cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Õtkir Õtanov (VIA VISOL music GROUP)

VIA VISOL guruhi Samarqand💯💯 🥂Tõy va bazmlar uchun🥂: 📲+998997302257

Show more
Advertising posts
987Subscribers
-224 hours
+187 days
+2630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bugungi xabar bo‘yicha tushuntirish berildi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning ma’lum qilishicha, 48 soat haqidagi talab foto yoki videokameralar o‘rnatgan subyektlarga taalluqli. Ya’ni kameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror chiqaradigan vakolatli organga, ya’ni YPX markaziga yuborilishi kerak. Agar tasvirlar YPXga 48 soatdan kechikib kelsa, o‘sha holat bo‘yicha ish ochilmaydi. ❓Xo‘sh, unda haydovchiga qanchada yetib kelishi kerak? YPX markazi ma’lumot kelib tushgandan keyin 15 kundan kechiktirmay jarima solish haqida qaror chiqarishi kerak. Undan kechiksa, o‘sha qaror qonuniy hisoblanmaydi. Xulosa: 2 kun (48 soat) — foto yoki videokameralardan YPX markaziga kelib tushish muddati; 15 kun — vakolatli organning qaror qabul qilish muddati. Jami 17 kun. ✅ Demak, ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror qoidabuzarlik sodir etilgandan so‘ng 17 kundan kechikib chiqarilsa, haydovchilarga jarima solinmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 3
Repost from Xushnudbek.uz
Yo‘l harakatiga oid qoidabuzarlik haqida ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa, haydovchilar jarima to'lamasligi mumkin Bu haqdagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o'qishda qabul qilindi. Loyihaga ko'ra, foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish tugatiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 2
☪️АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ВА РАҲМАТУЛЛОҲИ ВА БАРАКАТУҲ!! ✨ 🌳Ҳар тонг умримизнинг бир сафаридир, Ҳар он кунимизнинг бир гавхаридир. Тинчлик омонликда отган ҳар бир тонг, Аллоҳнинг бизларга хуш хабаридир Аллохим ҳадя этган яна бир гўзал тонг муборак бўлсин! 🌳Дунёга, ҳаётга тоза нигоҳ билан боқинг. Нигоҳларнинг илдизи эса қалбдадир, қалб кир бўлса юз-кўзингизни минг ювганингиз бекор. 🌸Сиз-у бизни, фарзандларимиз, оиламиз ва яқинларимизни яратган эгам Ўзи паноҳида асрасин🤲🤲 Кун давомида яхшилик ва яхшилар ҳамрохингиз бўлсин...
Show all...
👍 2
Mana sizga xayvonlardan yaxshilik.
Show all...
👍 14👏 2
👍 11 1
Repost from Xushnudbek.uz
O‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan Shu kunlarda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. Unga ko‘ra, ustama olish uchun milliy sertifikat testidan o‘tib, tegishli ball to‘plagan o‘qituvchilar ayrim tushunmovchilikka duch kelishmoqda. Ya’ni avvallari milliy sertifikat uchun test natijalari 100 ballik reytingda chiqarilardi, endilikda BMB testlar natijalarini hisoblashda Rash modeliga o‘tdi (batafsil). Ammo o‘qituvchilarga ustama berishga oid hujjatlarda eski shkala qolib ketgani, hali hujjat yangilanmagani uchun tushunmovchilik yuzaga keldi. Mazkur masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan bog‘landim va masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim. Vazirlik ushbu muammodan xabardor hamda yechim sifatida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Hozirda hujjat loyihasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilib, eskpertiza uchun Adliya vazirligiga kiritilgan. Yangi loyihaga ko‘ra, avvalgi hisoblash tizimida olingan milliy sertifikatlar uchun 80 balldan yuqori ball olganlarga ustama belgilanadi. Yangi Rash modelida esa A va A+ darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilmoqda. Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa avvalgi hisoblash tizimida 60 ball olganlarga, yangi Rash modelida esa C+ yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilgan. Albatta, bu hali loyiha xolos. Hozircha tasdiqlangani yo‘q. ❗️Taklif: o‘qituvchilarga ustama berish uchun talab etiladigan darajani avvalgidan ko‘tarib qo‘yilishi (har holda bir qarashda shunday tuyilmoqda), o‘qituvchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Bu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar yozilmoqda. Mas’ullar B+ daraja uchun ham ustama berish variantini ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq. “Savollar oson, bu test aslida abituriyentlar uchun” degan vajlar o‘tmaydi. Bunda o‘qituvchilarning aybi yo‘q. O‘qituvchiga mos imtihon tashkil qila olmayotganlarning muammosi bu aslida. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Repost from Xushnudbek.uz
O'zbekiston aholisi 37 milliondan oshdi! 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
🤔 1
#Расман 🇺🇿 Ўзбекистон аҳолиси 37 миллионга етди 22 апрел, Тошкент вақти билан 03:25ларда Ўзбекистон аҳолиси расман 37 млн кишига етгани маълум бўлди. Батафсил👇🏻             👉🏻 @Sara_Xabarlar ⚡️-ТВда кўрсатилмайдиган энг тезкор сара хабарлар каналига аъзо бўлинг!
