cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Korean studies (5 tashabbus)

Savollar uchun @ziyodullaev_shahzod Только для Корееведов (объявления деканата и др.) Корейсшунослар учун (деканат эълонлари ва хоказо)

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
708
Suscriptores
+224 horas
Sin datos7 días
-1330 días
Archivo de publicaciones
🇺🇿😄🇰🇷 Koreya Respublikasining Kookmin universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida tashkil etilgan ”SGE (Sungkok Global Exposure) Program” loyihasi davom etmoqda. 🟦 Joriy yilning 26-iyun kuni, kunning birinchi yarmida Kookmin universitetidan tashrif buyurgan talaba-yoshlar poytaxtimizdagi muhtasham “Alpomish” muz saroyiga tashrif buyurishdi. 🟦 Kunning ikkinchi yarmida esa, talabalar O‘zbekiston va Koreya Respublikasining do‘stlik aloqalari sharafiga nomlangan Seul ko‘chasida joylashgan “Seoul Mun” savdo markazida boʻlishdi. ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Mostrar todo...
🇺🇿😄🇰🇷 Koreya Respublikasining Kookmin universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida "SGE (Sungkok Global Exposure) Program" loyihasi joriy yilning 24-iyundan 1-iyulga qadar Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 🗣Loyiha doirasida Koreya Respublikasi va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik aloqalari bo'yicha Kookmin universiteti va TDSHU professorlarining ma'ruzalari tinglanadi, tarixiy va madaniy qadriyatlar bo'yicha talabalarning taqdimotlari amalga oshiriladi. Shuningdek, ikki universitet talabalarining tandem darslari amalga oshiriladi. Tashrif buyurgan talabalarga Koreyashunoslik fakultetining talabalari hamrohlik qiladi. 🔹Loyihaning ilk kunida talabalar o'zlariga biriktirilgan volontyorlar bilan birgalikda poytaxtimizning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan Chorsu bozorida bo'lib, o'zbek milliy liboslari, do'ppilar, sharqona shirinliklar va qo'l mehnati orqali ishlangan yodgorliklar bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so'ng, talaba-yoshlar bozor yaqinida joylashgan tarixiy "Ko'kaldosh" madrasasiga tashrif buyurishdi. ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Mostrar todo...
Repost from SHARQDAN XABARLAR
02:41
Video unavailableShow in Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 ⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. Bunda: ➖ bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, ➖ magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, ➖ doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25-iyundan 25-iyulga qadar onlayn qabul qilinadi. Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉http://admission.eyuf.uz Batafsil ma’lumot uchun havola: 👉https://eyuf.uz/site/event?id=79 ☎️ Qo‘shimcha savollarga javoblarni +99 871 203 00 47, +99 871 203 00 48, +99 871 203 00 53 telefon raqamlaridan yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali olishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
21.95 MB
02:14
Video unavailableShow in Telegram
📺📺 #TDSHU_OAVda 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 2️⃣2️⃣2️⃣ 🇺🇿😄🇰🇷 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligidagi “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasining ochilish marosimi haqida 📺"Yoshlar" telekanalining "Davr" informatsion dasturidaTDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Mostrar todo...
umarova.mp413.93 MB
01:23
Video unavailableShow in Telegram
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 2️⃣2️⃣2️⃣ 🇺🇿😄🇰🇷 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligida “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Mostrar todo...
IMG_7347.MP429.31 MB
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 2️⃣2️⃣2️⃣ 🇺🇿😄🇰🇷 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligida “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti o‘rtasida “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasini amalga oshirish borasida imzolangan bitimga muvofiq gumanitar va turizm sohalarida O‘zbekistonlik va koreyalik talabalar ishtirokida amalga oshirishi belgilangan.
Batafsil ma'lumotTDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Mostrar todo...
Repost from SHARQDAN XABARLAR
⚡️⚡️⚡️ 📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️ #ishtirok Joriy yilning 21-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasining Olma-Ota shahrida Markaziy Osiyoda Koreyashunoslik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi “Роль и перспективы корееведения в Центральной Азии в эпоху искуственного интеллекта” nomli 12-son ilmiy-amaliy anjumanida Koreys filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Gulchehra Yusupova «Социолингвистический подход в исследовании единиц речевого этикета в корейском и узбекском языках» mavzuida ma’ruza qildi✅ ➡️@sharq_xabar
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🏆🏆🏆 🇺🇿🇰🇷Koreyashunoslik fakultetining 12 nafar bitiruvchisi ta'limni Koreyada davom ettiradi 😄 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakultetining 12 nafar bitiruvchisi magistratura bosqichida ta‘lim olish uchun 2024- yilgi Janubiy Koreya Respublikasining Global Korea Scholarship (GKS) xalqaro stipendiyasini muvaffiqiyatli qo‘lga kiritdi. 1. Abduvaliyeva Gulshat Azatovna 2. Abduvaliyeva Muslima Abdumannof qizi 3. Egamberganova Zuxra Farhod qizi 4. Bekmirzayeva Begoyim Ilkhomidin qizi 5. Abdulaxatov Asadbek Bahodir o‘g‘li 6. Kim Anna Alekseyevna 7. Ziyodullayev Shahzod Nodirjjon o‘g‘li 8. Jurayeva Dilnoza Shavkatovna 9. Pardaboyev Ravshanbek Qodirali o‘g‘li 10. Nurmurotov Tohirbek To'lqin o‘g‘li 11. Rahmatov Jahongir Shuhrat o‘g‘li 12. Xudoynazarov Jonibek Muhiddin o‘g‘li
📎 Ta'kidlash joiz-ki, grantga sazovor bo'lgan talabalar joriy o'quv yilidan e‘tiboran TDSHUda tashkil etilgan “GKS grantiga doir hujjatlar bilan ishlash” to‘garagining faol a‘zolaridandir.
