cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

XORAZM NEWS 🧖‍♂️

Advertising posts
371Subscribers
No data24 hours
-27 days
-230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Xorazm viloyati IIB YHXB tomonidan Urganch shahrida "Xavfsiz hudud" va "Xavfsiz tun" profilaktik tadbiri doirasida o‘tkazilgan reyd tafsilotlari Batafsil👉👉👉👉1gap.uz Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlarga ulashing. www.1gap.uz Youtube|Telegram|Instagram|Veb sayt
Show all...
👍 1
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi - OAV Tojikiston matbuoti rasmiy davlat tashrifi 18-19-aprel kunlari boʻlishi haqida xabar berdi. Tashrif chogʻida ikki tomonlama hamkorlik va ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. Batafsil👉👉👉👉1gap.uz Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlarga ulashing. www.1gap.uz Youtube|Telegram|Instagram|Veb sayt
Show all...
''Urganchtransgaz'' UK tomonidan "Qo‘shko‘pir-2" gaz taqsimlash stansiyasida mavsumiy shayba almashtirilishi sababli ertaga, 16-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha Qo‘shko‘pir tumanining Qo‘shko‘pir shaharchasi hamda Bahoriston, Chamanzor, Iqbol, Mesit, Polvon, O‘rta qishloq, Nezaxos, Ko‘ktom, Qadriyat, Honobod, Ko’nazey, Hayrobod, O‘rtayop, Xosiyon, Ittifoq, Oshaqqal’a, Bog‘zor, Yoshlik, Adolat, Iftixor va G‘alaba mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Aholi xonadonlari soni – 10 405 ta Ulgurji iste’molchilar soni – 95 ta Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Xorazm” GTF Batafsil👉👉👉👉1gap.uz Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlarga ulashing. www.1gap.uz Youtube|Telegram|Instagram|Veb sayt
Show all...
''Urganchtransgaz'' UK tomonidan "Pitnak" gaz taqsimlash stansiyasida mavsumiy shayba almashtirilishi sababli ertaga, 16-aprel kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha Tuproqqal’a tumanining Sayapir, Saidlar, Shexlar, Obod, Saxovat, Muhabbat, Navbahor, Yoshlik, Sharlauq, Y.Oxunboboyev, Pastom va Yangi zamin mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Aholi xonadonlari soni – 10 568 ta Ulgurji iste’molchilar soni – 315 ta Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Xorazm” GTF Batafsil👉👉👉👉1gap.uz Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlarga ulashing. www.1gap.uz Youtube|Telegram|Instagram|Veb sayt
Show all...
#Bloger_shoxmi??? #Xonqa_tumanidan_murojaat chiqargan edik 1-sektor rahbari tezkorliq bilan ishladimi yokiy shoshib qoldilarmi chiqindini faqat bloger uyini oldidagi oligan va ko'shnilarniki xam qolgan xozir tushunarsiz ish bo'ldimi yokiy faqat ko'z bo'yash bo'ldimi bu borada Ekologiya Axborot xizmati xam Rasmiy munosabat bergan lekin yuqorida ko'rsatilgan mazilni muammosi bartaraf qilimagan faqatgina bloger muammosi bartaraf qilingan, demak savol " Eko Klaster " mchj boshqa fuqorolarni bexurmatsizlik va o'z abanettini mensimaslik bo'lib qolmadimi??? Xa bu bilan 1- sektorga xam rahmat muammoni xal qilish emas aksincha ko'z bo'yash bilan shug'urlanishi yaqqol ko'rinib qoldi. Batafsil👉👉👉👉1gap.uz Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlarga ulashing. www.1gap.uz Youtube|Telegram|Instagram|Veb sayt
Show all...
❗️“Jahonda nimalar bo‘layotganini siyosatdan uzoq odam ham bilyapti” – Shavkat Mirziyoyev dunyoda bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida. Batafsil👉👉👉👉1gap.uz Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlarga ulashing. www.1gap.uz Youtube|Telegram|Instagram|Veb sayt
Show all...
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston mahallasi hududida chiqindilar vaqtida olib ketilmayotgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Xonqa tuman bo'limi tomonidan tezkor o'rganish ishlari olib borildi. Mazkur o'rganish davomida Xonqa tumani "Guliston" mahallasi hududida to'planib qolgan maishiy chiqindilar "Eko Klaster" MCHJ xodimlari hamda maxsus texnikalari yordamida bartaraf etilganini ma'lum qilamiz. Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Batafsil👉👉👉👉1gap.uz Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlarga ulashing. www.1gap.uz Youtube|Telegram|Instagram|Veb sayt
Show all...
#Xonqa_tumani_murojaat Xonqa tumani 1-sektorda joylashgan hududda doyimiy bir xil muammo, Xonqa tumani Guluston maxallasi Yangibog' ko'chasida 8-Apreldan 14-Aprelgacha ikki marotaba kelishi kerak bo'lgan ( Eko klaster ) mchj kelmayotgani aniq, o‘z ishiga yana befarq bo‘lmoqda bu bilan shu hudud 1-sektori Hokim xam o'z ishiga masulyatsiz yondoshmoqda. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi toʻplash shoxobchalaridan — 1 kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan "signal" usulida — 3 kunda bir marotabani tashkil qiladi. Agar qonun ishlaydigan bo'lsa bizning murojaatimiz Xorazm viloyat AOKAga bizga Xonqa tumani masullari bilan chiqindi masalasida INTERVYU o'tkazishda yordam berishini so'rab qolamiz. kimlar ishtirok qiladi. 1.Xonqa tumani 1-sekto'r rahbari 2.Xonqa tumani Ekologiya rahbari 3.Xonqa tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Batafsil👉👉👉👉1gap.uz Youtube|Telegram|Instagram|Veb sayt
Show all...
Eron Isroilga 200 dan ortiq raketa va dronlar bilan hujum qildi Avvalroq Isroil Eronning Suriyadagi elchixonasiga zarba bergan, natijada Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yuqori martabali qo‘mondoni Muhammad Rizo Zahadiy o‘ldirilgan edi. Eronning bugungi hujumi shunga javob sifatida amalga oshirilgan. New York Times’ning xabar berishicha, 5 soatga yaqin davom etgan havo hujumida Eron Isroil tomoniga 185 ta dronlar, 36 ta qanotli raketalar va 110 ta “yer-yer” turkumidagi raketalar uchirgan. Isroil tomoni hujum natijasida katta talafot ko’rilmagani va havo mudofaa tizimlari tomonidan raketalar urib tushirilganini aytayotgan bo’lsa, Eron tomoni hujum muvaffaqiyatli bo’lganini ta’kidlamoqda. Yaqin Sharqdagi havo sarhadlari yopilgan, aviakompaniyalar reyslarni bekor qilmoqda. Batafsil👉👉👉👉1gap.uz Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlarga ulashing. www.1gap.uz Youtube|Telegram|Instagram|Veb sayt
Show all...
👍 1
Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni bekor qildi Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi munosabati bilan, shuningdek, Oʻzbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini taʼminlash zarurati bilan bogʻliq qarorini hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways faqat 15-aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi. Ushbu aviaqatnov chiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablagʻlarini jarima undirilmagan holda qaytarib olish mumkin. Batafsil👉👉👉👉1gap.uz Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlarga ulashing. www.1gap.uz Youtube|Telegram|Instagram|Veb sayt
Show all...