cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Shayxontohur TIM matbuot xizmati

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabi. 👉http://t.me/shayxontohur_IM_uz 👉https://www.facebook.com/groups/shayxontohur.im.uz 👉https://youtube.com/@Shayxontohur_im_uz?si=tsEDDc_iMzhwVTEA

Show more
Uzbekistan31 350The language is not specifiedEducation74 113
Advertising posts
949Subscribers
+324 hours
+67 days
+230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#faxr #Milliy_sertifikat Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchimiz Adhamova Mohlaroy Nodirbek qizi Ona tili va adabiyot fanidan 54.25 ballni qo'lga kiritdi! Ona tili va adabiyot fanidan 54.25 ballni to’plab RASH moduli bo’yicha 1-blok 93 balldan 77.5 balni Majburiy fanlar kesimida 2-blok Ona tili va adabiyotdan 11 ballni qo'lga kiritdi. Umumiy 88.5 ball hozircha naqt qilib qo'ydi. Bu natijalar uchun ota onasiga hamda bu natijalarga erishishida bizning jonkuyar ustozimiz: Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Hamroyeva Go'zal Ergashevnaga Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi nomidan alohida Tashakkur izhor etamiz! 🌐Bizni kuzatishda davom eting: 👇 @Shayxontohur_IM
Show all...
🔥 21👍 9 2🥰 2👌 1
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #Shayxontohur_TIM #IELTS 📣 TOSHKENT SHAHRIDAGI SHAYXONTOHUR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARGA ERISHISHDA DAVOM ETMOQDALAR! Jumladan, ✅ IELTS xalqaro sertifikati bo‘yicha: ➖ Numonov Amirxon 9-sinf, 7,5 ball; 🔥Listening 8.0 🔥Reading 8.0 🌟 Bunday natijani qo'lga kiritgani bilan o'quvchimizning ota-onalari va ustozlarini ham tabriklaymiz. Amirxonning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!🕊 @Shayxontohur_IM
Show all...
🔥 26 4👍 3
Unutmang, yongʻoq poʻchogʻi axlatga tashlanadi, magʻizi esa javonlarning tepasida saqlanadi! Tanlov esa oʻzingizga bogʻliq 👉@Shayxontohur_im_uz
Show all...
🔥 14👍 5👌 2
Shavkat Mirziyoyev: Men umrimni shu xalqqa tikkanman! Xudo menga sog‘lik berib, umr bersa, bizda kambag‘allik va ishsizlik bo‘lmaydi. Nimaga desangiz, bunga men 7 yil umrimni tikdim. Tizim yaratdim, qonun yaratdim, dunyoni ochib berdim. Xalqim yaxshi yashasin, niyatlari amalga oshsin, bolalari baxtli bo‘lsin, nevaralari sog‘lom tug‘ilsin, maktabi ishlasin, yo‘llari ravon bo‘lsin deb ishga keldim. @Shayxontohur_im_uz
Show all...
👌 3 1
Talabalarimiz Germaniyaning eng yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tashadi 💫 Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan 2021-yil Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edik. 🌐 Shunda “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya bilan nafaqat ta’lim, balki ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniy sohalarda ham aloqalarni kuchaytiruvchi maskan bo‘lishi maqsad qilingan edi. Oradan 3 yil o‘tib, maqsadlarimiz o‘z mevasini berayotganidan xursandman. ✅ Xususan, Myunxen texnika universitetida Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda nemis va o‘zbek sanoat korxonalarini birlashtiruvchi xalqaro simpozium o‘tkazildi. Bunda, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, mazkur tadbir doirasida Germaniyaning 5 ta ilg‘or universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, mahalliy sanoat vakillarimiz nemis hamkasblari bilan birgalikda ta’lim borasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi. Eng quvonarlisi, bu ishlarimiz yoshlarimizning “BMW“, ”Siemens”, “Deloitte”, “Linde”, “Airbus” kabi dunyoning eng rivojlangan sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash, mahalliy sanoat korxonalarimiz esa sohadagi ilmiy yondashuvni talab etadigan masalalarni ilg‘or tajriba asosida hal etish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, Germaniyadagi eng yirik madaniy muassasalar va Bavariya parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular bilan kelishib olingan hamkorlik yo‘nalishlari har tomonlama rivojlanishimizga yo‘l ochadi. 🎗 Ishonchim komil, bu ishlar o‘zining bundanda katta natijasini beradi. #Germaniya #simpozium #tashrif
Show all...
