cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Marhamat tuman AKM | Rasmiy kanal

Marhamat tuman axborot-kutubxona markazining telegram kanali

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
194
Suscriptores
Sin datos24 horas
+47 días
+130 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
📖O'QISHGA TAVSIYA QILAMIZ📖 ✍️Ernest Xemenguey. 📓To'qchilik va yo'qchilik. Iqtisodiy tanglik insonlar feʼl-atvorini qay darajada o‘zgartiradi? Umuman, insoniylik chegarasi qayerda boshlanadi-yu, qayerda tugaydi? Florida shtatida yashovchi oddiy baliqchi Harri Morganning hayotida sodir bo‘lgan voqealarga asoslangan ushbu asarda aynan shu savollarga javob izlanadi. Iqtisodiy kuchlar qora bozor hammoliga aylantirgan asar qahramonining hayoti yil fasllari kabi o‘zgarishlarga boy. Biroq, keyingi yillar uning hayotiga baxtli yakun bera olarmikin?... Ushbu kitob sizda qiziqish uyg'otgan bo'lsa Marhamat tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib mutolaa qilishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
👍 1
#Kun_tarixi 📆 Bugun: 08.07.2024.Haftaning Dushanba kuni 🌏 Borliq bilan muloqat kuni. 🌏 Butunjahon allergiyaga qarshi kurash kuni. 🇷🇺 Rossiya - Havodan mudofaa kuchlari kuni. 🇷🇺 Rossiya - Oila, sevgi va sadoqat kuni (Pyotr va Fevroniya kuni). 🇺🇦 Ukraina  - Oila kuni. 🇺🇾 Urugvay - Otalar kuni. 🇮🇷 Tojikiston - Nogironlar va qariyalar kuni. 🇿🇲 Zambiya - Birdamlik kuni. 🗺 Tarixiy  voqealar: ⚜️ Mil. av. 52 - Parij (Lyutetsiya) tashkil topgan kun. ⛵️ 1497 - Vasko da Gama boshchiligidagi Yevropadan Hindistonga birinchi dengiz  ekspeditsiyasi Lissabondan jo'nadi. 🪪 1796 - AQSh Davlat departamenti birinchi AQSh fuqarosi pasportini berdi. 🤝 1994 - O‘zbekiston Respublikasi hamda Quvayt  bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun. 📝 1998 - Google asoschisi  Larry Page „To google“ (oʻzbekcha: gugllash) feʼlini soʻzlar roʻyxatiga kiritdi. 🎁 Bugun tug'ilganlar: 👨🏻‍🎨 1593 - Artemisia Gentileschi (1653) - italiyalik rassom. 🛢 1839 - Jon Rokfeller (1937) - Amerikalik sanoatchi, Standard Oil neft kompaniyasining asoschisi. 🌡 1895 - Igor Tamm (1971) - Sovet nazariy fizigi, professor, akademik, fizika bo'yicha Nobel sohibi (1958). 👩🏼‍🏭 1912 - Maqsuda Hojinova (1981) - mexanika sohasidagi olima. 🪖 1917 - Mixail Devyatayev (2002) - o'g'irlangan samolyotda nemis konslageridan qochgan Sovet qiruvchi uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni. ⚾️ 1981 - Anastasiya Miskina - rossiyalik tennischi. https://t.me/marxamattakm
Mostrar todo...
04:00
Video unavailableShow in Telegram
🎬 Booktrailer 📖 "Yolg'izlikning yuz yili" ✍🏻 Gabriel Garsia Markes. 📀 Hajmi: 234 mb ⏰ Davomiyligi: 3.59 daqiqa 🎞 Format: MP4
Mostrar todo...
