cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

Show more
Advertising posts
1 337Subscribers
-424 hours
-187 days
-6030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#buguntarixda Bugun 28-mart - Respublikamizning Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida terrorchilik harakatlari boshlangan edi 🔹Eng avval 2004-yil 28-martda Buxoro viloyatidagi turar-joy binosida portlash sodir bo'ldi (3 kishi halok bo'ldi). 🔹2004-yil 28-martda Toshkentda politsiyachilarga hujum qilindi (3 nafar politsiyachi halok bo‘ldi). 🔹2004-yil 29-mart kuni Toshkentdagi Chorsu bozorida xudkush-terrorchi portlab, 19 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi yaralandi. 🔹2004-yil 30-martda Toshkentdan 15 km uzoqlikda joylashgan militsiya postiga hujum uyushtirildi. Chekinayotgan jangarilar turar-joy binosiga joylashib olishdi, keyin bu bino shturm bilan egallandi. 🔹2004-yil 30-martda Toshkentning Yalang‘och mahallasida xudkush-terrorchi o‘zini portlatib yubordi. 🔹2004-yil 1-aprelda Buxoro viloyatida turar-joy binosida yuz bergan portlash natijasida 10 yoshli qiz vafot etdi. 🔹28-martdan 1-aprelgacha bo‘lgan hujum qurbonlarining umumiy soni 47 taga yetgan. Kanalga ulanish⤵️ @sara_kitoblar_uz
Show all...
#bayramlar Bugun 28-mart - Butunjahon tarixchilar kuni Barcha tarix fani ustozlari va tarixchilarni ushbu bayram bilan qutlaymiz! Kanalga ulanish⤵️ @sara_kitoblar_uz
Show all...
#nazmvaqti МАНГУ ПАНОҲ Озроққина меҳр бергил, Бизларга, Аллоҳ, Озроққина шафқат ҳам бер, Қодир Худойим. Ер юзини қоплаб борар Фақат оҳу воҳ, Ҳамма жойда бамисоли Қиёмат қойим. Ошёнига яқин келмас Қушлар ҳам асло, Дарахтини чирмаб олса Агарда илон. Уясига қадам босмас Бўрилар ҳатто, Агар сезса шу атрофда Борлигин қопқон. Инсон ахир Инсон эрур, Яширмоқ нега, Кун кўрар у хонадонин Ҳолига қараб. Агар бир кун мушук каби Қолса беэга, Юрмас ахир нола чекиб Эшикни тирнаб. Фарзандлардан буюрмаса Фожеадир бу, Ота энди ўз-ўзига Қилгай маломат. Бир замонлар қартайганда Падарин, ёҳу, Ғорга элтиб ташлаганлар, Қандоқ жаҳолат! Қадрдонлар ажраб кетар, Бирдан, ногаҳон. Айри тушар балки машъум Манфаат сабаб. Бундай чоғда одам кимга Суянсин нолон, Наҳот, дўстлик рўё эрур, Кечиргин, ё Раб. Қашқирларнинг тўдасида Қолса биров гар, Ким ҳимоя қилар эди Уни шу фурсат. Бир ожизга беришмаса Мадад муқаррар, Ғолибман деб бонг ургайдир Ёвузлик албат. Кўз ташлайман олис ўтмиш Қаърига гоҳо, Тарих мудом ботирларнинг Ёнини олган. Енгиб чиққан курашларда Алпомиш борҳо, Прометей ўт-оловни Сақлаб қололган. Парвардигор, сен бандангни Қилдинг ҳимоят, Яна ўзинг мурувватлар Айлагил эҳсон. Одамзодга эзгуликни Қайтиб бер фақат, Ёлғиз сенинг паноҳингда Бахт топгай Инсон. 2015 йил 18 сентябрь, Техас © Абдулла Орипов Kanalga ulanish ⤵️ t.me/sara_kitoblar_uz
Show all...
📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

