cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Usmonip

Kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/usmonosphere 🥂 Iqtiboslar: @sanduvoch_uz 💰 Donat qivorila: https://tirikchilik.uz/usmonip 📬 Aloqa: @munshaotbot / @qori_ishkamba

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
2 005
Suscriptores
-124 horas
+1287 días
+19030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Quyida telegram platformasidagi bir-nechta foydali kanallarni siz bilan boʻlishmoqchiman: @mia_gapiradi ​​— tanqidiy fikrlashni oʻstirish uchun @with_Fabesha ​​— Amerikadagi talaba hayoti @gullayotganyurak ​​— afsus, hayot faqat kitoblardan iborat emas @sanduvoch_uz ​​— hikmat izlaganga hikmatdir dunyo @usmonosphere ​​— kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida @Mohinur Xasanova (XASMA) ​​— arab tilini bepul oʻrganish uchun @farzandruhiyati – ilmiy psixologiyani amaliyotga tatbiq etishni oʻrganish uchun blog @creo_blog ​​— aniq bir format yo’q, shaxsiy fikrlar, Yevropadagi talabaning «comfort» sayohati.
Mostrar todo...
2
Photo unavailableShow in Telegram
#hikoya Bugun kunchiqar oʻlkaning klassik yozuvchisi Ryunoske Akutagava ijodiga yuzlanamiz! Eʼtiboringizga havola etilayotgan “Tansiq taom” nomli hikoya (yoki novella) “Men nima maqsadda yashayapman ekan?” degan savolni oʻzingizdan qayta soʻrashingizga turtki beradi. Marhamat, hikoya havolasi: 👉🏿 https://ziyouz.uz/jahon-nasri/akutagava-ryunoske/akutagava-ryunoske-tansi-taom-ikoya/ P.S: izohlar qismida hikoya muhokamasini oʻtkazamiz, fikrlaringizni qoldiring :) @usmonosphere
Mostrar todo...
👍 14🔥 1👏 1💯 1
#iqtibos Shukrulloning “Kafansiz koʻmilganlar” asaridan tagiga chizilgan satrlar • Shoir oʻz xalqining gʻamini yemasa, uning yukini yengillatmasa, ijod qilishining nima keragi bor?! • Baʼzan kishi gʻazablangan vaqtda shunday holatlar boʻladiki, bunday paytda oʻz haqligingni isbotlash uchun soʻz topolmay qolasan. • Savobga ishonish kishini gunohdan, shafqatsizlikdan qaytarmaydimi? Insonni insofga keltiradigan narsa balki shu savobga ishonishmikan?! • Axir mushuk oʻlsa ham kishi achinadi, uni kimdir koʻmadi! Ammo lagerda, tutqunlikda oʻlsang, seni it oʻligicha ham qadring boʻlmaydi! • Kishi yillab qamoqda oʻtirabergandan keyin eshikning ochilib-yopilgan ovozidan ham nechanchi kamera ekanini taxminan sezadigan boʻlib qolasan. • Dunyo tamom boʻldi. Halol odam qolmadi! Bu gapni senga aytdim. Bu gaplarni aytsang, dushman koʻrinasan. • Gunohi bor odam, vijdoni boʻlsa, mehnati bilan emas, oʻlimi bilan ham gunohini oqlashga rozi boʻladi. Har qanday mashaqqat, mehnatga chidaydi, bardosh beradi. • Mening dunyom bu ​​— toʻrt tomoni tikonli sim bilan oʻralgan devor, uvada kiyim, yemishim arpa-yu soʻk. Xayolimda birdan bir narsa ​​— xotin, bolalarim, erkinlik. • Bizning mamlakatimizda oʻgʻrilikning avj olishiga ham, eng yaxshi odamlarning xalq dushmani deb nohaq qamalishiga ham sabab bitta, u ham boʻlsa, inqilobdan keyingi siyosatimizda yoʻl qoʻyilgan xatoliklar! • Vijdoningni yutib, haqiqatni gapirolmay erkin yurganingdan, och-yalangʻoch boʻlsang ham, ovozing boricha