cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

𝑯𝒊𝒌𝒐𝒚𝒂𝒍𝒂𝒓 𝑶𝒍𝒂𝒎𝒊...

Bir boshimga ne qilay? 😕😕 Ayt yana qancha kuyay? 🤒🤒 Har kuni bir o'lgandan, 😢😢 Kelsang qo'lingda o'lay... 😇 💔 Talab va takliflar uchun @senator_707 ga murojaat qilishingiz mumkin...

Show more
Tajikistan4 682The language is not specifiedBooks15 321
Advertising posts
352Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Shunchaki qaysi taklifni tanladingizAnonymous voting
  • 1
  • 2
  • 3
  • Hech birini
0 votes
Assalomu alaykum Kanal faoliyatini to'xtatildi. Hikoya o'qishni hohlasangiz sizga 3xil taklif beraman. 1. https://t.me/hastasiman 👆👆👆👆 Shu kanlga Kiring oldingi admin #Dardi_Bedavo hozirgi tahaluslari ##Laylisiz_Majnun yoki 2. https://t.me/Mirabell_hayolot_dunyosi Meni kanalimdan hikoyamni o'qishni hohlaganlar uchun. 3. Shunchaki hech biriga qo'shilmay boshqa hikoyalar kanalidan hikoya o'qing Sizlarda uchta taklifni qay birini tanlash o'zingizni hohishingiz. Sog' va solamat boling sizlar bilan #Mirabell boldi🫀 #Mirabell
Show all...
Laylisiz Majnun hikoyalari

Assalomu alaykum barchaga! Kanalimizga obuna bo‘ling afsuslanmaysiz, biz siz uchun harakatdamiz. Bu kanal sizlar uchun, siz aziz muhlislarimiz nimani so‘rasangiz qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz sizlarni rozi qilish uchun! Admin: @armonginam707

"🌙🍃Hotiralarim bilan baxtliman🍃🌙" Hikoyani kimdir 'oqidimi? #MirabellAnonymous voting
  • Ha oqidim lek fikr yozishga erindim
  • Ha, yaxshi yozilibdi o'qidim.
  • Bir tinga qimat hikoyani oqimadim
  • O'qishni tavsiya qilmasdim
  • Kamchiliklarni inobatga olmaganda deyarli yaxshi
  • Vaqtimni ketqizib oqidim
  • Uncha qiziq emas ekan
  • Kometga yozaman
0 votes
Mana qisqa muddat ichida yozilgan hikoyam ham yakunlandi...Barchadan hikoyam haqida #taqriz kutib qolaman😊 "Taqriz qanday yoziladi?" Bugungi internet olami, turli ijtimoiy  tarmoqlar, yozma, audio, video shaklida kitoblarga bag‘ishlangan taqrizlar, taassurotlar zamonaviy tilda aytganda revyular  bilan to‘la. Asarlar haqidagi bildirayotgan fikrlari ilmiylikka mos keladimi? Avvalo o‘qigan kitobi haqida qanday yozish har kimni o‘z xohishi, buni ma’lum bir qoidalar bilan qolipga solib qo‘yish, kitobxon tasavvurini cheklashdek gap. Asar sizga yoqdimi u haqida bizga nimanidir aytmoqchimisiz, o‘z bilganingizcha yozavering bunda qandaydir qoidalarga bo‘y sunish, yoki kimlarningdir tanqidlaridan qo‘rqish shart emas. Shunday bo‘lsada taqriz haqida bilib qo‘ysangiz ziyon bo‘lmaydigan jihatlar bor. Taqriz  - adabiy tanqid sohasidagi eng kichik janrlardan biri. Taqriz – badiiyat olamidagi  “razvedka” vositasi.  