YOLG'IZLIKNING YUZ YILI.mp4234.70 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📖O'QISHGA TAVSIYA QILAMIZ📖 ✍️Barbara Uoklining. 📓Raqamlar uchun yaratilgan idrok. Miyangiz gʻaroyib qobiliyatlarga ega, afsuski, undan samarali foydalanish uchun qoʻllanma yoʻq. Bu qoʻllanmani “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobida topishingiz mumkin. Tajribangiz bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, ushbu kitobdan bilim olish koʻnikmalaringiz va texnikangizni oshirish uchun yangicha va ajoyib usullarni topasiz. Ular, ayniqsa, matematika va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishda qoʻl keladi. Ushbu kitob sizda qiziqish uyg'otgan bo'lsa Marhamat tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib mutolaa qilishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
#Kun_tarixi 📆 Bugun: 05.07.2024. Haftaning Juma kuni 🌏 Mehnatsevarlar kuni. 🌏 Butunjahon bikini kuni (World Bikini Day). 🌏 Mexanik qalam kuni 🇩🇿 Jazoir - Mustaqillik kuni. 🇦🇲 Armaniston - Konstitutsiya kuni. 🇦🇷 Argentina - Bolalar kuni. 🇸🇸 Janubiy Sudan - Onalar kuni. 🇻🇪 Venesuela - Mustaqillik kuni. 🇰🇾 Kayman orollari - Konstitutsiya kuni. 🇨🇻 Kabo-Verde - Mustaqillik kuni. 🇨🇿 Chexiya, 🇸🇰 Slovakiya - Kirill va Mefodiy kuni. 🇹🇲 Turkmaniston - Sud xodimlari kuni. 🇿🇲 Zambiya - Birdamlik kuni. 🗺 Tarixiy  voqealar: ✅ 1811 - Venesuela Janubiy Amerikada birinchi boʻlib mustaqilligini eʼlon qildi. 🛕 1881 - Misrda, Luksor yaqinida, Seti I, Amenxotep I, Tutmose III va Buyuk Ramses II fir'avnlari dafn etilgan noyob maqbara topildi. ⚔️ 1922 - Rio-de-Janeyroda tenentistlar qo'zg'oloni boshlandi 🎤 1954 - Elvis Presli birinchi qoʻshigʻini yozdi. 🔰 1993 - Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun. 👸🏻🫅🏻 2006 - San-Fransisko hududida (AQSh) avtohalokatda Tonga orol davlatining shahzodasi, 56 yoshli Tu'ipelexake va malikasi, 46 yoshli Kaymana vafot etdi. 🎁 Bugun tug'ilganlar: 👨🏻‍🔬 1820 - Uilyam Rankin (1872) - ingliz fizigi, termodinamik va bug‘ mashinalari nazariyasi asoschisi. 🤵🏻‍♀️ 1857 - Klara Setkin (1933) - nemis va xalqaro kommunistik harakat faollaridan. 🏓 1879 - Duayt Devis (1945) - amerikalik tennis ustasi.  🧑‍🔬 1888 - Gerbert Gasser (1963) - amerikalik fiziolog, Nobel mukofoti sohibi (1944). 👩‍💼 1950 - Dilafroʻz Jabborova - raqqosa, Oʻzbekiston xalq artisti (1984).  ⚽️ 1975 - Ernan Krespo - argentinalik futbolchi dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kirgan. 🤼 1989 - Ixtiyor Navroʻzov - oʻzbek erkin kurashchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi. https://t.me/marxamattakm
Mostrar todo...
📚BOLA AZIZ-ODOBI UNDAN AZIZ📚 Marhamat tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi B.Madrahimova tumandagi 18-MTT da tashkil qilingan ko'chma kutubxonada jajji kitobxonlar o'rtasida o'zbek xalq ertaklari asosida kitob mutolaasini amalga oshirdi. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
2
Photo unavailableShow in Telegram
#kitob_haqida_fakt Ehtimol, olimlardek yangiliklar kashf qila olmassiz. Lekin, foydali kitob o‘qish bilan o‘zingizdagi jaholat yerlarini kashf etib, unga "ma'rifat" deb ism qo‘ya olasiz!.
