cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Guliston tumani xabarlari | Rasmiy kanal!

Guliston tumani hokimligi telegram kanali! 👉: gulistontumani.uz 👉:http://fb.com/Gulistontumanhokimligi 👉:instagram.com/t.meguliston_t_press/ 👉:https://www.youtube.com/channel/UCl2JtcigJe Murojaat uchun: ✍️ @GulistonTumaniUzBot Telefon: 796-32-23

Show more
Uzbekistan15 663The language is not specifiedNews & Media22 463
Advertising posts
3 325Subscribers
-524 hours
-197 days
-15130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar joy olgan Tumanda aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish borasida tuman sektor rahbarlarining 1-chorak hisobotlarini eshitish to‘g‘risida; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 20- fevraldagi “Xalq deputatlari viloyat Kengashida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotlarini eshitish to‘g‘risida”gi KQ-687-son qarori ijrosi Guliston tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Z.Babaxonovning hisobоti to‘g‘risida; “O‘zbekiston 2030” strategiyasi va uni bajarish bo‘yicha amaliy choratadbirlar ijrosi, tegishli maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ya’ni Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Guliston tuman hokimining o‘rinbosari birinchi O.Djo‘rayev hisobоti to‘g‘risida; 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturining tumandagi ijrosi yuzasidan mas’ullarning hisobotlarini eshitib borish to‘g‘risida; “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 25-maqsadi hamda Xotin qizlarning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va erta turmush va ajrimlarni oldini olish, tadbirkorlikka jalb etishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari M.Xudoyberdiyevaning hisobotini eshitib borish to‘g‘risida; “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 1, 2, 3, 4, 9-maqsadlarida belgilangan vazifalar hamda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.Sadikovning hisobotini eshitish to‘g‘risida; “O‘zbekiston 2030” strategiyasi va uni bajarish bo‘yicha amaliy choratadbirlar ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 158-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda suvdan oqilona foydalanish madaniyati, barcha ichimlik suv iste’molchilariga hisoblagichlar o‘rnatishi, ichimlik suv sifati, ichimlik suv bilan hududlarda ta’minlanganlik darajasi va kanalizatsiya holati yuzasidan A.Kiikbayevning hisobotini eshitish to‘g‘risida; “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 27, 28, 29-maqsadlarida belgilangan hamda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da mahallalarda kambag‘allik darajasini qisqartirish har bir kambag‘al oila uchun ishlab chiqilgan individual dastur asosida kambag‘allikdan chiqarish tizimini joriy etishda tuman Kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i B.Abdunazarovning hisobotini eshitish to‘g‘risida; Tuman hududidagi yo‘llarning holati va mavjud infratuzilma, avariya o‘choqlari, qoida buzarliklarning tahlilidan kelib chiqib, harakat xavfsizligi, transport va yo‘l sohalari “Guliston-Bekobod” va “Guliston-Beshbuloq” yo‘nalishidagi yo‘llarni ta’mirlash ishlarini borishi hamda yo‘ldan foydalanishning holati to'g'risida tuman Yo‘llardanfoydalanish UK rahbari Z.Jumanazarovning hisobotini eshitish to‘g‘risida; 2024-yil 1-mavsum “Tashabbusli byudjet” jarayonlari yakuniga ko‘ra g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish yuzasidan R.Suvonovning hisobotini eshitish to‘g‘risida; Guliston tuman mahalliy byudjetining 2024-yil 1-chorak daromadlari va xarajatlar ijrosi, mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan sarflangan mablag‘lar yuzasidan R.Suvonovning hisobotini eshitish to‘g‘risida. Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari qarorlari ijrosi va deputatlik so‘rovlari natijalari yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni yuzasidan Guliston tuman suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi direktori A.Muxammedovning hisoboti to‘g‘risida; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 14-mart kuni tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Guliston tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan F.Xaydarovning hisobotini eshitish to‘g‘risida; Boshqa masalalar...
Show all...
#Live Ayni damda Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining yetmish sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda Sessiya ishini ushbu havola orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin: 👉https://fb.watch/rC-L--ckdO/ Telegram | Facebook | Instagram
Show all...
#Sessiya Birozdan so'ng Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining yetmish sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tadi. Sessiya ishini tuman hokimligining Facebook'dagi rasmiy sahifasida to'g'ridan-to'g'ri jonli efir orqali kuzatishingiz mumkin! Telegram | Facebook | Instagram
Show all...
