cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali Web site: http://termizsh.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi ☎️Мурожаат учун телефон: ➡️+998(76) 224-00-61 ➡️+998(76) 224-13-12

Show more
Advertising posts
4 214Subscribers
-724 hours
-37 days
-3830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Surxondaryoda “Toza havo” oyligining birinchi bosqichi boshlandi...👉batafsil
Show all...
👍 1
🗣Pensioner vafot etsa, olinmay qolgan pensiyani olish huquqiga kimlar ega? ⏺ “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g"risidagi qonunning 63-moddasiga asosan fuqaroga tayinlangan, lekin uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya pullari meros tarkibiga kiritilmaydi. ✅Batafsil videoda tanishish mumkin 📞12-71     🌐pfru.uz
Show all...
🟡TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI TERMIZ SHAHARDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO’XTATILADI Termiz shahridada joylashgan AGRS aholi  tarmog’ida o‘rnatilgan Qmax=20000m3/soatlik bo‘lgan toraytiruvchi qurilma (diafragma) ni Qmax=7000 m3/soatlik bo‘lgan toraytiruvchi qurilma (diafragma) ga almashtirilish uchungaz quvurlarida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, bugun soat 8:00 to 17:00 ga qadar hudud iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi. Aholi xonadonlari - 34396 ta Ulgurji isteʼmolchilar - 687 ta Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.
Show all...
Ролик: “Нархлар ошишини Умидага ўхшайдиган аҳолининг 75-80 фоизи деярли сезмайди” 1 майдан электр энергиясини ишлатганингизга қараб ҳақ тўлайсиз. Ушбу роликда Мадина ва Умида мисолида тежамкорлик камроқ харажатга олиб келиши содда ва тушунарли қилиб кўрсатиб берилибди. ————— Rolik: “Narxlar oshishini Umidaga o‘xshaydigan aholining 75-80 foizi deyarli sezmaydi” 1-maydan elektr energiyasini ishlatganingizga qarab haq to‘laysiz. Ushbu rolikda Madina va Umida misolida tejamkorlik kamroq xarajatga olib kelishi sodda va tushunarli qilib ko‘rsatib berilibdi. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Show all...
👍 1
Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda Bugun Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan Termiz muhandislik-texnalogiyalari instituti va Termiz agratexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti professor o‘qituvchilari, talabalari va ishchi-xodimlari ishtirokida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularning oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, uchrashuvlar davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan himoyalanish yo‘llari haqida ma’ruzalar qilindi va “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi.
Show all...
👍 1👏 1
⏺O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Termiz shahar bo'limi bosh mutahassisi Sh.Bakiyev  tomonidan Termiz shahar “Manguzar” mahallasi fuqarolarini qabul qilib, sayyor qabul o‘tkazdi.  ⏺Qabul jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning davlat Pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni va qonunosti hujjatlariga muttasil kiritib borilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida tushuntirish ishlari olib borildi. ⏺Fuqarolar tomonidan pensiyaga oid berilgan  savollarga  qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Show all...
📱my.gov.uz – barcha davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin bo‘lgan Yagona interaktiv portal 📃 Avvallari odamlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vaqt sarflab, turli tashkilotlarga qatnashi, navbatlarda turib, sarson bo‘lishiga to‘g‘ri kelardi. Bugun ular my.gov.uz portali orqali keng turdagi raqamli xizmatlardan istalgan vaqtda va istalgan joyda, hatto uydan chiqmagan holda ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. 💻 Portalning asosiy afzalliklari: 📁 Qulay va foydalanish imkoniyati keng; Ayni vaqtda my.gov.uz portali orqali 590 dan ziyod davlat xizmatlaridan onlayn tarzda, tashkilotlarga qayta tashrif buyurmasdan, navbatlarda turmasdan foydalanish mumkin. ✔️ Xizmatlar xilma-xilligi; my.gov.uz – aholi hamda tadbirkorlik subektlariga 18 ta soha bo‘yicha, xususan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya, transport, kadastr, soliq va bojxona kabi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli davlat xizmatlarini taklif etadi. 💳 Elektron to‘lovlar; Portal orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud. Bu davlat xizmatlari uchun to‘lovni soddalashtiradi, banklarga borish zaruratini kamaytiradi. 📩 Ariza va murojaatlar holatini kuzatish; Fuqarolar o‘z so‘rov va murojaatlari holatini portal orqali kuzatib borishlari mumkin. Bu ularga xizmatlarni ko‘rsatish jarayonidan xabardor bo‘lish imkonini beradi. 🔎 Shaffoflikni oshirish; my.gov.uz shaffoflikni oshirishga va korrupsiyani bartaraf etishga yordam beradi. Chunki davlat xizmatlarini onlayn olish lavozimdagilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qisqartiradi hamda tanish-bilishchilik ehtimolini yo‘qotadi.
Show all...
“Бойсун баҳори” хорижий ОАВ нигоҳида Қозоғистоннинг “Инфозакон” элекрон нашри “1-7 май кунлари қадимий ва бетакрор Сурхондарё заминида “Бойсун баҳори” халқаро фольклор фестивали бўлиб ўтади” сарлавҳали мақолани эълон қилди. Мақолада “Бойсун баҳори” халқаро фольклор фестивалига кўрилаётган қизғин ҳозирлик, фестиваль дастуридан ўрин олган тадбирлар, ушбу нуфузли фестивални ўтказишдан кўзланган мақсад ҳақида Сурхондарё вилояти ҳокими ўринбосари, вилоят туризм бошқармаси бошлиғи Жўрабек Тўраевнинг фикрларидан иқтибослар келтирилган. “Ҳозирги кунга қадар халқаро танловда Буюк Британия, Бельгия, Исроил, Россия, Беларусь, Озарбайжон, Руминия, Покистон, Бирлашган Араб Амирликлари, Ҳиндистон каби давлатларнинг таниқли фольклор жамоалари иштирок этиш истагини билдирган”, – дея таъкидланган мақолада.  Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Show all...
🗣Termiz shahrida "Ma'naviyat sektori" faoliyatini namunali yo'lga qo'yish bo'yicha respublika seminari bo'lib o'tdi Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, "Surxondaryo tajribasi" sifatida viloyatimizda faoliyati yo'lga qo'yilgan "Ma'naviyat sektori" yuzasidan Termiz shahrida respublika seminari tashkil etildi. Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev, respublikamizning barcha hududlaridan Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha hokim o'rinbosarlari, Ma'naviyat va ma'rifat markazi hududiy bo'linma rahbarlari hamda boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.Seminar davomida Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabi hamda 31-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida namunali tarzda yo'lga qo'yilgan "Ma'naviyat sektori" faoliyati bilan tanishildi.
Show all...
👍 1
⏺"Ma'naviyat sektori" faoliyatini namunali yo'lga qo'yish bo'yicha respublika seminari Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida davom etdi. ⏺Seminar ishtirokchilari manzilda tarbiyalanuvchilarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida olib borilayotgan ishlar, musiqa, sport, hunarmandchilik to'garaklari faoliyati bilan tanishishdi. ⏺Mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotida ham "Ma'naviyat sektori" faoliyati namunali tarzda yo'lga qo'yilgan. Bolajonlar ishtirokidagi turli sahna ko'rinishlari namoyishlari, teatr tomoshalari va raqslar buning yorqin namunasidir. 🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Show all...
👍 1