cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

JAHON STATISTIK MA'LUMOTLARI

📝Ushbu kanalda ▪Jahon va O'zbekiston bo'yicha barcha statistik ma'lumotlar; ▪Siyosiy yangiliklar; ▪Harbiy qurollar ▪Statistik ma'lumotlar haqidagi ajoyib ma'lumotlar berib boriladi. LINK:👉 t.me/world_statistika

Show more
Uzbekistan39 185The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
321Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

‼️Ким Чен Ын яна эски касалини бошлади Шимолий Корея қишки ҳарбий машғулотлар доирасида Япон денгизи томон баллистик ракета учирди. Бу бир неча кун аввал рўй берган “гипертовушли ракета” учирилганидан кейинги бир ҳафта ичида иккинчиси. P.S.: Қизиқда, агар Лукашенко билан иккаласи тортишиб қолса нима бўлар эканааа? 😅 👉 https://t.me/World_statistika
Show all...
Hafta karikaturalari 🔥 P.s. ekib qo‘yibdi, lekin 😁 https://t.me/World_statistika
Show all...
🔥Ўзбекистон КХШТ (ОДКБ)га аъзо бўладими? Юқоридаги гап-сўзлардан қандай хулоса қилиш мумкин? Энг аввало ҳиссиётларга берилмаслик, аммо совуқ мия билан реал хавфни ҳис қилишимиз керак. Иккинчидан, Ўзбекистоннинг ташқи сиёсат концепцияси ҳамда ҳарбий доктринасига кўра, биз ҳеч қандай ҳарбий блокларга қўшилмаймиз, уларда иштирок этмаймиз ва Ўзбекистонда ҳам бошқа давлатларнинг ҳарбий базалари бўлишига йўл қўйилмайди. Бу қонунларимиз билан мустаҳкамланган. Буни популист “дўстларимиз” ҳам яхши билишади. Учинчидан ва энг асосийси провокацияларга берилмаслигимиз керак. Ўзини бизга ғамхўрдек кўрсатиб, ёрдам қўлини чўзмоқчи бўлганларнинг ўзи барчасининг бошида туриши ҳам эҳтимолдан холи эмас. Бунақа вақтда бизга фақат ва фақат бирдамлик керак. Тўртинчидан, ҳеч қачон, ҳа, ҳеч қачон Ўзбекистон ҳудудига бегона давлатларнинг армияси киритилишига йўл қўймаслигимиз, бунга ҳеч қандай имкон қолдирмаслигимиз лозим ва лобуд! Қўшни Қозоғистон тақдири бизга хулоса қилиш учун дарс бўлиши керак. Айниқса эски империалистик мақомини қайта тиклаш йўлида ҳеч нарсадан, ҳаттоки бошқа давлатлар ҳудудини эгаллашдан ҳам тап тортмайдиганларнинг аскарларини Ўзбекистоннинг бир қарич ҳудудига ҳам қадам бостирмаслигимиз шарт! Худога шукрки, Ўзбекистон шу пайтгача барча катта-кичик муаммоларини ўзининг ҳарбий кучи билан ҳал қилиб келган. Сариосиё, Янгиобод воқеаларида ҳам, 16 февраль ёки Андижон воқеаларида ҳам ҳеч кимдан ёрдам сўрамаганмиз. Энг аввало бирор кўнгилсизлик бўлмасину, лекин бўлган тақдирда ҳам, Худо хоҳласа келгусида ҳам ҳарбий қудратимиз етади. Бизга КХШТга ўхшаган “Троя оти”нинг кераги йўқ! https://t.me/World_statistika
Show all...
JAHON STATISTIK MA'LUMOTLARI

📝Ushbu kanalda ▪Jahon va O'zbekiston bo'yicha barcha statistik ma'lumotlar; ▪Siyosiy yangiliklar; ▪Harbiy qurollar ▪Statistik ma'lumotlar haqidagi ajoyib ma'lumotlar berib boriladi. LINK:👉 t.me/world_statistika