🔥 4👍 1
#kun_tarixi 1️⃣6️⃣ APREL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR 🗡 1705 yil — Isaak Nyuton Angliya qirolichasi Anna tomonidan risarlik unvoni bilan taqdirlangan; ⚔️ 1746 yil— Ingliz qo‘shinlari va Shotlandiya qurolli kuchlari o‘rtasida Kulden jangi bo‘lib o‘tgan. Bu Styuartlarning ingliz taxtini qaytarib olishga bo‘lgan so‘nggi urinishi edi; 🚫 1848 yil— Gabsburglar imperiyasida krepostnoylik bekor qilingan; 📌 1871 yil —Germaniya imperiyasi Konstitutsiyasi qabul qilingan; 📌 1871 yil— Berlin Germaniya poytaxti deb e’lon qilingan; 📰 1917 yil— "Turon" gazetasi nashr etila boshlangan; 📌 1917 yil— Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqirilgan; 📄 1922 yil — Sovet-Germaniya o‘rtasida Rapallo shartnomasi imzolangan. SSSR va Germaniya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan; ⚔️ 1945 yil— Ikkinchi jahon urushi paytida Berlin operatsiyasi boshlangan; 💬 1947 yil— Amerikalik siyosatchi va moliyachi Bernard Barux dunyoda birinchi bo‘lib Janubiy Karolina Senatida "Sovuq urush" iborasini ishlatgan; 🤝 1948 yil— 16ta Gʻarbiy Yevropa davlatlari va Germaniyaning Gʻarbiy okkupatsiya zonalari Marshall rejasi doirasida Yevropaning iqtisodiy hamkorligi to‘g‘risida xalqaro shartnomani imzolashgan; 🇺🇿 1952 yil— Surxondaryo viloyatining Angor va Guliston tumanlari tashkil topgan; ✈️ 1964 yil — amerikalik uchuvchi Jeraldine Mok Gʻarbiy Germaniyaga qo‘ngan va butun dunyo bo‘ylab parvoz qilgan birinchi ayolga aylangan; 🥤1966 yil — Coca Cola birinchi marta Isroilda sotilgan; 🛰 1972 yil — astronavt Jon Yang rahbarligidagi "Apollon" dasturi bo‘yicha beshinchi ekspedisiya Oy yuzasiga qo‘nish bilan boshlangan; 🇦🇫 1992 yil—Afg‘oniston prezidenti Muhammad Najibulloh hokimiyatdan ag‘darilgan. 🔎 @Shayxontohur_im_uz
Show all...
🔥 6👍 1
#Mulohaza Ko‘zlaringizdan birini necha pulga sotgan bo‘lardingiz? Oyoqlaringiznichi? Million dollar? Milliard? Albatta yo‘q. Ular bebaho. Siz juda badavlatsiz. Shunchaki buni tushunmaysiz holos. ©Deyl Karnegi @Shayxontohur_im_uz
Show all...
6🔥 5
Har qanday vaziyat va holatda ham hech kimning muhimlik darajasini oshirib yubormang. O’zingizdan boshqa. Muvozanat va me’yor buzilgan joyda “MEN” ligingiz ham yo’qoladi 👉@Shayxontohur_im_uz
Show all...
🔥 9
Dunyo bir joyda turmaydi, sifatli ta’lim davr talabiga aylandi. Har bir talaba uning kelajakdagi kasbini belgilab beruvchi qiyin tanlov oldida turadi. Va deyarli har bir bitiruvchi eng yaxshi universitetlarga borishni orzu qiladi. Va bugun maktabimizda shunday oliy o'quv yurtlaridan birining vakillari bilan uchrashish sharafiga muyassar bo'ldik! Leyla Aliyeva xonim - Xalqaro ofis xodimi va xalqaro talabalarni yollash bo'yicha mutaxassis Turkiyadagi Kadir Has Universiteti. Ushbu universitet Istanbulda joylashgan va uning reytingi QS-2024 Yevropa universitetlari reytingida 551 dan 600 gacha va G'arbiy Osiyo reytingida 45-o'rinda turadi. Barcha o‘quvchilar nomidan shuni aytmoqchimanki, biz sizni maktabimizda kutib olishdan xursandmiz va hamkorligimizdan mamnunmiz.✅
Show all...
👍 11🔥 4🥰 2
10🔥 1🥰 1👏 1