cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Respublika Iqtidorli talaba yoshlar klubi | Farg'ona viloyati kengashi

🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 "Respublika Iqtidorli Talaba yoshlar klubi" Fargʻona viloyati kengashining rasmiy sahifasi!! Iqtidorli Yoshlarni qoʻllab-quvvatlovchi maydon!!

Show more
Advertising posts
231Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from GENERALISSIMUS
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев мамлакат Парламентига ва халқига ҳар йили йўллайдиган аньанавий мурожаатини бу йил йўлламади. Сабаби номаьлум. Лекин, 2024 йил номи кечки Янги йил табригида эьлон қилиниши кутилмоқда. @generalissimus_uzb
Show all...
ODAMIYLIK OLAMI Ko‘zlarimning ko‘chasida yomg‘irlar yog‘ar, Yuzlarimni yuvib oqar ko‘nglimdagi sel. Osmonimni bosib olgan bulutlar sahar Salomini yog‘dirmoqda chopayotgan yel. Nondek aziz odamiylik to‘lsa uyimga, Jondek laziz hayotimga baxsh etsa mazmun. So‘zlarim ham do‘st tutinsa chalgan kuyimga, Muhabbatga oshno qalblar bo‘lardi maftun. Lolalardek bag‘rim yonar, xayollar bebosh, Qizg‘aldoqdek cho‘g‘ lablardan kuygan yuragim. Qoyalardek hech muzini yechmaydi bu bosh. Kuygan bag‘rim sovutmaydi oppoq falagim. Ergashadi nur yog‘ilsa ko‘kdan soyalar, Yomg‘ir yog‘ib yam-yashil tus olgandek zamin. Bog‘lardagi nihollardek gullar g‘oyalar, His qilasan qahratonda bahorning ta’min. Go‘yo totli mevalardek Jannat isini, Har tug‘ilgan go‘daklarda tuyasan to‘yib. Xazonlardek uchirmoqda yolg‘on izini, Shamol kezar odamiylik olamin suyib. Hamid IKROM Qo‘qon universiteti talabasi
Show all...
👍 1
VATAN QADRI Tuproqman tulporlar tuyog‘ida xor, Tulporman ustimda o‘ynar chavandoz. Cho‘qqiman abadiy gerdaygan viqor, Cho‘ldaman chanqagan chalajon sarboz. Bulutlar ustimda suzar va qular Osmonning ostida omonat kasman. Sarg‘aygan tanamni bearmon yular Shamollarga mag‘lub bechora xasman. Ummonlar tubida sirli xazina Izlab yuragingga sho‘ng‘igan g‘avvos. Sendan nedir izlab topdi birgina Zarrang bu dunyoda ekan beqiyos. Balki quyoshlarga bir kun yetarman, Balki ko‘z yoshlarim Orolga qondir. Balki seni tashlab butkul ketarman, Balki ruhsiz tanam keraksiz jondir. Aslo asl qadring qurimas daryo, Ming bitta shoiring bitsa ham doston. Otamning iziga arzimas dunyo, Onamning qalbidek yaralgan makon. Hamid IKROM Qo‘qon universiteti talabasi
Show all...
1
TONG NURI Yorug‘lik naqadar oppoq farishta, Tongning manglayiga yozilgan oftob. Sendan ilhom olar har kim har ishda, Yozgancha umrini yangi bir kitob. Bola ko‘zlaridek ochilar quvnoq, Shirin tillaridek so‘zlar tabiat. Qahrli qish qissasin so‘ndirar qaynoq Sening mehr nuring tushgan haqiqat. Olamni uyg‘otar tong chog‘i azon, Go‘yo boshlagaydir oliy ziyoga. Har kunga eng ulug‘ ibtido mezon, Intixo bo‘lasan tungi ro‘yoga. Qushlarga qanotsan, bayotsan, ey tong, Tushlarni suvlarga oqizgan malak. Totli nafasingdan ulg‘ayadi ong, Qayta tug‘ilmoqqa o‘zingsan maslak. Hamid IKROM Qo‘qon universiteti talabasi
Show all...
1
Repost from N/a
#UzMTDP_Fargona #Deputat_ayollar_klubi #Ayollar_qanoti OLAM UZRA MANGU YANGRA,                             MADHIYAM Gʻurur taronasi, g‘urur navosi, Saodat sadosi, umrim ma’nosi, Tiriklik nash’asi, tinchlik ma’vosi, Olam uzra mangu yangra, madhiyam! Oltin vodiylarning viqori senda, Jannat diyorimning ifori senda, Istiqlol mash’alin tumori senda, Olam uzra mangu yangra, madhiyam! Hur o‘lka tanida urguvchi jonsan, Sen mangu sharafsan, sen mangu shonsan, Sen Vatan surati – O‘zbekistonsan, Olam uzra mangu yangra, madhiyam! Yurt sha’ni porlagan onida borsan, Sen – shuhrat, sen – sharaf, g‘urursan, orsan, Ulug‘ xalq osuda umriga yorsan, Olam uzra mangu yangra, madhiyam! “Xalqsevar ona yurt” zabonida – sen, Buyuk kelajakning zamonida – sen, Mustaqil yurt omon-omonida – sen, Olam uzra mangu yangra, madhiyam! ✍Shahnoza RAYIMOVA, OMQP huzuridagi "Yoshlar parlamenti" a'zosu, "XXI asr ayoli" tanlovining Respublika bosqichi g`olibi