Uning vazifasi ixcham ommabop tahlil orqali asarning adabiy jarayon va yozuvchi ijodiyotidagi o‘rnini aniqlash, yutuq va kamchiliklarini ko‘rsatish, isbotlash va baholash, unga kitobxonning e’tiborini qaratishdan iborat. Bu janr shunisi bilan xarakterliki, keng jamoatchilikning asarni qanday qabul qilishi ma’lum jihatdan uni baholagan, tahlil qilgan dastlabki taqrizlarga bog‘liq. Haqqoniy taqriz asar haqida jamoatchilik fikrining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Taqrizchi asar mohiyatini ilmiy-estetik tahlil qilish orqali u haqida kitobxonning tasavvur ko‘zini ochadi. Shu o‘rinda taqrizchi mas’uliyati degan muhim masala kelib chiqadi. Agar taqrizchi ilmiy-estetik jihatdan kuchli bo‘lsa, mulohazalari asosli va teran bo‘lsa, ilmiy jamoatchilikka ham, kitobxonlarga ham, adabiyotga ham naf keltiradi. Va, aksincha bo‘lsa: qimmatli asarni didsizligi tufayli inkor etsa yoxud  bo‘sh asarni madh etsa, adabiy jamoatchilikni ham, kitobxonni ham chalg‘itadi. Shu ma’noda taqrizchini tibbiyotdagi tashxis qo‘yuvchiga qiyoslasa bo‘ladi. Arabcha “biror asarni maqtab yozish” degan ma’noni anglatuvchi taqriz janrida qisqa tahlil orqali asarga va uning mohiyatiga hamda badiiyatiga berilgan baho yetakchi unsur hisoblanadi. Taqrizda vijdonan, bilimdonlik va mas’uliyat bilan amalga oshirilgan tahlil zarur. Taqriz yozuvchi shaxs asarga o‘z shaxsiyat-u hissiyoti nuqtayi nazaridan emas, balki umumxalq fikridan kelib chiqib hukm chiqarishi kerak. “Menga yoqadi, menga yoqmaydi” qabilidagi iboralar taom, vino, yo‘rg‘a otlar, chopqir itlar, kiyim-kechak va boshqalar haqida gap ketayotgandagina qimmatlidir. Taqriz – bu asardan olingan taassurot yoki sub’yektiv munosabat yoinki, asar syujetining quruqqina tavsifi emas, balki asarning mavzu va g‘oyasi, syujeti, obrazlar badiiyati asosli parchalar orqali ochib berilgan haqqoniy ilmiy-yestetik tahlildir. Mana sizga Taqriz yozish haqida ma'lumot berdim mana endi sizlardan ajoyibu g'aroyib taqrizlar kutib qo'laman😉 #Mirabell
Show all...
Hoqonni onasi va otasi birgalikda mehmonxonada televizor ko'rib o'tirishgan edi. Yangiliklar kanalida shunday gapirayotgan edi jurnalist ayol. - Uch soat oldin Zrelandiyaga uchgan samolyot baxtsiz tasodif tufayli Hind okeaniga quladi va 188 kishi vafot etdi. Vafot etgan insonlar quyidagilar..... Deb har bir insonning ism va familyasi birma bir televizorda korsatila boshladi. 188 kishi ichida Hoqon Dog'rul ham bor edi. Onasi bu yangilikdan so'ng yig'lab yubordi. Otasi esa yana bir bor farzand dog'ini his qilgan holda ayolini bag'riga bosib - Aslida siz go'zal tabassum qilasiz. Ha,ha siz...! Qani bir kulingchi bu hammasi o'tib ketadi. Axir shuncha narsalar o'tib ketdi-ku! Bizni Alloh farzandlarimiz bilan sinayotgan bo'lsa ajab emas deb Hoqonning otasi onasiga tasalli berib bag'riga bosgancha yig'lab yubordi. Tamom. Muallifdan: Mana yana bir hikoyamni yozib bo'ldim. Qisqa ammo mazmunli hikoya yozishga harakat qildim. Agar sizlarga hikoyamdan