cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

MUROJAAT UZ

Murojaat uz Qashqadaryolik aholining o'z yechimini topmayotgan asosli murojaatlarini e'lon qiladi va ma'sullarga yo'naltiradi. @murojaatkarshi

Show more
Uzbekistan44 630The language is not specifiedLaw7 532
Advertising posts
259Subscribers
No data24 hours
-27 days
-330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#hududgazga_murojaat "Ikki kundirki Koson tumani Shirin obod mfy hududida gaz yo'q"— demoqda iste'molchi. Aholi vakillarida gaz ta'minoti yuzasidan murojaatlar paydo bo'lganda 1104 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishlari mumkin. "Hududgaz"ning Qashqadaryodagi filiali holatga aniqlik kiritadi degan umiddamiz. https://t.me/murojaatkarshi
Show all...
Kasbi va Qarshi tumani hokimi o'rinbosarlari ishdan olindi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda. Davlatimiz rahbari viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas’ul rahbarlarning bu boradagi faoliyati ko‘rib chiqilgani, ulardan 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilganini qayd etdi. Jumladan, Kasbi, Qarshi, Baxmal, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokim o‘rinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi. https://t.me/murojaatkarshi
Show all...
👍 1
Chiroqchi tumani sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi Bugun Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, unda bosh prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A.B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan. Yakunda kengash xulosasi bilan A.B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi. “Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, — deyiladi xabarda. https://t.me/murojaatkarshi
Show all...
Qarshidagi savdo do'konida ikki ming donadan ziyod kuchli ta'sir etuvchi dori vositasi borligi aniqlandi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda YATT  Q.O. “Navo” MFY hududidagi  savdo do‘konida hech qanday hujjatsiz 10 xil turdagi jami 2 200 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. https://t.me/murojaatkarshi
Show all...
"Uzr". Shahar gaz ta'minoti bo‘limi Qarshi shahridagi 30 dan ziyod mahallalarda gaz o'chirilishini ma'lum qildi. Yirik hududga gaz sarflash uskunasini o‘rnatish va aniqlangan avariyani bartaraf qilish maqsadida bugun soat 12:00 dan 18:00 ga qadar shaharning "Arabxona", "Shayxali", "Nasaf", "Darvozatutak", "Qarliqxona", "Geolog", "Otchopar", "Zog‘za", "Qo‘rg‘oncha", "Navro‘z", "Chaqar", "Charmgar", "Bog‘ishamol", "Eskianhor", "Roguzar", "Samarqand", "Yangi Chaman", "Aral", "Xudoyzod", "Qarliqbag‘ot", "Gulshan", Alisher Navoiy, "Kunchiqar", "Komilon", "Shayxali", "Beklar", "Mahsumobod", "Mahallot", "Taraqqiyot", "Mustaqillik", "Ravoq" mahallasi hamda 1-2-mitti tumandagi 22829 xonadon va yuqoridagi hududlarda joylashgan 652 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. "Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun shahar gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi" deyiladi "Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabarida. https://t.me/murojaatkarshi
Show all...
Kitobda ota farzandi uchun 5 ming dollar miqdoridagi aliment pullarini oldindan to'lab, xorijga chiqish uchun ruxsat oldi Bu haqda MIB ning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi Ma'lum bo'lishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2021 yil 23 fevraldagi ijro hujjatiga asosan, undiruvchi V.O‘roqova foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor Z.Sa’dullayevning har oydagi jami topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Qarzdor joriy yilning mart oyida MIB ning Kitob tuman bo‘limiga kelib, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishga zarurati borligini bildirgan. Bo‘lim davlat ijrochisining huquqiy tushuntirishlari va undiruvchining roziligidan so‘ng, ota 5 yillik aliment puli hisobiga, taraflarlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, sobiq ayoliga 5 ming AQSH dollari to‘lab berdi. https://t.me/murojaatkarshi
Show all...
Mirakida daryo o‘zani bo‘ylab 10 km uzunlikda piyodalar va veloyo‘laklar quriladi Shahrisabz tumanidagi Miraki turizm zonasida 10 km daryo o‘zani bo‘ylab tashrif buyuruvchilar va sayyohlar uchun salomatlik, piyodalar va veloyo‘laklar qurilishi amalga oshirilmoqda. https://t.me/murojaatkarshi
Show all...
👍 1
Tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Muborak tumani hokimiga o'rinbosar bo'ldi Rasulov Abdusalom Abdirashid o‘g‘li - Muborak tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Tayinlovga qadar, Muborak tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. https://t.me/murojaatkarshi
Show all...
VAOOO... kadr📸😎
Show all...
Ertaga G'uzorda "Sho'rtan" "Do'stlik" bilan o'ynaydi. Sizningcha, "Oq bo'rilar" o'z uyida uch achkoli bo'lishadimi? A) Albatta bir gram ham shubham yo'q! B) Oson bo'lmaydi.Do'stlik g'alaba qozonadi! D) To'g'risi ishonmayman. E) Menga qiziqmas!. Xo'sh sizning javobingiz qanday. Izohlarda yozing❗️
Show all...
Sign in and get access to detailed information

We will reveal these treasures to you after authorization. We promise, it's fast!