ylayotgandi... Va onasining notanish o'ynashini ham. Robiyaning qulog'iga kutilmaganda eshik g'ichirlashi eshitildi. Darhol o'rnidan turdi. Sekingina eshikning Kalit suquladigan teshigidan zalga mo'raladi. Bu nima bo'ldi? Kelinoyisi Narmin xonim?!. Hayratdan ko'z oldi tingan Robiya nafas chiqarmay qarab turdi. Biroz o'tib kelinoyisi otasining xonasiga kirdi. Bu tushimmi yo o'ngimmi deya o'ylay-o'ylay qulog'ini otasining eshigiga tayadi. Qiz nafas olmay , bor e'tiborini quloqlariga jamlagandi. Dastlab Narmin xonimning ovozini eshitdi. - Menga o'ta bee'tibor bo'lib qolgansan, buni sezyapsanmi, Exson? Hojar o'lganidan beri yuzimga ham qaramayapsan. - Nima qilishim kerak edi? Hojarning ahxolini ko'rmadingmi? Uning vijdon azobi Ismoilni o'ldirganimdan ham kuchliroq chiqdi... Robiya shokka tushdii. Bu so'zlar dahshatidan sal qolsa qichqirib yuborayozdi. U go'yo ich-ichidan o'lib borayotgandek his qilayotgandi o'zini. " Onajonim... Oh mening pokiza, farishta onajonim... Demak, siz aybsiz ekansiz-da.... Qotil topilgan edi. Onasi oqlangan, endi otasi razolat botqog'iga botgandi. 🤩Agar ushbu asarni to'lig'icha o'qishni istasangiz Amina Shenliko'g'lu qalamiga mansub "Nega bizga zulm etdingiz" kitobini olishingizni tavsiya beramiz! Asar sizga yoqqan bo'lsa ushbu 🔥 reaksiyani qoldiring! ✍️Asar davomiga qiziqyapsizmi! Robiya otasini kechira oladimi? Robiyaning keyingi hayoti qanday kechadi? Izohlarda o'z firingizni qoldiring!
نمایش همه...
4🔥 3😢 3❤‍🔥 1👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Halovat topishni xohlagan inson muhabbat kutmaydi, balki ulashadi. Qadrlaydi, qadr kutmaydi. Yordam beradi, tama qilmaydi. Uzr aytadi, uzr kutmaydi. Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 8 4❤‍🔥 3👏 1
Komissar ishora qilgan holda politsiyachilarni podvalga tushirib yubordi. Oradan 15-20 daqiqa o'tgach, ular bir qop ko'targan holda kirib keldilar. Qopni ochishgan edi, Ismoilning jasadi chiqdi. Buni birinchi bo'lib ko'rgan Robiya bo'ldi: - Ey! Xudoyiiim!.. Jigarim! Jigarim! Ukajoniiim! Seni o'ldirishga kimning ko'zi qiydi? Qaysi qo'llar, qaysi vijdonsiz qildi buni? Komissar Atlanbey zalda o'tirganlar bilan barobar Ehsonbeyga yuzlandi: - Men tajribasi necha-necha yillarga borib taqaladigan komissarman. Hamma har qanday holatga aldanishi mumkin, ammo men aldanmayman... Xotiningizning o'ynashi bo'lgani muqarrar. Robiya esa faryod qilayotgan , o'tirgan joyidan turib hayqirayotgandi: - Yo'q! Onam pokiza inson edi. Ham namozli-niyozli, sharmu hayoli ayol edi. U aslo bunday razillikka qo'l urmaydi. Hikoya davomini o'qishni istasangiz ushbu 👍 reaksiyani qoldiring!
نمایش همه...
👍 20❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ko'rshapalakka o'xshagan kechani kunduz deb o'ylaydi. "Imomning maneken qizi" kitobidan Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
🔥 9 3👍 2❤‍🔥 1
Ayolning yaxshi yomonligini qanday ajratasiz? - deb so'rashibdi. - Gapirishiga qarayman dedi - u. - Agar umuman gapirmasachi?- deyishibdi. - Bu qadar yaxshisini hali uchratmadim - deb javob beribdi.
نمایش همه...
18😁 10🤩 4😢 1
Mahzun bo'lma! Sen haqingda aytilayotgan gaplarga e'tibor berma! Kimligingni, qanaqaligingni o'zing bilasan. Alloh sening ahvolingni biluvchiroqdir. Qilgan ishlaringni oqlashga urinib, qiymatingni tushirma. Hayotda muvaffaqiyatsizlikning siri hammani rozi qilishga urinishdir. Oxiri ketish bo'lgan dunyo uchun mahzun bo'lma!
نمایش همه...
7👍 3🔥 2👏 2💯 2
Ayolning
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Vijdonga xizmat qilish birovning haq-huquqini toptab, nohaq ozor berishdan xavotirda yashash demakdir. Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 6 4🔥 3