Mostrar todo...
2
Photo unavailableShow in Telegram
📖O'QISHGA TAVSIYA QILAMIZ📖 ✍️Jon Steynbek. 📓Sichqonlar va odamlar. Pulitser va Nobel mukofotlari sovrindori Jon Steynbek ijtimoiy va insoniy muammolarni mohirlik bilan yoritgan yozuvchi sifatida shuxrat topgan. Uning asarlari modern dunyo adabiyotida muhim o'rin egallaydi. Steynbek sodda, ammo keskin haqiqatni yoritadi va har doim o'quvchi qarshisiga o'ziga tortadigan hikoya bilan chiqadi.Ushbu asarda mavsumiy dala ishchilari aqlli Jorj Milton bilan uning kuchli, ammo aqli biroz zaif hamrohi Lenne Smollning hayotidan qisqacha hikoya qilinadi. Kichik yer sotib olib, oddiy insonlar kabi yashash xayoli bilan zavq topadigan bu ikki inson hikoyasida do'stlik va birdamlik tuyg'usi muhim o'rin tutadi. Steynbek insoniy munosabatlarni anglatish bilan cheklanmaydi, balki odam bolasining tabiat va jamiyat bilan quradigan munosabatlarini ham yoritib bergan. Ushbu kitob sizda qiziqish uyg'otgan bo'lsa Marhamat tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib mutolaa qilishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
1
#Kun_tarixi 📆 Bugun: 04.07.2024. Haftaning Payshanba kuni 🌏 Bayramlardan dam olish kuni. 🇧🇸 Bagam orollari - Qirolicha kuni. 🇮🇹 Italiya - Garibaldi kuni. 🇸🇭 Kayman orollari - Konstitutsiya kuni. 🇱🇻 Latviya - yahudiylarning genotsid qurbonlari xotirasi kuni. 🇱🇸 Lesoto - Oila kuni. 🇳🇴 Norvegiya - Qirolicha Soni Xaraldsenning tug'ilgan kuni. 🇺🇸 AQSh - Mustaqillik kuni. 🇹🇴 Tonga - Qirol kuni. 🇺🇦 Ukraina - Sud ekspertlari kuni. 🇺🇦 Ukraina - Ukraina Milliy politsiyasi kuni. 🗺 Tarixiy  voqealar: 📈 1631 - Parijda birinchi ish bilan ta'minlash agentligi - manzillar byurosi ochildi. 🖼 1776 - Venada Albertina galereyasiga asos solindi. 📜 1776 - AQShning Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolandi. 🏣 1832 - Sankt-Peterburg shahrida Zoologiya muzeyi tashkil etildi. ✅ 1946 - Königsberg nomi Kaliningrad deb o'zgartirildi. 📻 1950 - “Ozod Yevropa” radiostansiyasi efirga chiqdi. 🏆 2004 - Gretsiya birinchi marta futbol bo‘yicha Yevropa chempioni bo'ldi. 🎁 Bugun tug'ilganlar: 🚁 1753 - Jan-Per Fransua Blanshar (1809) - fransuz aeronavti, ilk bor havo sharida La Mansh bo‘g‘ozini uchib o‘tgan. 🖋 1859 - Sharl Dil (1844) - fransuz tarixchisi, Vizantiya tarixi bo'yicha ko'plab asarlar muallifi. 💰 1884 - Lui Meyer (1957) - «Metro-Goldwyn-Mayer» kinokompaniyasi asoschisi. ⚽️ 1926 - Alfredo di Stefano (2014) - futbol tarixidagi eng yaxshi charm to‘p ustalarida biri. 🎬 1930 -  Frunzik Mkrtchyan - «Kavkaz asirasi», «Mimino» va boshqa ko‘plab filmlarda suratga tushgan arman aktyori. https://t.me/marxamattakm
Mostrar todo...
🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
📖O'QISHGA TAVSIYA QILAMIZ📖 ✍️Senai Demirji. 📓Xatolaring bilan sevaman. Ikki jins vakilining umr bo‘yi birga yashashi ham mashaqqatli, ham yoqimlidir. Mashaqqatli tomoni: insonning noaniq feʼl-atvori va qatʼiyatsizligi, osonlikcha “ramka”ga tushmasligi munosabatlarga putur yetkazadi. Yoqimli tomoni: nima bo‘lishidan qatʼi nazar, inson o‘z qalbiga mos qalb topishi orqali shodligi va baxtini orttiradi, qayg‘u va tashvishlarini kamaytiradi. Ayrim oilalarda muhabbat yo‘qolib, muhabbatning esa nikohga yetolmayotgan bugungi zamonda yozuvchi va psixoterapevt Senai Demirji bu borada yangi eshiklarni ochib, «Keling, turmush o‘rtog‘imiz bilan ideal oila barpo qilaylik!» deydi va hech qachon unutmasligimiz kerak bo‘lgan haqiqatni eslatadi: nikohimizga maʼno va muhabbat bag‘ishlash o‘z qo‘limizda. ‎ Ushbu kitob sizda qiziqish uyg'otgan bo'lsa Marhamat tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib mutolaa qilishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
#Kun_tarixi 📆 Bugun: 03.07.2024. Haftaning Chorshanba kuni 🇺🇳 Dengiz va daryo floti xodimlari kuni. 🌏 Xalqaro plastik xaltachalardan voz kechish kuni. 🌏 Pinhona do'stlik kuni. 🇦🇷 Argentina - Diktorlar kuni. 🇧🇾 Belarusiya - Mustaqillik kuni (1944). 🇲🇲 Myanma - Xotin-qizlar kuni. 🇰🇬 Qirg‘iziston - Tibbiyot xodimlari kuni. 🇰🇿 Qozog'iston - Do‘mbra kuni. 🇷🇺 Rossiya, Oltoy respublikasi, Xakasiya Respublikasi - Ta'lim kuni (1991). 🇺🇸 AQSh, Virjiniya orollari - qullikdan ozod qilingan kun (1848). 🇷🇺 Rossiya - GAI xodimlari kuni (Yo'l harakati politsiyasi kuni). 🇸🇬 Singapur - Yoshlar kuni. 🇺🇦 Ukraina - Zenit-raketa qo‘shinlari kuni. 🗺 Tarixiy  voqealar: 🏘 1608 - Shamplen Kvebek  shahriga asos soldi. 📍 1890 - Aydaxo AQShning 43-shtatiga aylandi. 🏛 1897 - Moskva badiiy teatri tashkil topdi. 💶 1915 - Turkiyada birinchi qog'oz pul muomalaga chiqarildi. 📺 1928 - Birinchi televizorlar sotuvga chiqdi. Ular 75 dollar turardi. ☄️ 2006 - 2004 XP14 asteroidi Yer yuzasidan 432308 kilometr uzoqlikda uchib o‘tdi. 🧬 2018 - Daniya olimlari ilk bor sun'iy odam tuxumdonini yaratdilar 🎁 Bugun tug'ilganlar: 🩺 1875 - Ferdinand Zauyerbrux (1951) - nemis jarrohi, ko'krak jarrohligining asoschilaridan biri. 👩🏻‍🎨 1881 - Natalya Goncharova (1962) - rus avangard rassomi, grafika va teatr rassomi. 🧮 1897 - Jessi Duglas (1965) - amerikalik matematik. 🎬 1962 - Tom Kruz - amerikalik kino aktyori, rejissyor, prodyuser, "Oltin globus" mukofotining uch karra sohibi. 🤵🏻‍♀️ 1978 - Lola Islomovna Karimova-Tillayeva - Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi. 🏎 1987 - Sebastyan Vettel - nemis poygasi, Formula-1 toifasida to'rt karra jahon chempioni. https://t.me/marxamattakm
Mostrar todo...
