cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

NAVOIY VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI

🏛 Navoiy viloyati yuridik texnikumi rasmiy kanali. ♻️ Murojaat uchun: 📩 @nvyut_bot - telegram ☎️ +998 (79) 223-07-28 📍Manzil: Navoiy sh., M.Tarobiy, 105.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
609
Suscriptores
+124 horas
-77 días
-1430 días
Archivo de publicaciones
02:20
Video unavailableShow in Telegram
#Yoshlar_sayli 🔹 Navoiyda "Yoshlar sayli" o'tkazildi. 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" da tashkil etilgan tadbir mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkilotlari hamkorligida viloyat bo'ylab quloch yoydi. 🔹Tadbirda nogironligi bor,kam ta'minlangan oila farzandlariga Prezident sovg'asi tarqatilib, davlat tashkilotlarining hadyalari ulashildi. Adliya boshqarmasi tomonidan ham "Huquqiy viktorina"larda faol ishtirok etganlarga esdalik sovg'alari, tadbirga kelgan yoshlarga turli mavzudagi kitoblar taqdim etildi. Quvonarlisi, mazkur tadbirlarda yuridik texnikumning faol yoshlari ham ishtirok etishdi.
Mostrar todo...
👍 1 1
02:21
Video unavailableShow in Telegram
#Yoshlar_sayli 🔹 Navoiyda "Yoshlar sayli" o'tkazildi. 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" da tashkil etilgan tadbir mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkilotlari hamkorligida viloyat bo'ylab quloch yoydi. 🔹Tadbirda nogironligi bor,kam ta'minlangan oila farzandlariga Prezident sovg'asi tarqatilib, davlat tashkilotlarining hadyalari ulashildi.Adliya boshqarmasi tomonidan ham "Huquqiy viktorina"larda faol ishtirok etganlarga esdalik sovg'alari, tadbirga kelgan yoshlarga turli mavzudagi kitoblar taqdim etildi.
Mostrar todo...
01:52
Video unavailableShow in Telegram
#Adliya_tabrigi Adliya vazirligi bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi! Farzandingizga beradigan eng yaxshi hadyangiz – vaqtingizdir!
Mostrar todo...
🎉 5
⚡️Yuridik texnikumda o‘qishning afzalliklari haqida bilasizmi? 🔍 Quyida ular bilan tanishing... ✅ Yuridik texnikumlarda kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha ta’lim olish imkoniyati mavjud bo‘lib, o‘quvchilar davlat granti hamda to‘lov-kontrakt,  shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin.   ✅ Yuridik texnikumlarga o‘quv-metodik jihatdan ko‘mak berish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan amalga oshiriladi.  ✅ Yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 705-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti va “yurisprudensiya”  ta’lim yo‘nalishi mavjud beshta oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, 17-son qaroriga muvofiq TDYUdan tashqari “yurisprudensiya”  ta’lim yo‘nalishi mavjud barcha oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz, suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilinadi; ✅ Yuridik texnikumlarda o‘qitish kredit-modul tizimi bo‘yicha olib boriladi. Bunday yondashuv o‘quvchilarga mutaxassislik fanlarini chuqur tahlil qilgan holda  o‘rganish imkonini beradi; ✅ Yuridik texnikumlar bitiruvchilari o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lishadi va notarius yordamchisi, FHDY bo‘limi inspektori, davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, advokat yordamchisi hamda davlat ijrochisi va shu kabi boshqa lavozimlarda ishlashlari mumkin bo‘ladi; ✅ Xalqaro darajadagi yuristlarni tayyorlash maqsadida yuridik texnikumlarda qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirib borilmoqda; ✅ Yuridik texnikumlarda dars mashg‘ulotlari mahalliy hamda xorijiy malakali professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi va tajribali mutaxassislar  tomonidan olib boriladi; ✅ Yuridik texnikumlarning yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarga ega o‘quvchilariga Adliya vazirligi stipendiyalari va grantlari ajratiladi; ✅ Yuridik texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash mexanizmi yaratilgan. Unga ko‘ra 2 yil o‘qish davomida tanishtiruv hamda malakaviy amaliyot  olib boriladi; ✅ Yuridik texnikumlarga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”,  “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar, axborot  tizimida  ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda davlat granti asosida o‘qishlari mumkin.
