cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Fargʻona viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi | Rasmiy kanal

🏢👉🏻Manzil: Farg'ona sh. B.Marg'iloniy ko'cha 4 uy Murojaat uchun:👇 ☎️ 73 244-11-21 📝https://t.me/farbandlik_info 💎https://www.facebook.com/fvh.kqbb Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Show more
Advertising posts
1 438Subscribers
-724 hours
+647 days
+7030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Қўштепа_тумани 🔹 Гармдон маҳалласида яшовчи Юнусхон Мирзахонов павлония ва “Аватар” узум кўчатлари етиштириб, даромад олмоқда
Show all...
#Ёзёвон_тумани 🔹Ҳусниддин Абдураҳмонов 60 сотих майдонга 20 минг туп карам кўчатини экиб, даромадини оширмоқда
Show all...
Repost from Bandlik Vazirligi
#bilasizmi Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart. 🧮 Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi. Xodimga to‘lanadigan pulli kompensatsiyaning miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin. Mazkur pulli kompensatsiyani to‘lash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lashning kechiktirilishida aybi bor-yo‘qligidan qat’i nazar yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi 2023-yil 17-martdan hozirgi kunga qadar 14 foiz bo‘lib, ya’ni ish haqi kechiktirilgan kun uchun pullik kompensatsiya miqdori 1,4 foizni tashkil etadi.
Masalan, xodimning ish haqi, ta’til to‘lovlari, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlar va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar jami miqdori 5 mln. so‘m. Ushbu summani 1,4 foizi 70 ming so‘m bo‘ladi. Ish beruvchi 10 kunga ish haqi va boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini kechiktirsa, shu kunlar uchun 700 ming so‘m pulli kompensatsiya to‘laydi .
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️ Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Show all...
#Тайинлов Анваров Алишержон Адҳамжон ўғли Қува тумани Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлимига янги раҳбар этиб тайинланди. А.Анваров 1991 йилда Қува туманида туғилган. Фарғона давлат университетида ҳамда Президент ҳузуридаги Давлат бошқаруви академиясида таҳсил олган. Меҳнат фаолиятини 2009 йилда ёшлар ташкилотидан бошлаб, 2012-2019 йилларда Фарғона вилояти ҳокимлиги масъул ходими, 2019-2020 йилларда Марғилон шаҳар давлат архиви директори, 2020-2021 йилларда Марғилон шаҳар ҳокими маслаҳатчиси, 2021-2022 йилларда Фарғона вилояти Бандлик бош бошқармаси бошлиғининг ўринбосари, 2022-2023 йилларда эса Қува тумани ҳокимининг Турк МФЙдаги камбағалликни қисқартириш, аҳоли бандлигини таъминлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш масалалари бўйича ёрдамчиси бўлиб ишлаган. Тайинловга қадар вилоят Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бош бошқармаси бошлиғининг ахборот сиёсати масалалари бўйича маслаҳатчиси, Ахборот хизмати раҳбари бўлиб фаолият кўрсатиб келаётганди.
Show all...
👍 7
Farg’ona tumani kasb-hunarga o’qitish markaziga  2024 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 27-mart kuni “Kasbga o'qitish va malaka tizimini rivojlantirish”  boshqarmasi boshlig’i Sherzod  Amanov Sunnatovich  tashrif buyurib, markaz faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan o’rganish olib borildi. Markaz faoliyatini o’rganish jarayonlarida dastlab markazda tashkil etilgan guruhlar bilan tanishib chiqdilar. Markazda oshpaz-qandolatchi, tikuvchilik, WEB dasturchi, xorijiy  tillar bo’yicha koreys tili, maskanlarda nemis tili o’quv kurslari tashkil etilgan. Markazda tashkil etilgan oshpaz-qandolatchi guruhida ishlab chiqarish ta’lim ustalari bilan istiqbolli rejalar to’g’risida  fikr almashdilar. Oshpaz-qandolatchilik yo’nalishida markazda ijaraga berilgan  MMT bog’chasi bolalari uchun shirinliklar tayyorlash, yarim tayyor mahsulotlar yetkazib berish, markazning byudjetdan tashqari mablag’lariga  tushum qilish imkoniyatlari to’g’risida  suhbat olib borildi. 🌐 Bosh boshqarma Axborot xizmati
Show all...
Repost from Bandlik Vazirligi
"Sayxunobod tajribasi" nega ommalashmoqda?
