cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

SIRDARYO YANGILIKLARI 🌍

Advertising posts
1 964Subscribers
-2024 hours
-2057 days
-31630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#TЕЗКОР #ТАРҚАТИНГ #РАСМАН ⚡️⚡️⚡️Кўпчилик агар 300 кВт "свет" ишлатсам ҳаммасини 900 сўм тарифи билан тўлашим керак бўлади деб ўйлашни бошлади. Ундай эмас. Дейлик сиз ойига 250 кВт ток истемол қилдингиз, сиз ҳар бир кВт учун 900 сўм, яъни 225 минг сўм тўламайсиз. Бу вазиятда 200 кВт 450 сўмдан, қолган 50 кВт 900 сўмдан ҳисобланади, яъни 135 минг сўм бўлади. Бу хабарни нотўғри тушуниб, свет нархи жуда кўтарилиб кетаркан деб юрганларга юборинг
Show all...
💚⚡️Yashil energiyaga o’tish davlatdan ham, fuqarolardan ham tashabbuskorlikni talab qiladi Umid qilamanki, yaqin kelajakda biz unga erishamiz — 💚⚡️Переход на зеленую энергетику требует инициативы от государства, так же от граждан Я надеюсь, что мы добьемся этого в ближайшем будущем
Show all...
🇨🇳🇮🇳 Ҳиндистон аҳоли сони бўйича дунёда биринчи ўринда туради, ҳозирда у 1,442 миллиард кишини ташкил этади. Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Аҳолишунослик жамғармаси (UNFPA) ўз ҳисоботида айтилишича, Хитой 1,425 миллиард аҳоли билан иккинчи ўринда. Видеода дунёдаги аҳолиси энг кўп топ 10 та давлат келтирилган.
Show all...
Сирдарё туманидаги “Сирдарё” чегара божхона постида кўргазмали махсус-тактик ўқув машғулоти ўтказилди Сирдарё вилояти божхона бошқармаси тасарруфидаги “Сирдарё” чегара божхона пости орқали контрабанда йўли билан кириб келган ионлаштирувчи нурланиш манбалари аниқланганда фавқулодда вазиятлар Давлат қуйи тизимининг (ФВДқТ) хизматлари ҳамда ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралар ҳамкорлигида кўргазмали махсус-тактик ўқув машғулоти ўтказилди. Махсус-тактик ўқув машғулотида божхона, чегара, вилоят ФВБ, ИИБ, МГ ва ССБ, СЭО ва ЖСБ хизматлари ҳамда махсус техникалар жалб қилинди. Ўқув машқида божхона постида аниқланган санкцияланмаган ионлаштирувчи нурланиш манбалари ёхуд уларнинг контрабандаси билан боғлиқ фавқулодда вазиятларда ҳаракатларни мувофиқлаштириш ва ходимлар ҳамда фуқароларнинг хавфсизлигини таъминлашга алоҳида эътибор қаратилди. Тадбир якунида назарий ва амалий машғулотлар бўйича фикр-мулоҳазалар билдирилиб, келгусидаги вазифалар белгилаб олинди.
Show all...
📣E'lon 📷Press_tur 🎙Joriy yilning 19-aprel kuni soat 10:00 da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali ma'muriy binosida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga bag'ishlab press tur o'tkaziladi. Press turda barcha hohlovchi jurnalist va blogerlar ishtirok etishi mumkin. Manzil: Guliston shahar I.Karimov kо‘chasi 64 uy "HET" AJ Sirdaryo hududiy filiali binosi Facebook   Telegram   YouTube  Instagram
Show all...
Siz davlatga elektr toki sotishingiz mumkin! 2023-yil 1-apreldan boshlab davlat uyiga quyosh panel oʻrnatgan odamlarga iste’moldan tashqaridagi har bir kilovatt uchun 1000 soʻmdan toʻlashni boshlagan. Quyoshdan olgan energiyangiz uchun toʻlamaysiz ortib qolganini esa davlat sizdan sotib oladi. Hammasi avtomatik hisoblangan holda boʻladi va pul ham har oyning 25-sanasigacha Soliq ilovasi orqali sizga tashlab beriladi. Bu haqida bilarmidingiz?
Show all...
DIQQAT E’LON ❗️❗️❗️
Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markaziga 2024-yil 1 maydan 10 may kunlari orolig‘ida quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:
Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi katta o‘qituvchisi – 1 nafar; Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchi (uslubchi o‘qituvchi) – 3 nafar. ✅Katta o‘qituvchi uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga (magistr, diplomli mutaxassis) ega, shuningdek, ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, falsafa doktori ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan va bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin. ✅O‘qituvchi (uslubchi o‘qituvchi) lavozimi uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga (magistr, diplomli mutaxassis) ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin. 📝Talab etiladigan hujjatlar: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza, kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqasi, diplom nushalari, ilmiy ishlar, ixtirolar tegishli diplomlar va attestatlar nusxalari (mavjud bo‘lsa) va ilmiy ishlar ro‘yxati. 📌Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar ilovalari bilan 2024-yil 25-aprelga qadar qabul qilinadi. Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston shahar Birlashgan ko‘chasi 109-uy. 📞Murojaat uchun telefon raqamlar: 67 343 55 39, 67 343 55 33. Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Show all...
“Сохта МИБ” хабарларига ишонманг! (+видео) Шу кунларда ижтимоий тармоқларда МИБ томонидан фуқароларнинг қарзи борлиги ва уни Telegram тармоғи орқали осонгина тўлаш мумкинлиги ҳақидаги фейк хабарлар кўплаб фойдаланувчиларга юборилмоқда.
Show all...
#Toza_havo 🚙💨Sirdaryoda "Toza havo" tadbirlari davom etmoqda Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda koʻchma ekologik postlar tashkil etilib, barcha turdagi avtotransport vositalar texnik koʻrikdan oʻtkazilib, ulardan chiquvchi zararli gaz va tutun miqdorlarini oʻlchash ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 17-aprel kuni  Boyovut tumani "Beruniy" mahallasida Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari, IIB hamda YHXB xodimlari bilan hamkorlikda atmosfera havosiga belgilangan meʼyor darajasidan yuqori zararli tashlama tashlovchi transport vositalarini aniqlash hamda haydovchilarga uning oqibatlarini tushuntirish, transport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlar miqdorini meʼyor darajasiga keltirib, atmosfera havosiga chiqariladigan zararli taʼsirlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi. Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Web-site | Telegram | Face book | You tube
Show all...
Сирдарёда давлатга нақд 34,3 млрд. сўм зарар етказган майнинг ферма аниқланди Чорвачиликка ихтисослашган МЧЖ биносида ташкил этилган майнинг ферма 2022 йил апрелдан бери фаолият юритиб келган. Шу даврда Боёвут, Сардоба, Оқолтин ва Гулистон туманлари аҳолисига бир ойга етадиган электр сарфланган. Ҳозирда МЧЖ мансабдорларига нисбатан Жиноят кодексининг 169-моддаси 4-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилган.
Show all...