cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

🕊❤️ Sog'inganimsanku ❤️🕊

𝖠𝗌𝗌𝖺𝗅𝗈𝗆𝗎 𝖠𝗅𝖺𝗒𝗄𝗎𝗆 k𝖺𝗇𝖺𝗅𝗂𝗆𝗂𝗓𝗀𝖺 𝗑𝗎𝗌𝗁 𝗄𝖾𝗅𝗂𝖻𝗌𝗂𝗓🤗 🖼️💫Foto 🎶💫Musiqa 📽️💫Vedio 📄💫She'rlar @Vahobov_Rasmiy sahifam In sha Alloh 10k🥰 Kanal yaratilgan kun👇 18.11.2020 Soat 13:43

Mostrar más
Advertising posts
1 269Suscriptores
-124 hours
-207 days
-6430 days

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Sen kimlar bilan opishasan🤨🤨 T.me/Soginganimsanku🍃
Mostrar todo...
😇 2👍 1
#Bismillah Assalomualeykum xayrli kuuuuunn yaxwimisilaaa😁
Mostrar todo...
🥰 1
🌿🩵Yangi Hayot🩵🌿 🕊18 qism🕊 1 haftadan so'ng. Bugun Anvarning tug'ilgan kuni. Bu hafta ichida Mustafo ancha o'ziga kelib, Samina har kuni u uchun taom olib boradigan bo'ldi. Bugun ham erta tongdan turib Mustafo uchun alohida taom tayyorlashga tushdi. Anvarni ishiga jo'natib o'zi Demir kelgach bahonalar to'qib uydan chiqdi. Anvar ishxonaga borgach biroz kayfiyati yo'qdek edi. Har holda bugungi tug'ilgan kuni o'zini ham esida yo'q... Samina esa u uchun kechqurun surpriz qilish maqsadida muzlatgichga katta tort tayyorlab qo'ygandi. 👱🏻🥹Yangajonim 🧕🏻Qandaysiz? Yaxshi bo'lib qoldingizmi? 👱🏻Ovqatlaringizni yegach kuchga to'lyapman. Xuddi ovqatga sehrli damlama solib kelayotganga o'xshaysiz😁 🧕🏻😅Qo'ysangizchi.. 👱🏻Xo'sh tort qanday chiqdi? 🧕🏻Siz so'rashingizni bilib rasmga olib keldim 👱🏻🤨Oho...hozir hasatdan yonib ketaman😂meni tug'ilgan kunimga ham shunaqa tort istayapman endi. 🧕🏻☺️Havotir olmang tug'ilgan kuningizgacha sog'ayib oling, men sizga bundan ham zo'rini qilib beraman. 👱🏻O'zimni tengiz yangajonim...Bebahosiz Samina Mustafoga taomni berib oldida o'tirdi bu orada Mustafo unga turk tili bo'yicha yangi darsini o'tdi, Samina asta-sekin turkchani ham o'rgana boshlagandi... Anvar ukasidan xabar olgani shifoxonaga keldi. Bu paytda esa Samina narsalarini olib uyga qaytish harakatini qilgandi. Lift oldiga kelib tugmani bosdi. Anvar liftda telefonda gaplashib kelayotgandi lift eshigi ochilishi bilan Anvar Saminaga, Samina qarshisidagi doktorga qaradi. 🧕🏻(Yana shu kishimi..?) 🧑🏻‍⚕Voy Samina..? Anvar oldidagi doktorni gapidan so'ng telefonni qo'yib unga qaradi. 