cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi e'lon va yangiliklar kanali. 🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz facebook.com/navoiy.mmtb.3 Ishonch telefoni: 792201281 Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Show more
Advertising posts
4 164Subscribers
-724 hours
-207 days
+7830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Attestatsiya #Bayonot_9 ✅ VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
#Live Tanlovda ishtirok etayotgan maktab jamoalari quyidagi shartlar bo'yicha bellashmoqda: ✅“Bizning maktab” tanishtiruv sharti; ✅“Madaniyat va san’at bilimdoni” savol-javob sharti; ✅“Teatr – ibratxona” sahna spektakli sharti. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 1🔥 1😍 1
#Live Navoiyda "Turon" maktab teatri respublika tanlovini viloyat bosqichi o'tkazilmoqda. ✅Ma'lumki, mamlakatimizda birinchi marta maktab o'quvchilari o'rtasida “Turon” maktab teatri respublika tanlovi bo'lib o'tmoqda. ✅Bugun tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan viloyatimizning eng shijoatkor, san’at va sahnaga oshno bo‘lgan 11 jamoadan iborat o‘quvchi yoshlarimiz bellashmoqda. 🔖Eslatib o'tamiz, tanlovning respublika bosqichi g'oliblari xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 1🔥 1🤩 1😍 1
#Live 🪅NAVOIYDA "TURON" MAKTAB TEATRI RESPUBLIKA KO'RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BOʻLIB OʻTMOQDA... 📍Viloyat bolalar teatri Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 4👏 3🔥 1
📣📣📣📣📣 ✅ Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o‘quvchilar zahirasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan matematika-informatika yo‘nalishi bo‘yicha saralash olimpiadasining Respublika bosqichi natijalari. 📌Olimpiadaning Respublika bosqichi bo‘yicha apellyatsiyalar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/Tj5YSopYNHkKKUtV7 ❗️Eslatma: Arizalaringizni joriy yilning 27-aprel soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi. ⏺ olympiad.uzedu.uz 🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Show all...
"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining viloyat bosqichiga start berilmoqda! Joriy yilning 26-aprel kuni Navoiy shahridagi 5-maktabda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining ikkinchi - viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi. Tanlovda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo’lgan maktablar terma jamoalari kuch sinashishadi. Mazkur hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar: 🥇 1-o‘rin uchun – 250 million so‘m; 🥈 2-o‘rin uchun – 200 million so‘m; 🥉 3-o‘rin uchun – 150 million so‘m miqdorida pul mukofotini qo’lga kiritadi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 9👏 1🎉 1
#Kun_hikmati Sharoit qancha yomon bo‘lsa, harakatni shuncha kuchaytir. ✍Lev Tolstoy Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 7
#VIDEOLAVHA Zarafshon shahar hokimligi tomonidan 13-sonli maktab zamonaviy mebel va o'quv jihozlari bilan ta'minlandi. Respublika ishchi guruhi vakili M.Avazov, Zarafshon shahar hokimi N. Rahmanov mazkur ta'lim dargohiga tashrifi tafsilotlari. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 5🔥 4👏 2
TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 23-fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilanib, maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga berilishi ta’kidlangan edi. Bugun mazkur topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Navoiy shahridagi 8-maktabda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ishchi guruhi viloyatda nodavlat ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan muloqot qildi. Uchrashuv davomida respublikamizda tadbirkorlarga ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan ta’lim muassalari o‘quvchilarini xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlashda hamkorlik qilishga kelishib olindi. Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar inobatga olinib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
🔥 2👍 1👏 1
Repost from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar! Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda. Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi. Hurmatli pedagoglar! Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar! Shu oʻrinda yana bir maʼlumot! Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa, yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.me/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz. Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Show all...
👍 4