Презентация Microsoft PowerPoint.jpg2.20 KB
Davlatimning gerbi – baxtim tumori Gul vodiylar uzra nur sochar quyosh, Sakkiz burchagingda hurlik timsoli. Togʻlar, daryolar va bugʻdoyzor aksi, Ozodlik timsoli, baxtning timsoli. Humo qushi qanotida niyatlar, Yashil, kumush, oltin rangda, oq rangda. Donishmand el dilidagi hikmatlar, Yashil, kumush, oltin rangda, oq rangda. Zarhallangan hoshiyasi bir magʻrur, Qalbimizga monand rangda, oq rangda. Erksevarlik ramzi hamda baxt ramzi, Yashil rangda, kumush rangda, oq rangda. Ey, baxtlari bahorlarga monanddim Yillar kechdi qora rang – sovuq rangda. Gerbimizning ishorasi zafarlar, Yashil rangda, kumush rangda, oq rangda. Barakaning ismin aytar boshoqlar, Yorqin rangda, tong kabi porloq rangda. Halollikni ushlab paxta chanoqlar Kumush rangda, oppoq rangda, oq rangda. Oʻzbekiston, yoʻllaring nurli boʻlsin, Oltin rangda, kumush rangda, oq rangda. Davlatimning gerbi – mening tumorim, Osmon rangda, tong kabi porloq rangda. ✍️ Zulfiya Moʻminova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
1
📚Biz sizga xizmat qilishdan mamnunmiz📚 Marhamat tuman Axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati mutahassisi Z. Davlatova Ibn Sino QOP da hodimlar o'rtasida adabiyotlar targ'ibotimi amalga oshirdi. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
1
Photo unavailableShow in Telegram
📖O'QISHGA TAVSIYA QILAMIZ📖 ✍️Henri Marsh. 📓Ozor berma. Miya jarrohi bo‘lish qanday? Birovning hayotini qo‘lingizda ushlab turish, fikr, tuyg‘u va mulohazani yaratadigan narsalarni kesib tashlash qanday tuyiladi? Hayotni saqlab qolish maqsadida qilingan operatsiyada hammasi noto‘g‘ri ketib qolsa, oqibat bilan qanday yashash mumkin? Buyuk britaniyalik yetakchi neyrojarroh Henri Marsh rahm-shafqat va samimiylik bilan miya jarrohining hayotini tavsiflovchi operatsiyaning shiddatli quvonchini, chuqur ta’sirli g‘alabalarni, dahshatli oqibatlarni, pushaymonli lahzalarni o‘z kitobida ochib beradi. Ushbu “Ozor berma” kitobi zamonaviy kasalxonada sodir bo‘ladigan son-sanoqsiz insoniy dramalar haqida unutilmas tushuncha beradi. Eng muhimi, bu hayotdagi eng qiyin damlarda ham umid qilish kerakligi haqida saboq beradi. ‎ Ushbu kitob sizda qiziqish uyg'otgan bo'lsa Marhamat tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib mutolaa qilishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
1
#Kun_tarixi 📆Bugun: 02.07.2024. Haftaning Seshanba kuni 🇺🇳Xalqaro sport jurnalistlari kuni. 🇺🇿O'zbekiston - O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun. 🇦🇿Ozarbayjon - Politsiya xodimlari kuni. 🇰🇿Qozog'iston - Diplomatik xizmat xodimlari kuni. 🗺 Tarixiy voqealar: 🗺1499-yil - Amerigo Vespuchchi Amazonka deltasini kashf qildi. 🏟1900-yil - Parijda 2-Olimpiya o'yinlari ochildi. 🏪1924-yil - Xalqaro Sport Matbuot Assotsiatsiyasi tashkil etildi. ✅1992-yil - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi. 🎁 Tavallud ayyomlar: 🩻1862-yil 2-iyul - ingliz fizigi, rentgen tahlili asoschisi, Nobel mukofoti sohibi Uilyam Genri Bragg. 👨‍🔬1888-yil 2-iyul - amerikalik mikrobiolog, Nobel mukofoti sohibi Zelman Vaksman. 🕵️‍♀️1928-yil 2-iyul - teatr va kino aktrisasi, Rossiya xalq artisti Tatyana Piletskaya. 🕵️‍♂️1961-yil 2-iyul - mashhur fransuz aktyori, «Taksi» filmida bosh rol ijrochisi Sami Naseri. https://t.me/marxamattakm
Mostrar todo...