🔥 1
Bugun 28-mart 2024-yil, payshanba. 👉 BAYRAMLAR: 🌏 Butunjahon tarixchilar kuni. 🌏 Kir yuvish mashinasining tug‘ilgan kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇱🇾 Liviya - Evakuatsiya kuni. 🇦🇿 Ozarbayjon - Milliy xavfsizlik organlari kuni. 🇨🇿 Chexiya, Slovakiya - O‘qituvchilar kuni. 🇸🇰 Chexiya - “Pedagogika otasi” Yan Amos Komenskiy tug‘ilgan kun. 🇨🇳 Xitoy, Tibet - Tibetliklar krepostnoy qullikdan xalos bo‘lgan kun. 🇯🇵 Yaponiya - Choy marosimi maktablari kuni. 👉 VOQEALAR: - 193 - gvardiyachilar Rim imperatorining taxtini senator Didiy Yulianga kimoshdi savdosida sotishdi (66 kundan keyin u qatl qilindi). - 364 - Rim imperiyasi G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘lindi. - 1461 - Qizil va Oq atirgullar urushidagi Ferribrij jangi. - 1462 - Ivan III Moskva Buyuk Knyazligining hukmdori bo'ldi. - 1626 - Italiyalik Pietro della Vallening Hindistonga ekspeditsiyasi tugadi. - 1776 - Moskvada Bolshoy teatrga asos solindi. - 1795 - Peter Biron taxtdan voz kechdi. - 1801- Neapol qirolligi Elba orolini Fransiyaga berdi. - 1842 - Vena filarmoniya orkestrining birinchi konserti. - 1845 - Texasning AQSh tomonidan anneksiya qilinishi munosabati bilan Meksika Vashington bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. - 1854 - Qrim urushi: Fransiya Rossiya imperiyasiga urush e'lon qildi. - 1849 - Frankfurt milliy yig‘ini Germaniya imperiyasini tuzishni ko‘zda tutga imperiya konstitutsiyasini qabul qildi. - 1857 - Sankt Peterburgda birinchi ayollar gimnaziyasi ochildi. - 1891 - Londonda og‘ir atletika bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. - 1910 - Marselda jahonda birinchi gidroplan havoga ko‘tarildi. - 1930 - Konstantinopol rasman Istanbul deb nomlandi. - 1935 - Kanadada yakshanba kuni radioreklama taqiqlandi. - 1939 - General Franko qo‘shinlari Madridni egallashdi. - 1961 - “Er Afrik” aviakompaniyasi tashkil topdi. - 1993 - M81 galaktikasida SN 1993J yangi yulduzining portlashi. - 2004 - Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida terrorchilik harakatlari sodir etilgan. Terakt 1 aprelgacha davom etgan. 👉 TAVALLUDLAR: - 1592 - Yan Amos Komenskiy (1670) - chex insonparvar pedagogi. - 1750 - Fransisko Miranda (1816) - Janubiy Amerikadagi mustaqillik uchun kurash rahbari. - 1868 - Maksim Gorkiy (1936) - rus sovet yozuvchisi. - 1892 - Xeymans Korney (1968) - belgiyalik fiziolog va farmakolog, Nobel mukofoti sohibi (1938). - 1922 - Teodor Albrext (2010) - Germaniyalik milliarder, akasi Karl Albrext bilan birga “Aldi” supermarketlar tarmogʻiga asos solgan. - 1928 - Aleksandr Grotendik (2014) - fransiyalik matematik. - 1936 - Amansio Ortega Gaona - tadbirkor, milliarder, Zara, Massimo Dutti, Bershka, Oysho, Pull & Bear, Uterque, Stradivarius kabi brendlarni oʻz ichiga olgan “Inditex” yirik korporatsiyasi rahbari. - 1940 - Baxtiyor Ixtiyorov (2021) - oʻzbek sovet aktyori, rejissor, Oʻzbekiston xalq artisti (1989). - 1945 - Shayx Muhammad Husayn Ali Al Amaudiy (- kelib chiqishi efiop boʻlgan Saudiyalik milliarder, uning boyligi 12.3 milliard dollardan ziyod. - 1945 - Rodrigo Duterte - Filippin Respublikasining 16-chi Prezidenti (2016-yildan). - 1946 - Dayan Uist - amerikalik kinoaktrisa. - 1981 - Abdullo Tangriyev - oʻzbekistonlik dzyudochi. 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining +100 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. - 1981- Elvira Xasyanova - rossiyalik sinxron suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko'p karra jahon va Yevropa chempioni. - 1984 - Ilhom Shomurodov - oʻzbek futbolchisi, hujumchi. - 1986 - Ledi Gaga - amerikalik xonanda, aktrisa va kiyimlar dizayneri. - 1990 - Yekaterina Bobrova - rossiyalik figurali uchuvchi (muz ustida raqs), jahon chempioni (2013) va Olimpiya o'yinlari (2014). - 1992 - Pak Sin Xi - janubiy koreyalik short-trekchi, ikki karra Olimpiya chempioni, ko'p karra jahon chempioni. - 1996 - Benjamin Pavar - fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018), UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi (2019/20). - 2004 - Anna Shcherbakova - rossiyalik figurali uchuvchi, Olimpiya chempioni (2022) va jahon chempioni (2021). - 2007 - Luke Roessler - kanadalik aktyor. BIZ BILAN QOLING! Kanalga ulanish ⤵️ t.me/sara_kitoblar_uz
Show all...

