cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

𝗧𝗨𝗥𝗢𝗡 𝗢'𝗤𝗨𝗩 𝗠𝗔𝗥𝗞𝗔𝗭𝗜

"Maqsad" "Sifat" "Natija" 📌"Turon" o'quv markazi o'z faoliyatini boshlagandan buyon yuqoridagi uchta jumlani nafaqat aytib balki amalda isbotlab faxrlana oladi. 👩‍💻Admin: @Ergashova_Nigina ☎️TEL:+998915579577

Show more
Advertising posts
375Subscribers
-124 hours
+57 days
+330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​Орзуларингиз устида ишланг, акс ҳолда ўзга орзулар устида ишлаш учун ёлланасиз. Фаррах Грей Ҳеч қачон адашмаган инсон, ҳеч қандай янги нарсани қилишга ҳаракат қилиб кўрмаган. А.Эйнштейн Ниманидур бошлашнинг энг оқил йўли гапиришни бас қилиб, харакатни бошлаш. У.Дисней
Show all...

👍 26
Repost from N/a
🤩 Biz barcha fanlardan "SUPER DTM" testlariga start berdik! 21-aprel (yakshanba) 08:00 da "Invest in Education" o'quv markazida barcha yo'nalishlar bo'yicha (rasmda ko'rsatilgan) asosiy va majburiy fanlardan BLOK TEST o'tkaziladi. ✳️ Ushbu BLOK TESTI davomida quyidagilarga ega bo'lasiz: ➖ Haqiqiy DTM atmosferasini his qilish; ➖ BMBA standartidagi testlar; ➖ Lotoreya va "OMADLI QUTI" oʻyini; ➖ 🏆Test gʻoliblari uchun umumiy sovrin miqdori - 💰2,1 mln (yo'nalishlar bo'yicha 1-2 o'rinlar uchun) 🧰 Lotoreya va "OMADLI QUTI" oʻyini 08:00 da boshlanadi. O'yinda ishtirok etish uchun aytilgan vaqtda test manzilida bo'lishingiz lozim. 🎖Bizda yangilik! 189 ball olgan abituriyent(lar)ga qo'shimcha 300 ming so'm pul mukofoti qo'yildi. Testda ishtirok etish narxi: 💵 15000 soʻm ❗️Testda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tish shart! Oxirgi muddat: 19-aprel (juma) 23:00 📋 Roʻyxatdan oʻtish uchun: 🖥 @shohzodtarix ☎️ +998901000498 🏢 Test manzili: Samarqand shahar, "Invest in Education" markazi Ma'lumot : 👉@super_dtm👈
Show all...
👍 9🔥 4
​​​​Bir kun keladi. Erta tongda uyg'onasiz. Tarixga- ortga qaraysizda, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo'rsinasiz. "Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo'yasiz. Kelajakdan turib ortga qaraganda o'sha kunning nomi BUGUN deb ataladi. • Bugun boshlang ! • Bugun urinib ko'ring! • Bugun qadam tashlang! Ertaga kech bo'lishi mumkin. © Paulo Koelo
Show all...