Show all...
👍 2 1
OZOD YURT QO‘SHIG‘I Hurlikni kuylaydi quyoshga qadar, Bolasin ko‘nglidek tuyg‘ulari pok. Yozilmish bu elning baxti muxtasar, Dunyoni lol qilib yam-yashil idrok. Sahro, vodiylarga baxsh etgancha jon, Ona xalq ruhiga bo‘ladi qanot. Asrlar orzusi o‘shalgan zamon, Bu yurtda boshlanar yangi bir hayot. O‘zbekiston, deya atalmish Vatan Tuprog‘idan o‘chmas ne zotlar izi. Iymoni islomda bitta jon va tan, Vijdoni buloqdek, rayhondek isi. Shoiri – o‘zbekning asl farzandi, Qildi Vataniga umrini fido. She’rlari yuz minglab jonga payvandi, Boqiy yashayverar undagi nido. Ulug‘ xalq niyati – omonlik, tinchlik, Chamanzor, mevazor bog‘lar oshig‘i. Olamga, odamga tilab ezgulik, To abad ozodlik yangrar qo‘shig‘i. Hamid IKROM Qo‘qon universiteti talabasi
Show all...
1
Kanalni qanday nomlasak bo'ladi?
Show all...
Assalomu alaykum azizlar Kuzatuvchilar Kanal nomini va faoliyatimizni boshqa soha boʻyicha davom ettiramiz.. Kanalda faol bo'ling.!! Chunki bu sizni ruhiy holatingiz bilan bogʻliq soha,albatta!! Shunday ekan kanalni Psixologiya boʻyicha davom ettiramiz 😁😊..
Show all...
ADOLAT QOMUSI Adolat qomusi – Vatan nomusi, Jamiyat va davlat mezoni tenglik! Unda aks etgandir hayot ko‘zgusi, Millat-elatlarga berilgan kenglik! Temurning shiori emasdi bejiz, – Kuch, qudrat manbai adolat bilan. Ulug‘lar hikmati bo‘lmagan beiz, Qayda adolat bor, yuksalgan Vatan! Uning har bobida inson manfaati, Har qadamda bordir tartib, qoida. Ezgulikni istar xalqim da’vati – To‘g‘ri so‘z, halollik beradi foyda. Alloh ham jamiki bandalariga, Baxtga eltar yo‘lni ko‘rsatdi takror. Xushxabar keltirgan mujdalarida, Iymonli kishilar bo‘ldilar tojdor! Haqiqatga oshno odamlar yurtin, Itoatda doim qonunlariga. Vatan ham bir jannat, aylamoq burchin Joizdir suyanib ustunlariga. Unda abadiyat qonunlari bor, Baxtga chorlagaydir saodat yo‘li. Nurida adolat uchqunlari bor, Doim baland tursin haqiqat qo‘li! Hamid IKROM Hamidjon Ikromjon o‘g‘li Pozilov Qo‘qon Universiteti talabasi.
Show all...
👍 1
BIRINCHI DEKABR Hijron onlarining oltin sepini, Qoldirib oqqushdek qiladi parvoz. O‘rtangan ko‘ngilning tortib ipini, Orzular uzilar sarg‘ayib biroz. Endi oppoq bo‘lar tonglar tutuni, Endi osmonlarda oqmaydi dengiz. Marmardek yaltirar dunyo ustuni, Sovuqdan qaltirar ilinjim yolg‘iz. Go‘yo yeldek o‘tdi hayotim bir zum, Yaproq yo‘llarimga to‘kilgun qadar. Yuragimda yashar muhabbat manzum , Bitilmish qordayin oppoq naqadar. Kunning ham yuzida so‘nib qolgan nur, Tunning nam izida ezilgan gardlar. Bir do‘st izlayotir qalbimda huzur, Sovuqning qahriga uchragan dardlar. Qushlar qishlagani keldi yonimga, Tushlar bahorini kutadi intiq. Ayriliq tutadi bu kun jonimga, Hijron azobini sevgimdan ortiq. Shirin orzularning saroblari ko‘p, Visol onlariga yetmaydi sabr. Sovuq qotmasin deb, oftoblarni o‘p, Toki mehr ila quchsin dekabr. Hamid IKROM Qo‘qon universiteti talabasi
Show all...
👍 1
Sign in and get access to detailed information

We will reveal these treasures to you after authorization. We promise, it's fast!