Show all...
Repost from Xushnudbek.uz
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi bo‘yicha Tojikiston Prezidentining matbuot xizmati tayyorlagan rolik. Ushbu fikrlarga qo‘shilgan holda aytishim mumkin, darhaqiqat, O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi qardosh tojiklar tomonidan juda muhim ahamiyatli voqea sifatida qabul qilindi. Sababi tushunarli, Moskva shahridagi teraktda tojik fuqarolari ayblangandan so‘ng xalqaro maydonda Tojikiston va uning fuqarolariga nisbatan yovqarash paydo bo‘ldi. Bunday og‘ir pallada O‘zbekiston o‘z pozitsiyani hammaga ochiq bildirdi: "Sizlar qanday o‘yinlar o‘ylab topsangiz ham, biz qardosh qo‘shnilarimiz bilan birgamiz" deyildi. Va bu pozitsiya shunchaki og‘zaki emas, balki rasmiy hujjat shaklida muhrlandi. Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Ya’ni O‘zbekiston xalqaro maydondagi vaziyat fonida Tojikiston bilan munosabatlarini yana bitta pog‘onaga ko‘tarib, eng yuqori shaklga olib chiqishini ma’lum qildi. Bungacha O‘zbekiston faqat 2 ta davlat (Rossiya, Qozog‘iston) bilan ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatgan edi xolos. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning yuzma-yuz muzokarasi 3 yarim soat davom etdi. Kamdan kam vaziyatlarda Prezidentlarning yakkama-yakka suhbatlari bunchalik uzoq bo‘ladi. Demak, ikki davlat yetakchilari juda ko‘p nozik masalalarni yopiq eshiklar ortida muhokama qilgan. Muzokaralarda xalqaro maydondagi holatlar fonida qanday yo‘l tutish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, voqealar rivojiga qarab "A", "B", "C" rejalar haqida gap ketgan bo‘lishi tabiiy. Bundan tashqari suv, energetika, chegara, savdo masalalari bo‘yicha ham o‘ta muhim masalalar muhokama qilingan. Yuzma-yuz muzokaradan keyin Prezidentlarning kayfiyati juda yaxshi edi, demak, kelishuvlar ijobiy bo‘lganini taxmin qilish mumkin. Markaziy Osiyo davlatlarining do’stligi bardavom bo’lsin. Qudratli kuchlar oldida faqat birlashuvgina bizni halokatdan qutqarib qoladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 2👎 1
#киноя Чапда дунёдаги энг иқтисодиёти кучли давлатлардан биттаси Канада бош вазирининг белгиялик ҳамкасбини меҳмон қилган дастурхони... Ўнгда эса иқтисодиёти қолоқ бўлган давлатимизнинг кичиккина маҳалла раиси Сўқивой аканинг дастурхони... P.S.: Бу ғарбликлар роса жмот бўлади-да... Нишонига тегадиган гаплар фақат бизда: @nishondagi_gaplar_tegadi
Show all...
🤔 5👍 4😁 1