🧑🏻‍⚕Bugun ertaroq kelibsizmi? Samina qoshlari chimirilgan eriga qaragach doktorbey ham liftdan chiqib Saminaga yana gapira boshladi. Anvar esa bir Saminaga bir doktorga qarab sekinlik bilan liftdan chiqdi. Samina Anvar tomonga o'tayotganda doktor uni gapga tutib qoldi 🧑🏻‍⚕Vaqtingiz bo'lsa, sizni qahvaga... Anvar endi jahli chiqib qo'lini musht qilayotganda Samina barmog'idagi uzukni ko'rsatdi. 🧕🏻Uzr, nomahram erkaklar bilan uchrashmayman... 👱🏻Iyaa Aka😅 Doktor Mustafoni gapini eshitib tezda ortga o'girildi. Anvar esa jahl bilan Saminani o'ziga tortib belidan ushladi. Doktor Mustafoga hayron bo'lib qarab qayta Saminaga qarayotganda uni Anvarni oldida ko'rgach hayron bo'ldi. 👱🏻‍♂Hayrli kun doktorbey 🧑🏻‍⚕Sizga ham Hayrli bo'lsin.. 🧕🏻Haligi Anvar aka... Anvar Saminani gapini eshitmag belidan qattiq siqqach Samina jimib qoldi 👱🏻‍♂Demak qahva deng? 🧑🏻‍⚕Siz... 👱🏻‍♂Anvar Demiroğlu... Saminaning turmush o'rtog'iman 🧑🏻‍⚕Ha shunaqa deng... Men ukangizni shifokoriman. Tanishganimdan xursandman, Saminaxon yaxshi yetib oling, Mustafo yuraqol bog'ichingni almashtiramiz. 👱🏻‍♂Doktorbey...shifoxonamiz sizga yoqdimi? Eshitishim bo'yicha chekka bir qishloqdan bu yerga kelib qolibsiz. Ehtiyot bo'ling bunaqa shifoxona naqd jarlikni o'zi, qulasangiz izingiz qolmaydi Anvar Saminani qo'lidan ushlagancha zina tomon ketdi. Mustafo esa hech narsaga tushinmay qarab qoldi. 🧕🏻Anvar aka to'xtang... 👱🏻‍♂Ertadan bu yerga kelmaysan. 🧕🏻Nima deganiz bu? Ha mayli ammo siz nega menga jahl qilyapsiz? 👱🏻‍♂Samina, hozir emas... 🧕🏻Siz menga jahl qilyapsiz Anvar aka..? Meni nima aybim bor? 👱🏻‍♂Sizlarni 3 chi marta birga ko'ryapman 🧕🏻Ya'ni..? Samina zinalardan tushayotib birdan to'xtadi. Anvar aka men siz uchun O'zbekistondan, uyimdan shuncha yiroqqa keldim, nahot menga ishonmasangiz? 👱🏻‍♂Men unaqa demadim.. 🧕🏻Amma o'yladingiz. Anvar aka umrim bo'yi kimgadir oshiq bo'lmaganman hech qachon turmushimdan oldin kimgadir qiziqmaganman ham. Siz bilan turmush qurdim, sizni bilmay va ko'rmay turib o'zimni sizga topshirdim, begona davlatga oilam mehridan uzoqqa sizga ishonib keldim, qanday qilib hayolingizga bunaqa narsalar keladi..? Davomi bor 🐼🌸 𝕻𝖔𝖒𝖕𝖆𝖑𝖔 🧡💫 @Soginganimsanku
Mostrar todo...
