cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

TOYLOQ.UZ | Rasmiy xabarlar

Kanal orqali Toyloq tumaniga oid eng soʼnggi yangiliklar, voqea-hodisalar, shuningdek, tuman hokimining ish faoliyatidan xabardor boʼlib borishingiz mumkin. Kanaldan ma'lumot ko‘chirilganda manbasi ko‘rsatilishi shart.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
5 451
Suscriptores
-524 horas
-277 días
+13930 días
Archivo de publicaciones
02:05
Video unavailableShow in Telegram
Toyloqda "Rahbar va xotin-qizlar faollari" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mostrar todo...
C0124.mp416.72 MB
Maqsad xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborni yana-da oshirish Toyloq tumani hokimligida “Rahbar va xotin-qizlar faollari uchrashuvi” tashkil etildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari Jahongir Haqberdiyev, Noila Kambariddinova hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni yanada yaxshilash maqsadiga qaratilgan mazkur uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tkazildi. Rahbarlar sohadagi yutuq va kamchiliklar, galdagi vazifalar, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash, mahalla faollarining mahalladagi yettiligi hamda tashkilot va idoralar bilan hamkorligini rivojlantirish borasida fikrlarini bildirishdi. Shundan so‘ng, mahalla faollarining faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari, rejalari va takliflari tinglandi. Tadbir so‘ngida oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Kambariddinova xotin-qizlar faollarining faoliyatiga oid hisobotni tanqidiy-tahlil qildi.
Mostrar todo...
E'LON “DAVLAT BELGISI” DUK TOMONIDAN ESDALIK TANGALARI VA SUVENIR TO‘PLAMLARI DIZAYNLARINING TANLOVI O‘TKAZILADI ⚡️Tanlovda tasviriy san’at, dizayn, grafika, illustrasiya, reklama va boshqa turdosh sohaga oid bilim va tajribaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Dizayn konsepsiyasi va tematikasi quyidagilardan iborat: ▪️Tarixiy va muqaddas qadamjolar; ▪️Xalqimizning qadriyatlari, madaniyati va tarixi; ▪️O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi; ▪️Buyuk Ipak yo‘li; ▪️Sport sohasi; ▪️Tabiat va hayvonot olami; ▪️Milliy hunarmandchilik; ▪️Erkin mavzu. ▫️Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich shartlari: 1️⃣ Dizayn muallif tomonidan chizilgan bo‘lishi va boshqa ijodkorlarning avvalgi ishlarini qaytarmasligi kerak. 2️⃣ Dizayn doira ichida (logotip ko‘rinishida) kompyuter grafikasidan foydalanib (CorelDraw, PhotoShop va Illustrator dasturlari) tayyorlanishi yoki A4 formatli qog‘ozga qalam bilan tushirilgan bo‘lishi hamda ularda tasvirlangan har bir element aniq ko‘rinishi lozim. 3️⃣ Dizayn tanga yoki suvenir to‘plamlari avers (old tomoni) va revers (orqa tomoni) ko‘rinishlardan hamda ularning qisqacha tavsifidan iborat bo‘lishi lozim. 4️⃣ Tayyorlangan dizaynlar muallifining ismi, familiyasi, manzili, telefon raqami va elektron pochta manzilini ko‘rsatgan holda 2024-yil 31-iyul kuni soat 23:00ga qadar quyidagi manzillarning biri orqali taqdim etishlar lozim: - [email protected] elektron manzili; - +998942101218 telegram kanali; - “Davlat belgisi” DUK (100114, Toshkent shahri, Javaharlal Neru ko‘chasi, 3-uy). 5️⃣ Birinchi bosqichda kelib tushgan barcha dizayn loyihalari "Davlat belgisi" DUKning Ishchi guruhi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi va eng yaxshi 30 ta dizayn loyihasi saralab olinib, dizayn mualliflari ro‘yxati e’lon qilinadi. ▫️Ikkinchi bosqich shartlari: 1️⃣ Birinchi bosqichda tanlab olingan 30 ta loyiha mualliflari “Davlat belgisi” DUK mutaxassislari bilan birgalikda dizaynlarga yakuniy ishlov berib, elektron fayllar EPS, AI, PDF, CDR tahrir qilinadigan raqamli vektor formatlaridan birida shakllantiriladi. 2️⃣ Ishchi guruh tanlab olingan 30 ta dizayn loyihalarini Markaziy bankning Komissiyasi muhokamasiga kiritadi. 3️⃣ Komissiya taqdim etilgan dizayn loyihalarini 5 ish kuni mobaynida o‘rganib chiqadi va 15 ta g‘olibni tanlab oladi. Bunda: 1-o‘rin uchun – 20 million so‘m; 2-o‘rin uchun – 15 million so‘m; 3-o‘rin uchun – 10 million so‘m; 4-15 o‘rinlar uchun har biriga 3 million so‘mdan mukofot pullari g‘oliblar e’lon qilingan kundan 7 ish kuni mobaynida muallifning bank plastik kartasiga to‘lab beriladi. 4️⃣ Tanlovda g‘olib bo‘lgan 15 ta loyihalar bo‘yicha mualliflik huquqi mukofot puli to‘langan vaqtdan boshlab “Davlat belgisi” DUK tasarrufiga o‘tgan hisoblanadi. 5️⃣ Tanlovda g‘olib bo‘lgan 15 ta loyihalar ichidan mavzuga doir yo‘nalish bo‘yicha zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari muallifiga qo‘shimcha bir marotabalik 10 million so‘m miqdorida gonorar to‘lab beriladi. ▪️Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun (55) 503-33-72 yoki (71) 209-03-32 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
TA’ZIYA Toyloq tuman Sochaki poyon qishlog‘i “Xonchorbog‘” mahallasida istiqomat qilgan, O‘zbekiston Xalq o‘qutuvchisi MAMAT ALIYEV 93 yoshda dunyodan o‘tdilar. Marhumning oila a'zolariga ta’ziya va dildorlik izhor etib, Allohdan sabri jamil tilaymiz. Janoza marosimi: 5-iyul kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadi.
