cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Madina A'zam

Instagram: http://instagram.com/madinaazam_photography 📸 gazeta.uz sayti fotomuxbiri ✉ @photographer_girl

نمایش بیشتر
طاجيكستان6 094زبان مشخص نشده استتصویر12 920
پست‌های تبلیغاتی
269
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-137 روز
-2130 روز
آرشیو پست ها
Qiz maktabni tamomlab, universitetga kirish uchun imtixon topshiradi. Berilgan imkoniyatdan foydalana olmasa, turmush quradi... Endi ayolning turmush o'rtog'i, farzandi, oilasi bor. Shu bilan birga mol-qo'ylari va dalasi ham. U band. Xatto ba'zi vaqtlarda kun bo'yi oshxonadan chiqmaydi, qozon-tovoq bilan ovvora bo'ladi. Molxona, hovli, daladagi yumushlar... Beshikdagi farzandi yig'lasa, kattalari tebratadi, ovutadi ovqatlantiradi. Qishloq ayolining odatiy turmush-tarzi shunday. Kun, hafta, oy, yillar bir xil o'tadi, o'taveradi. Shu kabi umrni yashayotganlar - mening onam, kelinoyim, qo'shni opam, sinfdoshim. Ular mening qahramonim, balki sizniki ham. @madinaazam
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
نمایش همه...
May oylari, kun isishi bilan hamma maktab hovlisida..."Suv separ" degan o'yinga start berilardi. Ust-boshimiz shalabbo, karidorlar, sinfxonalar suv.  Bir marta jazo tariqasida hammamizni kunning qoq yarmida quyoshda toblantirishgan) Kulgilisi, direktorimiz mahalla nozirini olib kelgan. Ikki enli tushuntirish xati yozganmiz. Direktor xonasidagi stol 11-A sinfidagilarning tushuntirish xati bilan to'la ediyov. Xatning qisqacha mazmuni shunday: "Agar shu xatoni yana takrorlasam, ota-onamni chaqirishingiz mumkin". Eng qizig'i, hamma qishloqdosh, mahalladosh-ku. Direktor yoki nozir bilan kimningdir dadasi sinfdosh, kimdir qo'shni, kimdir qarindosh :) Masala hal, o'zbekchilikdagi yuz-ko'z degandek. Maktabdagi eng oxirgi qovunimiz shunday bo'lgandi. Sahar 3:30 larda...O'zicha sog'lom turmush tarzi tarafdorlari yugurishga chiqqanmiz. Maktabni yoniga yetganimizda quyosh chiqishini tomdan tomosha qilish fikri tug'ilib qolgan. Bir amallab maktabga kirib, tomiga chiqib, quyosh chiqishini kutyapmiz. Osmon hali siyohrang. Quyoshdan darak yo'q. Bir vaqt oyoq kiyim tovushi eshitila boshladi. Avval qorovulning soyasi, keyin o'zi biz tomonga qarab kelyapti. Bu vaziyatda tushishga ham qochishga ham ulgurmasdik... Xullas keyin quyoshning o'zi bizni tomosha qilgan bo'lsa kerak. Maktab qorovuli dadamga "qizing saharlab maktab tomida yuribdi" deb arz qilgan ekan. Dadam ham saharda nima qilib yurganimni so'ragan, men: "Yugurishga chiqqandim". Dadam: "Tomdami ?! ".  Matematika o'qituvchimizning ta'biri bilan aytganda "bezbet" edik. Bir haftadan so'ng yana saharlab tomga yugurishga chiqqanmiz )).
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Maktabda juda na'munali o'quvchi bo'lmaganman. Lekin baholarim 4-5, a'lochilar qatorida edim. (maqtanib qo'yay). O'qituvchilar sinfimizdan bezor bo'lgandi. Ayniqsa oxirgi 2 yilda yangi qobiliyatlarimizni uy qolib maktabda ko'rsata boshlaganmiz. Bir gal kechqurun maktabga borib, bino devorlariga yozib-chizib ketganmiz. Ertasi kuni direktor o'rinbosari majlisda sirli rassomlarga "qo'ling sinsin" deb tilak bildirgan) Lekin hali barmog'im ham lat yeganicha yo'q. Darsdan qochish zavq edi. Maktabimiz dalaga yaqin emasmi, sinfdoshlar bilan tutzor, o'rik-gilos bog'iga chopardik. Aytgancha, jurnal ham kimningdir sumkasiga tushib, biz bilan darsdan qochardi) O'qituvchilar bizni unutib, jurnalni qidirishga tushib ketar edi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Andijondaman. Qishlog'imda... Bugun o'zim o'qigan maktabga fototeportaj tayyorlash uchun chiqdim. Mendan ikki yosh kichiklar - 2005-yillarning So''nggi qo'ng'irog'i. Yoshimiz orasida tafovut yo'q, shuning uchunmi ular (2005 dan 2009 gacha) bilan munosabatim yaxshi, har qanday mavzuda gaplashib keta olamiz. Lekin negadir maktabdagi yuqori sinf o'quvchilari ko'zimga hali juda kichikdek ko'rindi. Men ham o'zimdan kattalarga qanaqa ko'rinishimni endi anglab oldim 😁 Ammo baribir "nechinchi sinfsan" deydiganlarga tushunmayman) Maktabimizga oxirgi marta qachon kelganimni eslay olmadim, taxminimcha ikki-uch yil oldin. Karantin sababli bizga yakuniy imtixon ham, so'nggi qo'ng'iroq tadbiri ham bo'lmagan. Har ikkalasi uchun quvonganman. Maktabga borish bahonasida sinfdoshlarim va ulardan birining bolachasini, o'qituvchilarimni ko'rib oldim. 25-maktabda 5 yillik xotiralarim qolgan. Eng esda qolarlilarini ulashaman :) Suratda Andijon viloyati Baliqchi tumani 25-maktabning 11-sinf bitiruvchilari. @madinaazam
نمایش همه...
نمایش همه...
Hamkasblarim Ziyoda va Farzona bilan ko'pincha oramizdagi odamlar haqida fotohikoya tayyorlaymiz. Atrofimizda qiziqarli hobby bilan shug'ullanadiganlar, kolleksionerlar, qahramonlar ko'p. Ehtimol turmush-tarzi sizga noodatiy ko'rinadigan qo'shningiz bordir. Aytaylik, tanishingiz emas. Lekin shunday qahramonlar hayotidan xabardorsiz, qayerdadir ko'rgansiz... Fotohikoya tayyorlashimiz uchun maslahat va tavsiyalaringizni @photographer_girl ga yuborishingiz mumkin. Qahramoningiz haqida odamlarga hikoya qilamiz 🫶🏻 @madinaazam 📸
نمایش همه...
Jilovlangan vaqt. Mutaxassisligi boʻyicha avtochilangar va qismatiga koʻra soatsoz boʻlgan Aʼzamxon Nabiyev hikoyasi. Fotohikoya: https://www.gazeta.uz/uz/2023/05/11/watchmaker/ Rus tilida : https://www.gazeta.uz/ru/2023/05/05/watchmaker/ @madinaazam
نمایش همه...
Toshkent hayvonot bog'idagi «Uyga yo'l» xayriya ko'rgazmasidan fotoreportaj : 🦮 https://www.gazeta.uz/ru/2023/05/09/the-way-home/ @madinaazam
نمایش همه...
Toshkent ramzlariga chizgilar: Sayilgoh koʻchasidagi rassomlar haqida. 📸 Maqola va suratlar : https://www.gazeta.uz/uz/2023/04/25/broadway/ @madinaazam
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.