oʻzing sevgan kuyni aytganing maʼqul. • Qarindosh qarindoshni taladi, sinfiy dushman deb bola otaning koʻzini oʻydi. Mana oqibat: hammani oʻgʻrilikka, Xudodan qoʻrqmaslikka, bandadan uyalmaslikka oʻrgatib boʻldik. • Hayotga oʻz koʻzing bilan emas, kimlarningdir koʻzi bilan qarashing kerak. Shunda asarlaring gʻoyaviy xalqchil deb maqtaladi. • Axir, sen kimnidir doʻst bilib, uni quchoqlab bagʻringga bosmoq boʻlsang-u, u esa mehringga mehr bilan javob qaytarish oʻrniga koʻkragingga musht tushirib, seni haqorat qila ketsa, bundan alamli nima ham boʻlishi mumkin? • Kitobning qadri, uning odamga eng yaqin dardkash, sirdosh doʻstdek madadkor boʻlishini qamoqda juda yaxshi his qilarkansan. • Qassobdan chiqqan jalloddan olimdan chiqqan jallod xatarli. Chunki qassobdan chiqqan jallod ilmsiz, omi, u dovdir-sovdir ish qilishi mumkin. Ammo olimdan chiqqan jallodning qoʻlidan qutulish qiyin. • Kishi mehnatdan oʻlmaydi. Mehnat beadad emas, bir nafaslik uyqu, bir nafaslik dam olish senga madad boʻladi, mehnat yukidan xoli qiladi. • Menga mabodo qayta ijod qilish, qoʻlgan qalam olish nasib etsa, faqat mehribonlik, faqat insonga vafodorlikni kuylardim. @usmonosphere
Mostrar todo...

6🔥 5👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
“Asaxiy Books”da oʻtgan galgi fotohikoyaning davomi chop etildi. Bu gal razolat botqogʻidan qutulib, hidoyat gulzoriga boʻylaganim haqida soʻz boradi. Quyidagi havola orqali oʻtib, Usmonip (t)ogʻalaringni maqtab kelsanglar, xursand boʻlaman. 👉🏿 https://t.me/asaxiybooks/7236?single P.S: surat muallifi maestro Javhar opamgila @usmonosphere
Mostrar todo...
😁 9👍 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
#hikoya Yozni hikoyalar bilan bezashda davom etamiz! Bugun sizlarga Gi de Mopassanning maktab paytida sevib oʻqiganim ​​— “Sovaj kampir” hikoyasini boʻlishyapman. Oʻqing, mulohaza qiling va albatta fikrlaringizni oʻrtoqlashing. Marhamat, hikoya havolasi: 👉🏿 ​​https://ziyouz.uz/jahon-nasri/gi-de-mopassan/gi-de-mopassan-sovaj-kampir-hikoya/ @usmonosphere
Mostrar todo...
👍 9👏 5
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻylab qarasam, odamzot butun hayoti davomida nimaningdir taʼsirida yuradi ekan. Qariyb hamma bolaligida ruhiy travma oladi, bogʻcha va maktabda bulling yoki diskriminatsiyaga uchraydi, oʻsmirligida depressiyaga tushadi, kattaroq boʻlib sevgan qizi yo yigiti tashlab ketganidan azob chekadi, oʻqishi yoki ishi oʻxshamasa oʻzini luzer deb oʻylay boshlaydi, avval moddiy inqirozga, undan keyin ekzistensial inqirozga yoʻliqadi, hayotining muhim pallasiga yetib, qaror qabul qilish vaqti yetganda dilemma holatiga tushadi, keyin jamiyat undan yo supererkak yoki superayol boʻlishini kutadi, sal oʻtib oʻrta yosh inqiroziga chalinadi, undan endigina qutuldim deganda yuziga ajin tushadi, birorta kasallikni ilashtirib oladi, umrining oxirida injiq qariyaga aylanib, til topishadigan odami juda kam boʻladi va axiyri armonlarini eslab-eslab vafot etadi. Shuning uchun hozir mazza qilib yashanglar, ertadan hayotingiz oʻzgarib ketishi mumkin. © Shohrux Usmonov @usmonosphere
Mostrar todo...
