cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Malaka oshirish instituti Samarqand filiali

Show more
Uzbekistan36 501The language is not specifiedEducation83 780
Advertising posts
702Subscribers
-124 hours
-77 days
-230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Samarqand filiali tinglovchilari uchun Qarshi shahrida amaliy dars tashkil qilindi. Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 24-aprel kuni Samarqand filiali katta o‘qituvchisi R.Sohibnazarov tomonidan Qarshi shahridagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Yengil atletika sport turlarini o‘qitish uslubiyati” moduli 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil qilindi.
Show all...
👍 1
Samarqand filialida seminar bo‘lib o‘tdi. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 2024-yil 24-aprel kuni “Sport sohasi jarayonlarida tushuncha va atamalarning qo‘llanilishidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Samarqand filiali professori X.Rafiyev "Sport sohasida zamonaviy tushuncha va atamalar", Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi davlat tili metodisti N.Shanazarova "Sport mashg‘ulotlarida nutqiy muomala madaniyati", Jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari bo‘yicha metodist Z.Nurmaxmadov "Jismoniy tarbiya va sport atamalari qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildilar. Seminar davomida fikr-mulohazalar almashildi.
Show all...
Samarqand filiali tinglovchilari uchun Qarshi shahrida amaliy dars tashkil qilindi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 24-aprel kuni Samarqand filiali katta o‘qituvchisi S.Hakimov tomonidan Qarshi shahridagi Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Gimnastikani o‘qitish uslubiyati” moduli 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil qilindi.
Show all...
Samarqand filiali tinglovchilari uchun Qarshi shahrida amaliy dars tashkil qilindi. Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 24-aprel kuni Samarqand filiali katta o‘qituvchisi F.Qosimov tomonidan Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bazasida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Sport o‘yinlarini o‘qitish uslubiyati” moduli 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil qilindi.
Show all...
👏 1
Qashqadaryo viloyati Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari o‘z ishini boshladi. 2024-yil 24-aprel kuni jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va jismoniy tarbiya yo‘riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari tashkil qilindi. Samarqand filialining "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi mudiri, dotsent J.Axmedov va kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan 3+1 tizimi asosida tashkil etilayotgan amaliy mashg‘ulotlarning sifatli o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilish joylari va tartibi haqida tushunchalar berildi.
Show all...
👍 1
📌 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi (PhD) Farrux Axmedovga “Muvozanatni saqlanishini yaxshilash uchun qurilma” ixtirosi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan PATENT guvohnoma berildi. F.Axmedovning ilmiy ishlariga omad tilaymiz!!!
Show all...
👍 1
⚽️U-23 Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди: 3:0  23 ёшгача бўлган футболчилар ўртасидаги Осиё кубогининг гуруҳ босқичи ниҳоясига етди. Гуруҳдаги сўнгги ўйинда Тимур Кападзе шогирдлари Вьетнамни 3:0 ҳисобида мағлубиятга учратиб, гуруҳда 1-ўринни эгаллашди. Жамоамиз энди чорак финалда Саудия Арабистони терма жамоасига қарши баҳс олиб боради. ——— ⚽️U-23 Osiyo kubogi. Vyetnam yirik hisobda magʻlub etildi: 3:0  23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogining guruh bosqichi nihoyasiga yetdi. Guruhdagi soʻnggi oʻyinda Timur Kapadze shogirdlari Vyetnamni 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, guruhda 1-oʻrinni egallashdi. Jamoamiz endi chorak finalda Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. ✅@Zarnews_uz
Show all...
⚜️ Samarqand filialida davra suhbati tashkil qilindi. 2024-yil 22-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tomonidan Qo‘l jangi sport turini yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatiga Qo‘l jangi Samarqand viloyat federatsiyasi bosh kotibi, sport ustasi, xalqaro toifadagi hakam M.Oblaqulov, sport ustasi, xalqaro toifadagi hakam M.Turayev va ularning shogirdlari qatnashdi hamda fikr-mulohazalar almashildi.
Show all...
👍 1
VI BYD Toshkent xalqaro marafon bo‘lib o‘tdi Bugun Toshkent shahri 45 davlatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilarni VI BYD Toshkent xalqaro marafonida qabul qildi. Ushbu marafonda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali o'qituvchisi Z.Tangirov ham qatnashdi. Z.Tangirov 3 km masofaga yugurish musobaqasida faol ishtirok etdi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Show all...
👍 1👏 1
🏆 Futbol bo’yicha U23 Osiyo kubogi 🇰🇼 Quvayt 0 – 5 Oʻzbekiston 🇺🇿 ⚽️  A.Davronov 32', M.Hamroliyev 49’, H.Erkinov 55’, D.Xolmatov 86’ (pen.), H.Norchayev 90+6’ Futbolchilarimiz pley-off bosqichi sari yana bir dadil qadam tashlashdi. Guruh bosqichining ikkinchi turida Quvayt jamoasi yirik 5:0 hisobida taslim etildi. Shu tariqa, 6 ochko jamgʻargan Timur Kapadze shogirdlari 23-aprelga belgilangan uchinchi turda Vyetnam bilan kvartet gʻolibligi uchun bahs olib borishadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 1