👍 18🔥 2💯 1
#Диққат ❗️Фарзандингиз ЛИДЕР бўлиши учун 3 та ИДЕЯ Фарзандингизни ёшлигидан танқидий фикрлашини истасангиз ушбу 3 та идеадан фойдаланинг! 👉 @XABARLAR_24
Show all...
👍 4🔥 1
CHALAJON ABITURIYENTLAR... Repetitorlik tizimida ishlayman. Faoliyatim davomida kuzatyapmanki, abituriyentlarning saviyasi yildan yilga tushib bormoqda. Bugungi kunda ayrim abituriyentlarga nimalar yetishmaydi? Shijoat Bugungi kunning aksar abituriyentlarida shijoat umuman o‘lgan. Hali 16-17 ga kirib ulgurmagan, lekin tomiri uzib qo‘yilgan guldek shalpayib yotadi. O‘sha kuni bittasi darsga: ustidagi sportivkasi osilib, sumkasini sudrab kirib kelyapti. Keyin darsda partaga yopishib yotib oladimi-yey. Ularni ko‘rib dars o‘tging ham kelmaydi kishi. IXLOS Ixlos haqida gapirish bizga emas, ammo gap ilm haqida ketarkan, og‘iz juftlashga haqqimiz bor deb bildik. Ba'zi abituriyentlarda ixlos degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Faqat ustozdan gap eshitmaslik uchun o‘qib kelsa bo‘ldi. Testlari ham shunchaki ishlangan, na tahlil bor, na mulohaza. Qalam bir tegib bir tegmagan. Yana nega buncha xato desangiz, og‘zini to‘ldirib "Tushunmadim" deydi nomard. Ammo yonidagi dugonasi tushungan bo‘ladi. SABR Agar dars biroz cho‘zilsa, bog‘lab qo‘yilgan qo‘zidek, ipini uzishga harakat qiladi. Darsda majbur o‘tiradi. Qachon dars tugasa-yu, ko‘chada daydisa. Qo‘shimcha darsga "takrorlashga kir" desangiz, boshqa fanim bor deydi-da, katagini yo‘qotib qo‘ygan jo‘jadek, uy yoqdan, bu yoqqa yuradi. Bir narsaga tushunmasa, birdan sinadi. ULAR "kasal" Ularning kasali ham antiqa: bugun mazasi bo‘lmaydi, ammo ertasi kuni tuzalib qoladi. Ozroq isitmasi chiqsa yoki boshi og‘risa ham darsdan qoladi. YOLG‘ONCHI Ularga xos bo‘lgan xususiyatlardan bir, ularning yolg‘onchiligidir. O‘sha kuni bir o‘quvchim testning javoblarini o‘ziga ishonch bilan o‘qib ketdi. Men esa uni ketma-ket uchta to‘g‘ri javob chiqarolmasligiga kafolat beraman. Keyin borib tahlil qilib berishini so‘radim. Qilolmadi. Keyin yana kamiga ko‘chirganini tan olmadi. Oxiri bo‘yniga qo‘yib darsdan haydab yubordim. TELEFON Mana shu ofat ularning boshiga yetadi. Ular aldanganlar... Ingliz tilini o‘rganyapman deb bahona qilib qo‘lidan telefon tushmaydi. O‘sha o‘quvchilarimga telefon haqida bir soatlar gapirdim, keyin ikkinchi guruhga dars o‘tib bo‘lgunimcha oradan ikki soat o‘tdi. So‘ng telefonini olib tekshirsam, ikki soat ichida 1 soat-u 36 daqiqa foydalangan. Chunki ularga... GAP TA'SIR QILMAYDI Ha, ularga qancha gapirmang, pashsha chaqqandek ta'sir qilmaydi. Chunki ularning "terisi qotib ketgan." Bisotingizdagi jamiyki yomon so‘zlarni aytsangiz ham, eti jimirlamaydi. Chunki vijdonni ovqatga qo‘shib yeb yuborgan. DANGASA Ko‘pchiligi dangasa. Ozgina topshiriq ham ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi. Oʻzini juda yaxshi ko‘radi. Jonini qiynagisi kelmaydi. TO‘YCHILAR.... Is chiqqan joydan quruq qolishmaydi. Momoto‘ymi, ischiroqmi farqi yo‘q boraverishdi. Ular to‘y uchun hech kim emasligini his qilishmaydi. To‘ydan bir hafta oldin borsa, bir haftadan keyin kelishadi darsga.... Xullas, bu hamma abituriyentlar haqida emas. Ixlos bilan o‘qiyotganlar bor, albatta. Gap aylanib borib egasini topadi. Farruh O‘ktam
Show all...
👍 39💯 14
🎊💐🌙РАМАЗОН ҲАЙИТИ МУБОРАК БЎЛСИН!!!✨💐🌙 💐🤲 Сизни ва барча оила аъзоларингизни бугунги “РАМАЗОН ҲАЙИТИ”байрами билан муборакбод этаман. 💐🤲 Сизга ва оилангизга соғлик-омонлик, икки дунёни саодатидан насиб этишини сўрайман. 💐🤲 Аввало она Юртимиз тинч, осмонимиз доимо шундай мусаффо бўлсин! 💐🤲 Байрамни оила аъзоларингиз билан шодлик, хурсандликда хайрли ўтказишингизни тилаб қоламан! 💐🤲 АЛЛОҲИМ! Келаси йил шу кунларга Бизларни,Ота‑Оналаримизни,Фарзандларимизни,Аёлларимизни, Дўстларимизни ва барча яқинларимиз билан соғ-омон етказсин! АМИЙН! 🤲 📲 АЛБАТТА ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ЮБОРИНГ!! 🌹
Show all...
👍 11 2
Ассаламу алайкум. Сизни ва аҳли хонадонингизни   кириб келаётган Рамазон хайити билан ўз номимдан ҳамда оила аъзоларимиз номидан чин кўнгилдан самимий табриклайман. Аллохим дуоларингизга ижобат, фарзандларингизга салоҳият, ибодатларингизга гўзаллик, ризқингизга барака берсин. Тутган рўза ва ибодатларингизни оллохим даргохига қабул қилсин. Уйингиз нурларга тўлсин. Сизни омад ва бахт, оилавий қувонч ва тотувлик ҳеч қачон тарк этмасин. Дастурхонингизга файзу барака берсин. Умрингиз узун, қалбингиз ҳамиша бутун, чехраингиз порлоқ бўлсин. Барчаларимизни тақво ҳосил қилган бандалари қаторида  келгуси рамазон ойларига иймонда устивор ҳолимизда парвардигори оламни ўзи етказсин. Ҳамиша оллохимни назарида бўлинг
Show all...
👍 20 6
Repost from N/a
Testga kelmaganlar afsus qiladi i ular bilan dars vaqti jiddiyroq shug’ulanaman.
Show all...
👍 13