cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Jakhongir Rakhmonov - IT

Software Engineer at Amazon. Dasturchilar uchun foydali ma’lumotlar beraman. Qo’llab-quvvatlash uchun: https://tirikchilik.uz/jakhongir_rakhmonov Ikkinchi kanal: @JR_TwitGram Contact: @jakhonfeedback_bot

Show more
Advertising posts
8 547Subscribers
-1324 hours
-277 days
+2730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Rust va boshqa type-system bor bo’lgan tillarning zo’r taraflaridan biri qo’rqmasdan refactor qila olishda. Katta loyihalarda tabiiyki minglab, yuz minglab qator kod bo’ladi va albatta sal noto’g’ri yozilgan qismlari bo’lishi ham tabiiy. Ularni to’g’irlash uchun esa katta refactor talab qilinadi. Agar shu kod deylik Pythonda yozilgan bo’lganda faqat testlarga tayangan holda refactor qilinadi. Titrab-titrab. Nimanidir buzib qo’ymadimmikin deb. Testlar esa albatta barcha qismlarini qoplagan bo’lishi ehtimoli juda ham past. Ish bitgan keyin ham ko’ngil tinchlanmaydi. Dashboardlardan ko’z uzilmaydi. Rustda esa undan qo’rquv yo’q. Be’malol refactor qilib, compilerdan so’kish eshitib refactor qilishda davom etilaveradi. Ish bitgan keyin ham yurak ancha hotirjam bo’ladi. Chunki compiler indamadimi demak hammasi katta ehtimol bilan joyida. @jakhonrakhmonov
Show all...
👍 114🤣 23🙏 3👌 3🔥 2
Birinchi ishingizni topishda qiynalyapsizmi? Ish topish uchun eng muhim narsa - tajriba. Lekin har qanday tajriba emas. Muhimi, sizda borligini isbotlay oladigan, arziydigan tajriba. Sizda qandaydir tajriba borligini qanday isbotlaysiz? Open Source loyihalarga contribution qilasiz. Open Source loyihalarni qayerdan topasiz? https://up-for-grabs.net/ saytidan. Shu saytda har qanday texnologiyalar uchun contribution qidirayotgan loyihalar ro’yxati mavjud. O’zim shu saytdan 2ta Django loyihalar topganman va ularga 10ga yaqin Pull Requestlar yuborganman. Eng zo’r tarafi beginnerlar uchun ham talab yetarlicha. @jakhonrakhmonov
Show all...
👍 217🔥 19 6🤩 4🌚 3👏 2😁 1🤣 1
Nega hali ham ingliz tilini o’rganmagansiz? Dunyoda ko’p narsa aniq emas. Lekin ingliz tili eng zo’r investitsiyaligi aniqku. Nima bahonangiz bor? @jakhonrakhmonov
Show all...
👍 286🔥 61😢 25😁 16🍌 8🤔 6 3❤‍🔥 2😱 2🤯 1💔 1
Yes, AI can code. But coding is a small part of what competent software engineers do. @jakhonrakhmonov
Show all...
🤩 181👍 91🔥 16 11 8🌚 5💯 5🍾 3👏 2👌 2💔 1
ChatGPT, Copilot, Kevin va boshqa dasturchilarni o’rnini bosishi kutilayotgan AI intrumentlar hozirda shunchaki yaxshiroq autocomplete holos. @jakhonrakhmonov
Show all...
🔥 226👍 59🤣 23💯 11🍾 9 3 2🍌 2😈 2🐳 1🏆 1
Yaxshi dasturchi bilan yomon dasturchini farqi nimada? Qiyin ish berilganda yomon dasturchi “obbo, yana ish. Uff” deydi. Yaxshisi esa “Vachaych 😍 qiyin muammoni yechish imkoniyati paydo bo’ldi. Maza qilib bosh qotirib, yechib, balki rezumega qo’shib qo’yarman” deb fikrlaydi. Ulardan biri ishiga qiziqmaydi, ikkinchisi esa bu sohada maza qiladi. Siz qaysi birisiz? @jakhonrakhmonov
Show all...
