cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Human — LIVE

Yangiliklar qisqa satrlarda Murojaat uchun👉 @Livehumanuzbot Rasmiy kanal👉 @humanuzofficial Sport👉 @humansportuz

Show more
Uzbekistan63 025The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
186Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Afg‘oniston Prezidenti Ashraf Gʻani bugun Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Afg‘oniston rahbari 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" xalqaro konferensiyasida ishtirok etishi kutilmoqda. 👉@livehumanuz
Show all...
O‘zbekistonda kamida 1,7 million kishining oyligi 100 dollarga ham yetmaydi 2021-yil may oyida ish haqidan daromad solig‘i to‘lagan fuqarolarning 38 foizi 1 million so‘mgacha, 24 foizi esa 1–2 million so‘m oralig‘ida maosh olgan. 👉@livehumanuz
Show all...
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Fargʻonaga keldi Vazir Margʻilondagi Hunarmandlar markazi, Oltiariqdagi uzumchilik bogʻlari, Qoʻqondagi Xudoyorxon saroyi bilan tanishdi — hokimlik. Vazir 15-16-iyul kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan xalqaro konferensiyada ham ishtirok etadi. 👉@livehumanuz
Show all...
Sh.Mirziyoyev imzolagan hujjatlar bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilmoqda. 👉@livehumanuz
Show all...
Sergey Lavrov Toshkentga keldi Rossiya tashqi ishlar vaziri Toshkentda 15-16-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” anjumanida ishtirok etadi. 👉@livehumanuz
Show all...
«Yangi Oʻzbekiston» universitetida yillik kontrakt 49 700 000 soʻm, xorijliklar uchun esa 10 ming dollar etib belgilandi. 👉@livehumanuz
Show all...
15-iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinadi. Yalpi majlisda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyevning axboroti eshitiladi. 👉@livehumanuz
Show all...
360 turdagi davlat bojlarini Yagona elektron billing tizimi orqali to‘lash yo‘lga qo‘yilgani hisobiga 24 milliard so‘m mablag‘lar tejalgan Joriy yilning 13-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga taqdim etligan raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlariga oid taqdimotda sohaga tegishli qator masalalar muhokama qilindi. 👉@livehumanuz
Show all...
Toshkent metropoliteni Rossiyadan 10 ta poyezd sotib oladi Toshkent metropoliteni uchun oʻnta toʻrt vagonli metro poyezdlarini sotib olish boʻyicha hukumat qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Rossiyadan 2021-yilning 1-dekabriga qadar “Toshkent metropoliteni” UK uchun 10 ta yangi toʻrt vagonli poyezdlar olib kelinadi. Loyihaning umumiy qiymati 63,7 mln. yevroni tashkil qiladi. Shundan 8,7 mln davlat byudjeti mablagʻlari, 30,5 mln. Rossiya Davlat taraqqiyot korporatsiyasi „VEB.RF“dan olingan kreditlar, 24,5 mln. esa  „Roseksimbank“ AJdan olingan kreditlar hisobidan qoplanadi. Qayd etilishicha, 10 ta poyezd yiliga 95,6 mln. yoʻlovchini tashiydi. „VEB.RF“ krediti stavka boʻyicha 11-yilga, „Roseksimbank“  krediti esa 12 yilga berildi. 👉@livehumanuz
Show all...
Oʻzbekistonda dollar kursi birinchi marta 10 700 soʻmga qadar koʻtarildi Quyida dollarning yangi qiymatlari: «Agrobank» sotib olish — 10 610, sotish — 10 690; Asia Alliance Bank: sotib olish ­­— 10 640, sotish — 10 700; NBU: sotib olish — 10 640, sotish – 10 700; Orient Finans Bank: sotib olish — 10 590, sotish — 10 690; «Savdogar bank»: sotib olish — 10 590, sotish — 10 690. 👉@livehumanuz
Show all...