📖ZAMONNING SEVIMLI KITOBI📖 Marhamat tuman axborot-kutubxona markazi tumandagi 7-umumta'lim maktabi o'qituvchi va o'quvchilari bilan birgalikda Jeyms Klirning Atom odatlar kitobi yuzasidan munozara tashkil qilindi. Tadbir davomida o'quvchilar kitob yuzasidan o'zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o'tdilar hamda o'zaro munozara o'tkazdilar. Tadbir ko'tarinki ruxda bo'lib o'tdi. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
1
🏃🏻‍♂️ Урганч шаҳрида навбатдаги “Янги нафас” оммавий югуриш мусобақаси ўтказилди ✅ Жорий йилнинг 29-июн куни Урганч шаҳрида 30-июн - “Ёшлар куни”га бағишланган “Янги нафас” ва Халқаро олимпия қўмитаси кунига бағишланган "Олймпиc Дай" оммавий югуриш мусобақаси юқори кайфиятда ўтказилди. Мусобақада масофа узунлиги 3 кмни ташкил этди. Мусобақа иштирокчилари Урганч шаҳрида “Бир ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда – бирга югурамиз!” шиори остида бирлашишди. Якунда вилоят ҳокимлиги томонидан ғолиб ва совриндорларга диплом медал ва қимматбаҳо совғалар топширилди. Web sayt | 📷Instagram | 📱Telegram | 📺YouTubе
Mostrar todo...
1
Photo unavailableShow in Telegram
🏆 Ўзбекистон енгил атлетика федерациясида Халқаро Олимпия куни, Болаларни ҳимоя қилиш куни ва Ёшлар кунига бағишланган оммавий югуриш мусобақасининг ғолиб ва совриндорларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди. 3 км масофа бўйича мутлақ йўналишда шоҳсупага кўтарилган иштирокчилар номи қуйидагича кўриниш олди: Эркаклар: 1. Элдор Ботиров – 9:38 2. Ойбек Маматкомилов – 9:47 3. Жаҳонгир Раҳматуллаев – 9:56 Аёллар: 1. Азиза Мирзакбарова – 11:27 2. Даря Андропова – 11:50 3. Фаридахон Тўлқинбоева – 11:56 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Mostrar todo...