👍 1
🌟🌙 РАМАЗОННИНГ 18-КУНИ МУБОРАК БЎЛСИН АЗИЗЛАР!🌹🎊 💐 Аллоҳдан хонадонингиз аҳиллиги-тинчлиги давомли бўлишини; 💐 Ўзингиз, ота-онангиз ва сизга азиз бўлган барча яқинларингизни мағфират қилишини сўрайман! 💐 Аллоҳ ҳар бир тонгни саодат ила қарши олишингизни насиб қилсин! 💐 Охиратда тутган рўзангиз сизни Райён дарвозасидан жаннатга олиб кирсин! 🌙 РАМАЗОННИНГ 18-КУНИ МУБОРАК БЎЛСИН! 🤲 Kanalga ulanish ⤵️ @sara_kitoblar_uz
Show all...
🥰 1
#buguntarixda                                  Ватанимиз тарихидаги 27 март санаси билан боғлиқ айрим воқеалар баёни. https://telegra.ph/Vatanimiz-tarihidagi-27-mart-sanasi-bilan-bo%D2%93li%D2%9B-ajrim-vo%D2%9Bealar-bayoni-03-27
Show all...
Ватанимиз тарихидаги 27 март санаси билан боғлиқ айрим воқеалар баёни.

1187 йил (бундан 837 йил олдин) – Хоразмшоҳ Такаш Эроннинг шимоли-шарқий қисмидаги Нишопур шаҳрини иккинчи марта қамал қилишни бошлади. Хоразмшоҳ томонидан олдинги икки ой давом этган қамалдан сўнг сулҳ тузиш мақсадида Нишопурда қолдирилган нуфузли вакилларини қатл қилгани учун Такаш ўзининг давлат арбобларига нисбатан қилинган бу қотилликни уруш эълон қилиш деб тушунди ва ўз қўшини билан Нишопурни яна қамал қилди. Хоразмшоҳ Такашнинг қирқ кунлик қамалидан сўнг Менгли Тегин ўзининг ночор аҳволини сезгач, шаҳардаги…

#nazmvaqti * * * Эзилиб-эзилиб ёмғирлар ёғди, Эзилиб-эзилиб адо бўлди жон. Кечани гоҳида чақмоқлар ёқди, Гоҳида “оҳ” урдинг – ўртанди жаҳон. Умрнинг қоронғу кўчаларида Муҳаббату нафрат ҳорғин кезинди. Баҳорнинг ёмғирли кечаларида Эзилди... эзилди... юрак эзилди. Тақдирнинг беомон шиддат ёмғири Айтар видомизни айтди тонггача. Энди бу ёмғирнинг йўқдир охири – Эзилиб йиғлайди сўнгги онгача. Сўз кимга керакдир? Лаб очмагин. Жим. Тақдир сўзга лойиқ қолдирмади сир – Мен ҳам ёмғир каби бир ёғиб ўтдим, Сен ҳам ёмғир каби йиғлаб ўтдинг бир... © Усмон Азим Kanalga ulanish ⤵️ t.me/sara_kitoblar_uz
Show all...
📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