Yangi korxonalar eng koʻp Toshkentda tashkil etilgan avlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yil yanvar-iyun oylarida (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) jami 54 693 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 7 053 taga koʻp. ✅ Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni: 🔹Toshkent shahri – 9 139 ta 🔹Qashqadaryo viloyati – 6 637 ta 🔹Samarqand viloyati – 5 260 ta 🔹Toshkent viloyati – 4 706 ta 🔹Fargʻona viloyati – 4 659 ta 🔹Namangan viloyati – 3 515 ta 🔹Surxondaryo viloyati – 3 311 ta 🔹Andijon viloyati – 3 188 ta 🔹Buxoro viloyati – 3 135 ta 🔹Jizzax viloyati – 2 518 ta 🔹Qoraqalpogʻiston R. – 2 471 ta 🔹Xorazm viloyati – 2 405 ta 🔹Navoiy viloyati – 2 379 ta 🔹Sirdaryo viloyati – 1 370 ta 👉@livehumanuz
Show all...
Yil boshidan beri ilk bor Qibrayda uch egizak tugʻildi Chaqaloqlarning ikki nafari qiz, bir nafari oʻgʻil boʻlib, ularga Fotima, Zuhra va Muhammadyusuf, deb ism qoʻyishdi. 👉@livehumanuz
Show all...
Toshkent viloyatidagi Keles yoʻli koʻchasining bir qismi transport harakati uchun nomaʼlum muddatga yopiladi - Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati. 👉@livehumanuz
Show all...
Apple 2021-yil taqdimoti uchun rekord daraja - 90 million dona yangi avlod iPhone ishlab chiqarmoqchi Apple kompaniyasi ishlab chiqarish hajmini 20 foizgacha oshirishga intilmoqda. Kompaniya bu yilgi yangi modellarni 90 million donaga yetkazishni maqsad qilgan. Bu haqda "Bloomberg" xabar bermoqda. Gigant oʻtgan yil taxminan 75 million dona iPhone taqdim etgandi. 2021-yilga mo'ljallangan yangilangan prognozga ko'ra, kompaniya o'zining birinchi iPhone taqdimotini kutmoqda, chunki COVID-19 vaksinalarini ishlab chiqarilishi qo'shimcha talabni oshirgan. Keyingi iPhone'lar 5G bilan ishlaydigan, iPhone 12'ga qaraganda ko'proq o'sib boruvchi protsessor, kamera va displey yaxshilanishiga urg'u olgan. Apple 5,4 dyuymli va 6,1 dyuymli oddiy versiyalarini va 6,1 dyuymli va 6,7 ​​dyuymli Pro modellarini o'z ichiga olgan barcha mavjud modellarni yangilashni rejalashtirmoqda. D16, D17, D63 va D64 kodlari bilan nomlangan telefonlarning barchasi sentabr oyida e'lon qilinishi kutilmoqda. 👉@livehumanuz
Show all...
14-iyul kuni Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻlishi kutilmoqda Baʼzi joylarda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° boʻladi. "Oʻzgidromet"ga koʻra, poytaxtimizda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-35° boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 23-28° boʻladi. 👉@livehumanuz
Show all...
2036-yili yozgi Olimpiada oʻyinlariga Istanbul mezbonlik qilishi ma'lum boʻldi. 👉@livehumanuz
Show all...
Gulnora Raximova moliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi Bungacha u Moliya vazirligi Davlat xaridlari departamenti rahbari boʻlib faoliyat yuritgan. 👉@livehumanuz
Show all...
Nufuzli xalqaro reyting agentliklarining yetakchi 500 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qoʻshimchalar toʻlash tizimi joriy etiladi - Prezident farmoni. 👉@livehumanuz
Show all...
2021-yil 1-sentabrdan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi (14 foiz) miqdorida imtiyozli taʼlim kreditlarini berish joriy etiladi. 👉@livehumanuz
Show all...
Oʻzbekistonda 2021-yil oxiriga qadar barcha vazirlik va idoralarda KPI tizimi joriy etiladi. Hozirda sinov tariqasida uch-toʻrt vazirlikda bu borada ishlar olib borilmoqda. 👉@livehumanuz
Show all...
Afgʻonistonning Mozori-Sharif shahridagi Rossiya Federatsiyasining konsullik idorasi xodimlari Oʻzbekiston hududiga vaqtincha koʻchirildi„Dunyo“ Axborot agentligi. 👉@livehumanuz
Show all...
O‘zbekistonda Qurbon hayiti 20-iyul kuni nishonlanishi ma'lum boʻldi Hayit namozi masjiddan tashqarida, ochiq havoda, masofa saqlangan holda o‘qiladi. 👉@livehumanuz
Show all...
