Assalomu alaykum azizlar 😊
Bugungi ayyom - Navro'zi olam barchalarizga muborak bo'lsin!
Ushbu Yangi yil Sizlarga yangi quvonch, yangi maqsadlar va yangi muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Ruxsatingiz bilan, Sizlarga bir ajoyib yangiligimiz bor edi. Ushbu Yangi yilni -
Yangi loyiha bilan boshlashga qaror qildik:
Iqtidorli talabalarni va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning kelgusidagi orzu-maqsadlariga yetishish yo'lida yaqindan yordam berish maqsadida
"STIPENDIAT" klubini tashkil etdik
Ushbu klub o'z oldiga bir qator maqsad-vazifalarni qo'ygan. Quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Sizlardan birgina
iltimosimiz bor - ushbu maqsad va vazifalarni batafsil o'qib chiqib, o'z fikr-mulohazalaringizni qoldirsangiz hamda Siz kabi o'z kelajagiga befarq bo'lmagan tengdoshlarimizni ham ushbu yangilik haqida xabardor qilsangiz, degandik 🙏
Zero, mazkur xabar qanchalik ko'p kishiga yetib borsa, shunchalik ko'p fikr-mulohazalar bildiriladi. Bu esa oldimizga qo'ygan rejalarimizning puxta bo'lishida yaqindan yordam beradi 😊
BATAFSIL MA'LUMOT
Yana bir bor Navro'z ayyomi qutlug' bo'lsin!
@terdu_stipendiatlariShow more ...