cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali Veb sayt: https://samkarantin.uz/ Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64 Ishonch tel: +99871 202 84 84

Show more
Advertising posts
278Subscribers
+324 hours
-27 days
-330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

https://oqdaryoovozi.uz/mas/56972-ch.html?_utl_t=tm Mutaxassislar maslahati G'ALLA MAYDONLARINI ZARARKUNANDALARDAN HIMOYA QILISH USULLARI » "Оқдарё овози" газетаси
Show all...
Mutaxassislar maslahati G'ALLA MAYDONLARINI ZARARKUNANDALARDAN HIMOYA QILISH USULLARI

Boshoqli don ekinlari maydonlarida sariq zang, qo'ng'ir zang, un shudring, sariq dog'lanish, septorioz, jami 10 dan ziyod kasalliklar zarar beradi. Eng xavflilaridan biri zang kasalliklaridir. Chunki zang juda tez (yong'in singari shiddat bilan) tarqalib, 3-4 haftada o'simlik

#Chigit_ekilgan_dala_maydonlari_doimiy_nazoratda Oqdaryo tumanida chigit ekilgan gʻalla maydonlarini zararkunandalardan himoya qilish maqsadida feremon tutqichlar oʻrnatilib, sadush suyuqligi quyilmoqda Samarqand viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Oqdaryo tuman boʻlimi xodimlari tomonidan Qahramon MMTP hududi M-37 yoʻl yoqasidagi "Pichoqchi barakasi", Kumushkent MMTP hududi M-37 yoʻl yoqasidagi "Xolmergan tonggi" va "Sharq tonggi" fermer xo'jaligining chigit ekilgan dala maydonlarida unib chiqadigan gʻoʻzani zararkunandalardan himoya qilish maqsadida feremon tutqichlar o'rnatildi,hamda sadush suyuqligi quyildi. Tumanda chigit ekilgan dala maydonlariga zararkunandalar tarqalishini oldini olish tuman Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi xodimlari tomonidan toʻliq nazoratga olingan. Zero "Kasalni davolagandan koʻra uning oldini olgan afzal". Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati
Show all...
Show all...
Tomorqadan unumli foydalanish oilaviy farovonlikni oshiradi.

Mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va aholining munosib hayot kechirishini taʼminlashda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanish masalasi alohida oʻrin tutadi. Tomorqa yerlaridan unumli foydalanish esa bandlikni va arzonchilikni taʼminlashning samarali yoʻlidir.   Joriy yilning 14-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xoʻjaliklaridagi imkoniyatlarni toʻliq ishga solish orqali aholi daromadlarini…

Show all...
Nurobodda seminar tashkil etildi

Nurobod tumanida tuman hokimligi va viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminardan koʻzlangan asosiy maqsad, lalmi yer maydonlaridan unumli foydalanish, noʻxat, mosh, kunjut mahsulotlarining tan narxining oshib ketmasligiga yoʻl qoʻymaslik hamda lalmi maydonlarda yetishtirilgan mahsulotlarni eskportga chiqarishdir. Seminarda noʻxat mahsulotlarining tan narxining oshib ketayotganligi, shu sababli fermer xoʻjaliklarida noʻxat, mosh va kunjut ekinlarini ekishni…

