cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/ Facebook: facebook.com/bokahokimligi/ YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/ Web-sayt: www.boka.uz/

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 145
Suscriptores
-224 horas
+207 días
+9330 días
Archivo de publicaciones
#Maʼnaviyat Mahkumlarni maʼnaviy bilimini oshirish choralari koʻrilmoqda 🇺🇿 Bo'ka tumani Ichki ishlar bolimi Probatsiya guruhi hisobida turuvchi mahkumlarni maʼnaviy bilimlarini oshirish, ularni hayotga moslashtirish va ular tomonidan qayta jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida Axborot kutubxona markazida ma'naviyat soatlari o'tkazilmoqda. Jarayonlar videolavhada ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
#yoshlar Yoshlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha davra suhbati o'tkazildi. 🔺 Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 14-umumiy o'rta ta'lim maktabida Bo'ka tumani hokimining o'rinbosari O.Djo'rayev, Bo'ka tumani tumanlararo qo'riqlash bo'limi boshlig'i mayor F.Salimov, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i J.Temirov boshchiligida o'quvchi yoshlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish mavzusida davra suhbati o'tkazildi. 🔹 Suhbatdan so'ng o'quv jarayonlari va to'garaklar, shuningdek dars mashg'ulotlaridan so’ng o’quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish holati o'rganildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
#Sayyor_qabul "Bo'ston" mahallasida aholi uchun sayyor qabul tashkil qilindi. 🇺🇿 Bugun Bo'ka tuman DSI boshlig'i Sh.Xazratov va Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida 4-sektor hududidagi "Bo'ston" mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi. 🔻 Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
#ekobozor "Istiqlol dehqon bozori" MChJ hududida "EkoBozor" tashkil etildi. 🔹 Avval xabar berganimizdek, sotuvchi va haridorlarga yilning 4 faslida ham savdo-sotiq faoliyati bilan shug'ullanishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida tuman hokimining tashabbusi bilan Bo'ka tumani "Istiqlol Dehqon bozori" MChJ hududida ekobozor faoliyati yo'lga qo'yilishi rejalashtirilayotgan edi. 🔻 Bugun tuman hokimining o'rinbosari X.Ashurov va "Toshvilbozorsavdo" uyushmasi boshqaruvi raisi A.Abdulxayev ishtirokida ekobozor pavilionining ochilish tadbiri bo'lib o'tdi. 🔸 Qayd etish joizki, 700 kvadrat metr hajmdagi binoda jami 100 ga yaqin sotuvchilar xaridorlarga yilning 4 faslida ham uzluksiz xizmat ko'rsatadi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
#jarayon Har bir sektor hududida migratsiyada yurgan fuqarolar bilan manzilli ishlash va ishlarni tashkil qilish yuzasidan mas'ullar va "mahalla yettiligi" ishtirokida seminar o'tkazilmoqda. Suratlarda 3-sektor hududida joylashgan mahalla fuqarolar yig'inlari yettiligi ishtirokida o'tkazilgan seminardan lavhalar. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
03:04
Video unavailableShow in Telegram
#seminar Paxtaga birinchi agrotexnik ishlov berish bo'yicha seminar o'tkazildi. Jarayonlar "Nurafshon" telekanali lavhasida
Mostrar todo...
BO‘KA_TUMANI_1_KULTIVATSIYANI_SIFATLI_O‘TKAZISH_BO‘YICHA_KO‘RGAZMALI.mp430.38 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ✅ Qonunchilikka ko'ra, maishiy iste'molchi o'z xohishiga ko'ra, 2 oydan ko'p bo'lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to'lab qo'yishi mumkin va bunda tarif o'zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi. 📌 Shuningdek, tariflar o'zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to'lovni amalga oshirgan iste'molchi 2 oydan ortiq bo'lmagan muddatga qo'shimcha to'lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#ob_havo ⛅️ Ertaga, 25-aprel kuni Bo'ka tumanida kutilayotgan ob-havo ma'lumoti. (Qisman bulutli) 🌔 Quyosh chiqishi: 05:29 🌘 Quyosh botishi: 19:13 ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 Barcha Bo'kaliklar diqqatiga! 🔸 Ertaga, 25-apreldan boshlab Bo'ka tumani "Istiqlol dehqon bozori" MChJ hududida har kuni (ilgari faqat chorshanba va yakshanba kunlari edi) kundalik dehqon bozor faoliyat yurita boshlaydi. 🔸 Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida bozor hududida 100 ga yaqin sotuvchilar joylashgan 700 kvadrat metrlik binodagi "Eco bozor" pavilioni tashkil qilindi. 🔹 Endilikda faqatgina chorshanba va yakshanba kunlarini kutish shart emas. Kundalik dehqon bozor har kuni faoliyat yuritadi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
08:59
Video unavailableShow in Telegram
#oav 🟦🟦 Ахborot 24 | Davlatimiz rahbarining «Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o’zlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining Bo’ka tumanidagi ijrosi “Ozbekiston | 24” telekanali lavhasida
Mostrar todo...
