cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TOYLOQ.UZ | Rasmiy xabarlar

Kanal orqali Toyloq tumaniga oid eng soʼnggi yangiliklar, voqea-hodisalar, shuningdek, tuman hokimining ish faoliyatidan xabardor boʼlib borishingiz mumkin. Kanaldan ma'lumot ko‘chirilganda manbasi ko‘rsatilishi shart.

Show more
Advertising posts
5 196Subscribers
+1224 hours
+197 days
-330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Jarayon Toyloq tumani 2-sektor rahbari tomonidan aholi o‘rtasida tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Show all...
#BU_MUHIM 💧 Suv — bebaho ne’mat!  Uni isrof qilmasdan oqilona foydalanaylik. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling 👇👇👇 |Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Show all...
Joriy yilda Toyloq tumanida aholi tomorqasidan unumli foydalanish borasida ko‘plab targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, bugun  2-sektor rahbari  A.S.Saypidiinov  Bog‘ichinor va Birlik mahallalardagi  dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish maqsadida aholi xonadonlarida bo‘ldi. Bir necha yillik tajribaga ega tomorqachilar bilan uchrashib, ularni mahallaga biriktirish, targ‘ibot ishlarini olib borish, tajribasiz, yosh dehqonlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish bo‘yicha suhbatlashishdi.
Show all...
Bugun 47-umumta’lim maktabida Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyev, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘. Usmonov, tuman milliy gvardiya katta inspektori, kapitan M.Ne’matov, "Galabotir" va "Taraqqiyot" MFY raislari, ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida 47-umumta’lim maktabida uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Unda maktabda ta’lim sifatini, o‘quvchilarning maktabga kelish davomatini yaxshilash,  maktab o‘quvchilari o‘rtasida jinoyat va xuquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish, sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish kabi masalalar haqida so‘z yuritildi. Tomonlarning fikrlari eshitildi. Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Show all...
Matbuot anjumani Toyloqda ona va bola salomatligi qanday muhofaza qilinyapti? Batafsil
Show all...
Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, aholining tomorqadan unumli foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Toyloq tumanida ham ana shunday e’tibor samarasida tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan tumandoshlarimiz ko‘p.  Bu kabi ishlarni tumanda yanada rivojlantirish maqsadida mutasaddilar ishtirokida turli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Xususan,  4-sektor rahbari Shuhrat Sharipov sektor hududidagi xonadonlarda bo‘lib, tomorqa madaniyati haqida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Show all...
#Kitobxonlik_haftaligi Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab, “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” boʻlib oʻtmoqda. Mazkur haftalikda Toyloq tuman hokimligi jamoasi ham faol ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, bugun hokimlik xodimlari tumandagi Axborot-kutubxona markaziga sayohat qilishdi. Sayohat davomida kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Qolaversa, kutubxona fondi uchun kitoblar sovg‘a qilishdi.
Show all...
Mahalla "ettiligi" faoliyati o'rganilmoqda Ayni damda Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rganmoqda. Tuman rahbari faollarning birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlarini tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar borasida fikr-mulohazalarini bildirdi. Aholi muammolarini hal qilish, “mahalla yettiligi” hamkorligini ta’minlash, uyushmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash tizimini samarali tashkil etish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish kerakligini ta’kidladi.
Show all...
Go to the archive of posts