Lukashenko O‘zbekistonni ogohlantirdi. O'zbekistonlik blogerlar bu bayonotni KXSHTga kirishga majburlash deb qabul qildi ▪️Qozog‘istonda notinchlikni keltirib chiqargan tashqi kuchlarning nazari O‘zbekistonga ham qaratilgan, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXShTning bugungi yig‘ilishida. “[Qozog‘istondagi voqealar] saboq bo‘lishi kerak deganimiz, kechirasiz-u, hammadan ham avval O‘zbekistonga taalluqli. Agar saboq olinmas ekan, bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, ularning nigohi O‘zbekistonga ham qaratilgan”, – dedi u. Lukashenkoning bu gaplarini o‘zbek blogerlari O‘zbekistonga bosim o‘tkazish deb qabul qildi. Tarmoq faollariga ko‘ra, bu – O‘zbekistonni KXSHTga tortish harakatining navbatdagi, ochiq-oydin yangragan belgisidir. Tahlilchilar uning ogohlantirishi o‘rinsiz ekani, O‘zbekistonda Qozog‘istondagi kabi qo‘shhokimiyat yo‘qligini aytmoqda.
Show all...
🇷🇺🇧🇾 🇺🇿Peskov Lukashenkoning O'zbekiston haqidagi so'zlariga izoh berdi “Rossiya O'zbekistonda davlat to'ntarishiga urinish xavfi bor yoki yo'qligini muhokama qilishda ishtirok etmayapti, bu Minsk va Toshkent o'rtasidagi muloqot mavzusi”, dedi jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT yig'ilishida tashkilot davlatlari Qozog'istondagi namoyishlardan saboq olishi kerakligini aytdi. U O'zbekiston bu holatga alohida e'tibor qaratishi kerakligini ta'kidlagan. Uning iddaosiga ko'ra, shunday deyish imkonini beruvchi operativ ma'lumotlar mavjud emish. Peskov “Kreml` Lukashenkoning mamlakatda davlat to'ntarishiga urinish bo'lishi mumkinligi haqidagi xavotirlarini qo'llab-quvvatlayaptimi, O'zbekiston va O'zbekiston rahbariyatiga maslahatlar, tavsiyalar berilyaptimi?” – degan savolga javob berar ekan, “To'g'risi, bu Minsk va Toshkent o'rtasidagi muloqot mavzusi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz bu ishda ishtirok etmaymiz”, — deb javob bergan. https://t.me/World_statistika
Show all...
JAHON STATISTIK MA'LUMOTLARI

📝Ushbu kanalda ▪Jahon va O'zbekiston bo'yicha barcha statistik ma'lumotlar; ▪Siyosiy yangiliklar; ▪Harbiy qurollar ▪Statistik ma'lumotlar haqidagi ajoyib ma'lumotlar berib boriladi. LINK:👉 t.me/world_statistika