👍 261🔥 43😁 25👏 12🍌 11🌚 4💔 3 2🍾 2 1🙏 1
Dasturchilik men uchun emasmi? Bir nechta yosh dasturchilar hafa bo’lib “Dasturchilik men uchun emasmi? Qiynalyapman, tashlab yuborgim kelyapti. Nima qilay?” deb yozishgan. Bu borada mening fikrim quyidagicha. Hech narsa oson emas. Boshqa yo’nalishlar ham huddi shunday qiyin. Barcha arziydigan sohalarda qiynaladi odam. Lekin shularning hammasi sekin sekin osonlashadi bir kun kelib. Ko’proq o’rganganingiz sari, ko’proq o’qiganingiz sari, osonlashib, va eng asosiysi qiziqlashib boraveradi. Boshida siz oddiy if/else lar yozib yurasiz, keyin esa haqiqiy backendlar, web loyihalar, o’yinlar yoza oladigan bo’lasiz. Albatta qiziqlashadida. Lekin dasturlash haqiqatda hammaga ham emas. Yaxshi dasturchi bo’lish uchun ma’lum turdagi ko’nikmalar talab qilinadi. Masalan: - Soatlab o’tirib biror muammo ustida ishlay olish - Har doim yangi narsalar o’rganishga tayyor bo’lish - Qilingan ishni boshqalarga yozma va og’zaki tushuntira bera olish - Va hokazo Kimdirda shunday hususiyatlar bor, kimdirda esa yo’q. Bu normal holat. Bunda hech qanday yomonlik yo’q. Kimda bu ko’nikmalar yo’q bo’lsa, boshqalari bor. Balki jismoniy tarafdan kuchlidir, balki kuchli biznesmendir. Shuning uchun ham, asosiy savol “Dasturchilik men uchun emasmi?” emas balki “Menda dasturchilik uchun kerak bo’lgan ko’nikmalar va hususiyatlar bormi?” bo’lishi kerak. Agar yo’q bo’lsa, tashlang va ko’nikmalaringizga to’g’ri keladigan soha toping. Bor bo’lsa va dasturchilikda qiynalayotgan bo’lsangiz, albatta davom eting. Kundan kunga osonlashib va qiziqlashib boraveradi va bir kun kelib siz yutasiz. @jakhonrakhmonov
Show all...
👍 201💯 20 18🔥 16😢 4 3👏 2🤣 2🤔 1🐳 1
Servercore Toshkentda yangi zonasini ochadi Servercore — Toshkent va Olmaota shaharlarida mavjud zonalarga ega IT-infratuzilmasi provayderi. Mijozlar orasida — Uzum Nasiya, Alif, Samarkand Air va HWG Sababa. Provayder mijozlari uchun Toshkentda yangi mavjudlik zonasi mavjud bo‘ldi. Umumiy tarmoq orqali ulangan ikkita pool-ga joylashtirish quyidagilarga imkon beradi: — IT-tizimlari va xizmatlarining nosozliklarga chidamliligini oshirish; — ma‘lumotlarni saqlash xavfsizligi darajasini oshirish; — oxirgi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdagi kechikishlarni kamaytirish. Yangi mavjudlik zonasida Servercore mijozlari endi quyidagilardan foydalanishlari mumkin: — AMD EPYC 7713 Milan asosidagi UZ-2 pool-dagi bulutli serverlar, — Intel Xeon E-2236, Intel Xeon W-2255 va Intel Xeon Silver 4214R protsessorlari asosidagi TAS-2 da ajratilgan serverlar. Yangi mavjudlik zonasining xavfsizligi va ishonchliligi ISO 27001 xalqaro axborot xavfsizligi standarti bilan tasdiqlangan. Barcha Servercore xizmatlari PCI DSS xalqaro ma‘lumotlar xavfsizligi standartiga mos keladi. Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun veb-saytga o‘ting. Reklama
Show all...