Joriy yilning 18-aprel kuni Oqdaryo tuman inspektorlari B.Ishniyozov, B.Mamatmurodov va A.Siddiqovlarning “Gʻalla maydonlarini zararkunandalardan himoya qilish usullari” deb nomlangan maqolasi “Oqdaryo ovozi” gazetasida chop etildi. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Show all...
Ayni damda viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda Respublika agrokimyoviy tahlil markazi bilan hamkorlikda Jomboy tumanidagi aholi xonadonlaridan birida “Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili asosida agrokimyoviy tahlil oʻtkazish hamda aholiga agrokimyoviy xizmatlar koʻrsatish, oziq- ovqat xavfsizligini taʼminlash, eksportbop mahsulotlarni yetishtirish" maqsadida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtmoqda. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin  - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop  kanal
Show all...
#Pseudococcus_vovae_Nass #nazorat
2024-yil 27-martdan 26-aprelgacha igna bargli manzarali daraxt va butalarga zarar yetkazayotgan “Archa unsimon qurti” hamda boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi uygʻunlashgan kurash tadbirlarini olib borish maqsadida “Dolzarb oʻttiz kunlik” joriy etildi.
Keng qamrovli chora-tadbirlar Ishtixon tumani boʻylab uyushqoqlik bilan oʻtkazilib, yoʻl boʻylari, oʻrmon xoʻjaliklari va boshqa yashil maydonlarda olib borildi. Xususan bugun, Oʻsimliklar karantini va himoyasi Ishtixon tuman bo'limi davlat inspektorlari A.Ziyadullayev, B.Bayitov va Y.Amanovlar tomonidan tumanning Ravot qo'rg'oni MMTP hududlaridagi idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar, katta yoʻl boʻylari hamda boshqa yashil maydonlarda parvarish qilinayotgan igna bargli, manzarali daraxt va butalar toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, fitosanitar nazorat oʻrnatildi. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin
Show all...
#Nazorat_tadbirlari... Samarqand viloyati O‘simliklar karantini Ilmiy tadqiqot instituti direktori B.Fayzullaev hamda O'simliklar karantini va himoyasi Ishtixon tuman bo‘limi boshlig‘i T.Xasanov birgalikda Ishtixon tuman M.Jo'rayev MMTP "Chinni yer" f/x g'alla maydonlarini nazoratdan o'tkazishib, quyidagi tavsiyalarni berishdi.
PS: Fungisid  –  o‘simlik  kasalliklariga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy vosita.  Zang  kasalliklariga  qarshi  ob-havoning  kelishiga  qarab  fevral oyining oxiri, mart  oyida  kasallik  belgilari paydo bo‘lishi bilan profilaktik ishlovlar  amalga  oshiriladi.Profilaktik ishlovdan keyin hududda  “Infeksiya bosimi” kuchli bo‘lsa yoki dalada zang bilan birga boshqa kasalliklar ham uchrasa, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lib, nam  havo saqlanib tursa, ob-havo bashoratini hisobga  olgan holda  20-30 kun o‘tgach, ikkinchi va yana  lozim bo‘lsa  uchinchi marta ishlov berish talab etilishi mumkin. Ushbu tizim qo‘llanilganda kasallikning oldi olinib, hosil asrab qolinadi.
https://t.me/Samkarantin
Show all...
#jarayon Prezidentimiz tomonidan joriy yildan boshlab mamlakatimizda xorijiy paxta navlarini ekish bo'yicha soha mas'ullariga xususan, o'simliklar karantini va himoyasi agentligiga ham bir qator vazifalar yuklatildi. Shunga muvofiq, Payariq tumani fermerlariga o'simliklar karantini va himoyasi agentligining tuman bo'limi tomonidan xorijdan keltirilgan urug'lik paxta chigitlarini joylashtirish va yetishtirish bo'yicha kerakli tavsiyalar berib borilmoqda. Jumladan, tumandagi 11 ta MMTP hududidagi 29 ta fermer xo'jaligining 751 gektar maydonlarida chigit ekish ishlari boshlangan bo'lib, Iris Qozoq MMTP hududidagi "Sherlar agro zamini" fermer xo'jaligi, Madad MMTP ga qarashli Gʼafurov Shaxzodbek dalasi fermer xo'jaligi, hamda Maniobod MMTP ga qarashli "Sirli Ixtiro" fermer xo'jaliklarida Xitoy davlatidan olib kelingan urug'larning saqlanish holati koʻzdan kechirildi va fermerlarga kerakli tafsiyalar berildi. Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 t.me/PAYARIQ_TUMANI_HOKIMLIGI 🌍 sampayarik.uz
Show all...
Nurobodda yetishtirilgan chinnigullar Rossiyaga eksport qilinmoqda Nurobod tumani Sazagʻon mahallasida joylashgan “SAM AGRO FLORA” MCHJning 1,6 gektar issiqxonasida chinnigul (гвоздика) parvarishlanmoqda. Ushbu issiqxonada yetishtirilgan gullar Rossiya Federatsiyasi davlatiga eksport qilinadi hamda ichki bozorga chiqariladi. Ikkita issiqxonada yetishtirilayotgan gullarning umumiy soni 2 mln donadan ortiqni tashkil etib, 500 ming AQSh dollariga yaqin eksport qilinadi. ✅@samarqandyangiliklari‌‌
Show all...
Go to the archive of posts