‘xshaydiku_turkumidan ✍Putin put in hand... Belarusboshining «Qozog‘iston ssenariysi xulosasidan avvalo O‘zbekiston saboq olishi kerak»ligi haqidagi mulohazasi ortida Moskva qo‘ng‘irog‘i jaranglayotgandek ko‘rinmoqda. KXShT (ОДКБ) yig‘ilishidan avval Lukashenkoning muloqoti ma’lum ma’noda shundan dalolat beradi. Zeroki, O‘zbekiston Belorussiya bilan juda yaqin munosabatlarga ega bo‘lgan sharoitda Lukashenko O‘zbekistonga o‘z-o‘zidan (Putin ruxsatisiz) bunday “maslahat” bera olmas edi. Bu safar ham o‘sha bloknotga Putin “topshiriq”lari yozilganga o‘xshaydi. Boz ustiga, MDH davlatlari institutining Markaziy Osiyo va Qozog‘iston bo‘limi boshlig‘i Andrey Grozin O‘zbekiston tashqi siyosatda xatolarga yo‘l qo‘yayotgani haqida . Bunday “targ‘ibotchilar”ga tezda kerakli va rasmiy javob berish zarur. O‘zbeklarda juda yaxshi bir gap bor: “Avval o‘zingga boq, keyin nog‘ora qoq”. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 https://t.me/World_statistika
Show all...
📣Lukashenkoga eslatma 🇺🇿Maʼlumki, Markaziy Osiyo mintaqasi Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Oʻzbekistonning mintaqadagi roli va oʻrnini quyidagi dalillardan anglash mumkin: ✅ Oʻzbekiston barcha Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻoniston bilan chegaradosh mintaqadagi yagona davlatdir. Qoʻshni Afgʻoniston mamlakati geografik, tarixiy, lisoniy, etnik, diniy-madaniy va boshqa omillarga koʻra, Markaziy Osiyo mintaqasining uzviy qismi hisoblanadi. ✅ Oʻzbekiston mintaqaning eng koʻp aholisiga ega boʻlgan mamlakat (34 mln.dan ortiq). Bu Markaziy Osiyo mintaqasi umumiy aholisining teng yarmi demakdir. Shuningdek, mamlakatimizda mintaqadagi eng koʻp millat va elatlar (130 dan ortiq) vakillari tinch-totuv va inoq tarzda istiqomat qilishadi; ✅ Oʻzbekiston Rossiya, Xitoy va Eron singari kuch markazlari bilan bevosita chegaraga ega boʻlmagan mintaqaning yagona davlati. Bu geosiyosiy jihatdan muhim ustunlik boʻlib, qudratli tashqi kuchlarning mintaqaga taʼsirini tiyib turish va mintaqa muvozanatini taʼminlashda mamlakatimiz masʼuliyatini belgilab beradi; ✅ Oʻzbekiston qurolli kuchlari Markaziy Osiyoda eng qudratlisi hisoblanadi. Global harbiy qudrat indeksining , Oʻzbekiston 138 davlat orasida 51-oʻrinni, Markaziy Osiyoda eng qudratlisi deb tan olingan. ✅ Oʻzbekiston ulkan savdo-iqtisodiy imkoniyatlar va tabiiy xom ashyo resurslariga ega. Britaniyaning nufuzli “The Economist” jurnali 2019-yilda mamlakatimizni “Yil mamlakati” deb eʼlon qilindi, shuningdek, Jahon bankining 2020-iyundagi hisobotiga koʻra, koronavirus pandemiyasiga qaramay, yil davomida Oʻzbekiston iqtisodiyotning ijobiy koʻrsatkichlari boʻyicha Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yagona mamlakat boʻlib qolishi bashorat qilinadi. Qozog‘istondagi voqealar sharoitida O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga olish imkoniyatiga ega.
Show all...
⚡️🇷🇺2022-yilda Rossiya Mudofaa vazirligi nafaqat qo'shinlar va flotning jangovar qobiliyatini oshirishni, balki yadroviy kallakka ega eng so'nggi qit'alararo ballistik raketa tashuvchilarni ham olishni rejalashtirmoqda. https://t.me/World_statistika
Show all...
🇷🇺 Putin Qozog'iston prezidenti Kasim-Jomart Tokaev ismini adashtirib yubordi KXSHTning bugungi yig'ilishida Rossiya prezidenti hamkasbini Kemel Jo'martovich To'qaev deb atadi. Va bu holat boshqa prezidentlar bilan ham bir necha bor takrorlangan. Eslatib o'tamiz V. Putin hozirda 70 yoshda. https://t.me/World_statistika
Show all...
Одамларга нима бўляпти⁉️ Сурхондарёда қайнона набирасига арзон оёқ кийим олиб берган келинини фарзандлари олдида 32 марта пичоқлаб ўлдирди. Жиноят ишлари бўйича Денов туман судида қасддан одам ўлдириш жиноятини содир этган аёлга нисбатан жиноят иши кўриб чиқилиб, унга 13 йил 4 ой муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди. 👉 https://t.me/World_statistika
Show all...