Ishsizlikdan holi mahalla. Batafsil "Ахborot 24" dasturida Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️ Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Show all...
Repost from Bandlik Vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Kambag‘allik darajasi 10 foizga tushiriladi
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️ Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Show all...
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Ish vaqtini jamlab hisobga olishni belgilash va qo‘llash tartibi 📊Agar ishlab chiqarish (ish) sharoitlariga ko‘ra ish beruvchida ushbu toifadagi xodimlar (shu jumladan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishda band bo‘lgan xodimlar) uchun belgilangan ish vaqtining kunlik yoki haftalik davomiyligiga rioya etish imkoni bo‘lmasa, ish vaqtini jamlab hisobga olishni joriy etishga yo‘l qo‘yiladi. 📊Basharti hisobga olish davri uchun ish vaqtining davomiyligi ish soatlari normasidan oshmasa, ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilishi mumkin. Bunda hisobga olish davri o‘n ikki oydan, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa o‘n ikki soatdan oshmasligi kerak. 📊Ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llash tartibi, zarur bo‘lgan taqdirda esa hisobga olish davri mobaynida xodimlarga to‘lanadigan ish haqi miqdorini tenglashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar jamoa shartnomasida belgilanadi, agar jamoa shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra aniqlanadi. 📊Ish vaqtini jamlab hisobga olish ayrim toifadagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish uchun belgilangan cheklovlarga rioya etilgan holda belgilanadi. ➡️ BATAFSIL Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️ Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Show all...
#Farg'ona viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Farg'ona viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi: ▪️Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi: - Farg`ona tumani bo`limi fuqarolarga хizmat ko`rsatish sho`'basi bosh mutaхassisi. ▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi: - Dang`ara tumani "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazi Katta yoshdagilar va og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash sho`'basi yetakchi mutaхassisi; - So‘x tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy to‘lovlar sho'basi mudiri; - Oltiariq tumani 13-hudud 1-uchastkada (Yangiarab, Bunyodkor, Gulobod MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim; - Farg`ona tumani 5-hudud 1-uchastkada (Mindonobod, Satkak MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim. ▪️Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi: - Yoshlar ishlari agentligi Quva tumani bo‘limi "Akbarobod" MFY yoshlar yetakchsi; - Yoshlar ishlari agentligi Quva tumani bo‘limi "Bo`ston" MFY yoshlar yetakchsi; - Yoshlar ishlari agentligi Quva tumani bo‘limi "Qashqar" MFY yoshlar yetakchsi; - Yoshlar ishlari agentligi Quva tumani bo‘limi "Qoraqum" MFY yoshlar yetakchsi; - Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi "Shakar" MFY yoshlar yetakchsi; - Yoshlar ishlari agentligi Rishton tumani bo‘limi bosh hisobchisi. ❗️Arizalar 31.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi. ➖ Arizalarni elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma ▪️Tanlov jarayonlari yuzasidan murojaatlar uchun Agentlikning Farg'ona viloyati filiali 73-243-92-28 ▪️ Murojaat uchun bot @vacancy_argos_bot ▪️ Vakansiyalar kanali@vacancy_argos
Show all...
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali

Aytolasizmi, Kanadaga ro‘yxat to‘lib qolmadimi? Bundan ikki kun oldin Kanadaga 5 000 ta bo‘sh ish o‘rniga taklif mavjudligini aytgan edik. Dastlab qurilish, kecha xizmat ko‘rsatish va texnik sohalar bo‘yicha ham ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Xo‘sh, jarayon qanday ketayapti? Imkoniyatingiz bor, harakat qilib ko‘ring! (videoda aytilgan raqamlar soat 17:45 holatiga)
Show all...
Sign in and get access to detailed information

We will reveal these treasures to you after authorization. We promise, it's fast!