Servercore - Удобная и стабильная IT-инфраструктура с локальным присутствием

Широкая линейка выделенных и облачных серверов под разные бюджеты и задачи. Запуск от 2 минут

👍 54🤣 29🍌 9🔥 2😁 2👏 1🤩 1🌚 1
Millionlab foydalanuvchilar ishlata oladigan loyihalar qanday qilinadi AWS DynamoDB, AWS IAM kabi loyihalar sekundiga millionlab, hattoki milliardlab requestlar bilan ishlashlari mumkin. Bunaqa darajadagi backend sistemalar qurishni tasavvur ham qilish qiyin. Odatda loyihalar qanchalik ko'p foydalanuvchi ishlatishni boshlagani sari shunchalik sekinroq ishlashni boshlashadi. CPU yetishmaslikni boshlaydi, storage yetishmaslikni boshlaydi, database semirib ketganidan querylar ko'proq vaqt olishni boshlaydi va hokazo. Unda bu loyihalar bu ishni qanday uddalaydi? Ularning dokumentatsiyalariga nazar solsak sal tushuncha hosil qilish mumkin. Ular eng yuqori darajada ishlashda davom etish uchun har xil chegaralar qo'yib qo'ygan. Masalan DynamoDBda har bir record 400Kb dan oshib ketmasligi kerak. Yoki, bittadan ko'proq ma'lumotlarni scan/query qilish operatsiyasining requesti 1MB dan oshmaslik kerak. Yoki ma'lumotlarni yozishni olaylik. Bu operatsiyalar uchun "eventual consistency" va'da qilingan holos. Ular dar xol amalga oshmaydi. 1 sekund ichida barcha replikatsiyalarga yetib boradi odatda. U degani 1 sekun ichida siz hozirgina yozilgan ma'lumotni so'rasangiz eski versiyasini olishingiz mumkin. Va hokazo va hokazo. O'zi DynamoDBning NoSQL bo'lganligi ham bitta chegara. Biz o'rganib qolgan PostgreSQL, MySQL lar kabi be'malol JOINlar qila olmaymiz. DynamoDB relationallikdan umuman vos kechgan. Faqatgina shu chegaralar borlligi uchun DynamoDB shunchalik tez va shunchalik katta scaleda ishlay oladi. Agar bu chegaralar bo'lmaganida qayerdadir nimasidir sekinroq ishlashni boshlagan bo'lar edi va bu loyiha bergan vadalari ustidan chiqa olmagan bo'lar edi. Odamlar ham shunday. O'zingiz uchun chegara qo'ymasangiz, "sekin ishlashni" boshlaysiz. Kerakli joylarda nimalardandir voz keching, nimalarnidir kamaytiring. Natijada uzoqroqqa tezroq boring. Be like DynamoDB. @jakhonrakhmonov
Show all...
👍 327🔥 40🍾 15 7 4😁 2🐳 2👏 1👌 1
“E-commerce uchun IT-infratuzilmasini qanday tanlash mumkin: Uzum Nasiya keysi” vebinari Sizni E-commerce loyihalari uchun IT-infratuzilmasini tanlash mavzusidagi bepul vebinarga taklif qilamiz. Sunnat Shamuratov, Servercore kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori sizga bulutli platforma mahsulotlaridan foydalangan holda onlayn-tijorat bozoridagi muammolarni qanday hal qilishni aytib beradi. Mehmon ma‘ruzachi Uzum Nasiya loyiha ofisi rahbari Sardorbek Bayahmedov IT-infratuzilmasini Servercore bulutiga ko‘chirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Dasturda: — 2024 yilgi bozor tendentsiyalari va e-commercening asosiy ko‘rsatkichlari. — Onlayn tijorat loyihalari qanday biznes muammolariga duch keladi? — Elektron tijoratdagi muammolarni hal qilish uchun IT-infratuzilmasi. — Uzum Nasiya keysi: kompaniya qanday qilib 1 oy ichida IT-infratuzilmasini Servercore’ga to‘liq o‘tkazdi. 🔺 Yangi ishtirokchilarga test xizmatlari uchun 400 000 so‘m beriladi. Vebinar sanasi: 28 fevral, Chorshanba Havola orqali o'tib, veb-seminarga ro‘yxatdan o‘ting. Reklama
Show all...
🤣 56👍 36🌚 3😱 2 1🤔 1💔 1