cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.

Peshku.uz Бухоро вилояти Пешку тумани ҳокимлигининг телеграмдаги расмий канали. Мурожаатлар учун: @peshkumurojaatbot

Show more
Advertising posts
8 042Subscribers
-124 hours
-177 days
-9930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

DIQQAT, E'LON Joriy yilning 25-aprel sanasida Peshku tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari Maqsudjon Ravshanov tomonidan Bog'imuso mahalla fuqarolar yig‘inida mahalliy aholi vakillari  hamda  yoshlari bilan sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan hududdagi muammosi hamda taklifi mavjud yoshlar va fuqarolarni sayyor qabulga taklif etamiz. Sayyor qabul o'tkazilish manzili va vaqti: Bog'imuso MFY binosida soat 11:00 da.
Show all...
👍 1
Show all...
Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda "Davlat tili haqida"gi qonun bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.

2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2024-yil 6-fevraldagi 1/20-sonli yig‘ilish bayoni 1-ilovasiga muvofiq Kengash rejasida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini tanqidiy-tahliliy o‘rganish vazifasi ko‘rsatilgan.Shu topshiriqdan kelib chiqib, tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolaridan tuzilgan…

👍 5 1
Show all...
"EZGULIK-SHIORIMIZ, MA'RIFAT-QUROLIMIZ!"

Joriy yilning 24-aprel kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Peshku tuman bo‘linmasining tashabbusi bilan maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Ezgulik-shiorimiz, ma'rifat -qurolimiz" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o‘tdi. Tadbirda tuman IIB xotin-qizlar ishlari bo‘yicha katta inspektori mayyor Dildora Ostonova, milliy gvardiya xodimlari Buxoro viloyati boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo‘limi tuman inspektor psixologlari katta leytenant Nilufar…

👍 3
#ижтимоий_ролик 🇺🇿Ота-онани танлаб бўлмайди! Кўринг, тафаккур қилинг! Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 17
Пешку туман прокурори 2-сектор раҳбари Лазиз Ахадов ташаббуси билан хомийларни жалб қилган ҳолда “Садир” МФЙ ҳудудидан оқиб ўтувчи Деҳдароз канал ўзанида тозалаш ишлари бошланди. Ушбу каналдан “Садир” ва “Мустақиллик” МФЙ ҳудудидаги қишлоқ хўжалаги ерлари ҳамда аҳоли томорқаларини суғоришда фойдаланилади. Канал 1986 йилда қурилган булиб, канал ўзани қалин лой билан қопланлиги сабабли аҳолига ташвиш уйғотиб, суғориш ишларини қийинлаштираётган эди. Эндиликда ариқ тозалаш ишлари олиб борилиб, аҳолига томорқа ерларини суғоришда қулайлик яритилмоқда. Тозалаш ишлари бошланганлигидан хурсанд аҳоли вакиллари 2-сектор раҳбари ва ҳомийларга ўзларининг самимий миннадорчиликларини билдиришди. ♾ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring ✅Telegram| ✅Facebook| 📹Youtube
Show all...
👍 3🔥 2
#Prezident_Farmoni_ijroda Prezident farmoni ijroda va nazoratda Kanalga ulanish:  Telegram  Veb sayt
Show all...
👍 10🙏 1
Joriy yilning 21- aprel kuni Qazoqiston Respublikasi Shimkent shahrida o'tkazilgan Xalqaro Mental arifmetika olimpiadasiga Buxoro viloyati Peshku tumani IMRON INTERNATIONAL SCHOOL o'quv markazida tarbiyalanuvchi 7 nafar bolalar qatnashib faxrli o'rinlarni egalladilar. Bunda: G'ayratova Surayyo 1-o'rin, G'ayratov Dilfayz 1-o'rin, Muxtorov Alisher 1-o'rin, Raupov Avaz 1-o'rin, Azimov Abdurahmon va Ziyodullayev Elbek 2-o'rin, Farmonov Kamron 3-o'rinni egalladilar. Jajji bilimdonlarimizni g'alaba bilan tabriklab, kelgusida bundanna yuqori marralarni egallashlarini tilab qolamiz hamda bunday natijalarni egallashlarida yaqindan ko'maklashgan tarbiyachilariga minnatdorchilik bildiramiz. ♾ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring ✅Telegram| ✅Facebook| 📹Youtube
Show all...
👍 3
#Prezident_Farmoni_ijroda Аyni kunlarda Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi Buxoro viloyatida mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar xonadonidagi ahvolni oʼrganib ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga boʼlgan ehtiyojini, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etishmoqda. Batafsil: 👉 https://telegra.ph/Prezident-Farmoni-ijroda-04-23 Kanalga ulanish:  Telegram  Veb sayt
Show all...
👍 1
Show all...
Юртимизда тадбиркорларни ҳар томонлама қўллаб—қувватлаш борасида кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда.

Юртимизда экин ерига азалдан даромад ва оила моддий таъминоти манбаи сифатида қараб келинган. Дала-деҳқончилик ишларида миришкор меҳнатсевар халқимизнинг ғайрат-шижоати билан эл дастурхони тўкинлиги таъминланиб, турмуш фаровонлиги ошмоқда. Шу боис, ҳудудда амалга оширилаётган ободонлаштириш, “Ёшлар дафтари”, “Аёллар дафтари” ва “Темир дафтар”, шунингдек, ижтимоий реестрга киритилган фуқаролар, аҳолининг тадбиркорлик ташаббусларини қўллаб-қувватлаб, имтиёзли кредит ва субсидиялар ажратилишида кўмаклашиш, доимий…

#DIQQAT_E'LON 🇺🇿 Joriy yilning 24-aprel sanasida Peshku tumani Ichki ishlar bo'limi boshlig'i, 3-sektor rahbari Elbek Shernazarov tomonidan Talisobun mahalla fuqarolar yig‘inida mahalliy aholi vakillari hamda yoshlari bilan sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan hududdagi muammosi hamda taklifi mavjud yoshlar va fuqarolarni sayyor qabulga taklif etamiz. Sayyor qabul o'tkazilish manzili va vaqti: Talisobun MFY binosida soat 11:00 da. ♾ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring ✅Telegram| ✅Facebook| 📹Youtube
Show all...
👍 6