cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Xorazm | BBA

Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi rasmiy telegram kanali Bog’lanish: @bbaxorazmadmin

نمایش بیشتر
Advertising posts
1 306مشترکین
-224 ساعت
-287 روز
+1130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 🕯 2024-yil 30-martdan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 🆔 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar. ❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (26-28-aprel) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. ✍️ @BBAXorazm
نمایش همه...
👍 2👏 1😎 1
Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi 📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi. ⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi. 📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi. 🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz! ✍️ @BBAXorazm
نمایش همه...
👍 2😎 2👏 1🕊 1
👩‍❤‍👨 Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun suhbat jarayoni davom etmoqda 💳 Tanlovning subat bosqichiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelish lozim. Bunda suhbatga taqiqlangan vositalarni olib kirgan nomzodlar jarayondan chetlatiladi. ⚠️ Suhbatga ruxsatnomada belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlar tanlovdan chiqarib tashlanadi va guruh nazoratchiligiga jalb etilmaydi. ✍️ Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi imzolanadi. ❗️ Shartnoma imzolash uchun nomzodlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport yoki ID-karta) bilan birga uning 2 ta nusxasini ham olib kelishlari lozim. ✍️ @BBAXorazm
نمایش همه...
👍 21🥰 3🔥 2😎 1
👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda 🗓 Navbatdagi “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha 48 soatlik malaka oshirish kursining onlayn (📹 Zoom va Canvas platformasi orqali) mashg’ulotlari 29-aprel kuni boshlanadi. ⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi. 👨 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin. 💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 26-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin. 💻 Mashg‘ulotlar 29-apreldan 20-maygacha davom etadi. ⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 26-aprel. Imtihon narxi: 1 050 000 so‘m. To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 26-aprel. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 507-70-72 🏢 @IlmiyMarkazUz
نمایش همه...
🇺🇸🇺🇸🇺🇸 ➕➕➕➕➕ CEFR Speaking imtihoni o‘tkaziladigan bino haqida ma'lumot 🏡 Nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi binosi. 🏠 Manzil: Хоrаzm viloyati, Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy 👩‍❤‍👨 Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab yon tomoni 🗺 Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/EtpDyxZkQtz ✍️ @BBAXorazm
نمایش همه...
👍 1
Matematika hamda 🇷🇺 rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 🗓 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 🆔 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin. 🗺 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi. ❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. ✍️ @BBAXorazm
نمایش همه...
👍 2
Repost from Nostrifikatsiya BBA
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 26- va 27-aprel kunlari o‘tkaziladi 📆 2024-yil 26- va 27-aprel kunlari kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi. ✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). ✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 8 ta hududida tashkil etiladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-04-22-2 ❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim. 👉 @NostrifikatsiyaBBA 👈
نمایش همه...
👍 1
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi ✅ 2024-yil 20-21-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi. 📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 📝 Unda jami 26,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 26 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. 🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 2024-yil 28-aprel kuni ham chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tadi. Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi. ✍️ @BBAXorazm
نمایش همه...
📍📍📍📍 📹📹🎥 🇺🇸🇺🇸🇺🇸 1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣ ❗️ Ayni vaqtda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 20-aprel sanasi uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha test sinovi boʻlib oʻtmoqda. 📝 Test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari o‘tkaziladi; ❕ Eslatma: 🎧 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari Xorazm viloyatida — 22-apreldan 1-mayga qadar bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini 🆔 my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 💳 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. ✍️ @BBAXorazm
نمایش همه...
👍 6
📍📍📍📍 📹📹🎥 🇺🇸🇺🇸🇺🇸 1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣ ❗️ Ayni vaqtda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 20-aprel sanasi uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha test sinovi boʻlib oʻtmoqda. 📝 Test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari o‘tkaziladi; ❕ Eslatma: 🎧 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari Xorazm viloyatida — 22-apreldan 1-mayga qadar bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini 🆔 my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 💳 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. ✍️ @BBAXorazm
نمایش همه...