1
Photo unavailableShow in Telegram
📖O'QISHGA TAVSIYA QILAMIZ📖 ✍️Charlz Dikkens. 📓Oliver Tvins. Oliver Tvist yetim edi. U kambag‘al va uysizlar makonida tug‘ilib, zolim Bamblning shafqatsizliklari ostida ulg‘aydi. Ammo yillar o‘tgani sayin uning qiynoqlariga chidolmay kimsasizlar uyidan qochib ketdi. U dunyoda yaxshi insonlar ko‘pligiga juda ishonardi, biroq hali bola ekani va oqko‘ngil bo‘lgani bois jinoyatchi Feyjin, ayyor Artful Dojer kabi bir guruh kissavurlar tuzog‘iga tushib qoldi. Afsus, u endi bir umr jinoyatchilar to‘dasida qolib ketadimi? Bu savollarga kitob mutolaasi davomida javob topasiz. ‎ Ushbu kitob sizda qiziqish uyg'otgan bo'lsa Marhamat tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib mutolaa qilishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
1
#Kun_tarixi 📆 Bugun: 01.07.2024. Haftaning Dushanba kuni 🌏 Qashshoqlikka qarshi Butunjahon oq lenta kuni. 🌏 Quyoshdan himoya ko'zoynaklarini ixtiro qilish kuni 🇨🇦 Kanada, Nyufaundlend - Xotira kuni. 🇨🇳 Xitoy - Kommunistik partiyaning tashkil topgan kuni. 🇱🇸 Lesoto - Oila kuni. 🇲🇩 Moldova - Soliq xizmati kuni. 🇷🇼 Ruanda - Mustaqillik kuni. 🇸🇴 Somali - Birlik kuni. 🇸🇷 Surinam - Erkinlik kuni. 🇬🇧 Virgin orollari - Hudud kuni 🇨🇦 Kanada - Kanada kuni 🇦🇲 Armaniston - Prokuratura xodimlari kuni. 🇧🇬 Bolgariya - Julaya bayrami (Yoshlar bayrami) 🇺🇦 Ukraina - Arxitektorlar kuni. 🇹🇷 Turkiya - Dengiz harbiy kuchlari kuni. 🇧🇮 Burundi - Mustaqillik kuni 🇬🇭 Gana - Respublika kuni 🇰🇬 Qirgʻiziston - Soliq xodimlari kuni. 🗺 Tarixiy  voqealar: 🏛 1783 - Sankt-Peterburgda  Katta teatr ochildi. 🏫 1866 - Toshkentda o'gil va qiz bolalar o'qiydigan birinchi rus maktabi ochildi. ⚾️ 1877 - Uimbledon tennis turniri ilk bor oʻtkazildi. ⚔️ 1916  - Birinchi jahon urushi: Somme jangi boshlandi. 🖼 1917 - Rossiyada birinchi marta yozgi vaqtga o'tish amalga oshirildi. ❌ 1966 - Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqdi. 🔰 1994 - O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan. ♻️ 2020 - O‘zbekistonda 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqarildi. 🎁 Bugun tug'ilganlar: 🤵🏻‍♀️ 1925 - Muhtarama Nosirova - aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1964).  🤵🏻 1926 - Robert Vogel - amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1993). 🧑‍🔬 1929 - Gerald Edelman - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1972). 🏃‍♂️ 1961 - Karl Lyuis - amerikalik sportchi, 9 karra Olimpiya chempioni, 8 karra jahon chempioni. ⚽️ 1976 - Rud van Nistelroy - gollandiyalik futbolchi, hujumchi. https://t.me/marxamattakm
Mostrar todo...
👍 1 1
📚Biz sizga xizmat qilishdan mamnunmiz📚 Marhamat tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari tumandagi Turon MFY da hamda Ibn Sino QOP da tashkil qilingan ko'chma kutubxonalarda hodimlar o'rtasida kitob targ'ibot ishlarini amalga oshirdilar. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
🔥 1
📖ZAMONAVIY VA BILIMDON YOSHLAR BIZNING FAXRIMIZDIR📖 Mamlakatimizda 2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilindi. Bu yurtimiz yoshlarining mamlakatimiz ravnaqi va yuksalishi, fuqarolarning farovon turmush, munosib hayotga ega bo‘lishi, jahondagi ilg‘or jamiyatlar safidan o‘rin olishi kabi maqsadlarni hayotga tatbiq etishdagi o‘rni va roli zalvorli ekanligining e’tirofi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Marhamat tuman axborot-kutubxona markazi tumandagi yoshlar bilar birgalikda 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab quvvatlash yili" munosabati bilan "Zamonaviy va bilimdon yoshlar bizning faxrimizdir" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir davomida yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan shart sharoitlar hamda imkoniyatlar haqida o'zaro suhbat bo'lib o'tdi. Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Telegram|Facebook|Instagram
Mostrar todo...
1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.