Abduvohidov's blog
Fikrlar. Qarashlar. Mulohazalar. Bari shaxsiy. Aloqa @My_blog7bot
Show more226
Subscribers
-324 hours
-87 days
-2030 days
- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Subscriber growth rate
Data loading in progress...
"Yuzda aslo hayodin nishon yoʻq" degan gaplar koʻp yodimga tushib ketaveryapti oxirgi paytlar. Ehtimol bu men oxirgi paytda duch kelayotgan odamlar bilan bogʻliqdir.
Mag'rurligim hamon qolmagan,
Hamon baland oʻtli ko‘kragim.
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim.
❤ 3
Inson hammaga ham maktub yozavermaydi. Maktub yozdimi, demak hayotida arzirli oʻrni bor. Agar maktub yozsa-yu, oʻziga joʻnatmasa, hech kim bosolmaydigan oʻrni bor degani.
Usmonip
- Hamon oʻshasiz...
- Hamon oʻshaman!
- Bir aybingiz bor?
- Koʻp urishaman.
- Holingiz nedur?
- Mana omonman.
- Bagʻritoshsiz-a?
- Biroz yomonman.
- Nega siz bunday?
- Shunday tugʻildim
- Yolg'on aytdingiz,
- Kechir boʻgʻildim.
- Ana koʻrdingiz?
- Men xam odamman.
- Yoʻqsiz desam-chi?
- Unda motamman.
- Axir bu gunoh!
- Soʻzinga javob.
- Buncha bu qarash?
- Nigohing savob.
- Notinchsiz goʻyo?
- Ogʻriq sezyapman.
- Asrang-ey, jonni
- Oʻzdan bezyapman.
- Noshukur boʻlmang,
- Maʼzur tutgaysan.
- Bilasiz men xam...
- Azob yutgaysan.
- Masofa olis
Dengizdir ulkan.
- Qobirgʻam tizib
Yasaymi yelkan?
- Bu yoʻl xatarlik
Sinov mashaqqat.
- Nima muhabbat
Azobmi faqat?
- Azoblar shirin...
- Sirlar yashirin?
- Pinxona suydik
- Bearmon kuydik.
- Soʻzim soʻngida
Aytar gapim bor.
- Aytgil sen tomon
Yuzlangum ey, yor!
- Iltimos!
Boʻlmang!
Ishqsiz bir taraf,
- Sevmaslik oʻlim,
Sevmoqlik sharaf.
- Yaxshiyam siz bor
Ishq bor azizim,
- Yaxshiyam sen bor,
men bor azizam.!
Zohid Oston
❤ 6
Umr taqvimiga jim nazar soldim,
Oyogʻim ostiga xazon toʻkildi.
Qanday qilib... yo Rab, tushunmay qoldim,
Bahor tugamasdan kuz kirib keldi?!
Xayrulla Hamidov
❤ 4⚡ 1🔥 1
Sizni tushuna oladigan odamni topish — ulkan baxt. Sizni tushunmoqchi boʻlayotganlarni topish esa undanda ulkan baxt. Chunki, ular sizni koʻp oʻylaydilar va kunboʻyi oʻylab yuradilar...
Shuhrat ORIF
❤ 6
Choose a Different Plan
Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.