cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sherlar Olami 📃

Salom siz dilga yaqin manoli sherlar kanalidasiz.. Biz sizlarga har kuni #Manoli #Ibratli #Sevgi #Hayotiy Dilga yaqin sherlarni joylab boramiz bizdan uzoqlashmang. Siz eng zo'r kanaldasiz... Admin: @Bektoy_07

Show more
Advertising posts
1 410Subscribers
-1224 hours
+237 days
+930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Siz qaysi sanada tug‘ilgansiz. Bu kunning xosiyatini bilasizmi? Hozir sizlarga tug‘ilgan kuningiz zamiridagi ayrim sirlarni voqif etamiz. ⏬ Tug'ilgan sanangizni tanlang👇 🕊 PSIXOLOG TESTI
Show all...
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
7️⃣
8️⃣
9️⃣
🔟
1️⃣1️⃣
1️⃣2️⃣
1️⃣3️⃣
1️⃣4️⃣
1️⃣5️⃣
1️⃣6️⃣
1️⃣7️⃣
1️⃣8️⃣
1️⃣9️⃣
2️⃣0️⃣
2️⃣1️⃣
2️⃣2️⃣
2️⃣3️⃣
2️⃣4️⃣
2️⃣5️⃣
2️⃣6️⃣
2️⃣7️⃣
2️⃣8️⃣
2️⃣9️⃣
3️⃣0️⃣
3️⃣1️⃣
👑 BARCHA PSIXOLOGIK TESTLAR
❗️Эй Роббимиз... Бизларга ўлмасдан олдин тавбани, Ўлим онида шаҳодатни, Оҳиратда Жаннатни, Жаннатда эса жамолингни насиб эт!!🤲 🕌ЖУМА МУБОРАК... 👉@Namanganshjanoza
Show all...
👍 4
Do’stim endi….! Qadirdonim senga maslahat, Hamma yomon ishlarni tashla. Tavba qilib kech bo’lmasidan, Do’stim endi nomozni boshla. Yuraverma qizlar ortidan, Hech tinchlik yo’q ular dastidan, Topay desang solixasidan, Do’stim endi nomozni boshla. Zino qilma o’zingga qaytar, Sabr qilsang baxt kulib boqar, Ishlaring ham yurishib ketar, Do’stim endi nomozni boshla. Yaxshiliklar qilishni o’rgan, Yaxshi niyyat qilishni o’rgan, Axir buni olloh buyurgan, Do’stim endi nomozni boshla. Ishon qalbing nurga to’ladi, Tashvish g’amlar yiroq ketadi, Ota onang xursand bo’ladi, Do’stim endi nomozni boshla. 10:30.19.03.2024 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor ✅𝘀𝗶𝘇 𝗶𝘇𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗽𝗼𝘇𝗶𝘁𝗶𝘃 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹✅ 🅩🅞🅡_🅢🅗🅔🅡🅛🅐🅡     ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Show all...
👍 1😢 1
🔥Келмасанг... Кутишлардан безиб қолдику кўнглим, Юракни куйдирар андуҳлар доғи... Сенсиз фироқларда не бўлса бўлдим, Келмасанг адолар бўламан чоғи... Дардимни сўзласам озорим ҳижрон, Соғинчлар сабримни синайди ҳамон, Яшаяпман лекин аҳволим ёмон, Келмасанг адолар бўламан чоғи... Ўзимни йўқотиб қўйгандек гўё, Телбадек юрибман ҳаёллар рўё, Кўзимга бешавқат кўринар дунё, Келмасанг адолар бўламан чоғи... Ҳеч кимни сенчалик узоқ кутмадим, Кутма деганларга қулоқ тутмадим, Тушунгин оз-мунча ғамлар ютмадим, Келмасанг адолар бўламан чоғи... Не-не ошиқларга сўзлаб исмингни, Тунлар таърифладим ойга жисмингни, Унутиб бўлмайди бирор қисмингни, Келмасанг адолар бўламан чоғи... Муҳаббат қалбинга ишқ солса нетар, Қийнамай ёнимга қайтгин-а етар, Келсанг ташвишларим йироқлаб кетар, Келмасанг адолар бўламан чоғи... 📝Муаллиф: Зоҳид Зиё... ✅𝘀𝗶𝘇 𝗶𝘇𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗽𝗼𝘇𝗶𝘁𝗶𝘃 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹✅ 🅩🅞🅡_🅢🅗🅔🅡🅛🅐🅡     ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Show all...
👍 1👏 1
🔥Бизни соғинганлар... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Ҳаёл эшикларин чертаверайлик... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Қалбларин ҳижронга элтаверайлик... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Висол кўчаларин изласин ҳар кун, Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Дардини самога сўзласин ҳар кун... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Ёнсин аламларда, ўзин унутиб... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Яшасин бир умр бизларни кутиб... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Қолсин армонларнинг қийноқларида... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Куйсин ишқ ўтининг фироқларида... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Биргина сўзимиз муштоқи бўлиб, Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Кўнглида қолайлик қийноқи бўлиб... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Ҳар кеча дилига бўлайлик меҳмон... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Дейишсин бу соғинч бунчалар ёмон... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Йетади дўстларим соғинганимиз... Бизни соғинганлар, шундай соғинсин, Фойдаси йўқ экан оғринганимиз.. Бизни соғинганлар, шундай соғинсин... 📝 Муаллиф: Зоҳид Зиё.... ✅𝘀𝗶𝘇 𝗶𝘇𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗽𝗼𝘇𝗶𝘁𝗶𝘃 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹✅ 🅩🅞🅡_🅢🅗🅔🅡🅛🅐🅡     ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Show all...