3🥰 1
🌿🩵Yangi Hayot🩵🌿 🕊17 qism🕊 Anvar shifoxonaga kirib borarkan Demirni ko'rdi. 👱🏻‍♂Demir..? 🧑🏻Zinadan yiqilibdi, tikish joyi ochilib ancha qon ketibdi, hozir xushini yo'qotibdi. Hozir operatsiyaga olishdi. 🧕🏻Qanday bo'libdi nahot hech kim Mustafoni ko'rmagan? 👱🏻‍♂Bu yerda bir gap bor... 🧑🏻Anvar bu tasodifga o'xshamayapti menimcha ham. Anvarni telefoni yana jiringlay boshlagach jahl bilan telefonni ko'tardi. 📱👱🏻‍♂Alo... 👨🏻‍💼Anvarbey dadangiz telefon qilishni aytgandilar. Katta xonimni ahvoli og'irlashdi biror narsa bo'lmadimikan deyotgandilar... 👱🏻‍♂Oyimmi? Samina yo'lakda o'tirganda Anvarni gapini eshitib o'rnidan tez turdida erini telefonini oldi. 📱🧕🏻Alo 👨🏻‍💼Alo kelinxonim... 🧕🏻Oyijonga nima bo'ldi? 👨🏻‍💼Ahvollari yaxshi emas. Biron narsa bo'ldimi deb... 🧕🏻Mehmed amaki oyijonga ayting hammasi yaxshi. Anvar akaning bir do'sti shifoxonaga tushibdi shuni ko'rgani kelgandik. Iloji bo'lsa oyijonga bering 👩🏻‍🦱🥹Mehmed nima deyapti? Aniq nimadir bo'lgan... 👨🏻‍💼Xonim, sizni so'rayaptilar kelinxonim 🧕🏻Alo oyijon 👩🏻‍🦱Qizim, nimadir bo'ldimi? Qayerdasizlar? 🧕🏻Oyijon nima ham bo'lardi, havotir olmang. Shunchaki Anvar akaning bir do'sti shifoxonaga tushibdi shuni ko'rgani shifoxonaga keldik. Biz ozroq kechikamiz bazmga balki borolmasmiz, meni ham ozroq tobim yo'q bu yerga kelgach mazam qochdi. Uzr oyijon 👩🏻‍🦱Nega uzr so'raysiz qizim? Mayli yaxshi bo'lsangiz men ham tinchlandim ozroq. Ehtiyot bo'linglar, mazangiz bo'lmasa uyga qayta qoling Anvar bilan. 🧕🏻Rahmat oyijon... Samina kulib gaplashib bo'lgach telefonni o'chirdida eriga qaradi. 🧕🏻Bir kichik yolg'oningiz katta yolg'onga aylandi va meni ham aralashtirdi. Endi bitta kemadamiz siz bilan. Gap eshitsak ikkimiz ham eshitamiz... * * * Mustafo operatsiya vaqtida komaga tushib qolishiga oz qoldi. Samina esa shifoxona pastidagi namoz o'qiladigan xonaga qamalgancha duo qilishga tushdi. Anvar esa kameralardan hech narsa topolmagani sabab qattiq g'azabda edi. Mustafo yiqilgan yo'lak aynan ikki kamera orasi bo'lib, u yer kameraga ko'rinmas ham edi. Oradan 3 soatcha vaqt o'tib Mustafoni operatsiyadan jonlantirish bo'limiga olib o'tishdi. Ahvoli yaxshilana boshlaganini eshitib Anvar pastga Saminani oldiga tushdi. Samina joynamoz ustiga bosh qo'yib yig'lagancha uxlab qolgani ko'rib tezda oldiga kirib uni ko'tarib oldi. Samina esa Anvarni ko'tarib olganini sezmasdi ham... Kun ham kech bo'lay degandi. Demir o'zim shifoxonada qolaman degani sabab Anvar ukasini derazadan bir ko'rdiyu doktor ertalab o'ziga keladi degani sabab Saminani uyga olib ketdi. Erta tong... Samina tongdan turib nonushta tayyorladi, qaynonasi va qaynotasi hamon qaytmagani sabab xizmatchilar ham faqat ikki kishilik dasturxon yozishdi. Samina erini nonushtaga chaqirgani xonaga chiqdi. Anvar o'ziga bo'yinbog' tanlolmay turganini ko'rdida o'zi borib bir bo'yinbog' oldi. 🧕🏻Shunisi yaxshi ketadi menimcha. Anvar Saminaga qarab turdida so'ng oyna oldiga bordi. 👱🏻‍♂O'zing bog'lab qo'y unda. 🧕🏻Mayli... Samina tortinibgina Anvarni oldiga bordi. Anvarni bo'yi uzunroq ekani sabab Samina indamay turganda Anvar kulib boshini pasaytirdi 👱🏻‍♂Bo'ladimi shunaqa tursam? 🧕🏻🤨Menimcha juda pasayib ketdingiz... yaxshisi to'g'ri turing.. Samina narsalari turadigan javonning o'rindig'ini olib keldida ustiga chiqib Anvarni bo'yinbog'ini bog'lashga tushdi. Anvar bu orada Saminaga boshdan oyoq nazar solib chiqdi. Samina esa indamay ishini tugatdi. 🧕🏻Ana bo'l...voy-voy Samina tushaman deb oyog'i qayrilib yiqilay deganda Anvar ushlab qoldi. 👱🏻‍♂🤨Yaxshisi keyingi safar boshimni egib turaman... 🧕🏻🙁Menimcha ham shunisi yaxshi... 👱🏻‍♂To'g'ri, demak meni ham gapimni e'tiborga olish kerak ekan. Shunday emasmi? 🧕🏻Ha, kechirasiz. Samina boshini egib indamay chiqib ketgach ortidan Anvar ham nonushtaga tushib ketdi. Davomi bor 🐼🌸 𝕻𝖔𝖒𝖕𝖆𝖑𝖔 🧡💫 @Soginganimsanku
Mostrar todo...