21.00.Тош вилояти Ёшлар Ер ажратиш.mp4115.41 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 Barcha Bo'kaliklar diqqatiga! 🔸 Ertaga, 25-apreldan boshlab Bo'ka tumani "Istiqlol dehqon bozori" MChJ hududida har kuni (ilgari faqat chorshanba va yakshanba kunlari edi) kundalik dehqon bozor faoliyat yurita boshlaydi. 🔸 Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida bozor hududida 100 ga yaqin sotuvchilar joylashgan 700 kvadrat metrlik binodagi "Eco bozor" pavilioni tashkil qilindi. 🔹 Endilikda faqatgina chorshanba va yakshanba kunlarini kutish shart emas. Kundalik dehqon bozor har kuni faoliyat yuritadi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
#Sayyor_qabul "Achamayli Fayz-baraka" mahallasida aholi uchun qabul tashkil qilindi. 🇺🇿 Bo'ka tumani IIB boshlig'i J.Manazarov va Bo'ka tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida 3-sektor hududidagi "Achamayli Fayz-baraka" mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi. 🔻 Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
#Uchrashuv Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish mavzusida davra suhbati o'tkazildi. 🔺 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Sh.Mirziyoyev boshchligida joriy yilning 5-fevral kuni o'tkazilgan yig'ilishda qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta‘minlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. 🔹 Shu maqsadda Milliy gvardiya Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimining o'rinbosari O.Djo'rayev, inspektor-psixologlar va "mahalla yettiligi" ishtirokida Bo'ka tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 27-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida "O'quvchilar ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
#adliya Joylarda adliya bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. 🔺 Bo'ka tuman adliya bo'limi tomonidan pedagogika kolleji, 18-DMTT, 27-IDUM va "Xo'jaqo'rg'on" mahalla fuqarolar yig'ini xodimlariga Vazirlar mahkamasining 204-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbirlari o'tkazildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 25-28 aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: 🔹Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida; 🔹Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida; 🔹Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida; 🔹Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida; 🔹Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida; 🔹Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida; 🔹Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida; 🔹Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida; 🔹Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
"Aholi hayotiy muammolariga yechim yoki 30-yillik eskirgan raqamlar" 🔺 Aholini ro‘yxatga olish, avvalo davlat yoki hukumat uchun emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur jarayondir. Ushbu jarayon vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlariga mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. 🔹 Masalan, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni qurish rejalarini tuzishga mos keladi. 🔸 Yosh haqidagi ma’lumotlar nafaqaga chiqadiganlar soni, ularning nafaqa to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi. Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar, kommunikatsiyalar bilan ta’minlash uchun rejalashtirish uchun zarur. Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. 🔹 Aholini ro‘yxatga olish har bir fuqaro hayotiy faoliyatiga bevosita daxldorligini his qilgan holda mazkur jarayonda har birimiz o‘zimiz va farzandlarimiz kelajakda farovon yashashlari uchun mas’uliyat bilan qatnashishimiz hamda sifatli ma’lumotlar taqdim etishimiz shart.
Mostrar todo...
#ekobozor "Istiqlol dehqon bozori" MChJ hududida "EkoBozor" tashkil etilmoqda. 🔹 Sotuvchi va haridorlarga yilning 4 faslida ham savdo-sotiq faoliyati bilan shug'ullanishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida tuman hokimining tashabbusi bilan Bo'ka tumani "Istiqlol Dehqon bozori" MChJ hududida ekobozor faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. 🔻 Bugun tuman hokimi B.Begmatov, "Toshvilbozorsavdo" uyushmasi boshqaruvi raisi A.Abdulxayev, hokim o'rinbosari X.Ashurov bilan birgalikda tashkil etilayotgan ekobozorda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 🔸 Mas'ullar tomonidan imkon qadar qulay sharoitlar yaratish, rastalar orasida erkin harakatlanishi uchun yetarli masofa qoldirish, tozalikni saqlash, shuningdek yilning yoz va qish fasllarida ham ekobozor hududida aholiga qulay sharoit yaratish choralari ko'rilishi lozimligi ta'kidlandi. Ma'lumot uchun, yaqin kunlarda amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlari to'liq yakunlanishi va bozor faoliyati yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.