cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NamMQI_Rasmiy | YANGILIKLAR

Namangan muhandislik-qurilish instituti rasmiy sahifasi ✅ Rasmiy saytimiz: www.NamMQI.uz

Show more
Advertising posts
2 540Subscribers
-224 hours
-217 days
-8430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

NamMQI media markazi taqdim etadi: Innovatsion rivojlanish agentligi direktori institut olimlari va tadqiqotchilari bilan muloqotda boʻldi.
Show all...
Innovatsion rivojlanish agentligi direktori NamMQI olimlari va tadqiqotchilari bilan muloqotda boʻldi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabov Namangan muhandislik-qurilish institutida boʻlib, ilmiy-tadqiqot ishlari, ishlanmalar va loyihalar bilan tanishdi Agentlik direktori institut olimlari bilan uchrashib, qurilish, muqobil energiya, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish, yoʻl xarakati xavfsizligi hamda kimyo-texnologiya yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni tingladi. Shuningdek, Sharof Rajabov institut Bionika laboratoriyasida boʻlib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. NamMQI media markazi
Show all...
#Video NamMQI media markazi taqdim etadi: Institut va “Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorat markazi” Namangan filiali oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Show all...
Namangan muhandislik-qurilish instituti va “Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorat markazi” davlat muassasasi Namangan filiali oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Mazkur memorandum ikki muassasa oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi boʻyicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda bogʻliqlikni kuchaytirish, taʼlim dasturlarini amaliyotga qaratish, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari va malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha ikki tomon uchun manfaatli boʻlgan faoliyat yoʻnalishlarida hamkorlik qilish kabi koʻplab jihatlarni oʻz ichiga oladi. Memorandum institut rektori Sharifjon Ergashev va “Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorat markazi” davlat muassasasi Namangan filiali rahbari Mirqosim Mirzakarimov tomonidan imzolandi. NamMQI media markazi
Show all...
👍 1
NamMQI rektori boshchiligidagi mutasaddilar “Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorat markazi” davlat muassasasi Namangan filialida boʻldi Institut vakillarini filial rahbari Mirqosim Mirzakarimov kutib oldi va muassasa bilan tanishtirdi. Filialda foydalanilayotgan zamonaviy qurilmalar, sinov va sifat jarayonlarida qoʻllaniladigan uskunalar va jihozlar haqida batafsil hikoya qilindi. Ikki muassasa oʻrtasidagi hamkorlik masalalari oʻzaro muhokama qilindi. NamMQI media markazi
Show all...
Ҳурматли ҳамкасблар, Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ОТМ ректорлари ҳамда тизим ташкилотлари раҳбарлари ва ходимлари! Жорий йилнинг 29 март, жума куни Тошкент шаҳрида “Автомобилсиз кун” тадбири ўтказилади. Бу Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 21 февралдаги “Ўзбекистон – 2030 стратегиясини “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида”ги 37-сон Фармонига мувофиқ амалга оширилмоқда. "Автомобилсиз кун"ни ўтказишдан асосий мақсад соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, шунингдек, атроф-муҳитни автомобиллардан чиқувчи зарарли газлардан ҳимоя қилиш, катта шаҳарларда транспорт воситалари тирбандлигини камайтириш, жамоат транспорти тизимини ривожлаштириш масалаларига жамоатчилик эътиборини қаратишдир. Барчани "Автомобилсиз кун"га бефарқ бўлмасликка, эртага, 29 март куни шахсий автомобиллар ўрнига жамоат транспорти, метро, велосипед каби атмосферага камроқ зарар етказадиган транспорт воситаларидан фойдаланишга чақирамиз!
Show all...
Rektor Namangan davlat pedagogika institutining yangilangan maʼmuriy binosi ochilishida ishtirok etdi Tadbirda viloyatdagi rektorlar, jumladan, NamMQI rektori Sharifjon Ergashev, institut jamoasi, ijodkorlar, hokimlik vakillari va yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirok etdi. Taʼmirlangan ushbu binoda “Tasviriy sanʼat ustaxonasi”, “Art galereya”, “Robototexnika”, “Radioeshittirish xonasi”, “Kongress zal”, institut muzeyi, “Kelajak oʻqituvchisi markazi”, “Renessans zali”, “IT inkubator”, “Dasturlash xonasi”, “Yoshlar ittifoqi yetakchilari xonasi”, ish va xizmat koʻrsatish xonalari mavjud. Yakunda tadbir ishtirokchilari va mehmonlar yaxshi niyat bilan daraxt koʻchatlarini ekishdi.
Show all...
Namangan muhandislik-qurilish instituti yoshlari tomonidan megaloyihaga start berildi! Loyihaning ilk bosqichi Namangan muhandislik-qurilish instituti targʻibotiga bagʻishlangan boʻlib, Chust tumanida joylashgan tepalikka oliygoh nomi yozildi. Loyihaning keyingi bosqichlarida "Suvdan oqilona foydalaning", "Ekologiyani asrash—bosh maqsadimiz" singari global mavzularni aholiga oʻzgacha tarzda yetkazish maqsad qilingan. Video by: Asadbek Bekchonov
Show all...
👏 3👍 1
#Video Institutda “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibotbot aksiyasi.
Show all...
NamMQI dekan o'rinbosari Nozimjon Ortiqovninng darsligi chop etildi Institut Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekan o'rinbosari Nozimjon Ortiqovning “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi” nomli darsligi chop etildi. Darslik yakka mualliflikda tayyorlangan. Ushbu darslik oliy oʻquv yurtlarining Transport vositalari muhandisligi bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalari uchun mo‘ljallangan. Darslikda mashinasozlikda qo‘llaniladigan detallar, buyumlar va konstruksiyalar uchun ishlatiladigan materiallar, ularning tabiatda uchrashi, olinishi, shuningdek, detal va buyumlar tayyorlash texnologiyalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu kitob bir qancha nushalarda muallif tomonidan institut axborot-resurs markaziga taqdim etildi. NamMQI media markazi
Show all...
👍 7👏 2🔥 1
Go to the archive of posts
Sign in and get access to detailed information

We will reveal these treasures to you after authorization. We promise, it's fast!