Bugun 27-mart 2024-yil, chorshanba. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Butunjahon teatr kuni. 🌏 Xalqaro tibbiy maslahatchilar kuni. 🌏 Nefrologlar kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇦🇴 Angola - G‘alaba kuni. 🇧🇪 Belgiya - Frank madaniyati jamiyati bayrami. 🇫🇷 Fransiya - Pishloq kuni. 🇲🇲 Myanma - Qurolli Kuchlar kuni. 🇮🇷 Eron - Teatr san’ati kuni. 🇷🇺 Rossiya - Milliy gvardiyasi qo‘shinlari kuni. 🇷🇴 Ruminiya - Bessarabiyaning Ruminiya bilan ittifoqi kuni. 🇯🇵 Yaponiya - Sakura gullashi bayrami. 👉 VOQEALAR: - 1111 - Vladimir Monomax boshchiligidagi rus qo‘shinlari poloveslarni Solnitsa daryosi bo‘yida tor-mor qilishdi. - 1330 - Ipatiyev monastiri bunyod etildi. - 1513 - Ispan tadqiqotchisi Xuan Ponse de Leon Floridani kashf qildi. - 1527 - Xonua jangi, bu jangda Bobur Rajputan knyazlari qo'shinini tor-mor qildi. - 1794 - AQSH harbiy-dengiz flotini qurishga qaror qilindi. - 1841 - Otga qo‘shilgan birinchi bug'li o‘t o‘chirish mashinasi sinovdan o'tkazildi. - 1854 - Qrim urushi boshlandi. - 1854 - AQShda Abraxam Gessner kerosinni patentladi. - 1858 - Sankt-Peterburgda Rossiya imperiyasida birinchi ayollar gimnaziyasi ochildi. - 1860 - Nyu-Yorklik M. L. Birn shtoporni patentladi. - 1893 - Longines soatlar kompaniyasi o'zining logotipini ro'yxatdan o'tkazdi. - 1898 - Rossiya Xitoydan Port-Arturni ijaraga oldi. - 1918 - Moldoviya Demokratik Respublikasi Ruminiya qirolligi tarkibiga kirdi. - 1928 - Gollandiyada futbolga oid birinchi pochta markasi chiqarildi. - 1944 - Riga gettosida 40 yahudiy gestapo tomonidan otib tashlandi, Kaunasda esa 2 mingga yaqin yahudiy o'ldirildi. - 1953 - SSSRda keng miqyosda amnistiya e’lon qilindi. - 1964 - Alyaskada zillzila oqibatida 118 kishi halok bo‘ldi. - 1968 - Vladimir oblastidagi aviahalokat oqibatida Yuriy Gagarin halok bo‘ldi. Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang - 1975 - Alyaska neft quvuri qurilishi boshlandi. - 1981 - “Birdamlik” kasaba uyushmalari tashkiloti Polshada umumxalq ish tashlashini tashkil qildi. - 1990 - Londonda Sherlok Xolms muzeyi ochildi. -1992 - Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ochildi. - 1997 - Toshkentda Saudiya Arabistoni podshohligining elchixonasi ochildi. - 1998 - NATO Albaniya chegarachilarni Yugoslaviya bilan chegarani qo'riqlash uchun o'qitish boshlanganini e'lon qildi. - 2008 - Kosmos-3M raketasi va to'rtinchi kosmik apparat - Germaniyaning SAR-Lupe sun'iy yo'ldoshining uchirilishi. - 2011 - Rossiya doimiy yozgi vaqtga o‘tdi. Yozgi va qishki vaqtga o‘tish prezident Medvedev tomonidan bekor qilindi. - 2016 - Lahordagi terakt, 72 kishi halok bo'ldi. - 2020 - Shimoliy Makedoniya NATOning 30-a'zosiga aylanadi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1824 - Iogann Gittorf (1914) - nemis fizigi, ionni kashf qilgan. - 1845 - Vilgelm Rentgen (1923) - nemis fizigi, birinchi Nobel mukofoti sohibi (1901). - 1847 - Otto Vallax (1931) - nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1910). - 1863 - Ser Genri Roys (1933) - ingliz sanoatchisi, Rolls-Roys kompaniyasi asoschisi. - 1868 - Patti Smit Xill (1946) - amerikalik o‘qituvchi ayol, “Happy Birthday to You” qo‘shig‘ining muallifi. Sara kitoblar kanalidan olindi - 1871 - Mann Genrix (1950) - nemis yozuvchisi. - 1881 - Arkadiy Averchenko (1925) - rus satirik yozuvchisi, yumorist. - 1886 - Sergey Kirov (1934) - Sovet siyosiy va davlat arbobi - 1886 - Lyudvig Mis van der Roe (1969) - nemis arxitektori. - 1899 - Glorya Svenson (1983) - Amerikalik kino, teatr va televidenie aktrisasi. - 1927 - Mstislav Rostropovich (2007) - violonchelachi, dirijyor, jamoat arbobi, Xalq artisti (1966). - 1948 - Aleksey Jarkov (2006) - sovet va rus kino va teatr aktyori, Rossiya xalq artisti. - 1963 - Kventin Tarantino - amerikalik rejissyor, aktyor, ssenariynavis, prodyuser. - 1986 - Manuel Noyer - nemis professional futbolchisi, darvozabon, jahon chempioni (2014). - 1988 - Holliday Greynjer - britaniyalik aktrisa. - 1992 - Grant Xardi - shotlandiyalik kyorlingchi, aralash jamoalar o‘rtasida kyorling bo'yicha jahon chempioni. - 1996 - Rosabella Laurenti Sellers - italyan-amerikalik aktrisa. BIZ BILAN QOLING! Kanalga ulanish ⤵️ t.me/sara_kitoblar_uz
Show all...
📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

