cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/ Facebook: facebook.com/bokahokimligi/ YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/ Web-sayt: www.boka.uz/

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
3 014
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+187 روز
-1430 روز
آرشیو پست ها
#pillachilik Muhim xomashyo tayyorlash ishlari avjida. 🔹 Ipak qurti boqish bizga ancha olis tarixga borib taqaladigan yumush. Shunga monand, xalqimizda bu borada juda katta tajriba bor. Hududda yetishtirilgan ipak tolaning sifati yuqori, qiymati baland bo’lgani zamirida ham shu omil mujassam. 🔸 Ayni kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Bo’ka tumanida ham ipak qurtini parvarishlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Pilla boqilayotgan oilalarning faoliyati, pillaning holati bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman hokimi B.Begmatov va DSI boshlig’i Sh.Xazratov bir nechta xonadonlarda bo’lib jarayonlarni shaxsan ko’zdan kechirdi. 🔺 Tuman hokimi tomonidan so’ngi yillarda sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida pilla boqayotgan oilalarning faoliyatidan minnatdorligi oshayotganligi, bu esa o’z navbatida ishlab chiqarish salmog’iga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatayotganligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, bu yil Bo’kalik pillakorlar tomonidan 3636 quti ipak qurtini boqish va 215 tonna pilla hosilini yetishtirish rejalashtirilgan.
✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қисқа муддатли меҳнат таътилидан қайтди. Бугун давлатимиз раҳбари Президент маслаҳатчилари, қатор вазирлик ва идоралар раҳбарларининг ҳисоботларини тинглайди. Шунингдек, жорий ҳафтада Президентимиз III Тошкент халқаро инвестиция форуми ишида иштирок этиши режалаштирилган. __ Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вернулся из краткосрочного трудового отпуска. Сегодня глава государства заслушает отчеты советников Президента, руководителей ряда министерств и ведомств. Также на этой неделе предусматривается участие Президента в работе III Ташкентского международного инвестиционного форума. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling 🔰 Haydovchi mastlik holati bo'yicha tekshiruvdan bo'yin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga transportni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 5 mln 100 ming so'm miqdorida jarimaga tortiladi. ➡️ Xuddi shunday huquqbuzarlik transportni boshqarish huquqi bo'lmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 10 mln 200 ming so'm miqdorida jarima yoki 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi qo'llaniladi. ☑️ Mazkur huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi BHMning 3 baravari ( 1 mln 20 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#ob_havo ⛅️ Ertaga, 29-aprel kuni Bo'ka tumanida kutilayotgan ob-havo ma'lumoti. (Qisman bulutli) 🌔 Quyosh chiqishi: 05:23 🌘 Quyosh botishi: 19:17 ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#jarayon Hududlarda obodonlashtirish tadbirlari uyushqoqlik bilan o'tkazilmoqda. 🔸 Tumanning barcha hududlarida, avtomobil yo’llari atroflarida obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va ochiq maydonlarni o’tlardan tozalash ishlari amalga oshirildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi? ➖ Aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi. 1 maydan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun ijtimoiy (bazaviy) me'yorlar kiritiladi; ➖ 6 ta daryo (Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo) o‘zanida shag‘al qazish taqiqlanadi; ➖ Tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat joylari, ijtimoiy ob’yektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil etish huquqi beriladi; ➖ Nogironlar uchun “yugur-yugur” kamayadi; ➖ O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport, musiqa, hunarmandchilik yo‘nalishida to‘garaklar yo'lga qo'yiladi; ➖ Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritiladi; ➖ «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi negizida ishlab chiqilgan «edo.ijro.uz» moduli orqali elektron hujjat aylanish tizimiga o'tkaziladi; ➖ 17 ta turdagi xulosalar DXM va YAIDXP orqali beriladi; ➖ Har bir hududda kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlarini shakllantirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi. #Mahallalaruyushmasi ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ X |✅ Telegram | ✅ You tube
نمایش همه...
#Sayyor_qabul "Kiyikchi" mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli o'tkazildi. 🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov, DSI boshlig'i Sh.Xazratov, hokim o'rinbosarlari va korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Kiyikchi" mahallasida fuqarolar uchun jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli tashkil etildi. 🔸 Qabulda jami 37 nafar fuqarolar ishtirok etib, ularning 13 nafaridan kommunal soha, moddiy yordam va tadbirkorlik masalalari bilan bog'liq 16 ta murojaatlar kelib tushdi. 🔹 Hokim qabulida yo'llangan murojaatlarning ayrimlariga joyida tushuntirishlar berildi. O'rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar, shuningdek tuman hokimi topshirig'iga asosan har bir mahallalarda "mahalla yettiligi" tomonidan o'tkazilgan qabullarda kelib tushgan murojaatlar ro'yxati shakllantirilib, nazorat reja ishlab chiqildi va ijroga qaratildi.
Eslatib o'tamiz, har haftaning shanba kunlari tuman hokimining sayyor qabuli grafikka asosan bitta mahalla hududida, shuningdek "mahalla yettiligi" tomonidan har bir mahallalarda sayyor qabullar o'tkazilishi belgilangan.
✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#agrar_soha Fermerlar kuni: Amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. 🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar muhokama qilindi. Jumladan, 🔸 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlarini yakunlash hamda g'o'za qator oralariga birinchi ishlov berish (kultivatsiya) ishlarining borishi; 🔸 2024-yil g'alla hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, begona o’tlardan tozalash hamda g'alla o'rish kombaynlarini mavsumga tayyorlash; 🔸 Suv tejovchi, jumladan tomchilatib va yomg'irlatib sug'orish texnologiyalarini joriy qilish holati; 🔸 2024-yil pilla boqish mavsumini uyushqoqlikda o'tkazish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. 🔹 Barcha fermer xo’jaliklarining soliq qarzdorliklarini undirish, ayniqsa sabzavotchilik, bog’dorchilik, baliqchilik, chorvachilik fermer xo’jaliklarida yerdan samarasiz foydalanish holatlariga qarshi keskin choralar ko’rish, soliq, bandlik va statistik ko’rsatkichlarni joyiga qo’ymagan xo’jaliklar rahbarlari qat’iy ogohlantirildi. 🔹 Yig’ilish yakunida sohada yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar aniq tahlillar asosida tushuntirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berildi va qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlariga o’z yo’nalishlari bo’yicha nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#jarayon 🔹 Joylarda paxtaga birinchi agrotexnik ishlov berish ishlari olib borilmoqda. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#fvb Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda. 🔻 Davlatimiz rahbari boshchiligida 2024-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 20-21-31-maktablarning 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etilishini oldini olish, internet tarmog‘i orqali turli yolg‘on kuchlarga aldanib qolmasliklari bo‘yicha tushunchalar berildi. 🔸 Ushbu maktablarning 9-sinf bitiruvchilarini “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga hamda 11-sinf bitiruvchilarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida o‘qish istagi bo‘lgan o‘quvchilarga sharoitlar yaratilganligi haqida tushunchalar berilib, maxsus videoroliklar namoyish etildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#Jarayon 🔥 Bo’ka tuman Gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tomonidan hududlarda gaz ta’minotini yaxshilash va yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. 🔺 Shuningdek, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda yashovchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish va bo’shagan gaz ballonlarini yig’ib olish ishlari reja-grafikka asosan bosqichma-bosqich olib borilmoqda. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...