cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

FARG'ONA VILOYAT QISHLOQ XO'JALIGI BOSHQARMASI RASMIY KANALI

Farg'ona viloyat Qishloq xo'jaligi boshqarmasi rasmiy telegram kanali Facebook - https://www.facebook.com/ Web Sayt - http://ferganaagro.uz/ Administratorga murojaat: @boshqarma ☎️ 73-244-60-60

Show more
Advertising posts
271Subscribers
-124 hours
-27 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Chufa o‘simligi 🌱Chufa yoki yer bodomi – hiloldoshlar oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 50–100 sm keladigan, ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik hisoblanadi. Kam gullaydi, gullari mayda va ikki jinsli bo‘ladi. Ildizpoyalarining uchi tugunaksimon, yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. 🌎 Chufa yovvoyi holda Yevropaning janubiy qismidagi sersuv va qumloq yerlarda, Kichik Osiyo va Shimoliy Afrikada, Yevropaning janubida, Afrikaning shimol va janubida, Janubiy Amerikada uchraydi.
Ochiq havoda quritilgan chufa tugunagida 17–27% gacha moy, 12–28% gacha shakar, 20–25% gacha kraxmal bo‘ladi. Uning tugunagidan olingan yog‘ asosan ovqat qilishda, qolaversa, parfyumeriya, tibbiyot va texnika maqsadlarida ham ishlatiladi.
✅ Shuningdek, chufa tugunagidan kraxmal tayyorlashda, qand, spirt va boshqa konditer mahsulotlari olishda foydalaniladi. Barglaridan qog‘oz va arqonlar qilinadi. 1 gektaridan 2-4 tonna quritilmagan tugunak hosili beradi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
Sholi dalalarida baliq yetishtirish foydalari 🌾 Baliq yetishtirishning sholi dalalariga integratsiyalashuvi qishloq xo‘jaligi va akvakultura mahsuldorligini oshirishi mumkin bo‘lgan ko‘plab afzalliklarni beradi va bu ikki amaliyot o‘rtasidagi simbiotik aloqani ta’minlaydi. Bu usul nafaqat resurslardan foydalanishni optimallashtiradi, balki iqtisodiy farovonlik, ekologik barqarorlik va ijtimoiy rivojlanishga ham hissa qo‘shadi. 📈 Iqtisodiy manfaatlar ayniqsa muhim bo‘lib, sholi dalalarida baliq yetishtirish baliqqa bo‘lgan yuqori talabni qondiradigan akvakultura kabi yashash uchun yangi alternativalarni taklif qiladi. Bu baliqni baliq krakerlari kabi yuqori qiymatli mahsulotlarga qayta ishlashni osonlashtirish orqali jamoalarning iqtisodiy holatini yaxshilashi mumkin va shu bilan ishlab chiqaruvchilarga ham, mahalliy bozorlarga ham qiymatni oshirish orqali foyda keltiradi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
Farg‘ona: qishloq xo‘jaligi sohasini innovatsion rivojlantirish muhim masala 🟢Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalar butun dunyoni tashvishga solayotgan jarayondir. Global isish, iqlim o‘zgarishlari, yildan yilga kuchayayotgan qurg‘oqchilikning ta’siri ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarda, ayniqsa, ko‘zga tashlanyapti. Mamlakatimiz esa iqlim o‘zgarishi ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. ✅Binobarin, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan o‘quv seminarida ham global iqlim sharoitida dehqonchilikni rivojlantirish, suv tejovchi resurslardan foydalanish va hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Unda, vazirligi mas’ullari, sohasi mutasaddilari hamda viloyat fermer va dehqon xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi. 💧Seminarda yer yuzida iqlim o‘zgarishi keng tarqalayotgan global muammolardan biri bo‘lib, buning natijasida yana bir qancha muammolar, jumladan, oziq-ovqat inqirozi vujudga kelayotgani va uni oldini olish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
Президент вилоятдаги имкониятларни ишга солиш бўйича вазифаларни белгилаб берди. Сайхунобод тажрибаси асосида маҳаллаларда жами 4 мингта хонадонни танлаб олиб, уларнинг даромадини ошириш чоралари кўрилади. Кейинги босқичда яна 4 мингтасига молиявий, техник, маслаҳат ва бошқа кўринишдаги амалий ёрдам берилади. Шу тартибда, 35 минг хонадонга гулчилик, иссиқхона, балиқчилик, асаларичилик, чорвачилик, узумчилик, қулупнай, картошка етиштиришга кўмаклашилади. Бунга етарли миқдорда кредит ажратиш режалаштирилган. Facebook|Instagram|X
Show all...
Шу билан бирга, Наманганда мавжуд салоҳият тўлиқ ишга солинмаётгани учун масъул комплекслар ва вилоятдаги раҳбарлар танқид қилинди. Вилоят экспортини 86 фоизи тўқимачилик ва мева-сабзавотчилик ҳиссасига тўғри келади. Мингбулоқ ва Косонсойда бир гектардан олинадиган даромад вилоят кўрсаткичидан 2 баробар кам. Аҳолига берилган 16 минг гектардан 3,5 минг гектари бўш ётибди. Поп, Чортоқ, Норин ва Янгиқўрғонда саноатлашиш даражаси паст. Масъуллар ҳар бир корхона, тадбиркор ва хонадон билан яқиндан ишлаши зарурлиги кўрсатиб ўтилди. Сайхунобод мисолида Уйчи туманидаги 56 та маҳаллада ишсизлик ва камбағалликдан холи ҳудудга айлантириш, томорқадан 60-70 миллион сўм даромад олиш бўйича намуна яратиш топширилди. Facebook|Instagram|X
Show all...