🔥 15😢 9👍 2 2
“Shams-i-Qamar” teatr studiyasining “Madhiya - Marsiya” spektaklidan suratlar. Fotolar muallifi rejissyor Jamshid Valiyev. @usmonosphere
Mostrar todo...
7👍 5🔥 4
#sanʼat #teatr “Biz... Odammizmi oʻzi?” “Shams-i-Qamar” teatr studiyasi yangi spektakl progonini oʻtqazdi. Baxtim kulib, oxirgi namoyishni koʻrishga ulgurdim. “Madhiya​​ — Marsiya” nomli (ehtimol, bu ishchi nomdir) yangi spektakl gruzin adibi Nodar Dumbadzening “Koʻppak” hikoyasi hamda Jontemir Jondorning “Igna” asari asosida sahnalashtirilgan. Bu gal teatr jamoasiga yana bir fidoyi, tirik aktyor ​​— bobo, yaʼni qoʻgʻirchoq ham qoʻshilibdi. Truppa rahbari Qamariddin dadoning aytishicha, “bu qoʻgʻirchoq teatriga oʻtishga tayyorgarlik” emish. Bevosita asarning oʻziga toʻxtalsak, aytishim mumkinki, “Shams-i-Qamar” bu gal ham oddiy detallarga ramzlar yuklashni, tasavvur kuchidan mohirona foydalanishni har doimgidek maromiga yetkazgan. Bu yerda shippak jonivorga, oʻrindiq darvozaga, yotoq qabrga, bolta miltiqqa aylanadi; tomoshabin doimgidek yo hayratdan soʻz topolmaydi, yo koʻz yoshlariga erk beradi, yo gruzincha ohanglarga nagʻma qiladi... yo hammasini qorishtirib yuboradi. Tomosha juda taʼsirli, juda serqatlam maʼnoga ega. Qayta-qayta koʻrging keladi. Bir qarasang, itingni sogʻinasan, bir qarasang, bobong yodingga keladi, bir qarasang, bolaga achinasan, bir qarasang, urush atrofidagi sovuq epkinlardan seskanasan... Xullas, ortiqcha taʼrifga hojat yoʻq. Doimgidek hammasi goʻzal va dohiyona! Sentyabrda teatr mavsumi qayta ochiladi va mazkur asar ham keng tomoshabinlar ommasiga havola etiladi. Sentybarni intiqib kutamiz! @usmonosphere
Mostrar todo...

🔥 4👍 1
Telegram'ning oʻzbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, sanʼat, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab toʻpladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin. Roʻyxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga aʼzo boʻlishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda koʻp vaqt oʻtkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmuni va samarali oʻtishiga yordam beradi. https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
Mostrar todo...
👍 6🤨 3 2
#yangi_kitob “Londondan muhabbat ila” jannatim opam kaminaga hadya uchun kitoblar koʻtarib kelibdi. Biri Yun Fossening “A Silent Language” nomli Nobel maʼruzasi, yana biri Alan Bennett tuzgan “Six Poets. Hardy to Larkin” nomli sheʼriy antologiya. Fosse ijodi haqida oyina.uz da longrid yozgandim. Bennettning antologiyasidagi olti shoir esa hali notanish. Ular bilan ham tanishib, yaxshi sheʼrlaridan oʻgirishni reja qildim. Sizlar ham chetga chiqsanglar, Mehrinoz opaga oʻxshab Usmonipni esdan chiqarmanglar :) @usmonosphere
Mostrar todo...
8🔥 5👍 4
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.