qandaydir manfaatli narsalarni orgata olgan bo'lsam men bundan juda hursandman😊. Kimga qaysi personaj yoqdi bilamdim, ammo menga eng ko'p Hoqonning onasini va otasini yozish yoqdi. Ilk bor o'g'il bola sifatida va qisman hayotiy bo'lgan hikoya yozdim menimcha o'xshadi. Men bu hikoyani o'qigan insonni qalbini tub tubida qolishiga umid qilaman. O'z ilmimni Alloh qodir qilgancha yozishga harakat qilib sizlarga ulashdim. Aslida bu hikoya maqsadi shunday edi: "Rassom bo'lmasa ham yuzingizga tabassum chiza oladigan insonlarni qadrlash kerak. Chunki hayot ularni takror yubormaydi, zero Allohga omonat qilgan insonlaringizni borligida qadrlang…" Agar siz bir insonni chin dildan sevsangiz, avvalambor uni u kabi qabul qilasiz. Siz uning biron bir sifatini o'zgartirishga urinmaysiz. Siz uni shunday sevasiz: uning kulishini, barcha  kamchiliklarini, uning suhbatini sevasiz, sevmoq uchun hattoki yuzini ko'rish shart emas yuragingizda turishini sevasiz...va albatta eng muhumi uni aslo yeg'latmaysiz, yeg'latishlariga ham yo'l qo'ymaysiz. Agar siz chinakam muhabbat bilan kimnidir yaxshi ko'rsangiz va kimdir sizni xuddi shunday sevsa, unda hech narsaga qaramay bu munosabatni saqlang.🥰 P.S: meningcha. Ho'sh mana endi sizlar bilan bu hikoya bilan hayrlashish vaqtlari keldi. Men albatta to'la to'kis yozuvchi emasman, asarda kamchiliklarim ko'p ammo sizlarga nimadir orgata olgan bo'lsam men bundan hursandman. Hurmat ila #Mirabell🌵 Hikoya boshlangan sana: 15.03.23y Hikoya yakunlangan sana: 24.03.23y
Show all...
Agar meni hulosam qanday ekanlini sorasangiz shunday deyman - "Zehniyani vafotidan so'ng ruhan ziqlik tufayli hastalanib qo'ldim ham. Ruhiy ziqlik- muammolar uchun haddan ortiq qayg'urish, asabiylashish ma'nosini bildiradi. Muammolarni o'ylab tashvish chekish tushkunlik keltiradi. Tushkunlik esa odamni kasal qiladi. Ruhan ezilgan bemor kasallikdan aziyat chekayotganidan tashvishlanadi. Tushkunlikka tushub dard ustiga orttiradi. Yana kimdir oilasi bilan ziddiyatlarga uchrayotganidan eziladi. Kimdir bolalarining tarbiyasiga oqsayotganidan tashvishlanadi. Kimdir moddiy muammolardan bog'iladi. Kimdir atrofidagilar o'zini tushunmayotganidan siqiladi. Kimdir yaqinlaridan birini tuproqga qo'ysa, hayotdan hafa bo'ladi. Hayotda muammo qiladigan tashvishlanadigan juda ko'p narsa bor. Hammaning muammosi, dardi o'ziga yetgulik. Tushkunlik bilan iymon o'zaro qanchalik bog'liq? Hayot tashvishlari haqida gap ketganda hayolimga payg'ambarlar keladi. Alloh nabiylar qissasini bizga qayta-qayta nega eslatadi, bilasizmi? O'qib ibrat olishimiz uchun! Payg'ambarlarning hayotidan yarim misollarni keltirib, sizga savol bermoqchiman. Ayub alayhissalomni bemorlik bilan sinagan Alloh bizni ham huddi shunday imtihon qilish haqiga ega emasmi? Bemorligini o'ylab tashvishlanayotgan