🥰 1
🌿🩵Yangi Hayot🩵🌿 🕊16 qism🕊 🧕🏻Men qizil ko'ylagimni kiysammi deyotgandim 👱🏻‍♂Oqini kiy yaxshisi, sababi men qora kiyyapman 🧕🏻🤔Sizni qora kiyishizga nima meni oq kiyishimni nima aloqasi bor? 👱🏻‍♂Har holda er-xotinmiz Anvar Saminaga yaqin kelib qulog'iga shivirlagach Samina uyalganidan kiyimini ham tashlab vannaga kirib ketdi. 🧕🏻Men yuz-qo'limni yuvib chiqay... Anvar Samina vannaga kirib ketgach kulganchq javonni ochdi. 👱🏻‍♂Xo'sh... Anvar javonga tikilib turdida Saminaga oq harir matoli ko'ylagini o'ziga esa moviy kostyum shimini oldi. Samina yuz-qo'lini yuvib chiqqanda oyna oldida Anvarni kostyumini to'g'irlayotganini ko'rdi. 👱🏻‍♂Hali chiqmasang kerak deb o'ylagan edim... Kiyinib tush tezroq seni pastda kutaman. Anvar chiqib ketgach Samina hayron bo'lib javonni oldiga borayotganda joyini ustida oq ko'ylagini ko'rdi. 🧕🏻Oq..? Demak o'zlari moviy, men oqmi..? Ha yaxshi Samina kiyinib ro'molini o'radida pardoz qilib taqinchog'ini taqib pastga tushdi. 🧕🏻Tayyorman... Anvar ishxonasidagi yordamchisi bilan telefonda gaplashib turganda Saminani ovozini eshitib ortga o'girildi. 👩🏻‍🦱Oho, mening go'zal kelinimni🥰 Saminaga rostan ham Anvar tanlab bergan ko'ylak juda yarashgandi. Anvar esa undan ko'zini uzolmay qolgandi 👱🏻‍♂(Menimcha unga qizil rangi kiyaver deganim yaxshi edi, bunaqa go'zallashishini o'ylamabman🤦🏼‍♂) 👨🏻‍🦰Ha yosh oila, moviy osmondagi bulut bo'lishibdida 👩🏻‍🦱Voy rostan ham.. 👱🏻‍♂Bo'ldida endi, tezroq yo'lga chiqaylik. Anvar o'ziga-o'ziga jahl qilib mashinasini chiqargani ketdi. 👨🏻‍🦰Anvar sizlar kelin bilan ketinglar. Bizni haydovchi olib ketadi.. 👱🏻‍♂Mayli. Anvar mashinasini o't oldirgach Samina oldiga chiqib o'tirdi. 🧕🏻Nimadir bo'ldimi? 👱🏻‍♂Yo'q... Anvar va Samina uydan chiqib yo'lga tushishgach Anvarni mashina telefoni jiringladi. 👱🏻‍♂Alo? Eshitaman. Anvar yashil chiroq yongach telefonni ovozini balandlatib mashina tokchasiga qo'ydi. 👱🏻‍♂Aloo? 🧔Alo Anvar. 