Moskvada 102 nafar Markaziy Osiyolik migrant oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi Kuzminki metrosi yaqinida muhojirlarning ommaviy mushtlashuvidan so'ng Markaziy Osiyodan kelgan 102 muhojir hibsga olingan, ular ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin, deya xabar beradi RIA Novosti. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu ommaviy mushtlashuvda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan. Mushtlashuv Qizgʻiziston va Tojikiston fuqarolari oʻrtasida roʻy bergan. Bu haqda Tashqi migratsiya agentligi Moskvadagi vakolatxonasiga asoslanib ma'lumot berdi. 👉@livehumanuz
Show all...
Jeff Bezosning boyligi yana rekord darajada oʻsdi Jeff Bezosning boyligi 8,44 milliard dollarga oʻsib, 211 milliard dollarga yetdi. 👉@livehumanuz
Show all...
Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi vafot etdi Bugun, 13-iyul kuni Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati hududida kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida sel oqimlari hosil boʻlgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, ushbu sel oqimlari Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Obod» MFY hududidan oʻtuvchi «Kosonsoy» soyidan oqib kelgan. Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan. 👉livehumanuz
Show all...
Kosonsoy tumanida doʻl yogʻdi. Doʻl yerni qoplab oldi(video) 👉@livehumanuz
Show all...
Prezident farmoniga asosan, 20–22-iyul (seshanba–payshanba) kunlari – ish haftasining turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kunlari hisoblanadi Bunda, haftada 5 kun ishlovchilar uchun 17-iyul (shanba) va 24-iyul (shanba) ish kunlari mos ravishda 21-iyul va 22-iyulga koʻchiriladi. Haftada 5 va 6 kun ishlovchilar uchun grafik quyidagicha bir xil: 17-iyul (shanba) – ish kuni 18-iyul (yakshanba) – dam olish kuni 19-iyul (dushanba) – ish kuni 20-iyul (seshanba) – dam olish kuni 21-iyul (chorshanba) – dam olish kuni 22-iyul (payshanba) – dam olish kuni 23-iyul (juma) – ish kuni 24-iyul (shanba) – ish kuni 25-iyul (yakshanba) – dam olish kuni 👉@livehumanuz
Show all...
Yoz chillasida Kosonsoyda doʻl yogʻdi 👉@livehumanuz
Show all...
Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdosi qay darajada? 🔷 Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Janubiy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. 📊Soʻnggi yillar davomida Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdosidagi asosiy oʻzgarishlarni CERR infografikasida kuzating. ⬆️Toʻrt yilda Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqasi 35% ga oʻsdi. 📊2020-yilda Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdosining umumiy hajmi 1,38 mlrd. dollarni yoki tashqi savdo umumiy hajmining 3,8% ni tashkil etdi. 📈Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksportining oʻsishi 21% 📈Janubiy Osiyodan Oʻzbekistonga importning oʻsishi 23 % ⬆️Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasida eng katta hajmni tashkil etadi: ▫️Afgʻoniston — 56,2% ▫️Hindiston — 32% ▫️Pokiston — 8,9% 👉@livehumanuz
Show all...
📉Birjada paxta yogʻi, benzin, sement narxi pasaydi ▪️ Paxta yogʻining barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 670,7 ming soʻmdan 14 984,3 ming soʻmgacha, yaʼni 10,1% ga pasaydi. ▪️Sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 518,6 ming soʻmdan 518,0 ming soʻmgacha pasaydi. ▪️AI-80 rusumli avtomobil benzinning kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 109,8 ming soʻmdan 7 096,9 ming soʻmgacha pasaydi. 👉@livehumanuz
Show all...
Hindiston shimolida chaqmoq urishi kamida 60 kishini hayotdan olib ketdi Shu jumladan 11 ta sayyoh Amber qal'asiga (Jaypurda) tushgan chaqmoq qurbonlari bo'lgan, ular u yerda selfiga tushayotgan boʻlishgan. Dam olish kunlari mintaqada momaqaldiroq va chaqmoq bilan birga musson yomg'irlari yogʻgan. 👉@livehumanuz
Show all...