odam "Allohim, nega meni dard bilan imtihon qilyapsan?!" Deya malomat qilayotgan bo"lmaydimi? Nuh alayhissalomni o'g'li bilan imtihon qilgan Alloh sizni farzandlaringiz bilan sinamasinmi? Ibrahim alayhissalomni otasi bilan sinagan Alloh sizni otangiz bilan sinamasinmi? Lut alayhissalomni xotini bilan sinagan Allohga "Meni nega juftim bilan imtihon qilasan?" Deyish uchun ma'naviy huquqim bor deb o'ylaysizmi? Yusuf alayhissalomni tug'ushganlari bilan imtihon qilgan Alloh, balki sizni ham qondoshlariz bilan sinayotgandir? Barcha payg'ambarlarning hayoti muammo va tashvish- imtihonlardan iborat bo'lganini hisobga olsak, bizning hayotimizda ham muammo va sinovlar bo'lishi oddiy holdir. Holbuki, olamlarga rahmat qilib yuborilgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamni farzand dog'idan himoya qilmagan Alloh bizni bu darddan himoya qilishini shart o'laroq qo'yishga haqimiz yo'qligini mulohaza qilganmisiz? Besh martta farzand dog'i bilan sinalgan Payg'ambarning ummati ekanimizni bilishimiz kerak. "Birodar, ular Payg'ambar, biz oddiy odamlarmiz!" Deya e'tirozga shoshilmang. Payg'ambarlar ham bizday o'ksigan , yig'lagan, Allohga sig'ingan insonlar. Alloh taolo xos sifatlar bilan siylagani va tanlagani u zotlarning "Insonga xos iztiroblarga ta'sirsiz bo'lgan" , degan ma’noni bildirmaydi. Bizning vazifamiz hayotni to'g'ri tushunib qabul qilish. Payg'ambarni dardu iztiroblar, g'am - qayg'udan yiroq tutmagan Alloh bizni ham tashvishlardan xoli yashatmasligini unutmasligimiz kerak. Tushkunlik va iymon o'rtasidagi bog'liqlikni o'ylab yurgan kezlarim edi, qayeridadir bir jumlani o'qib qo'ldim. Va savollarimga javob topganday bo'ldim. Ko'nglim yorishdi. Bu so'zlar men izlagan oltin kalit edi. Ularni sizlarga ham tavsiya qilaman: Qachon bir dunyoviy dard sizni iztirobga salsa, Robbingizga yuzlanib :"Mening buyuk dardim Bor!" Demang, aksincha, dardingizga qarab: "MENI BUYUK ROBBIM BOR!" deng. Hoqon o'zi bilan o'zi suhbatlashib otirganida Latif unga qarab -Nimalarni gapiryapsan? -Shunchaki...meni hayotimni men bilan birga his qilgan insonlarga aytadigan gaplarim bor edi. Deb o'zini hursanddek ko'rsatdi. -Og'lim hozir baxtlimisan? -Ha, Hotiralarim bilan baxtliman😊 Shu vaqt samalyot uchuvchisi yolovchilarga mikrofon orqali gapira boshladi. Barcha styuardesalar yolovchilarni samalyotdagi himoya tizimini orgata boshladilar. -Hurmatli yolovchilar, bazi sababga ko'ra samolyotimiz manzilga yetib borolmaydi. Buni eshitgan ekpozaj yolovchilari shovqin qila boshladi va samolyotni o'ng matori yonib ketdi. Birdan samolyot silkinib yerga qulashni boshladi. Barcha yolovchilar qo'rqganidan baqirib shovqin qilishar edi. Faqat Hoqon o'zini tinch saqlagancha samolyot o'rindig'ini qattiq ushlab iymon kalimalarni aytib ajalini kuta boshladi. ◆
Show all...