👍 1
⚡️Guliston tumani Yulduz mahallasi fuqarolari diqqatiga! Guliston tumani hokimi O'lmasjon Mamadaminov boshchiligida ertaga 23-aprel kuni soat 16:00 da “Yulduz” mahalla binosida Sizlarni qiynab kelayotgan muammolar, murojaat va shikoyat yoki takliflaringiz yuzasidan sayyor qabul bo'lib o'tadi. Hurmatli mahalla fuqarolari! Sizning har qanday murojaat, shikoyat yoki takliflaringiz tuman hokimi tomonidan o‘rganib chiqilib, nazoratga olinadi va ularni hal etish choralari ko‘riladi. Telegram | Facebook | Instagram
Show all...
#Diqqat e'lon! ⚡️Joriy yilning 23-aprel kuni soat 10:00 da tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining yetmish sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tadi. Bo'lib o'tadigan sessiya ishini Guliston tumani hokimligining rasmiy Facebook'dagi sahifasi orqali to'g'ridan-to'g'ri jonli efir orqali kuzatishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram
Show all...
👍 3
Қурилиш ишлари ҳажмида улуши энг юқори ҳудудлар маълум қилинди 2024 йилнинг январь-март ойларида Сирдарё вилояти бўйича 697,3 млрд сўмлик қурилиш ишлари бажарилган. Вилоят статистика бошқармаси маълумотларига кўра, бажарилган қурилиш ишлари ҳажми ўтган йилнинг мос даврига нисбатан солиштирилганда 5,5 фоизга ошган. Жами қурилиш ишлари ҳажмида ҳудудларнинг улуши бўйича Гулистон шаҳри биринчи ўринни эгаллаб турибди – 28,7 фоиз. Ундан кейинги ўринлардан мос равишда 26,3 фоиз ҳамда 9,5 фоизлик қурилиш ишлари ҳажми билан Мирзаобод ва Сирдарё туманлари жой олди. Ушбу кўрсаткич қолган ҳудудлар кесимида қуйидагича кўринишга эга бўлди: ● Гулистон тумани – 5,8 фоиз; ● Янгиер шаҳри – 5,7 фоиз; ● Сардоба тумани – 4,9 фоиз; ● Сайхунобод тумани – 4,9 фоиз; ● Ховос тумани – 4,5 фоиз; ● Ширин шаҳри – 4,1 фоиз; ● Боёвут тумани – 3,3 фоиз; ● Оқолтин тумани – 2,3 фоиз. Telegram | Facebook | Instagram
Show all...
👍 4🤩 1
#Infografika ⚡️Sirdaryo viloyatining hududlar kesimida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi Telegram | Facebook | Instagram
Show all...
👍 2
📍 #Гулистон_тумани ⭐️ДИҚҚАТ ТАНЛОВ!!! ⏰Республика Маънавият ва маърифат маркази ҳамда Сирдарё вилояти ҳокимлиги билан ҳамкорликда «Маънавиятли маҳалла» кўрик танловини эълон қилади: 1️⃣Биринчи босқич: туман (шаҳар)ларда 21 апрелдан 10 майга қадар 💬Шартлари: 1-шарт. Маҳаллани танловда иштирок этиш учун @sirdaryo_ovozi_uz Телеграм канали орқали овоз йиғиш. 2-шарт. Маҳаллада кутубхонанинг мавжудлиги ва китобларнинг сонининг кўплиги 3-шарт. Маҳаллада хонадонлардаги оилавий кутубхоналарнинг сонининг кўплиги 🎁ҒОЛИБЛАРНИ ТАҚДИРЛАШ: 1️⃣-босқич туман (шаҳар)да ғолиб топилган маҳалла 10 000 000 миллион сўмлик китоблар тўплами. 2️⃣-босқич вилоят (финал)да ғолиб деб топилган маҳаллага 1 дона енгил конструкцияли китоб дўкони ва 30 миллион сўмлик китоблар билан тақдирланади. 🔽Овоз бериш учун https://t.me/sirdaryo_ovozi_uz/1078 📨Мурожаат учун: Республика Маънавият ва маърифат маркази Сирдарё вилоят бўлими Танлов ўтказиш бўйича Ташкилий қўмита 📞Телефон: (90)401-22-92. 📩 Sirdaryo Ovozi
Show all...
👍 4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 22 apreldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Telegram | Facebook | Instagram
Show all...
⚡️O‘zbekiston aholisining soni rasman 37 milliondan oshdi Statistika agentligining ma’lumotiga ko'ra, bugun 22 aprel kuni O‘zbekiston aholisining soni 37 millionlik marrani bosib o‘tdi. Statistika bo‘yicha, O‘zbekiston aholisi kuniga 2 ming nafarga ko‘paymoqda. Erkaklar va ayollar sonining tafovuti bo‘yicha esa erkaklar nisbatan salkam 200 ming nafarga ko‘p tug‘ilgan. Telegram | Facebook | Instagram
Show all...
👍 5🤩 1