Mostrar todo...
👍 2
#ta'lim yangiliklari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida 2024-2025 o'quv yilidan boshlab "Davlat huquqioy faoliyati" hamda "Yuridik xizmat" yo'nalishi 2-kurs o'quvchilariga "Davlat xizmatlari" fani o'qitilishi belgilangan. Navoiy viloyati yuridik texnikumida ham ushbu o'quv fanini sifatli va mazmunli tashkil etish maqsadida, muassasada davlat xizmatlari xonasini tashkil etishib, shahar davlat xizmatlari markazidan yetakchi amaliyotchi mutaxassisni jalb etish rejalashtirilgan.
Mostrar todo...
👍 5
03:02
Video unavailableShow in Telegram
YURIDIK TEXNIKUMNI TAMOMLAB CHET ELDA TA'LIM OLAYOTGAN TALABA ⚖️ Navoiy vil. Yuridik texnikumi bitiruvchisi Sayfullo Sayfiddinov ayni vaqtda qo'shma ta'lim dasturi asosida bir vaqtning o'zida Toshkent Davlat Yuridik Universiteti hamda Rossiya Federatsiyasi Nijniy Novgorod shahridagi universitet talabasihamdir. ⏺Hurmatli bitiruvchilar va o'quvchilar, siz ham bunday imkoniyatga ega bo'lishni istasangiz unda Toshkent Davlat Yuridik Universitetining "Double Degree" dasturi aynan siz uchun! 🤝 Navoiy vil. Yuridik texnikumi jamoasi nomidan bitiruvchimizni kelgusi ishlarida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! ⚖️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🕊 Telegram | 📱 Instagram |📱 Facebook | 📺 Web-site
Mostrar todo...
👍 4 2😁 2🔥 1
✅ NAVOIY VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI BITIRUVCHILARI DIQQATIGA QO'SHMA TA'LIM DASTURINI TAKLIF ETADI! 📑 Qo‘shma ta’lim (ikki diplomli) dasturi — O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq kadrlar tayyorlashni va bitiruvchilariga oliy ma’lumot olganligi to‘g‘risidagi barcha xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari joylashgan davlatlarda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom) berilishini nazarda tutuvchi ta’lim dasturidir. 📊 Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha ta’lim olish afzalliklar: 🔹 TDYU va xorijiy hamkor OTMlardan birida bir vaqtning oʻzida ta’lim olish; 🔹 Oʻzbekiston va chet elda nostrifikatsiyasiz ishlash huquqini beruvchi ikkita diplom; 🔹 Oʻqishga kirish va xalqaro darajada ta’lim olish uchun yana bir imkoniyat. TDYU qaysi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ikki diplomli dasturlarni amalga oshirmoqda deysizmi? 🔸 M.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti (Qozog‘iston, Nur-Sulton sh.); 🔸 N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod Milliy tadqiqot davlat universiteti (NNDU, Rossiya, Nishniy Novgorod sh.). 🔸 Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (GrDU, Belarus, Grodno sh.); 💰 Ikki diplomli dasturlar bo‘yicha ta’lim olish faqat toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 📝 Toʻlov-kontrakt miqdori xorijiy hamkor universitetlardagi o‘qish narxidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 🗓 To‘lov semester bo‘yicha amalga oshirilishi ham mumkin. 🇷🇺 Ikki diplomli dasturlari boʻyicha oʻqish jarayoni faqat rus tilida olib boriladi. 🌅 Talabalar TDYU va xorijiy hamkor universitetda kunduzgi ta’lim asosida o‘qiydilar. 📚 Talaba chet elga chiqishi va o‘quv yili davomida u yerda yashashi kerak bo‘ladi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:  • Telegram | • Instagram | • Facebook | • Web-site
Mostrar todo...