Hozirgi vaqt. Hoqon boshidan kechirgan barchasini Latif amakiga aytib berdi. Latif amaki bir oz o'ylanib gap boshladi. - Kiprik qoqishga ulgurmay qolishing mumkin boʻlgan hayotda yashayapsan sen. Bilasan-a? Qani endi insof bilan ayt-chi, qachon oxirgi marta senga kelgan barini borligicha qabul qiling? Bilmasdan yurgan yo'ling, qilgan xatoying, senga yo'liqqan odamlarning bergan ozorlari, nohaqliklar, ayblovlar va yana nimadurlar. Xullas, Senga kelgan barchasiga rozi bo'ldingmi? O'zingni va o'zgalarni hech nimada ayblamaslikni eplayapsanmi? Qachon oxirgi marta kimnidir qattiq bag'ringga bosding? Nimanidir kutib emas, o'zing ilinib yashayapsanmi? O'zingga ravo ko'rganlaringni boshqalar uchun ham istayapsanmi? Ichingda mog'or bosishga ulgurgan oʻsha dilxiraliklaringni birgina: "kechirdim va qo'yib yubordim" jumlasi bilan tozalayapsanmi? Eng muhimi – his qila olayapsanmi hammasini? Qachon yo'lingda uchragan odamga chin dildan tabassum sadaqa qilding? Javoblaringni vijdoningga ber. Qaddingni tik tutginda, oddiygina haqiqatni tushunishga harakat qil: Hali ham hech narsada kech emas! Boshingdan nimaiki o'tkazgan bo'lsang ham, tovoninggacha gunohga botgan bo'lsang ham, yakuningni go'zal qilishga fursat hali bor senda. Chuqur nafas olamiz. Olding-a? Ana endi, quyidagilarni birga takrorlaymiz: Menga kelgan sinovlarga shukr! Ochilgan asl yuzlar, qilingan nohaqliklarga shukr! Meni hafa qilgan sabablar bo'lganiga shukr! Atrofimdagilardan "qanday boʻlmaslik" kerakligini o'rganganim uchun shukr! Ketishim kerakligini ko'nglimga solgan Zot, xayrlisini nasib qilishiga ishonganim uchun shukr! Yanada irodali boʻlishimga sabab boʻlgan bariga, barchasiga shukrlar boʻlsin! -Latif amaki meni tinglab dardlarimni tushunganiz uchun tashakkur deb jilmaydi Hoqon. -Hech oʻylab koʻrganmisiz! Baxt nimada? -Buni bir so‘z bilan ifodalash qiyin, menimcha. Ayniqsa, foniyga bog‘langan baxt oniydir. Go‘yo chanqagan kishi uchun qonib suv ichmoq baxt tuyulgandek. Kimdir soliha yori bilan baxtli bo‘laman deydi, kimdir mol-mulk bilan, kimga uy, kimga markab kerak. Bular bilan ham kishi o‘zini ma'lum miqdorda baxtli his qilishi mumkin, ammo tugal baxt shunda deb bo‘lmaydi. -Masalan nimalarni baxt desa bo'ladi? Deb so'radi Hoqon Latifdan. -Masalan, soliha ayol bilan farzandlarni go‘zal tarbiyalab, borida ham, yo‘g‘ida ham bir-biriga suyanch bo‘lib yashash ham aslida baxt, faqat bizni oʻzbek ayollarimiz ​​"Eri ayolga oyga qilgan sayohatidan qaytganligini aytsa, ayol darhol u yerda kimlar bilan boʻlganini soʻraydi". Ammo boshqa tomondan bir kamomat yoxud tahdid bo‘lsa, baxt  bo‘lmaydi. Masalan, diniga amal qilishga to‘sqinlik bo‘lib tursa, men baxtliman deb ayta olmaydi, inson. Shunday ekan, baxtni oxiratga, abadiy ne'matlarga bog‘lash uning komilligini, umrini uzaytiradi. Masalan, Allohning roziligi uchun harakat qilish — baxt! Qarang, bunda qachon Allohning roziligi uchun harakat qilsangiz, o‘zingizni baxtli his qilasiz: chanqaganda suv ichsangiz ham, oila qursangiz ham, markab yoki uy olsangiz ham... Eslatma sifatida aytishim kerakki gapirish va soʻzlarni mahorat bilan tanlash erkak miyasiga xos xususiyat emas. Shuning uchun erkaklarning katta qismi hislarni soʻzlar bilan ifodalashda qiynaladi. Baʼzida oʻzim ham qiynalaman, tushunmovchiliklar boʻlsa uzur soʻrayman. Afsuski Amallar o‘zgarmadi, maqsad o‘zgardi, o‘lchov o‘zgardi. Shu bilan baxtli bo‘lib qoldik. Agarda hozir Erkak va ayollar serial yoki futbolni kutayotgandek namoz vaqtini, jufti bilan diydorni, oila davrasidagi ilmiy suhbatlar, birgalikda tilovat qilishlarini daqiqa sanab kutsa edi, hayotimiz tamomila boshqacha bo'lar edi. Hoqon Latif amakini fikrlariga qo'shildi va yana samolyot oynasidan osmonni kuzatib otirdida -Men hayotmni hikoya qilib aytib berdim, sizga hulosa o'zingizdan.