👍 2👏 1
Seni yo’qotdimu, o’zimni topdim! Dunyoni unitib qo’yibman bilsang, Ishq emas anduhga to’yibman bilsang, Tushlarni xushlarga yo’yibman bilsang, Seni yo’qotdimu, o’zimni topdim! Muhabbat degani o’zlikka havfmi? Sevgan ziyondayu, sevilish nafmi? Yoki telba bo’lib yashash sharafmi? Seni yo’qotdimu, o’zimni topdim! Qaradim qolmabdi so’zimda ohor, Qaradim qolmabdi yuzimda bahor, Xijronda so’lg’igan nigohim nochor! Seni yo’qotdimu, o’zimni topdim! Ishqparast, daliyu devona menman, Dunyoda dunyoga begona menman, Dardu xasratingga bahona menman, Seni yo’qotdimu, o’zimni topdim! Ne mukofot bo’ldi qurbonlig’imga, Kim tasanno aytdi sarsonlig’imga, Qaytmaslikni bitdim farmonlig’imga, Seni yo’qotdimu, o’zimni topdim! Kamola Abduvaliyeva she'ri ✅𝘀𝗶𝘇 𝗶𝘇𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗽𝗼𝘇𝗶𝘁𝗶𝘃 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹✅ 🅩🅞🅡_🅢🅗🅔🅡🅛🅐🅡     ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Show all...
👍 1
BORSIZ OPA... Yurak yonib kuyib ketsa Dilim yordim sizga opa. Shukur deyman taqdirimga Yaxshi ham siz borsiz opa. G'avg'olardan og'riydi bosh Ko'zlarimdan to'xtamas yosh. Men nodonman, ba'zan bebosh Yaxshi ham siz borsiz opa. Ba'zan to'yib dunyosidan Tashvishi ko'p g'avg'osidan. Kuysam kazo kazosidan Yaxshi ham siz borsiz opa. Uyim joyim ro'zg'or demay Ilinasiz menga yemay, Tashvishlardan qancha  kuymay Yaxshi ham siz borsiz opa. Yillar o'tar to'xtamas hech Bizni o'ylab tinmaysiz hech. Duo qilib ertayu kech Yaxshi ham siz borsiz opa. IRODAXON QOSIMOVA. 01.03.2024.  19:10. ✅𝘀𝗶𝘇 𝗶𝘇𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗽𝗼𝘇𝗶𝘁𝗶𝘃 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹✅ 🅩🅞🅡_🅢🅗🅔🅡🅛🅐🅡     ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Show all...
👍 4
ODAMLARGA KUNIM QOLMASIN ! Kunda yo'qlar ish bitgunchalik, Bitgach olmas salomga alik. Qilar xomsut emgan bandalik, Odamlarga kunim qolmasin. Ko'z ko'z uchun obru tergani, Kiborlanibko'ksin kergani. Minnat bo'lar ekan bergani, Odamlarga kunim qolmasin. Yaqinlar xam toshin otarkan, Foydam tegmay qolsa sotkan. Tikonlari jonga botarkan, Odamlarga kunim qolmasin. Yo'q bo'lganda beraolmagan, Bor bo'lganda ko'raolmagan. Yana g'iybat qilib tolmagan, Odamlarga kunim qolmasin. Do'st do'stiga qazir bo'ldi choq, Qanday zamon keldiiya eyvox. O'z o'zingdan qo'ymagin Alloh Odamlarga kunim qolmasin. ✅𝘀𝗶𝘇 𝗶𝘇𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗽𝗼𝘇𝗶𝘁𝗶𝘃 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹✅ 🅩🅞🅡_🅢🅗🅔🅡🅛🅐🅡     ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Show all...
BIR KUN UYDA ONAM BO'LMASA... Fayzi ketar katta hovlini, Bir duogo'y inson bo'lmasa. Kim ko'tarar otam ko'nglini, Bir kun uyda onam bo'lmasa. Mayus tortib qolar ko'zlar ham, Hech tatimas shirin so'zlar ham. Burishadi silliq yuzlar ham, Bir kun uyda onam bo'lmasa. Bir ovqat ham tayin bo'lmaydi, Hech ukamni ko'nli to'lmaydi. Qiz bola-da singlim yig'laydi, Bir kun uyda onam bo'lmasa. Kulib yurgan ko'zim kulmaydi, Hatto ishga qo'lim bormaydi. Hovlidagi gullar yig'laydi, Bir kun uyda onam bo'lmasa. ✅𝘀𝗶𝘇 𝗶𝘇𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗽𝗼𝘇𝗶𝘁𝗶𝘃 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹✅ 🅩🅞🅡_🅢🅗🅔🅡🅛🅐🅡     ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Show all...
👍 5👏 1
Yoshligimga qayta olmayman.. Ko'nglimdan keng dardim bor biroq, Xech kimsaga aytaolmayman. Yiragimni yoqar bir firoq, Yoshligimga qayta olmayman. Sog'inchlari kuydirar manim, Go'zal sevgim, go'zal sevganim. Armonlari baxtimga g'anim, Yoshligimga qayta olmayman. Uzoqlashib bormoqda ora, Begonamiz endi tobora. Topilmaydi ex biror chora, Yoshligimga qayta olmayman. Varrak bo'lib ko'kda yelardim, Loylar mijib, qumlar elardim. Dadamni bir quchib olardim, Yoshligimga qayta olmayman. ✅𝘀𝗶𝘇 𝗶𝘇𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗽𝗼𝘇𝗶𝘁𝗶𝘃 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹✅ 🅩🅞🅡_🅢🅗🅔🅡🅛🅐🅡     ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Show all...
👍 3