👱🏻‍♂Iye Ilgazbey 🧔Sen bilan Yigit haqida gaplashmoqchi edim. Vaqting bo'lsa 👱🏻‍♂Gapiravering, yo'lda edim. Samina Anvar va Ilgazni gapiga to'liq tushunmasa ham qisman gap nima haqida ekanini bilib turardi. 👱🏻‍♂Nimani aytmoqchi edingiz..? Tezroq gapirsangiz yaxshi bo'lardi ikkinchi liniyidan qo'ng'iroq bo'lyapti... Samina indamay yo'lga qarab ketayotganda telefoni jiringladi. Samina begona raqam ekani uchun ko'tarmay telefoniga qarab turardi 👱🏻‍♂Kim.? 🧕🏻Bilmasam, begona raqam 👱🏻‍♂ko'tarchi.. Ilgazbey 1 daqiqa 📱🧕🏻Alo 🧑🏻Alo Samina 🧕🏻Assalomu alaykum Demir aka sizmi? 🧑🏻Ha menman. Anvar oldingizdami? 🧕🏻Ha gapiravering, mashinada edik 🧑🏻Tez shifoxonaga haydasin, xamshira telefon qildi Mustafoda qon ketib ahvoli og'irlashibdi... 🧕🏻😳Aaa.? 👱🏻‍♂Nima dedi? Anvar telefonini shartta o'chirdida Saminani telefonini oldi. 📱👱🏻‍♂Alo Demir..? 🧑🏻Anvar tez mashinani shifoxonaga qaytar men ham yo'lga tushyapman... 👱🏻‍♂Mustafoga nimadir qildimi? 🧑🏻Anvar borib gaplashamiz tinchlanib shifoxonaga kel Anvar Demirni gapini eshitib shu zahoti o'zini yo'qotdi, telefon ham qo'lidan tushdi. Mashinani qanday boshqarayotganini ham anglolmay qoldi. Demir aniq nimadir demagan bo'lsa ham Anvar barini sezgandek edi. 👨🏻‍🦰Fehriye, yaxshimisan? 👩🏻‍🦱Mashinani to'xtating, nafasim...nafas yetmayapti 👨🏻‍🦰Yaxshimisan qo'rqitma meni 👩🏻‍🦱Mashinani to'xtating tezroq...nafas ololmayapman Fehriye xonim nafas ololmay yig'lab mashina to'xtagach tezda tushib ketdi. 👨🏻‍🦰Fehriyem, nima bo'ldi? 👩🏻‍🦱Bilmayman...nimadir bo'ldi, Anvarga telefon qiling tezroq. Fehriye xuddi qizini yo'qotgan ahvolga tushayotgani sabab qaltiragancha zo'rg'a gapirardi Davomi bor 🐼🌸 𝕻𝖔𝖒𝖕𝖆𝖑𝖔 🧡💫 @Soginganimsanku
Mostrar todo...
🔥 1
Reaksiya qoldirishni unutmang 😊❤️
Mostrar todo...
😢 3🔥 2
💋💋 🐼🌸 𝕻𝖔𝖒𝖕𝖆𝖑𝖔 🧡💫 @Soginganimsanku
Mostrar todo...
5💋 2 1
💋❤️ @Soginganimsanku
Mostrar todo...
2💋 1
💌 Do'stlarga yuboring📤 Reaksiya Qoldiramiz ❤️🤗  @Soginganimsanku •┈┈┈•• ✦🕊💔 🍃✦••┈┈┈•
Mostrar todo...
👍 2🥰 2
💌 Do'stlarga yuboring📤 Reaksiya Qoldiramiz ❤️🤗 @Soginganimsanku •┈┈┈•• ✦🕊💔 🍃✦••┈┈┈•
Mostrar todo...
👏 2 1