Show all...
🌙🍃Hotiralarim bilan baxtliman🍃🌙 11-qism ◆ O'zingizga azob o'ylab topmang! Biz juda ham ta'sirchanmiz. Yo'q, unday emas demoqchimisiz? Keling, unda oydinlik kiritamiz.  Haqiqatni bilib turib, o'zimizni xuddiki hechnimani bilmaydigandek tutamiz. Aslida-chi? Ichimizda odamlardan ranjiymiz.  Havotirga tushamiz. Ertangi kunni kutib yashaymiz. Aslida bir daqiqadan keyin nima bo'lishini bilmaymiz. O'tmishdan xulosa chiqarish o'rniga barcha negativ narsalarni eslab, o'zimizning kayfiyatimizni o'zimiz buzishdan nariga o'tmaymiz. Bugungi kun – g'animatligini unutib qo'yamiz. Jondan suygan yaqinlarimizni qadrlash o'rniga, ayb qidiramiz. Bugun nimanidir qoyillatmasa, o'ljaga tashlanmoqchi bo'lgan yirtqichdan farqimiz qolmaydi. Davom eting. Hechkimga va hechnarsaga qaramasdan, o'zingizni rivojlantiring! Atrofingizda qanday auditoriya bo'lishidan qat'iy nazar, davom eting! Allohni seving. Kimdandir nimadir kutish kerak bo'lgan yagona zot ham Allohdir. Asabingizni boshqarolmasangiz, u sizni boshqaradi va natijada nafaqat o'zingizga, balki, atrofingizdagilarga ham zarar keltirasiz. Ranjisangiz, bora-bora stress, depressiyadan bo'shamaysiz. Kimga ziyon? Yana O'zingizga.  Odamlardan hafsalingiz pir bo'lavergach, nima qilish kerak? Shunchaki, oddiygina haqiqat – Ishonmang! Faqat va faqat o'zingizga ishoning.  O'zingizni yaxshi ko'ring. Odamlarga tashqaridan qanday ko'rinishingizga tupuring! Ular shundog'am tashqarida. Ichingizga yaqinlashtirmang. Shunda yutasiz! Yaxshi, yomon deb odam ajratmasdan, u shu turishida sizni aurangizga mos kelmaydimi, yaqinlashmang. Yaqinlashtirmang ham! Ta'sirchanmiz deb nimaga aytdim? Yuqoridagi keltirgan barcha izohlarim, odamni birinchi navbatda emotsiyasi bilan bog'liq bo'ladi. Beparvo bo'lish, balkim qiyindir. Lekin u dunyoni qutqaradi ishonavering! Bilaman, har birimizda, sizda ham, menda ham, boshqalarda ham e'tibor qilmaslikda ojiz qoladigan vaziyatlar juda ko'p. Ko'pincha emotsiyaga yengilamiz. Shu joyda yana bir muhim gap: Yaqinlaringiz (oilangiz) dan bo'lak hechkim kuyunishingizga ARZIMAYDI!!! Hechkimlar – ular shunchaki, nomi bilan "hechkim". Yaqinlar bilan bo'ladigan psixik muammolarni ham hal qilishga urunib ko'rish kerak. Lekin bu borada juda ko'pchiligimiz, nimadirga chidab yashashga, yoki kimgadir vaqt o'tgach insof kirib qolishiga ishonib yashaymiz. Shu joyda sevimli shoirim Muhammad Yusufni bir she'riy parchasini esladim: –Yomon kunlar bir