Xalq ta’limi vazirligi 6 oyda xizmat safarlari uchun 395,5 mln harajat qildi Yarim yillikda 267 marta xizmat safari tashkil qilinib, ularga 395,5 mln so‘m pul sarflangan. XTVga ko‘ra, xizmat safarlarida ta’lim sifati, maktablardagi sharoitlar o‘rganilgan. 👉@livehumanuz
Show all...
BAAning “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand va Jizzax viloyatlarida 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun loyiha kelishuvlari imzolandi. Kompaniya ushbu loyihalarga 300 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritadi - Energetika vazirligi. 👉@livehumanuz
Show all...
2021-yilning I yarim yillik yakunlariga koʻra Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2020-yilning mos davriga nisbatan 56,4% ga oʻsib, 39 450,6 mlrd soʻmni (3,71 mlrd dollar) tashkil qildi - “OʻzRTXB” AJ axboroti.
Show all...
Britaniyalik milliarder Branson bo'lgan Virgin Galactic kompaniyasining kemasi Nyu-Meksiko shtatidagi kosmodromdan parvoz qildi.‌‌ 👉@livehumanuz
Show all...
Suvaysh kanalidan olinadigan daromadlar rekord daraja - 5,84 milliard dollarga yetdi Suvaysh kanali ma'muriyati kanalning daromadi 2020-2021-yilda o'tgan yildagi 5,72 milliard dollardan 5,84 milliard dollarga ko'payganini e'lon qildi. Bayonotda "ushbu daromadlar kanal tarixidagi eng yuqori daromad" ekanligini ko'rsatilgan. Suvaysh kanali ma'muriyatining boshlig'i general-leytenant Osama Rabiega koʻra, 2021-yilning birinchi yarmida navigatsiya statistikasi kanal orqali o'tadigan kemalar soni va vazni sezilarli darajada ko'payganligini qayd etdi, 2021-yilning 6 oyida 9763 ta kema kanaldan yuk olib oʻtgan. Oʻtgan yilgiga nisbatan bu 217 taga koʻp. Shu yilning birinchi yarmida kanal orqali tranzit qilingan yuk hajmi ham 3,8 foizga ortgan, joriy yilning birinchi yarmida 610,1 million tonnaga yetdi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 22,4 million tonnaga koʻpdir. 👉@livehumanuz
Show all...
2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 230 254 nafarga yetdi. Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar: 👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 8 328 nafar; 👉 O‘zbekiston milliy universiteti – 7 957 nafar; 👉 Namangan davlat universiteti – 7 295 nafar; 👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 7 082 nafar; 👉 Urganch davlat universiteti – 6 584 nafar. 👉@livehumanuz
Show all...
Bugun Richard Branson kosmosga uchgan ilk milliarderga aylanadi 11-iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 16:00'da Virgin Group asoschisi bo'lgan VSS Unity raketa samolyoti Nyu-Meksiko shtatidagi Spaceport America'dan suborbital reys bilan 80-90 kilometr balandlikka uchadi. Richard Bransonning parvozi OAVda jonli efirda uzatiladi. Ikkinchi boʻlib farvoz qilishi aytilgan Amazon asoschisi Jef Bezosning "New Shepard" kompaniyasi 20-iyul kuni kosmosga uchishi rejalashtirilgan. 👉@livehumanuz
Show all...
Avstriyada 87 yoshli qariya odamlar ustiga mashina haydadi - 13 kishi jarohat olgan Avstriyaning Sankt-Florian shahridagi bozor chodirida 87 yoshli qariya boshqargan avtomobil bir guruh odamlarni urib bosib ketdi, natijada 13 kishini jarohatlandi, deb xabar berdi ORF. Tez yordam xizmati jabr koʻrganlar to'g'risida dastlabki ma'lumotlarni taqdim etdi, ularning soni ko'payishi mumkin, deb ta'kidlaydi kanal. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, haydovchi qasddan bunday qilmagan, u boshqaruvni yo'qotgan. 👉@livehumanuz
Show all...
Marsda atom elektrostansiyasini qurish taklif qilindi Rossiyaning kosmik tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi «Roskosmos» agentligi Marsda atom elektrostansiya qurishni taklif qildi. Taʼkidlanishicha, mazkur inshoot Rossiyaga kosmosdagi infratuzilma uchun energiya muammosini hal etish imkonini beradi. Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, Yer bilan katta tezlikda axborot almashish mumkin boʻladi. 👉@livehumanuz
Show all...