cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ўғилой Болтабоева

Ўзбекистон республикаси маҳаллалар уюшмаси медиа маркази раҳбари расмий саҳифаси Дунёга оид ижтимоий сиёсий янгиликлар

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 309
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
🇦🇫🇺🇿🇩🇪Афғонистонлик қочқинларни ватанига қайтариш бўйича Тошкентнинг Берлин билан келишуви рад этилди
«Расмий Тошкент томони Берлин билан афғон фуқароларини Германиядан Ўзбекистон орқали ватанига қайтариш бўйича келишувга эришмаган», дейди РИА Новости вазиятдан хабардор манбасига таяниб.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Айни вақтда президентнинг тадбиркорлар билан Очиқ мулоқотига тайёргарлик доирасида савдо ва умумий овқатланиш соҳасида мавжуд муаммолар ва уларнинг ечими бўйича таклифларни шакллантириш мақсадида ушбу йўналишда фаолият олиб бораётган тадбиркорлар билан учрашув ўтказилмоқда. Унда Савдо-саноат палатаси раиси Даврон Вахабов, бизнес-омбудсман Дилмурод Қосимов ва бошқа вазирлик ва идоралар раҳбарлари иштирок этмоқда. Мазкур мулоқотни бу ерда жонли эфирда кузатиб бориш мумкин.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli mijozlar! Juma, 21-iyun kuni, soat 10:00 da 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi. Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qoʻyiladi. Shu munosabat bilan UzAuto Motors avtoixlosmandlardan tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishlarini so‘raydi. Fursatdan foydalanib, UzAuto Motors avtoixlosmandlardan avtomobillarni sotib olish uchun boshqa resurslardan foydalanib shartnoma tuzmaslikni hamda firibgarlardan ehtiyot bo‘lishni qat’iy so‘raydi. Savdo.uzavtosanoat.uz onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta’minlaydigan imkon mavjud emas. UzAuto Motors shaxsiy ma’lumotlar uchinchi shaxslarga topshirilganda hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Agar sizda qandaydir savol bo‘lsa, kompaniya +998 78-141-7777 raqamiga murojaat qilishni tavsiya qiladi.
Mostrar todo...
00:30
Video unavailableShow in Telegram
2.60 MB
👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
🚫TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT! Joriy yilning 20-24 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: 🔹Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida; 🔹Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida; 🔹Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida; 🔹Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida; 🔹Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida; 🔹Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida; 🔹Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida; 🔹Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. __ 🚫ЭКСТРЕННАЯ ГИДРОМЕТЕОРОЛОГИЧЕСКАЯ ИНФОРМАЦИЯ! В связи с ожидаемыми дождями 20-24 июня текущего года по предгорным и горным районам республики: 🔹Кашкадарьинской области: по Яккабагскому, Дехканабадскому, Чиракчинскому, Китабскому, Шахрисябзкому, Камашинскому, Гузарскому районам; 🔹Сурхандарьинской области: по Сарыасийскому, Узунскому, Алтынсайскому, Денаускому, Байсунскому, Шерабадскому, Шурчинскому, Кумкурганскому, Музрабатскому районам; 🔹Самаркандской области: по Ургутскому, Самаркандскому, Булунгурскому, Нурабадскому, Кошрабадскому, Каттагурганскому, Пайарыкскому, Джамбайскому, Иштыханскому районам; 🔹Джизакской области: по Зааминскому, Бахмальскому, Галляаральскому, Шараф-Рашидовскому, Фаришскому, Янгиабадскому районам; 🔹Ташкентской области: по Ахангаранскому, Бостанлыкскому, Паркентскому, Пскентскому, Уртачирчикскому, Юкоричирчикскому районам и городам Ангрен, Алмалык; 🔹Наманганской области: по Папскому, Касансайскому, Чартакскому, Чустскому, Наманганскому, Янгикурганскому районам; 🔹Ферганской области: по Сохскому, Шахимарданскому, Ферганскому, Бешарыкскому районам; 🔹Андижанской области: по Андижанскому, Асакинскому, Джалакудукскому, Кургантепинскому, Пахтаабадскому, Избасканскому, Хожаабадскому, Мархаматскому районам и городу Ханабад возможны селе-паводковые явления. Граждан проживающих в предгорных и горных районах, отдыхающих и водителей выезжающих в горные районы просим соблюдать меры предосторожности. По территории республики возможно скопление дождевой воды, что может привести к подтоплению территорий.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
20 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41° gacha bo‘ladi. Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz  qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 36-38° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi. __ ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 20 ИЮНЯ Сегодня днем по республике без осадков, лишь по Ташкентской, Самаркандской, Джизакской, Сырдарьинской областям и областям Ферганской долины во второй половине дня местами возможен кратковременный дождь, гроза.  Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 15-20 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 34-39°, по северу, югу и пустынной зоне до 41°. В столице во второй половине дня возможен небольшой кратковременный дождь, гроза. Ветер 3-8 м/с, во второй половине дня возможно усиление до 12-14 м/с. Температура 36-38°. По горным районам местами кратковременный дождь, возможна гроза. Возможны селе-паводковые явления. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 22-27°.
Mostrar todo...