📌 #amaliyot_2024 ✅ NAVOIY VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI O'QUVCHILARI O'Z MUTAXASSISLIKLARI BO'YICHA AMALIYOT O'TASHMOQDA 🔰 Navoiy viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari o'z mutaxassisliklari bo'yicha amaliyot jarayonlarida o'zlarining texnikumda olgan bilimlarini amaliyotda qo'llashib,  ko'nikmalarini shakllantirishmoqda. Ⓜ️azkur amaliyot jarayonlarida  yigit-qizlar o‘z  soha yo‘nalishi  bo'yicha texnikumda olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda tajriba orttirish va malakali mutaxassis bo‘lishga intilib, o'zlari amaliyot o'tagan davlat tashkilotlarga kelgusida faoliyatlarini davom ettirish istagida qiziqish bildirishdi. ⚖️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🚀 Telegram | 📷 Instagram |🔵 Facebook |🔵 nvyut.uz
Mostrar todo...
👍 4
❗️Аҳолининг кундалик ҳаётида учрайдиган ҳуқуқий муаммолари аниқланади, таҳлил қилинади ва бартараф этилади
“Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-80-сон, 24.05.2024 й.) қабул қилинди 🔰Фармонга кўра, қуйидагилар адлия органларининг қўшимча фаолият йўналишлари этиб белгиланди: 🔹аҳолининг кундалик ҳаётида учрайдиган ҳуқуқий муаммоларни аниқлаш, уларни таҳлил қилиш ва бартараф этиш бўйича амалий чоралар кўриб бориш; 🔹жойларда аниқланган тизимли муаммоларни бартараф этишга қаратилган қонунчилик ҳужжатлари лойиҳаларини ишлаб чиқиш; 🔹фуқароларга бепул бирламчи юридик ёрдам кўрсатиш тизимини йўлга қўйиш ва мувофиқлаштириб бориш; 🔹давлат органлари ва ташкилотлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ҳамда фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларида ягона ҳуқуқни қўллаш амалиётини шакллантиришда уларга методик ёрдам кўрсатиб бориш.
Mostrar todo...
00:51
Video unavailableShow in Telegram
📹Bir oy davomida kartaga qancha pul tushsa bloklanishi mumkin?
Mostrar todo...
01:05
Video unavailableShow in Telegram
Davlat xizmati orqali “Ishsiz deb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash” tartibidan xabardormisiz?
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
✅ Bugun Navoiy viloyat yuridik texnikumi direktori Umarov Javlon Lapasovich o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. 🎁 Hurmatli Javlon Lapasovich! Sizni yuridik texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlari va o'quvchilari nomidan samimiy qutlab, sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-hotirjamlik, mehnat faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz. ⚖️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🚀 Telegram | 📷 Instagram |🔵 Facebook |🔵 nvyut.uz
Mostrar todo...
👏 17🎉 11👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
✅ Bugun Navoiy viloyat yuridik texnikumi direktori Umarov Javlon Lapasovich o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. 🎁 Yuridik texnikum sardori, hurmatli Javlon Lapasovich! Sizni yuridik texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlari va o'quvchilari nomidan samimiy qutlab, sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-hotirjamlik, mehnat faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:  • Telegram | • Instagram | • Facebook | • Web-site
Mostrar todo...
🎉 15
01:27
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekligim, o‘zligim! Sen o'zbek qizisan O'zbekistonning, Chiroying, siymoying o'zbeklarga xos. Libosing husninga monand dunyoning Barcha go'zallarin qilar ishqibos. O'qi,olima bo'l izlangin kashf et, Sen o'zbek qizisan  olgin sharaf shon Butun dunyo uchun ilmingni baxsh et, Seni qo'llaguvchi yurtinga ishon. Arena bayrog'in qo'lingda ko'tar O'zbek qizi noming eslab  qolishsin. Senga havas qilsin  barcha diyorlar Sening libosingdan nusxa olishsin!
Mostrar todo...
👍 2
Repost from GENERALISSIMUS
Photo unavailableShow in Telegram
Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdullayev Ulugbek Ravshanbekovich tayinlandi. Ulugbek Abdullayev 1985-yilda Samarqand viloyati, Bog'ishamol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yil Qoraqalpoq davlat universitetini (bakalavr), 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos. U o‘z mehnat faoliyatini 2010-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi. @generalissimus_uzb
Mostrar todo...