Mostrar todo...
Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi Joriy yilning 12-yanvar kuni davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida yoshlarni jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etishdan saqlash, ular bilan manzilli va tizimli ishlash, yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy muammolarini hal etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, muntazam ravishda tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha vazifalar belgilanib, yigit-qizlar huquq- tartibot va mudofaa bo‘limlarining mas’ul xodimlariga biriktirilgan edi.   Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Toyloq tuman prokurorining yordamchisi B.Buriyev Navbahor mahallasidagi 492 nafar otaliqqa olingan yoshlar, jumladan maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rganib chiqdi.
Mostrar todo...
#Ishchi_guruh_faoliyatidan Bugun Respublika ishchi guruhi Toyloq tumanida bo‘lib,  mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati,  ishsiz yoshlar va tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash,  tomorqa madaniyati, bir mahalla bir mahsulot tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar kabi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi. Aholi bandligini ta’minlashda tadbirkorlikni rivojlantirish, bunda aholiga bank kreditlarini tavsiya qilish kerakligi ta’kidlandi.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Уттар-Прадеш штатида содир бўлган фожиа оқибатида кўплаб инсонлар ҳалок бўлгани ва жароҳат олгани муносабати билан Ҳиндистон Республикаси Президенти Драупади Мурму ва Бош вазири Нарендра Модига таъзия йўллади. Давлатимиз раҳбари қурбонларнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик изҳор этиб, жароҳатланганлар тез фурсатда соғайиб кетишини тилади. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Республики Индия Драупади Мурму и Премьер-министру Нарендре Моди в связи с многочисленными человеческими жертвами и пострадавшими в результате трагедии в штате Уттар-Прадеш. Глава нашего государства выразил искренние слова сочувствия родным и близким погибших, а также пожелания скорейшего выздоровления пострадавшим. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
01:27
Video unavailableShow in Telegram
#Matonatli_yoʻl_2 #Yangi_loyiha "Davlatdan yordam olishga uyalaman, toʻgʻrisini aytsam, or qilaman. Sogʻ boʻlsam..." Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan oʻz hayot yoʻli bilan boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan, qiyinchiliklarni matonat bilan yengib oʻtayotgan yurtdoshlarimiz haqida "Matonatli yoʻl" loyihasini sizlarga taqdim etadi. Loyihamizning navbatdagi qahramoni Nurobod tumani "Ulus" mahallasida istiqomat qiluvchi Baymanov Zafar hamda Oʻrinova Iroda haqida. You Tube orqali sifatli tomosha qilishingiz mumkin 👉 https://youtu.be/3Yp-CqsMIAE?si=UX9sCwYZqu5wSu8b 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Mostrar todo...
IMG_6076.MOV17.29 MB
Penza viloyatida Samarqand va Penza viloyatlari tadbirkorlari hamda ishbilarmon doira vakillarining biznes-forumi o‘ z ishini boshladi. Forum ishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va 50 ga yaqin samarqandlik tadbirkorlar ishtirok etmoqda... ——— В Пензе началась работа бизнес-форума с участием представителей деловых кругов Самаркандской и Пензенской областей. В составе самаркандской делегации хоким области Эркинжон Турдимов и около 50 предпринимателей…
Mostrar todo...
Penza viloyatida Samarqand va Penza viloyatlari tadbirkorlari hamda ishbilarmon doira vakillarining biznes-forumi o‘ z ishini boshladi. Forum ishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va 50 ga yaqin samarqandlik tadbirkorlar ishtirok etmoqda... ——— В Пензе началась работа бизнес-форума с участием представителей деловых кругов Самаркандской и Пензенской областей. В составе самаркандской делегации хоким области Эркинжон Турдимов и около 50 предпринимателей…
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ⚡️📣 “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi II mavsumiga 6-iyuldan start beriladi! Bunda: 1️⃣Loyihalar kiritish: 6–26 -iyul; 2️⃣Loyihalarni saralash: 26-iyul–15-avgust; 3️⃣Targ‘ibot qilish: 15 avgust –22-avgust; 4️⃣Ovoz berish: 22 avgust –1-sentabr sanalari davomida o‘tkaziladi. 🪙Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘m dan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi! ‼️Eslatma! Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 360 mln so‘mni tashkil etadi.
O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!
#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
❗️Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.) qabul qilindi 🔰 Farmonga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. 🏢 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan: 🔹ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 🔹maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish; 🔹maktabgacha ta’limning o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o‘rta ta’lim dasturlari bilan uzviyligini ta’minlash; 🔹davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash.
Mostrar todo...
05:37
Video unavailableShow in Telegram
🎞 Chelyabinskda Samarqand va Chelyabinsk viloyatlari tadbirkorlarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi 👉 YouTube: https://youtu.be/GOzVotq5FX4
Mostrar todo...
Chelyabinsk-uzb-tadbirkorlar.mp416.17 MB
🔴 Live TARTIB-INTIZOM – ISHGA MUNOSABATNI BELGILAYDI Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Toyloq tumani bo‘limi boshlig‘i A. Mirzoyev mahalla yettiligining ishga o‘z vaqtida kelishi, xizmat vazifasi bo‘yicha hujjatlarining yuritilishi, mahalla binosi obodonchiligi, murojaatlarni o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan kunlik nazorat o‘tkazib, Shopulot, Navzandak, Yastepa mahallalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.