kun yaxshi bo'lar-u, –Yomon odam yaxshi bo'lmas hechqachon... Bo'ladigan odam, eng boshidan aqalli ozgina insof bilan qarshingizga chiqadi. Kimga qanaqa buni bilmadim, meni nazarimda, keyinchalik uni odam qilish qiyin. Alloh istamasa, bandasi insofga chaqirishga ojizlik qiladi. Sababchi bo'lishi mumkin. Lekin hammasi Allohdan. Uni istagani bo'ladi. Hozir, ayni paytda to'xtang.  Va mulohaza qiling. Nima qilyapmiz(siz) o'zi?  Buguningiz uchun yashayapsizmi? Yoki o'tmish bilanmi? Kelajakda, hozirgi payt ega bo'lganlaringizni saqlab qolish uchun nima qilyapsiz? Sizga ishonganlarni ishonchini oqlayapsizmi? Sizni "yaxshi" deb bilganlarni, keyinchalik fikri o'zgarmasligi uchun nima qilyapsiz? Nega o'tmishni buguningizdan ustun qo'yishingiz kerak? Balkim, buguningizda undan ham ortiq baxtga ega bo'lgandirsiz? Ayni damda to'xtang va qalbingizdan javob izlang. Balkim, endi hammasini obdon o'ylab ko'rish fursati yetib kelgandir..)) P.s: Yuqoridagi gaplarim bilan kimnidir hafa qilish niyatidan uzoqman. Ko'rganlarim bilganlarim asosida miyamga kelgan gaplarni ilindim. Mabodo, kimgadir ozgina bo'lsa ham tushuncha bera olsam, shuni o'zi yetarlik.  Gaplarim erish tuyulganlar – na men sizga va na siz menga, umuman hammamiz hechkimga yoqishga majbur emasmiz! O'zingiz o'zingizni boringizcha qabul qilmas ekansiz, vaqtingizni atrofdagilarga yoqish uchun sarflayverasiz.  O'zingizni boringizcha qabul qilmasangiz, sizni ham (yaqinlardan bo'lak) hechkim qabul qilmaydi. Hammamizda salomatlik bo'lsin.  Nima bo'lsa ham hammasi Allohdan va barchasi yaxshilikka.  Yashasak ko'raveramiz..)) ◆
Show all...
Senga maslahatim, say-harakatlaringni bir pul qilganlar bilan emas baxtli bo'lishing yo'lini qidirganlar bilan keksay.       Qani bo'l, endu takroran urinib ko'r va bir boshidan yomon xotiralaringni o'chirib tashla... Otamni gaplari meni ancha tushkunlikdan chiqishimga yordam berdi. Onam ham tabassum bilan gap boshladi - Ijobatiga aniq ishonib duo qil. Chunki Alloh taolo ijobatni istamaganda senga duo eshigini ochmagan boʻlar edi. Ijobat u xohlagan vaqtda boʻladi, sen xohlagan vaqtda emas. U xohlagan tarzda boʻladi, sen xohlagan tarzda emas. Agar soʻrovingni kechiktirayotgan boʻlsa bilginki, U sening ovozingni eshitishni yaxshi koʻrar ekan. Hozir men ota onam doim oldimda ekanligidan hursandman. Baxtliman. Davomi bor.... Muallif:#Mirabell🫀 Hatolari va kamchiliklarini aytsangiz juda hursand bo'lar edim🥺
Show all...
