@Tem1rov.ins Rasmiy🎬
ACTOR🕴 . BLOGER📲 . SHOIR📝 . Taklif va Savollar Uchun📥 Lic: @Tem1rov_ins Spamlar ucun @Tem1rov_bot ☝☝ Guruhimiz / @Tem1rov_ins_gr Unutmang Bizda obunachi kam bo'lsa ham Prasmotr Yetarlicha..☝ .
Show more198Subscribers
-124 hours
-47 days
-2130 days
- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Subscriber growth rate
Data loading in progress...
Tandir boshi, issiq nonni eslayman
Gohida shodlanib, gohi bo'zlayman
Kimdur davlat izlar butun jahondan
Menchi bu dunyodan ona izlayman
👵❤️🩹
Kimdir jannat istar qiyomat kuni
Kimlar baxtiyordur, do'stu yor bilan
Menchi baxt topgayman, o'sha lahzada
Suhbatlashib qolsam bir nochor bilan
🧑🦼🤝
Gullar olib berolmagan pulim qursin
Qo'lingizni tutolmagan qo'lim qursin
Boy onaning qizisizku unutibman
Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️🔥
Qo'lim loyga botgan edi moylargamas
Omadim ham oqar suvga, soylargamas
Deyar ediz meni sevish boylargamas
Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️🔥
Aytishibdi ular bizni tengimasku
Tor uyida ko'karmaysan kengemasku
Kambag'alning sevgisi bu sevgimasku
Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️🔥
Sevgimizni sotib keting bozorizga
Olib etib qo'yay bir kun mozorizga
Ortingizga boqmay ketdiz yor, zorizga
Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️🔥
Kibringizning bo'yi uzun yetolmayman
Unutdim deymanu kechib ketolmayman
Ko'changizga kirsam hatlab o'tolmayman
Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️🔥
Xatlarimni yoqib tashlang o'tlar chaqib
Go'zal kelin bo'ling, tillo zirak taqib
Yoqib keting yurakni ham, birga yoqib
Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️🔥
Boburning dil izhori bu satrlarim
Uni ado qildi deying makrlarim
Ajalimni kutgan movounnakrlarim
Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️🔥
Qo'ying endi ismimni ul o'g'lingizga
Izhorlarim tugib, tugib ko'nglingizga
Borolmadim aytmabsizku to'yingizga
Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️🔥
Men Onamni Sog'indim
👵❤️🩹
Tunda yostiq quchaman
Goh yonaman, o'chaman
Kelsa, quchoq ochaman
Men onamni sog'indim
👵❤️🩹
Oysiz kechaman go'yo
Yolg'iz ko'chaman go'yo
Qasam ichaman go'yo
Men Onamni Sog'indim
👵❤️🩹
Oyog'iga bosh qo'yib
Yig'lasam to'yib, to'yib
Kelgan bemminat suyib
Men Onamni Sog'indim
👵❤️🩹
Ovqatimni ta'min yo'q
Sevay desam g'anim yo'q
Boshqa mening kamim yo'q
Men Onamni Sog'indim
👵❤️🩹
Ovqatiga jon qo'shib
Suzib yelgan ex jo'shib
Yoshlarim ko'zim teshib
Men Onamni Sog'indim
👵❤️🩹
#Boburbek_Temirov
21.06.23
Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌
Kibr qilib tolmaganlar bor
Qo'lim tutib qolmaganlar bor
O'z o'timda qovruldim kecha
Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌
Jigarim deb et etim yulib
Ketganlar bor ustimdan kulib
Yo'qchilikda qo'yganman bilib
Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌
Singanda bir xolim so'rmagan
Yotlarim bor , bilib bilmagan
O'lim qoldi faqat ko'rmagan
Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌
Maqtab nonu tuzimni yeyib
Ketganlar bor nomard bu deyib
Bundaylardan ketganman to'yib
Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌
Davralarni to'rinda yo'qman
Eshitganim faqat ul do'qman
Gohi borman, gohida yo'qman
Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌
Xudo bersin rizqimni o'zi
Qolganlarni oshkordir yuzi
Boburning bir aytarli so'zi
Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌
#Boburbek_Temirov
21.06.23
Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Qayta Sevgim Kelaveradi😔
Oy shulasi etib ko'zimni
Erkalasa silab yuzimni
So'zlab dildan izhor so'zimni
Takror Ko'rgim Kelaveradi
Qayta Sevgim Kelaveradi😔
Tomchi suzsa dengizga oqib
Toshlaridan marjonni taqib
Yuragimga yana o't yoqib
Takror Ko'rgim Kelaveradi
Qayta Sevgim Kelaveradi😔
Sochni silar allalab taroq
Zulmat yetsa shay turar chiroq
Yopib qalbga kafandan yamoq
Takror Ko'rgim Kelaveradi
Qayta Sevgim Kelaveradi😔
Tuproq o'ynar shamolda xandon
Yozsam xatlar yig'laydi shamdon
Esga tushsa o'tmish, eski on
Takror Ko'rgim Kelaveradi
#Boburbek_Temirov
21.06.23
Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Onam Bo'lsa Qaniydi😔
Diydori ko'zdan yiroq
Dilda ajib bir so'roq
Qilsa hamki qo'ng'iroq
Onam Bo'lsa Qaniydi😔
Surati qalbga tugal
Sog'inchi ko'zga tugal
Yo'qlamay qo'ydi jigar
Onam Bo'lsa Qaniydi😔
Tunlarim kunsiz gohi
Yig'layman unsiz gohi
Ovqatim tuzsiz gohi
Onam Bo'lsa Qaniydi😔
Kir yoqamda boqaman
Sekin changin qoqaman
Usiz kimga yoqaman
Onam Bo'lsa Qaniydi😔
Hamma o'zi bilan mast
Taqdir olar mendan qast
Dunyo poylaridan past
Onam Bo'lsa Qaniydi😔
Tunda allalaydi oy
Qiyo boqmay oqar soy
Sochlari oq hoynahoy
Onam Bo'lsa Qaniydi😔
Dunyo kamlaringni qoy
Qancha Darding, menga yoy
Onamsiz ta'tirmi to'y
Onam Bo'lsa Qaniydi😔
#Boburbek_Temirov
21.06.23
Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Qayta Sevgim Kelaveradi😔
Oy shulasi etib ko'zimni
Erkalasa silab yuzimni
So'zlab dildan izhor so'zimni
Takror Ko'rgim Kelaveradi
Qayta Sevgim Kelaveradi😔
Tomchi suzsa dengizga oqib
Toshlaridan marjonni taqib
Yuragimga yana o't yoqib
Takror Ko'rgim Kelaveradi
Qayta Sevgim Kelaveradi😔
Sochni silar allalab taroq
Zulmat yetsa shay turar chiroq
Yopib qalbga kafandan yamoq
Takror Ko'rgim Kelaveradi
Qayta Sevgim Kelaveradi😔
Tuproq o'ynar shamolda xandon
Yozsam xatlar yig'laydi shamdon
Esga tushsa o'tmish, eski on
Takror Ko'rgim Kelaveradi
#Boburbek_Temirov
21.06.23
Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭
Men bosgan bu yo'llar uzra
Tafti iliq cho'llar uzra
Mayus majnuntollar uzra
Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭
Rohat ko'rmay azob yutgan
Jannatlarni izlab ketgan
30ga ham kirmay o'tgan
Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭
Tuproqlarda ukam hoyi
Tuproqlarda ukam hoyi
Bosavermang, o'tib, ketib
Tuproq osti ukam joyi
Cho'llarni ham bog'dek qilgan
Otam boshin tog'dek qilgan
Izzatni hurmat deb bilgan
Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭
Qani rohat, qani huzur
Yig'lasangiz aybim uzur
Bo'lmay ketgan padar buzur
Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭
Bozorlardan olib nonlar
Kelgin, o'tir, to'lsin yonlar
Alpomishdek ey yoronlar
Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭
#Boburbek_Temirov
21.06.23
Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