🔺 To‘garak rahbarlari – TDSHU dotsentlari D.Abbasova, G.Yunusova hamda talabalarimizni yutuqlari bilan tabriklab, keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz! ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Mostrar todo...
Shartnoma olmasdan tôlov qilganingiz tizimda nosozliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababdan ariza yuborib, yuborganligingiz haqida dekanatni ogohlantirib qôying
Mostrar todo...
Röyxatda keltirilgan talabalar zudlik bn kontrakt.edu.uz saytiga kirib 2023/2024 öquv yili uchun kontrakt shartnomasini olishga ariza yuboring
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bitiruvchilar diqqatiga! -Diplom qachon beriladi? -Muddatidan avval menga tayyorlab bering olib ketishim kerak. -Menga diplom zarur edi… topshirishim kerak Hullas shu va shu kabi diplomga oid savollaringizni bermasligingizni sôrab qolamiz. Sizlarni tezroq diplom olib ketishingiz uchun barcha zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Biroz sabrliroq bôling. Albatta tayyor bölsa habar beriladi!!!
Mostrar todo...
Repost from Iqtisodchi Kundaligi
Juda zoʻr imkoniyat. Iqtisodiy til bilan aytsak — haqiqiy yulduzlar Oʻzbekistonga kelishmoqda ekan. Iqtisodiyotga va metodlarga qiziqsangiz albatta hujjat topshiring. Toʻgʻrisi, oʻzim ham topshirishni oʻylayapman… Stiven Durlauf hozirgi Chikago universitet professori, hozir u Chikagoda Hekman bilan birga tadqiqot markaz ko-direktori. Dunyodagi eng yorqin ekonometrik mutafakkirlardan. Uning leksiyalaridan keyin, toʻgʻrisi, qarsak chalgim kelgan edi. Omadim kelib, menga umrimdagi birinchi ekonometrika kursini aynan u oʻtgan, oʻsha payt Viskonsinda ishlagan edi. Lourens Blume hamma bilgan iqtisodchilar uchun matematika kitobi hammuallifi — bir necha avlod iqtisodchilar uni yozgan kitoblaridan dars olib kelishmoqda. Xullas qoʻyib yuborish mumkin emas bunday imkoniyatni. Albatta topshiring. Deadline bugun ekan. https://econsummer.newuu.uz/
Mostrar todo...
⚡️⚡️⚡️XUSH XABAR Koreyashunoslik fakultetida tahsil olgan bir nechta talabalarimiz 2024- yilgi Janubiy Koreya Respublikasining (Global Korea Scholarship) xalqaro stipendiyasini muvaffiqiyatli qo‘lga kiritishdi: 1.Abdiualieva Gulshat Azatovna 2.Abduvalieva Muslima Abdumannof qizi 3.Egamberganova Zuxra Farhod qizi 4.Bekmirzaeva Begoyim Ilkhomidin qizi 5.Abdulaxatov Asadbek Bahodir o'gli 6.Kim Anna Alekseevna 7.Ziyodullaev Shahzod Nodirjjon o'gli 8.Jurayeva Dilnoza Shavkatovna 9.Pardaboyev Ravshanbek Qodirali o'gli 10.Nurmamatov Tohirbek To'lqin o'g'li 11.Rahmatov Jahongir Shuhrat o'g'li
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vitaliy Vasilevich Fen vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qiladi. V.Fen butun umrini Vatanimizga xizmat qilishga bag‘ishlagan atoqli davlat arbobi, sport ustasi va professional diplomat edi. U 25 yil davomida O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqardi hamda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Uning ko‘p yillik faoliyati O‘zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarining mustahkamlanishida o‘chmas iz qoldiradi. Vitaliy Vasilevich Fen “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati”, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Gvangxva” ordenlari bilan taqdirlangan.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
📺📺 #TDSHU_OAVda 😄 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dekani, professor Shoira Usmonovaning "Узбекистан - Южная Корея: новые образовательные проекты" nomli maqolasi Права востока gazetasining 2024-yil 14-iyundagi 117-sonida. 🔍📰 Maqola bilan tanishishTDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Mostrar todo...
Talabalarga yengillik yaratish maqsadida yuqoridagi bo’limlar avtomatik tarzda qarzi yo’q talabalarni belgilashni boshladi. Qarzdorlik chiqqan talabalar esa diplom topshiraladigan kun(hali aniq emas sanasi)dan ikki kun oldin qarzdorlikni bartaraf etishi mumkin
Mostrar todo...
Рўйхатда келтирилган барча талабалр шартномага ариза бериб, ариза юборганингиз хақида деканатни хабардор қилиб қўйинг
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.