-Og'lim tashvishlanma oʻsha kun keladi, kimgadir qalbingni tushuntirib yashashinga ortiq xojat qolmaydi. Nimani istamaysan, nimani xohlaysan, bu bilan nima demoqchisan... Hislaring, istaklaring takror-takror taʼkidlasangda, anglashni xohlamagan, qabul qilmagan, sen uchun o'z qarorlari, fikrlarini to'g'ri deb biladiganlarning emas, seni sevgan, senga mehri tushganlarning – qalbingni kitobdek hech bezmasdan o'qishlariga mubtalo bo'lasan. Istaklaring, tanlovlaring, qarorlaringni - o'z istaklari, tanlovlari, qarorlaridek muhim' deb biladigan sog'lom munosabatlarda yashaysan. O'sha kun keladi, hayotinga vaqtinchalik emas, bir umrlik boʻlib kelganlaringni elakdan saralab olasan. O'zingdan ortib, uning dardi uchun ham sitam cheka oldingmi, unga mehring boshqacha tushgan, boshqacha sevgansan. Ardog'inga, ardog'iga munosiblar bilangina qolasan. Yo'ling davom ettirasan. Oʻsha kun keladi, seni sen bo'lganliging uchun yaxshi ko'radigan, hurmat qiladigan sevimlilaring beminnat mehridan boshing ko'kka yetib yashaysan. Ularning borligiga shukur, haqqiga duo qilib charchamaysan. Oʻsha kun keladi, ushalishiga hatto o'zing ham ishonishing qiyin bo'lgan orzularingda yashaysan. Niyating, soʻzing va amaling muvozanatda ekanligidan shodlanasan. Seni shunga qodir qilganiga hamdlar aytasan. Oʻsha kun keladi, ertalab ko'zingni ochganingda sen istagan makon, sen orzu qilgan muhit, shinamgina o'rin va kitoblarga to'la javoning bo'lgan xonangni ko'zdan kechirasan. Va mayin jilmayasan. Bu chiroyli tabassumingdan hammasi uchun cheksiiiz minnatdorchilik ufurib turadi. O'sha kunlar keladi...: ◆ Bir oydan so'ng. Erta tong. Sensiz oʻtayotgan nechanchidir kunimdir bugun deb ko'zlarimni ochdim. Baʼzida chuqur hayolga tolaman Baʼzida esa nimalarnidir yozaman.. Va yana oʻzim bilan oʻzim suhbat quraman, Banda boʻlib biron amal qilaoldim yoki yoq, nima ish qildim qanday amalim bor shuni oʻylayman. Va yana Allohimdan duo qilib iltijo qiladigan daqiqalarimdan esa, oʻzim uchun eng goʻzal boʻlgan duolarni Allohdan soʻrayman,men koʻngil bergan bir solihani duolarimda eslayman. Allohning rahmati keng unga iltijo qilaveraman, faqat undan soʻrayman. U meni tinglaydi, hech qachon ustimdan kulmaydi. Eng muhimi soʻragan narsamizni rahmati ila siylaydi. Allohim ozingga omonatmiz bizni rahmatining ila siylanish nasib etgin Allohimga salovat aytib - Allohim, bizni rozi bo'lgan qullaring kabi yashat. Qalbimizga namoz sevgisini nasib qil. Namoz: Seni sevuvchilarning joyi, jannatning kaliti, qalbning nuridir. Meni ham namoz sevgisi bilan shunchalar qalbimni mashg'ul qilki, har namozimda butun olam uchun hamd aytay. Amiyn deb oshxonaga bordim. Otam va onam bilan bir o'z suhbatlashdim. Otam menga qarab -Xech qachon umidsizlikka tushma! Hayotingni eng go'zal onlarini xayrsiz insonlar ortidan dard chekkan holda o'tkazma. Qadrlashga noloyiqlarni qadrlagunch, o'z hayoting ahamiyatini anglab yet. Chunki bu yog'iga hech kim senga o'tib ketgan umringni qaytarib bera olmaydi. Va hech kim uni deb fido qilganlaringni qaytarib olib kelolmaydi. Hamma chorani korganingga qaramay baribir ketdimi? Indama ketsa ketaversin. G'am yema! Eng og'ir damlaringda ham yoningda bo'ladigan va nima bo'lganda ham senga vafo qiladigan insonlar bor bu dunyoda. Kim biladi shu on qancha kishini hayolini band qilganingni? Kim biladi shu on kimlarning duolaridasan? Kim biladi shu on qancha insonning Allohga yolvorishidasan? Kun kelib ular bilan albatta uchrashasan. Bunga aslo shubhang bo'lmasin. Qo'yaver, o'ylama ketganlarni... Yoki seni hafa qilganlarni... Qadringni bilmaganlar uchun zinhor ko'z yosh to'kma. Qara, undan necha baravar yaxshilari kutyapti. Yaxshisi, seni Allohdan so'rayotganlar uchun o'zingni hozirla. Unutma, pok yurakla doim pok yuraklarni o'ziga tortadi. Ular har vaqt biri biri uchun duo qiladi. Umidingni zinhor yo'qotma! Chunki pok bir qalbning duosi senga yetib ortadi.
Show all...