cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yangibozor.uz | Rasmiy|

Янгибозор туман ҳокимлигининг расмий саҳифаси Facebook: http://www.fb.com/YangibozorAxborotXizmati Instagram: http://www.instagram.com/yangibozor_axborot_xizmati Мурожаат учун: @TumanHokimligiMurojaatbot

Show more
Advertising posts
2 708Subscribers
No data24 hours
+277 days
+5130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va bandligini ta'minlash chora-tadbirlari #19apr #uzbekiston24 Yangibozor tumani mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Show all...
TOMORQADA EKSPORTBOP VA SERDAROMAD MAHSULOT YETISHTIRISH 19.04.2024✅ Yangibozor tumani 📲@XorazmTELEKANAL✔️ Telegram kanalga ulanish⤵️ https://t.me/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
Show all...
⚡️Yoqilgʻi-energetika sohasidagi islohotlar yuzasidan hukumat qarori qabul qilindi 2024-yil 16-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, yoqilgʻi-energetika resurslarining 2024-2025-yillarda bosqichma-bosqich oʻzgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1-may sanasidan eʼtiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi. Hukumat qaroriga koʻra, aholi uchun: ➡️Elektr energiyasining kVt.soati 295 soʻmdan 450 soʻmga; ➡️Gazning kubi 380 soʻmdan 650 soʻmgacha oshiriladi. Ijtimoiy norma elektr energiyasi uchun 200 kvt.soatni, gaz uchun yozgi mavsumda 100 kub, qishki mavsumda 500 kub miqdorida belgilanadi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
Сўнгги йилларда мамлакатимизда деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгаларига ажратилган майдонлардан самарали фойдаланиш, уларнинг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш, қишлоқ аҳолисининг бандлиги ва турмуш даражасини ошириш бўйича тизимли ишлар амалга оширилмоқда. Деҳқон хўжаликлари ва аҳоли томорқа ерларидан самарали фойдаланишни ташкил этиш, томорқаларни шудгорлаш, экин экишга кўмаклашиш, кафолатланган кўчатлар, маҳаллий ва минерал ўғитлар етказиб бериш, ихчам иссиқхоналар қуриш, етиштирилаётган маҳсулотларни қабул қилиб қайта ишлаш, ички бозорларга етказиб бериш ҳамда экспорт қилишда аҳолининг ҳақиқий кўмакчисига айланмоқда. Куни кеча тумандаги “Универсал таъминот томорқа” МЧЖ да ўтказилган ўқув-семинар ҳам шу хусусида бўлди. Унда сенаторлар Б.Тожиев, Ф.Садуллаева, томорқа ер эгалари ва соҳа вакиллари иштирок қилди. Янгибозор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати
Show all...
Ёшларни оилавий ҳаётга тайёрлаш марказида навбатдаги ўқувлар ташкил қилинди. Семинарда Оила ва хотин қизлар бўлими бошлиғи Феруза Рўзметова, психологлар, шифокорлар иштирок қилди. Ёш оила қурувчиларга "Оилавий турмуш психологияси ва ота оналик кўникмалари" ,"Маърифий ва маънавий-қадриятлар", "Замонавий оилаларда миллий қадриятларнинг ўрни"," "Оилавий-ҳуқуқий муносабатлар" каби мавзуларда тушунтиришлар берилди. Бу каби тадбирлар давом қилади. Янгибозор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати @yangibozor_hokimligi
Show all...
Matonatli yoshlar mahorati “Besh tashabbus paralimpiadasi”da o‘z aksini topdi Yangibozor tumanidagi "Yoshlar markazi"da «Besh tashabbus paralimpiadasi»ning para sport musobaqalari doirasida Para-yengil atletika, Para-stol tennisi, Para-shaxmat va shashka aravachada stol tennis sport turlari bo‘yicha tuman bosqichi musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur musobaqada 65 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirok etishdi. Gʻolib va sovrindorlar qimmatbaho sovg'alar hamda diplom bilan taqdirlandi. @yangibozor_hokimligi
Show all...
🎧  "Respublika yoshlar ovozi" tanlovi 📍 Tanlovning Xorazm viloyati Yangibozor tuman bosqichi haqida 🎉 Yangibozordan Bo‘zatovgacha iqtidorlilarni kashf etdik, ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin! #my5tv #yoshlarovozi #tuman #saralashbosqichi
Show all...
🐝Asalari – yetti xazinaning biri Yangibozor tumani Hayvat mahallasidagi Og‘abek Rajabov “Yoshlar daftari”ga kirib, imtiyozli kredit asosida asalarichilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Dastlabki bosqichda 30 ta asalari oilasidan boshlagan yosh tadbirkorimiz bugungi kunda 300 ta asalari oilasidan, yiliga 4-5 tonna tabiiy asal mahsulotini yig‘ib olmoqda. Bugungi kunda Og‘abek o‘zi bilan birga 9 nafar tengqurlarining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishga ko‘maklashgan.
📺Batafsil videoda tomosha qiling! #yoshlardaftari 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Show all...
Паҳлавон Маҳмуд маҳалласида ҳар бир хонадонда иссиқхона, балиқчилик, асаларичилик, паррандачилик, қўзиқорин етиштириш каби фаолият турлари ташкил қилиниб, оилалар учун қўшимча даромад манбаи яратилган. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг Аграр, сув хўжалиги масалалари қўмитаси раиси, сенатор Б.Тожиев, сенатор Фароғат Саъдуллаева, вилоят оила ва хотин қизлар бошқармаси раҳбари Нигора Қутлимуродовалар маҳаллада бўлиб, хонадонларда томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда қўшимча фаолият турларини йўлга қўйиш орқали юқори даромад олиш бўйича амалга оширилаётган ишлар билан танишди. Маҳалла еттилиги билан суҳбатлашиб, маҳаллада хотин-қизларнинг иқтисодий фаоллигини ошириш, иш бандлигини таъминлаш, тадбиркорликга йўналтириш каби қатор масалалар бўйича тушунтиришлар берилди. Янгибозор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати @yangibozor_hokimligi
Show all...
⚡️Xiva Yangiariq Shovot Bog'ot Yangibozor Urganch tumanlari va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar bо‘lishi mumkin.
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning 🔸Xiva tumanining Gandimyon, Polasulton, Parisa, Qottibosh mahallalarida 🔸Yangiariq tumanining Tagan, Kushanda, Sevgan, Qillavit mahallalarida 🔸Shovot tumanining Idali qal'a, Komiljon Otaniyazov, Qatqal'a, Botirlar, Arbob, Qunduz, Tuproqal'a, Yangi turmush, Oydin, Oydin qal'a, Taraqqiyot, Oqko'l, Ostona, Qumyop, Buyrachi, Royat, Mevazor, Navro'z mahallalarida. 🔸Bog'ot tumanining Bog'zor, Navbahor, O'zbekiston, Oq tepa, Qalajiq qal'a, Navro'z, Hurriyat, Beruniy, Gulshan, Nurli maskan, Obod mahallalarida, Yangi qadam, Oltinqum shaharchasida 🔸Yangibozor tumanining Bo'ston, Navbryop, Qoratepa mahallalarida 🔸Urganch tumanining Orzu, Hidoyat, Qumravot, Baxshilar, Hilol, Gulobod mahallalarida. 🔸Urganch shahrining Islomobod Bobur, Bo'ston mahallalarida Joriy yilning 18 aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr sо‘raymiz. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Show all...