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Наманган вилоятининг имкониятларини ишга солиш масалаларига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтмоқда. Давлатимиз раҳбари сўзининг аввалида Наманган мамлакатимизнинг энг баракали, серсув ва серҳосил ҳудудларидан бири, меҳнаткаш ва саховатпеша, ғурури баланд, тадбиркорликда энг илғор инсонлар юрти эканини таъкидлади. Уларнинг меҳнати ва фидойилиги билан Наманганда ҳаёт ўзгармоқда. Ўтган 7 йилда вилоят иқтисодиёти 2 баробар, экспорт 3 карра ўсиб, жон бошига даромад 15,5 миллион сўмга етди. 65 триллион сўм инвестиция ҳисобига 600 минг иш ўрни яратилди. Facebook|Instagram|X
Show all...
Uzumchilikda mashhur xo‘jandliklar endi ko‘chatchilikda ham ilg‘or 🟡Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Xo‘jand” mahallasida yashovchi aholining qariyb 70 foizi (625 ta xonadonning 430 tasi) uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Uzum yetishtirishda o‘ziga xos tajriba maktabi yarata olgan mahalla aholisi mana ikki yildirki ko‘chatchilikda ham ilg‘orlik qilishmoqda. 🔵45 gektar yer maydonining 17 gektar qismida turli xil meva (o‘rik, gilos, shaftoli, hurmo, uzum) ko‘chatlari yetishtirilmoqda. ➡️Jumladan, Baxtiyor Haydarov qariyb 1 gektar yerda o‘n nafar hamqishloqlarining bandligini ta’minlagan holda turli serhosil, ertapishar, eksportbop mevali ko‘chatlarni yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Daromad ham shunga yarasha. Mavsumning o‘zida 150 million so‘m daromad topdi. ⏳Komiljon Yusupov oilasi ham o‘z yerida 3 ming dona tok ko‘chatlarini yetishtirmoqda. Hozirgi kunga qadar nafaqat viloyat aholisini balki, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlariga ham sotib yaxshigina mablag‘ga ega bo‘ldi. ✅Hokim yordamchisi Faxriddin Kamolovning aytishicha, ko‘chatchilikda 10 sotixdan bemalol 70-80 million so‘m daromad olish mumkin. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
👍 1
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi viloyatlar 📊Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulotlarining umumiy hajmi 426,3 trln so‘mni tashkil etgan. ℹ️2023-yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qildi? – Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan – 926,7 ming tonna; – Andijonda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan – 1 772,6 ming tonna; – Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan – 726,3 ming tonna; – Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan – 337,3 ming tonna; – Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan – 696,8 ming tonna; – Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan – 639,2 ming tonna; – Samarqand viloyatida eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan – 326,2 ming tonna; – Samarqandda eng ko‘p sut olingan – 1 403,5 ming tonna; – Toshkent viloyatida eng ko‘p tuxum olingan – 1 509,7 million dona; – Xorazmda eng ko‘p baliq ovlangan – 30,9 ming tonna; 🐄2024-yil 1-yanvar holatiga chorva mollari bosh sonining ko‘pligi bo‘yicha qaysi hudud yetakchilik qilgan: – Samarqandda eng ko‘p yirik shoxli qoramol bor – 1 734,1 ming bosh; – Qashqadaryoda eng ko‘p qo‘y va echkilar bor – 5 027,4 ming bosh; – Toshkent viloyatida eng ko‘p otlar bor – 56 494 bosh. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
Боғдорчилик ва иссиқхона хўжалигини ривожлантириш агентлиги томонидан мевали экинлар ва узум етиштириладиган ҳамда саноатбоп усулда етиштириладиган техник навли узум плантацияси учун жорий этилган сув тежайдиган суғориш технологияларига сарфланган харажатлар бир қисмини қоплаш учун берилади. Сув тежайдиган суғориш технологиясини жорий қилиб субсидия олган қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқарувчилари ушбу технологиядан фойдаланилмаган тақдирда, субсидияларни қуйидаги шартларда ва миқдорда субсидия берган вазирлик ва идорага белгиланган тартибда қайтаради: иккинчи йил фойдаланмаса субсидиянинг 80 фоизи; тўртинчи йил фойдаланмаса субсидиянинг 40 фоизи; бешинчи йил фойдаланмаса субсидиянинг 20 фоиз қисмини. Қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқарувчилари ушбу технологиядан 5 йил давомида тўлиқ фойдаланса, унда берилган субсидия тўлиқ қолдирилади. Тўлиқ маълумотлар ва субсидия олиш учун онлайн ариза бериш agrosubsidiya.uz сайти орқали амалга оширилади.
Show all...
СУВ ТЕЖОВЧИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ЖОРИЙ ЭТИШГА СУБСИДИЯЛАР ҚАНДАЙ АЖРАТИЛАДИ? Вазирлар Маҳкамаси қарори билан Қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқарувчиларининг сув тежайдиган технологияларни жорий этиш бўйича харажатлари бир қисмини қоплаш ва берилган субсидияни қайтариш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланганди. Низомга мувофиқ, сув тежайдиган суғориш технологиясини жорий этиш учун субсидиялар давлат бюджетидан ҳар бир контурга фақат бир марта ажратилади. Субсидиялар: Сув хўжалиги вазирлиги томонидан – пахта хомашёси етиштиришда томчилатиб суғориш технологиясини жорий этиш бўйича харажатлар бир қисмини қоплаш учун;
Show all...
Sign in and get access to detailed information

We will reveal these treasures to you after authorization. We promise, it's fast!