SMS
Telefonimga singlimdan SMS keldi. “Akajon, tugʻilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr koʻring”, deyilgandi unda. Jahlim chiqib, ukamga qoʻngʻiroq qildim.
– Bitta-yu bitta singlimiz akajonining tugʻilgan kuni qachonligini bilmas ekan, – dedim. – Meni tabriklab, SMS yuboribdi. Yozda tugʻilganimni yetkazib qoʻy!
Ukam biroz sukut saqlab turdi-da, soʻng javob berdi:
– Menga ham SMS yuboribdi, tugʻilgan kuningiz bilan tabriklayman, debdi.
– Nima? Senga ham yuboribdi?.. Nega?