👍 6👏 1👌 1
21 май Ўзбекистон Республикаси ахборот-кутубхона тизими ходимлари куни Ҳурматли зиё масканининг зиё тарқатувчилари! Муҳтарам ахборот-кутубхона тизими ходимлари!   Сизларга яхши маълумки, 2019 йил 7 июнь куни - Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига ахборот-кутубхона хизмати кўрсатишни янада такомиллаштириш тўғрисида” қарори қабул қилинди.   Айтиш мумкинки, мазкур қарор билан юртимиздаги барча кутубхоначиларнинг азалий орзуси ушалди. Ҳар йили  - 21 май Ўзбекистон Республикаси ахборот-кутубхона тизими ходимлари куни  сифатида кенг нишонланади. Бу эса ўз-ўзидан соҳа вакилларига қаратилаётган юксак эътибор, улкан рағбат, эътироф бўлиши баробарида юксак масъулият ҳамдир.   Кутубхонани нурхонага қиёс қиладиган бўлсак, ўша нурхонага янада файз берадиган, китоблар зиёсини эртамиз эгаларининг покиза қалбига жойлашга муносиб хизмат қиладиган инсонлар бу - Сизларсиз.       Сиз азизларга бир тилагим. Янги китоблар тақдимоти, китоб марафонлари ташкил қилиш, таниқли, ёш истеъдодли ёзувчи ва шоирлар билан кўпроқ учрашувлар, ношир ва матбаачилар билан мулоқотлар аҳолининг, айниқса ёшларнинг китобхонлик маданиятини ўстириш баробарида уларда Она Ватанга бўлган муҳаббати, юртга садоқатлик ҳисси, маънавияти ва маърифати ошишига янада хизмат қилишини доимо ёдингизда тутинг.   Албатта, тафаккур ва тасаввур манбаси бўлган ноёб китобларнинг ўрни тенгсиздир. Бир ўйлаб кўрингчи,  қачонлардан бери излаб юрган севимли асарларимиз билан дийдорлашишдан ҳам ортиқроқ бахт бормикин? Сизлар ана шундай бахтни улашувчи бахтиёр инсонсизлар.       Азиз кутубхона тизими ходимлари!    Мен ўз номимдан ва бутун шаҳримиз меҳнаткашлари номидан Сиз азизларни бугунги касб байрами билан чин юракдан табриклайман.  Шаҳримизда фаолият олиб бораётган барча соҳа ходимларини 21 май – Кутубхоначилар куни байрами билан чин қалбдан муборакбод этаман. Бугунги байрам адабиёт баҳори, шеърият баҳори, эзгуликнинг ажойиб тантанасидир. Маърифат ва зиё тарқатувчи соҳа фидойиларини машаққатли ва заҳматли, шу билан биргаликда шарафли фаолиятларингизга, ёшларнинг маънавий-маърифий савиясини юксальтиришда китобнинг роли ва аҳамиятини кучайтиришда куч-қувват ва зафарлар ёр бўлсин!
Mostrar todo...
👏 3
00:58
Video unavailableShow in Telegram
Namanganda xalqaro gullar festivaliga start berildi. Festivalni gullar bilan burkangan 200 dan ortiq mashinalar karvoni boshlab berdi. Namanganda jahon rekordi o‘rnatildi. Gullar festivali ilk kunida 400 ming kishi tomonidan 3 milliondan ortiq surat va video tasvirga olindi. Bu dunyo rekordidir! 63-xalqaro “Gullar festivali” uchun viloyat markazida 45 mln. tupdan ortiq turli gul ko‘chatlari o‘tqazildi. 30 mln. tupdan ortig‘i Bobur nomidagi "Madaniyat va istirohat" bog‘idan joy olgan. Yaratilgan dizaynlar esa betakrorligi va maftunkorligi bilan avvalgi yillardagidan ajralib turadi. Festival 19-maydan 23-iyunga qadar davom etadi. Keling, tomosha qiling va zavq oling, deyishmoqda namanganliklar.
Mostrar todo...
