cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Axborot xizmati rahbari | Sirojiddin Bozarov🇺🇿

Ushbu kanal tezkor yangiliklarni hamda barcha davlat organlari, tashkilotlari va jamg‘armalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni eʼlon qilib boradigan axborot manbasi hisoblanadi. www.instagram.com/sirojiddin_usarbekovich

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 194
Suscriptores
Sin datos24 horas
+1697 días
+6730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken kelasi hafta oʻt ochishni toʻxtatishga erishish uchun Yaqin Sharqqa boradi Davlat kotibi Misr, Isroil, Iordaniya va Qatarga borishi e’lon qilindi.
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Bilmaganlar uchun ma‘lumot O‘zbekistonda 1-аpreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzand uchun barchaga, ikkinchi farzand uchun esa farzand tug‘ilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilaning aʼzosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi. Qolgan holatlarda “suyunchi” pulini rasmiylashtirish rad etiladi. 👉Obuna bo‘lish
Mostrar todo...
👍 1👎 1
Joriy yilning 5-8 iyun kunlari Rossiyaning madaniy poytaxti Sankt-Peterburg shahrida an’anaviy ravishda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi(PXIF)bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum global iqtisodiyotning dolzarb muammolarini muhokama qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy yechimlarni topish uchun noyob platformadir. “O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro Ziyo Forum fondi”direktori Bobur Farmanov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ushbu forumda ishtirok etdi. Forumning asosiy sessiyasida Ziyo Forum xalqaro fondi direktori so‘zga chiqdi. Bobur Farmanov o‘z nutqida mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar, talabalarga beriladigan imtiyozlar va mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan katta sa’y-harakatlar haqida so‘zlab berdi.
“Bizning maqsadimiz yurtimizda har bir yosh sifatli ta’lim olishi uchun qulay bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishdir”. – dedi Bobur Farmanov. 
Forum doirasida iqtisodiyot, madaniyat, sport va ijtimoiy siyosat sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va shartnomalar imzolandi. Xususan, forum davomida BRIKS+ Savdo-sanoat palatasi (Hindiston), ShHT a’zo davlatlarining Xitoy texnologiyalar transferi markazi, BRIKS markazi (Braziliya), Value Makers Studio (Saudiya Arabistoni), China Guanghua Fan va Texnologiyalar Jamg‘armasi, OBM Foundation (Misr), Nahdet Misr Publishing group (Misr), Milliy innovatsiya fondi (Hindiston), O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forumi fondi (O'zbekiston) kabi 8 ta davlatdan tashrif buyurgan tashkilotlar tomonidan BRICS+ “Jamg‘armalar ligasi”ni tashkil etish qarori bir ovozdan  qabul qilindi.
Mostrar todo...
👍 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Bilmaganlar uchun ma‘lumot O‘zbekistonda 1-аpreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzand uchun barchaga, ikkinchi farzand uchun esa farzand tug‘ilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilaning aʼzosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi. Qolgan holatlarda “suyunchi” pulini rasmiylashtirish rad etiladi. 👉Obuna bo‘lish
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahri hududi yana kengaydi Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,32 gektar, Oʻrta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar yer maydonlari Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani tarkibiga oʻtkazildi. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 33 ta MFY, shundan 20 ta toʻliq, 13 ta qisman hamda Oʻrta Chirchiq tumanidagi 7 ta MFY, shundan 4 ta toʻliq, 3 ta qisman boʻlgan hududlari Toshkent shahri tarkibidagi Yangi Toshkent tumaniga oʻtkazilishi belgilandi. 👉Obuna bo‘lish
Mostrar todo...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
✈️“Uzbekistan Airways” bepul olib o‘tiladigan qo‘l yuki og‘irligini oshirdi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Uzbekistan Airways Express” reyslari uchun qo‘l yukining bepul tashish normasini oshirdi. Endilikda yo‘lovchilar avvalgi 5 kg o‘rniga 8 kg qo‘l yukini olib o‘tishlari mumkin. 👉Obuna bo‘lish
Mostrar todo...
👍 5 2
Photo unavailableShow in Telegram
🇰🇷Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga keladi Yun Sok Yol 10—15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘lishi kutilmoqda.
Mostrar todo...
👍 9 2
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Bilib qo‘yganingiz yaxshi. Mashina haydayotganda video ko‘rish, telefon ishlatish mumkinmi? ✅ Transport vositasini boshqarish paytida telefondan (telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarni ishlatmasdan turib so‘zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno), transport vositasi salonining old qismiga o‘rnatilgan tele, videomonitordan tele, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish taqiqlanadi (shtraf BHM-3 baravari, ya’ni 1 mln 20 ming so‘m). 👉Obuna bo‘lish
Mostrar todo...
👍 15 2🕊 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 7-iyun kuni Bayden va Zelenskiy Parijda uchrashadi Jo Bayden va uning rafiqasi Fransiyada. AQSH prezidenti ittifoqchi kuchlarning Normandiyaga desant qilinganining 80 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarida ham ishtirok etadi. Rossiya bayramga taklif qilinmadi, deb yozadi RIA Novosti .
Mostrar todo...
👎 7🤨 2