🎊🌹🌙 РАМАЗОННИНГ 17-КУНИ МУБОРАК БЎЛСИН АЗИЗЛАР!🕋🌸 🍃АССАЛАМУ АЛАЙКУМ🍃 🌙🌹 Аллоҳдан хонадонингиз аҳиллиги-тинчлиги давомли бўлишини; 🌙🌹Ўзингиз, ота-онангиз ва сизга азиз бўлган барча яқинларингизни мағфират қилишини сўрайман! 🌙🌹Аллоҳ ҳар бир тонгни саодат ила қарши олишингизни насиб қилсин! 🌙🌹Охиратда тутган рўзангиз сизни Райён дарвозасидан жаннатга олиб кирсин! 🌙 РАМАЗОННИНГ 17-КУНИ МУБОРАК БЎЛСИН! 🤲 🌸 Аллоҳнинг саломи 🌸 Пайғамбар ﷺнинг дуолари 🌸 Қуръоннинг нури 🌸 Рамазоннинг таровати кун давомида сиз билан бўлсин! Kanalga ulanish ⤵️ @sara_kitoblar_uz
Show all...
#buguntarixda                                  Жаҳон тарихидаги 26 март санаси билан боғлиқ айрим воқеалар баёни. https://telegra.ph/Jahon-tarixidagi-26-mart-sanasi-bilan-bogliq-ayrim-voqealar-bayoni-03-26-2
Show all...
Jahon tarixidagi 26-mart sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

Bugun 26-mart - Epilepsiya bilan kasallanganlar kuni 26-mart kuni butun dunyoda “Binafsha rang kuni” nishonlanadi. Bu har yili o'tkaziladigan xalqaro tadbir bo'lib, uning maqsadi epilepsiya nomli kasallik haqida xabardorlikni oshirishdir. Bir kuni epilepsiya bilan og'rigan to'qqiz yoshli qiz Kessidi Megan boshqa odamlarga ulardan farqi yo'qligini ko'rsatishga qaror qildi. To'qqiz yil davomida bola allaqachon kattalar va tengdoshlarining e'tiborsizligini his qilishga muvaffaq bo'lgandi, ular uning kasalligini…

Sign in and get access to detailed information

We will reveal these treasures to you after authorization. We promise, it's fast!