⚡️“Qonun ustuvorligi va huquqiy etika” mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi. ✅"Mintaqaviy muloqot" xalqaro NNT tashabbusi bilan Toshkent shahar hamda Farğona viloyati yuridik texnikumlarida tashkil etilgan darslarni AQShdan tashrif buyurgan professor Den Hassenfeld olib bordi. ✅ Mashg'ulotda, o'quvchilar professor bilan ochiq muloqotga kirishdi hamda mavzuga oid ma'ruzasi va mavzudan tashqari, konfidensiallik tamoyilini qo'llab-quvvatlash burchi, sud jarayonining halolligi, advokatlarning mijozlar va sudlar oldidagi mas'uliyati kabilarni muhokama qilishdi. ✅D.Hassenfeldning ta'kidlashicha, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash nafaqat davlatning ma’suliyati, balki advokatlarning ham burchi hisoblanadi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | • Instagram
Mostrar todo...
👍 1
02:31
Video unavailableShow in Telegram
#LIVE #adliya_hudud 📹Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyevning navbatdagi uchrashuvi tadbirkorlar bilan Navoiy erkin iqtisodiy zonasida tashkil etildi. Ayni paytda Navoiy EIZda 100 dan ortiq ishlab chiqarish zavodlari mavjud. 🔹Dastlab "Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleks" Maxsus sanoat parkida tadbirkorlar bilan muloqot tashkil etilib, bank-kredit, eksport hajmini oshirish singari masalalar yuzasidan huquqiy muloqot bo'lib o'tdi. 🔹Shundan so'ng,"KO-UNG CYLINDER" MCHJ avtomobil gaz balonlari ishlab chiqarish qo'shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqildi. 🔹 Ma'lumot o'rnida, mazkur zavodda bugungi kunda ishlab chiqarish quvvati qiymati 38,4981 mlrd so'mni tashkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati esa 155,685 mlrd so'm, korxonada 106 ta ish o'rinlari yaratilgan.
Mostrar todo...
02:23
Video unavailableShow in Telegram
#adliya_hudud
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning sifat darajasi 🔹Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan Navoiy viloyat adliya boshqarmasida “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning sifat darajasi” mavzusida amaliy-seminar o‘tkazildi. Maqsad, davlat xizmatlari ko‘rsatilishida yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishlarni oldini olish va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash. 🔹Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari mas’ullari ishtirok etishdi. 🔹Tadbirda davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati, mavjud qonunbuzish holatlari va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan huquqiy tavsiyalar berildi
Ma’lumot o‘rnida, davlat xizmatlari ko'rsatish sohasida 2024-yilning o‘tgan davri davomida jami 10045 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Shundan 8366 ta muddat buzilishi, 1678 ta asosiz davlat xizmati ko‘rsatishni rad qilish. Natijada, 94 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 3 nafar shaxs intizomiy javobgar javobgarlik chorasi qo‘llanilgan.
Mostrar todo...
⚡️"Mintaqaviy muloqot" xalqaro NNT ning navbardagi seminar- treninglari Farğona viloyati yuridik texnikumida bo'lib o'tmoqda."Klinik huquqiy ta'lim va pedagogikaning muhim tamoyillari" mavzusida olib borilayotgan mashg'ulotlarda  Andijon, Namangan va Farğona viloyati yuridik texnikumlarining Yuridik klinika rahbar va xodimlari ishtirok etmoqda. ✅ Seminar-treningni yuridik texnikum direktori A.Ergashev ochib berdi va seminar-trening ishida muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, Mintaqaviy muloqot xalqaro NNTning Toshkentdagi filiali direktori P.Goryup loyiha mutaxassislari va ularning vazifalari haqida qisqacha ma'lumot berib o'tdi. ✅ Muloqot davomida expertlar auditoriyani diqqatini Klinika faoliyatidagi asosiy maqsadlarga qaratdi va guruh tarzda ishlab, belgilangan vazifalarni muhokama qildi. 📌Eslatib o'tamiz, mazkur seminar- trening 17-may kuniga qadar davom etadi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | • Instagram
Mostrar todo...